O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
2007-yil 12-iyundagi 6, 29/1-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
1-ILOVA
|
Kasalliklarning nomlari va patologik holatlari |
Klinik ko‘rinishlar va funksional holatlarning tavsifi |
| 1. Bosh va orqa miya jarohati oqibati, markaziy nerv sistemasining virusli infeksiyalari, tug‘ruq jarohatlari oqibatida bosh suyak ichi to‘qimalarining yorilishi va qon ketish og‘ir asoratlari, asoratlangan postnatal ensefalopatiya. Gidrotsefaliyani dekompensatsiya davri, miya disfunksiyasi, aqliy-nutqiy rivojlanishdan orqada qolish, bosh va orqa miya qon aylanishining og‘ir buzilishlari, aqliy zaiflik. | Harakat, ruhiy va nutq buzilishlarining aniq klinik ko‘rinishlarida harakatning (chuqur parez, plegiya, chuqur paraparez, paraplegiya, chuqur triparez, triplegiya, gemiplegiya, chuqur gemiparez, chuqur tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, porsial va generallashgan epileptik xuruji, xotirani buzilishi. Neyroinfeksiya asoratlari: meningit, ensefalit, miyelit, meningoensefalit, leykoensefalit, ensefalomiyelit. Spastik tetraparez, gemiparez, kontraktura, intellektning orqada qolishi, tutqanoq xurujlari, g‘ilaylik, yutinishni buzilishi, nutqni kuchli buzilishi. Bosh va orqa miya tug‘ruq jarohatlarining og‘ir asoratlari: Subdural, subaraxnoidal, parenximatoz, qorinchalar ichiga va boshqa qon quyilishlar. Periventrikulyar leykomalyatsiya, yelka pleksiti va boshqa pleksitlar, miyelit. Qo‘l va oyoqlarda parez, falajlik, mushak gipotrofiyasi, tutqanoq xuruji, aqliy va nutqiy rivojlanishdan orqada qolish, g‘ilaylik, disfagiya, dizartriya, chanoq a’zolari faoliyatining buzilishi. Postnatal ensefalopatiya asoratlari, tez-tez tutqanoq xuruji o‘rta va kuchli darajadagi oligofreniya, kuchli giperkinez, kuchli parezlar. |
| 2. Xirurgik amaliyotidan keyingi holatlar: qizilo‘ngach, me’da va ichaklarning o‘tkazuvchanligini buzilishi — oqmalar, axlat va siydik tuta olmaslik, surunkali yurak, qon tomir, buyrak, jigar, o‘pka yetishmovchiligi. Quloq-tomoq-burun kasalliklari. Ikkala quloqda radikal operatsiya o‘tkazilganidan keyin va uning ikki quloqda konduktiv hamda neyrosensor eshitish pastligi asoratini berganda, eshitish qobiliyatini 60-80 Dbga pasayishi). O‘smirlar angiofibromasi sababli o‘tkazilgan xirurgik amaliyotidan keyingi holat. Rinogen va miya qutisi ichi asoratlari sababli xirurgik amal o‘tkazgan bemorlar (miya va miyacha xo‘ppozlari, meningit, sinusotromboz). Chaqaloqlarda uzoq nazoratni talab qiladigan suyak-mushak tizimini tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalari). | Operatsiyadan keyingi davrda uzoq qayta tiklash va reabilitatsion muolajalarni talab qiladigan holatlar, deformatsiyani gips bog‘lami yordamida bosqichma-bosqich davolash holati. |
| 3. Siydik tanosil sistemasi kasalliklari. | Buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik ko‘rinishlari, buyrak to‘qimasida patologik jarayonning yuqori faollik darajasi. (Jarayon 6 oydan uzoq davom etsa) Har yili 2 oydan ko‘proq qaytalanadigan patologik holatlar. (buyrak yetishmovchiligining 2-3 darajasi, bitta buyrak yo‘qligida ikkinchi buyrakning piyelonefrit bilan kasallanishi). |
| 4. Trombotsitopenik Purpura va boshqa gemorragik holatlar. | Koagulopatiya va trombotsitopatiya, troibotsitopenik purpura og‘ir asorat bilan 2 oy va undan ortiq har yili xuruj bilan kechishi. Trombotsitlarning soni 50000dan kam bo‘lishi, trombotsitlar funksiyasini keskin pasayishi. |
| 5. Oshqozon yara kasalligi. 12 barmoqli ichak yarasi. | Asoratli kechishi. Kasallik hurujining bir yilda ikki va undan ortiq qaytalanishi, qon ketishi. |
| 6. Bachadondan disfunksional qon ketish. | Kasallikning asoratli kechishi. Anemiya, NV 60 g/l dan past bo‘lishi, surunkali kechishi (6 oydan ortiq). |
| 7. Biriktiruvchi to‘qimaning sistem shikastlanishi (sistem qizil yuguruk, dermatopolimiozit), yoshlar revmatoid artriti va tugunchali periarteriitning og‘ir turlari. | Har yili 3 oydan ko‘proq qaytalanadigan patologik holatlarning yuqori faollik darajasi, funksional yetishmovchilik yoki buzilishining II-III darajasi. |
| 8. Qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari: ochiq arterial yo‘li, bo‘lmachalararo tug‘ma nuqsoni, qorinchalararo tug‘ma nuqsoni) operatsiyadan keyingi holati. | O‘pka gipertenziyasi va gipoksemiya bilan asoratlangan holatlarda bo‘lishi. |
| 9. Uzoq vaqt davom etadigan kasalliklarda, 3 oydan ko‘proq kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar qo‘llanilganda vujudga keladigan holatlar. | Terapevtik yondoshishni talab qiladigan modda almashinuvi, immun tizimi, qon tomirlar devorining buzilishi, periferik qonda patologik o‘zgarishlari (umumiy oqsilni pasayishi, gemoglobinni 60 gr/ldan kamayishi, anizotsitoz). |
| 10. Gepatit V, S va Delta- Agentli turlari. | Periferik qonda giperfermentemiya (2-3 faollik darajasida — AST, ALT 1 mmol/l, TIMOL miqdorining 7 mmol/l, va bilirubinning 20,5 mmol/l dan yuqori bo‘lishi, gepatosplenomegaliya natijasida dispeptik va astenik buzilishlar. |
| 11. Irsiy modda almashinuvi kasalliklari (fenilketonuriya, galaktozemiya, tselakiya va boshqalar). | Tashhis qo‘yilgandan boshlab maxsus parxezning zarurligi. |
| 12. Leykozlar, Xodjkin kasalligi (limfogranulomatoz). Gemoblastozlar. | Leykotsitoz (periferik qonda leykotsitlar soni 20 mingdan 30 minggacha), anizotsitoz, poykilotsitoz, (leykemik uzilishlar) gemoglobin 60g/l gacha, trombotsitlar miqdorining 50 mingdan pasayishi. |
| 13. Xavfli o‘smalar. | Xirurgik va boshqa davolash usullari hamda ximioterapiya va nur bilan davolashdan so‘ng hamda “II-III bosqichda”gi holatlar. |
| 14. Tug‘ma gidrotsefaliya. | Belgilari: kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez takrorlanuvchi talvasa xurujlari, ko‘z tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy, motor rivojlanishida orqada qolishlar. |
|
Kasalliklarning nomlari va patologik holatlari |
Klinik ko‘rinishlar va funksional holatlarning tavsifi |
| 1. Tug‘ma va orttirilgan asab tizimi shikastlanishlarining oqibatlari (travmatik, perinatal infeksion, intoksikatsion, orttirilgan tug‘ma-degenerativ va boshqa ko‘rinishlar). Epilepsiya. | Doimiy yaqqol ko‘rinishidagi harakat buzilishlari: kuchli paraparez, paraplegiya, kuchli triparez, triplegiya, kuchli gemiparez, gemiplegiya, kuchli tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, ko‘rish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari; tez-tez qaytalanuvchi davolanishga rezistent tutqanoqlar ( oyda 4 va undan ortiq katta yoki kunda tez-tez kichik yoki talvasasiz tutqanoqlar); 6 oy va undan ko‘proq davom etadigan og‘ir ruhiy holatlar. Yaqqol aqliy zaiflik (imbetsil yoki idiotik darajasiga mos keladigan holatlar). |
| 2. Ovoz va nutqga taalluqli simptom va belgilar. | Turg‘un alaliya, afaziyaning umumlashmagan shakli, og‘ir darajadagi dizartriya. |
| 3. Aqliy zaiflik. | Aqliy zaiflikning kuchli debillik darajasini ko‘rish, eshitish, nutq buzilishlari, tayanch-harakat apparati va boshqa a’zo va tizimlar patologiyasining shaxsiyatni o‘zgarishi bilan kechishi. |
|
Kasalliklarning nomlari va patologik holatlari |
Klinik ko‘rinishlar va funksional holatlarning tavsifi |
| 1. Xiqildoq va traxeyaning tug‘ma va orttirilgan kasalliklari. | Traxeostomiyasiz mustaqil nafas olaolmaslik. |
| 2. Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari va immun mexanizmni jalb etuvchi ayrim buzilishlar. | Yilida 1-marta anemik krizlar, periferik qonda gemoglobin miqdorining 60 g/ldan pasayishi, eritrotsit, leykotsit, trombotsitlar sonining kamayishi (eritrotsitlar — 2,5 mlndan, leykotsitlar — 3 mingdan, trombotsitlar — 100 mingdan pasayishi), anizotsitoz, poykilotsitoz, mikrotsitoz. |
| 3. Astma. | Og‘ir kechishi (oyda 4 va undan ortiq qaytalanishi, garmonlarga moyilligi). |
| 4. Oshqozon, 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Ichakning boshqa kasalliklari. Seliakiya. Jigar ( jigar fibrozi va tsirrozi, o‘t puffagi, o‘t yo‘llari va oshqozon osti bezi kasalliklari, surunkali virusli gepatit) kasalliklari va tug‘ma rivojlanish nuqsonlari. | Ovqat hazm qilish va jigar funksiyasining yaqqol buzilishi darajasida (giperfermentemiya, ikkilamchi jigar belgilari). Ovqat hazm qilish jarayonining yaqqol buzilishi: surunkali diareya, oqsilsiz shishlar, steatoreya, glyukozatolerantlik sinamasida yassi qand egriligi, teridagi xloridlar sinamasida S1-60mmol/ldan yuqori bo‘lishi. Maxsus parhezning zarurligi, jismoniy rivojlanishdan ortda qolish, past bo‘ylik. |
| 5. Qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari, ma’lum bir yoshgacha operatsiya qilib bo‘lmaydigan holatlar, yurak va yirik qon tomirlarda o‘tkazilgan xirurgik amaliyotidan keyingi holatlar). | Turg‘un yurak va qon aylanishi yetishmovchiligining II B-III darajasi, yaqqol surunkali gipoksemiya, sinkopal holat, yurak ritmining buzilishi, jumladan kardiostimulyator implantatsiyasidan so‘nggi holat. |
| 6. Teri va teri osti kletchatkasi, shilliq parda kasalliklari. | Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi, (yaralangan, eritrodermiya va boshqalar) |
| 7. Boshqa tug‘ma va irsiy kasalliklar va sindromlar, shu qatorda mitoxondrial kasalliklar, modda almashinuv buzilishlari kasalliklari. | Hayotiy faoliyatining va tayanch-harakat tizimining kuchli buzilishi. Xromosoma buzilishlari: Daun sindromi, Klaynfelter sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi, Patau sindromi, Edvards sindromi va boshqalar. Markaziy nerv tizimining zararlanishi bilan kechuvchi irsiy kasalliklar: irsiy nerv-mushak kasalliklari — miopatiyalar, nevral amiotrofiyalar, irsiy neyrodegenerativ kasalliklar — gepatolentikulyar degeneratsiya (Vilson-Konovalov kasalligi) va boshqalar. Tayanch-harakat a’zolarining irsiy kasalliklari: irsiy raxitsimon kasalliklar, mukopolisaxaridozlar; tugallanmagan osteogenez, Marfan sindromi, Elers-Danlo sindromi va boshqalar. Asab tizimining boshqa sistemali kasalliklar. |
|
Kasalliklarning nomlari va patologik holatlari |
Klinik ko‘rinishlar va funksional holatlarning tavsifi |
| 1. Suyak-mushak sistema va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari (etiologiyaga bog‘liq bo‘lmagan poliartritlar, kollagenozlar, osteomiyelitlarning og‘ir shakllari va ularning asoratlari). | a) Suyak to‘qimasining yaqqol destruksiyasi (osteoporoz, tog‘ay bilan uzviyligi), mushaklardagi patologik o‘zgarishlar, mushak va suyaklarning nuqsoniga olib keladigan, ya’ni qaytalanuvchi patologik sinishlar, bo‘g‘imlar faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligiga olib keladigan miofibroz va diffuz kalsinoz. b) Umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasining III-IV darajali deformatsiyasi natijasida tayanch harakat apparatining va nafas olish faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligi. Bir yoki bir nechta bo‘g‘imlarning kontrakturalari va ankilozlari, katta naysimon suyaklarning yolg‘on bo‘g‘imlari. v) Mutilyatsiya, kontraktura, sindaktiliya, polidaktiliya, artropatiya natijasida bir oyoq-qo‘l yoki uning segmentida tug‘ma nuqsonlar bo‘lishi natijasida oyoq-qo‘llar funksiyasining III-IV darajali buzilishlari. g) Suyak-bo‘g‘im tizimida og‘ir operatsiyalardan so‘nggi holatlar. |
| 2. Lab va tanglay yorig‘i (quyon lab va bo‘ri tanglay), til, og‘iz va halqumning boshqa tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari). | Qattiq va yumshoq tanglayning tug‘ma defekti, manqalanish, ovqatning nafas yo‘llariga o‘tishi va nutq defekti bilan kechishi. |
| 3. Qizilo‘ngach, ovqat xazm qilish va siydik sistemasi kasalliklari (buyrakning bujmayishi, uretropiyeloplastika, tsitoplastika operatsiyalari va qayta plastik operatsiyalaridan keyingi holat), jarohatlanishi va nuqsonlari, oshqozon va yo‘g‘on ichakning total rezeksiyasi yoki ingichka ichakning 2/3 qismini kesilishi — qisqa ichak sindromi, ichakning oqmalari (iliostoma, kolostoma) qorin oraliq proktoplastikasi, yarali chandiqli torayishlar tufayli me’daga gastrostoma qo‘yish, sun’iy qizilo‘ngach plastikasi. | Ovqat hazm qilish funksiyasining turg‘un buzilishi, siydik va axlat tutaolmaslik, ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari, xirurgik aralashuvga yoki vaqtiga qarab xirurgik davolash mumkin bo‘lmagan ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari. |
2-ILOVA
3-ILOVA
| |
____-son |
|
| 200___ y. __________ | | _________ tuman (shahar) |
|
| ||
VMK raisi (F.I.O., lavozimi va imzosi): VMK a’zolari (F.I.O., lavozimi va imzosi): | ||
|
|
| |