O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINI TO‘LDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-iyulda 834-13-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 90-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, № 2, 36-modda), “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi 129-sonli “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 21-son, 149-modda; 34—36-son, 264-modda) muvofiq Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 24-sentabrda tasdiqlangan “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, ro‘yxat raqami 834 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 12-son ) ilovaga* muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab, o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-iyun,
01-02/8-14-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 27-28-son, 290-modda)