| T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati | Bajarish uchun masʼullar | Xarajatlar (mln. soʻm) |
Moliyalashtirish manbalari |
Amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija |
| I. Amaldagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan yangi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash hamda amaldagilariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, aholining nochor qatlamiga yordam koʻrsatishda differensiyalangan yondashuvni amalga oshirish | ||||||
| 1.1. A. Yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish | ||||||
| 1. | a) Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish va kiritish: | |||||
| 1.1 | “Aholini ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”. | 2007-yil II yarim yilligi |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi,Nodavlat notijorat tashkilotlar | | |
Qonunda quyidagilarni nazarda tutish moʻljallanadi: |
| 1.2. | “Bolalar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”. | 2007-yil II chorak |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmasi | | | Qonunda bolalarning, shu jumladan, yetim bolalarning va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarning huquqlarini kafolatlovchi majburiy normativlar nazarda tutiladi. |
| 1.3. | “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan va kasbiy kasalliklardan davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalash toʻgʻrisida”. | 2007-yil III chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi | | | Qonunda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarda yoki kasbiy kasalliklarda xodimlarga kafolatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tartibi nazarda tutiladi. |
| 1.4. | “Tibbiy sugʻurtalash toʻgʻrisida”. | 2007-yil IV chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Vrachlar uyushmasi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | | | Qonunda ixtiyoriy va majburiy tibbiy sugʻurtalash prinsiplarini belgilovchi normalarni, tibbiy sugʻurta tashkilotini tanlash, barcha turdagi tibbiy yordamdan foydalana olish, sugʻurta tashkilotlari va tibbiy muassasalarning oʻz majburiyatlarini bajarish mexanizmi va kafolatlarini nazarda tutish moʻljallanadi. |
| 2. | b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilgan quyidagi qonunlarni qabul qilish: | |||||
| 2.1. | “Homiylik toʻgʻrisida”. | 2007-yil I chorak |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Adliya vazirligi, “Mehr nuri” jamgʻarmasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | | | Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ikkinchi oʻqishda muhokama qilish va qabul qilish, Senat tomonidan homiylik faoliyati sohasidagi munosabatlarni qonunchilik darajasida muvofiqlashtiruvchi qonun loyihasini muhokama etish va qabul qilish. |
| 2.2. | “Yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish toʻgʻrisida”. | 2007-yil I chorak |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, “Mehr nuri” jamgʻarmasi |
| | Qonunning Senat tomonidan qabul qilinishi aholida, ayniqsa 2—4-darajali kamqonlik hamda endokrin kasalliklari bilan ogʻrigan bolalar va homilador ayollarda yod tanqisligining salbiy oqibatlarini kamaytirishni taʼminlaydi. |
| 3. | v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari, qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish: | |||||
| 3.1. | “Aholini ijtimoiy himoya qilishni yaxshilash hamda mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”. | 2007-yil fevral |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | | | Hujjatning qabul qilinishi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan. |
| 3.2. | “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar faoliyati toʻgʻrisida”. | 2007-yil II chorak |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti | | | Qarorning qabul qilinishi mazkur ixtisoslashtirilgan kollejlarning huquqiy maqomini va ularning oʻquvchilarini moddiy taʼminlash normalarini belgilash imkonini beradi. |
| 3.3. | “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon. | 2007-yil I chorak |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi” jamgʻarmasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi | | | Hujjatning qabul qilinishi yosh oilalarga qoʻshimcha imtiyozlar belgilash, shuningdek ipoteka va isteʼmol kreditlaridan foydalanishni taʼminlash imkonini beradi. |
| 3.4. | “Nochor oilalarga mahalla qoʻmitalari tomonidan moddiy yordam koʻrsatishda qoʻshimcha manbalarni jalb etish toʻgʻrisida”gi Farmon. | 2007-yil I chorak |
Moliya vazirligi, Respublika yoʻl fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qoʻmitasi,“Nuroniy” jamgʻarmasi va boshqalar |
| | Muhtoj oilalarga mahalla qoʻmitalari orqali qoʻshimcha manbalarni jalb etgan holda moddiy yordam koʻrsatishni oshirish. Qoʻshimcha mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazorat qiluvchi homiylarning vasiylik kengashlarini tashkil etish. Bularning barchasi aholining nochor qatlamini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda mahalla qoʻmitasining oʻrni va ahamiyatini mustahkamlashi lozim. |
| 3.5. | “Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisida”. | 2007-yil III chorak |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmasi | | | Oilaviy bolalar uylarining maqomini, ularni tashkil etish, bolalarni qabul qilish uchun ularni asrab olish tartibini, bolalarni asrab olgan ota-onalarning huquqlari va kafolatlarini belgilash. |
| 3.6. | “Ixtisoslashtirilgan maktablar va internatlarni bitirib chiqqan yetim bolalar, ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar va alohida muhtoj bolalar uchun ularning oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishida beriladigan qoʻshimcha imtiyozlar toʻgʻrisida”. | 2007-yil II chorak |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi | | | Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi. Muhtoj bolalar uchun taʼlim olishdagi imkoniyatlarni kengaytirish, ularni ish, daromadlar bilan taʼminlash, ular turmushini sifat jihatidan yaxshilash. |
| 1.2. Amaldagi qonun hujjatlariga va normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar | ||||||
| 4. | a) Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish: | |||||
| 4.1. | “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyalanganligi toʻgʻrisida”. | 2007-yil III chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, NANNOUz, “Mahalla”, “Oʻzbekiston madaniyat va sanʼat Forumi”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi |
| | Qonunga qoʻshimchalar kiritilishi nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish shart-sharoitlarini takomillashtirish, ularning huquqlarini kengaytirish hamda ish beruvchilarning nogironlarni ish bilan taʼminlashdan manfaatdorligini oshirish imkonini beradi. |
| 4.2. | “Taʼlim toʻgʻrisida”. | 2007-yil III chorak |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oʻzbekiston madaniyat va sanʼat Forumi” jamgʻarmasi, “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | | | “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilayotgan qoʻshimchalar oʻquv yurtlariga qatnash imkoniyatiga ega boʻlmagan nogiron bolalar uchun inklyuziv taʼlim berish maqomini va mazmunini belgilaydi. |
| 4.3. | “Reklama toʻgʻrisida”. | 2007-yil IV chorak |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Adliya vazirligi | | | Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ommaviy axborot vositalarida va reklama maydonlarida ijtimoiy reklamani majburiy joylashtirish normasini nazarda tutadi. |
| 4.4. | Uy-joy kodeksi, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”, “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida”gi qonunlar. | 2007-yil I yarim yilligi |
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkor�ikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Bosh prokuratura, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi |
| | Qoʻshimchalar kiritilishi: aholining hayot taʼminotini rivojlantirish, isteʼmolchilar huquqini himoya qilish, tovarlar va xizmatlarning raqobatga bardoshligini oshirish uchun yanada qulay iqtisodiy sharoitlar yaratish; uy-joy-kommunal xizmatlar bahosining maqbulligini kafolatlovchi monopoliyaga qarshi choralarni aniqlashtirish imkonini beradi. |
| 5. | .b) Quyidagi hukumat qarorlariga va idoraviy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: | |||||
| 5.1. | Balogʻatga yetmagan bolalarni bolalikka olish va bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisida Nizom. | 2007-yil III chorak |
Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmasi | | | Oʻzgartirish kiritilishi ota-onasining qarovisiz qolgan, shuningdek bolalar va “Mehribonlik” uylari bolalarini ular huquqlarini himoya qilishning ishonchli mexanizmini taʼminlashda bolalikka olish va ularga homiylik qilish tartibotini soddalashtirish imkonini beradi. |
| 5.2. | Nikohdan oʻtadigan shaxslarni nikohdan oʻtgungacha tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom. | 2007-yil I chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Moliya vazirligi | | | Sogʻlom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sifatini takomillashtirish. |
| 5.3. | 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga nogironlikni tayinlash tartiboti. | 2007-yil II chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | | | Bajaruvchilarning qoʻshma buyrugʻi. Nogiron bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishlar sonini kamaytirish. |
| 5.4. | Ijtimoiy muhofaza muassasalarining har qaysi turi: bolalar uylari, “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylari va ixtisoslashtirilgan internatlar uchun namunaviy shtatlar. | 2007-yil III chorak |
Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi | | | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Shtat birliklarini unga psixologlar, psixonevrologlar va boshqa mutaxassislarni majburiy kiritgan holda oʻzgartirish. |
| 5.5. | Bolalar uylari, “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylari va ixtisoslashtirilgan internatlarni yumshoq va qattiq inventarlar bilan jihozlash normalari. | 2007-yil II chorak |
Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmasi | | | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori.�� Bolalarning toʻlaqonli hayot kechirishi, taʼlim olishi va dam olishini taʼminlash zaruratidan kelib chiqqan holda yumshoq va qattiq inventarlar bilan jihozlashning yangi asoslangan normalarini tasdiqlash. |
| 5.6. | Bolalar uylari va maktab-internatlar, ixtisoslashtirilgan yordamlashish maktablari tarbiyalanuvchilari ovqatlarining sifati va kaloriyaligini yaxshilash uchun bir nafar oʻquvchi hisobiga oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish normalari. | 2007-yil I chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | | | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Sanitariya qoidalari va normalariga qoʻshimchalar. Yoshiga va fiziologik ehtiyojlariga muvofiq ravishda bolalar ovqatlanishini yaxshilash. |
| 1.3. “Ijtimoiy himoya yili” Dasturining vazifalari va uni amalga oshirish toʻgʻrisida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish | ||||||
| 6. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiya qabul qilinganligining 14 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi “Inson manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifamizdir” maʼruzasi qoidalarini aholi oʻrtasida keng muhokama qilishni tashkil etish. | 2007-yil mobaynida |
Respublika “Maʼnaviyat targʻibot” markazi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla”, “Nuroniy”, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi”, “Mustaqil OAV va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish” jamgʻarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
30,0 | Bajaruvchilar mablagʻi | Qoʻshma tadbirlar rejasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiya qabul qilinganligining 14 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi “Inson manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifamizdir” maʼruzasi qoidalarini ommaviy axborot vositalari orqali, ijrochilar tomonidan tashkil etiladigan seminarlar, konferensiyalar, fuqarolar yigʻinlarida tushuntirish. |
| 7. | Dasturning vazifalari va yoʻnalishlari, uning butun respublika, shuningdek hududlar, shahar va tumanlar doirasida amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalari, televideniye va radio, korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari va mahallalarda keng yoritish. | 2007-yil mobaynida |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi |
| | Qoʻshma tadbirlar rejasi. Aholi oʻrtasida “Ijtimoiy himoya yili” Dasturi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarning ahamiyati va mazmunini ommaviy axborot vositalari orqali, ijrochilar tomonidan tashkil etiladigan seminarlar, konferensiyalar, fuqarolar yigʻinlarida tushuntirish. |
| 8. | Chet ellarda “Ijtimoiy himoya yili” Dasturining roli va ahamiyati toʻgʻrisida muntazam ravishda axborot-tushuntirish ishlarini olib borish hamda xorijiy sheriklar va homiylarni dastur tadbirlarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga jalb etish. | 2007-yil mobaynida |
Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Uzbekistan today” axborot agentligi |
| | Nashrlar, seminarlar, brifinglar orqali Oʻzbekiston Respublikasining aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha siyosati va tadbirlari toʻgʻrisida xorijiy mamlakatlarning xabardorligini oshirish, dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlarni, grantlarni, xalqaro muruvvat yordamini, moddiy-texnika vositalarini jalb etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
| II. “Mehribonlik” uylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, boquvchisini yoʻqotgan bolalarga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, “Sen yolgʻiz emassan” insonparvarlik shiorini hayotga amalda tatbiq etishni taʼminlash | ||||||
| 9. |
2007 — 2010-yillarda |
Ishlab chiqish – 2007-yil II chorak, qabul qilish – 2007-yil IV chorak |
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 9040,2 | Budjet mablagʻlari | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. Muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tarbiyalanuvchilarning yashash sharoitlarini yaxshilash. |
| 10. | “Mehribonlik” uylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash: | | | | | |
| 10.1 | Quyidagilarni: — Qoraqalpo?iston Respublikasi Xoʻjayli tumanida skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy tipidagi ixtisoslashtirilgan 6-son maktab-internatni; — Qarshi shahrida koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati past bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatni qurish va jihozlash. |
2007-yil III chorak |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
665,2 1045,3 |
Maktab taʼlimi jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti Maktab taʼlimi jamgʻarmasi, mahalliy budjet |
Tayanch-harakat mexanizmi va koʻzi kasal bolalarni davolash uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish. Ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Tarbiyalanuvchilarning faol dam olishini tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish. |
| 10.2 | Quyidagilarni: — Fargʻona shahrida sil kasalligiga chalingan bolalar uchun 2-son maktab-internatni hamda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida aqli zaif bolalar uchun yotoqxonaga ega boʻlgan 88-son maktab-internatni; — Xorazm viloyatining Xiva shahrida aqli zaif bolalar uchun yotoqxonasi boʻlgan 97-son maktab-internatni mukammal rekonstruksiya qilish va jihozlash. |
2007-yil III chorak 2007-yil III chorak |
Fargʻona viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Xorazm viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
729,8 357,4 |
Maktab taʼlimi jamgʻarmasi, mahalliy budjet Maktab taʼlimi jamgʻarmasi, mahalliy budjet |
Sil kasalligiga chalingan va aqli zaif bolalarning taʼlim olishi va yashashi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish. Muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Tarbiyalanuvchilarning faol dam olishini tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish. |
| 10.3 | Quyidagilarni: — Andijon shahridagi aqli zaif bolalar uchun 12-son yordamlashish maktabini va Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi sil kasalligiga chalingan bolalar uchun 11-son maktab-internatni; — Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi sil kasalligiga chalingan bolalar uchun 2-son maktab-internatni va Romitan tumanidagi aqli zaif bolalar uchun 26-son yordamlashish maktabini; — Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati past bolalar uchun 45-son maktab-internatni va Uychi tumanidagi skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy tipidagi 40-son maktabni; — Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun 95-son maktab-internatni mukammal taʼmirlash va jihozlash. |
2007-yil III chorak 2007-yil III chorak 2007-yil III chorak 2007-yil III chorak |
Andijon viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Buxoro viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Namangan viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Xorazm viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
282,1 337,2 437,3 224,0 |
Maktab taʼlimi jamgʻarmasi, mahalliy budjet Maktab taʼlimi jamgʻarmasi, mahalliy budjet Maktab taʼlimi jamgʻarmasi, mahalliy budjet Maktab taʼlimi jamgʻarmasi, mahalliy budjet |
Tayanch-harakat mexanizmi va koʻzi kasal, sil kasalligiga chalingan hamda aqli zaif bolalarni davolash uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish. Bolalar muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Tarbiyalanuvchilarning faol dam olishini tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish. |
| 10.4 | Buxoro shahridagi aqli zaif bolalar uchun 27-son maktab-internatni, skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy tipidagi 23-son maktab-internatni hamda yordamlashish maktabini mebellar va yumshoq inventarlar, asbob-uskunalar, texnik va yordamchi vositalar bilan jihozlash. | 2007-yil III chorak |
Buxoro viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi | 225,2 | Maktab taʼlimi jamgʻarmasi, mahalliy budjet | Davolash-sogʻlomlashtirish va korreksion-psixologik yordam tizimini takomillashtirish, tarbiyalanuvchilarning faol dam olishini tashkil etish uchu� barcha zarur sharoitlarni yaratish. |
| 10.5 | Toshkent shahridagi 2-son — “Muruvvat” bolalar uyini taʼmirlash. |
2007-yil mobaynida |
Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi | 80,5 | Grant mablagʻlari | Tarbiyalanuvchilarning uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash. |
| 10.6 | Samarqand shahrida “SOS — Samarqand bolalar qishlogʻi”ni ochish. |
2007-yil II chorak |
“SOS Kinderdorf Interneshnl”, Samarqand viloyati hokimligi | 2000 ming AQSh dollari | Bajaruvchilar mablagʻi | Yetim bolalarni har tomonlama tarbiyalash uchun sharoitlar yaratish. |
| 11. | Quyidagilar: — kamida 8 nafar bolalikka olingan bolalarni tarbiyalayotgan oilani mikroavtobus (“Damas”) bilan taʼminlash; — oilaviy biznesni tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar (mikrokreditlar) ajratish orqali har bir oilaviy bolalar uyiga shart-sharoitlar yaratish. |
2007-yil mobaynida 2007-yil II chorakdan boshlab |
Xalq taʼlimi vazirligi, “Oʻzavtosanoat” davlataksiyadorlik kompaniyasi Markaziy bank, “Mikrokreditbank”, tijorat banklari |
67,5 15,0 |
Homiylar mablagʻlari Tijorat banklari mablagʻlari |
Oilaviy bolalar uylarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash. Oilaviy bolalar uylari daromadlari manbalarini yaratish. |
| 12. | Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻqiyotgan jismoniy va aqliy zaif bolalar uchun darsliklar hamda oʻquv qoʻllanmalarini (59 nomda) yaratish va nashr qilish. | 2007-yil III chorak |
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | 168,0 | Budjet mablagʻlari doirasida | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yangi oʻquv dasturlarini, darsliklarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori. |
| 13. | Nogironligi oqibatida maktabga borish imkoniyatiga ega boʻlmagan bolalarni: — kompyuter va multimediyali oʻqitish dasturlari (har bir tumanda 5—9-sinflardagi 5 nafardan nogiron oʻquvchilar); — zarur oʻquv mebellari, darsliklar va oʻquv anjomlari bilan taʼminlash (jami 11 ming bola). |
2007-yil mobaynida 2007 — 2008 oʻquv yili boshida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
1000,0 1109,4 |
Xayriya jamgʻarmalari va nodavlat notijorat tashkilotlar Budjet mablagʻlari |
Nogiron bolalarni maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularni faol hayotga jalb etish. Muhtoj bolalarni zarur oʻquv mebellari, darsliklar va oʻquv anjomlari bilan taʼminlash. |
| 14. | Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi huzurida: — zaif bolalar guruhlarini ijtimoiy himoya qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoring bilan taʼminlash masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashini; — respublika barcha mintaqalari mutaxassislari uchun zaif bolalar guruhlarini ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha ilmiy-metodik, huquqiy, psixologik, pedagogik va taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi axborot-konsalting xizmatini tashkil etish. |
2007-yil I chorak 2007-yil aprel |
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmasi |
80,0 15,0 |
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Bajaruvchilarning tadbirlar kompleksi. Tegishli vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlarining zaif bolalar muammolari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash. Zaif bolalar guruhlari bilan ishlaydigan mutaxassislarning bilim darajasini oshirish. |
| 15. | “Mehribonlik” uylaridagi yosh qizlarni maxsus majburiy tibbiy tekshirishdan oʻtkazish tartibini joriy etish va profilaktik koʻrikdan muntazam ravishda oʻtkazish. “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanayotgan yosh qizlarni zamonaviy shaxsiy gigiyena buyumlari bilan doimiy asosda taʼminlash. |
2007-yil II chorakdan boshlab |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
150,0 10,0 |
Budjet mablagʻlari doirasida va bajaruvchilar mablagʻlari Budjet mablagʻlari |
Bajaruvchilarning qoʻshma buyrugʻi. “Mehribonlik” uylaridagi yosh qizlarning reproduktiv sogʻligʻini yaxshilash. |
| 16. | “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini va nogiron bolalarni kollejlarda qulay va zarur kasb-hunarlarga oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish. | 2007-yil I chorak |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti |
| Oʻqitish dasturi. Nogironlarning maqbul mehnat faoliyati uchun sharoitlar yaratish | |
| 17. | Har bir mintaqada “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanib chiqqanlar uchun ularni ishga joylashtirish joyidagi potensial korxonalar yaqinidagi hududda oilaviy bloklari boʻlgan yotoqxonalar tashkil qilish. |
2007-yil mobaynida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi | 2800,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanib chiqqanlarning yashashi va mehnat faoliyatini boshlashi uchun sharoitlar yaratish. |
| 18. | 2007 — 2008 oʻquv yilidan boshlab: — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzurida qabul qilish kvotasi 150 kishi etib belgilangan va keyinchalik bitiruvchilarni aniq manzillar boʻyicha taqsimlagan holda maxsus defektologiya fakultetini tashkil qilish; — Nukus, Angren, Qoʻqon, Jizzax va Navoiy pedagogika institutlari huzurida – defektologiya kafedralari tashkil qilish asosida ixtisoslashtirilgan maktablar oʻqituvchilarining kasbiy darajasini oshirish tizimini yaratish. |
2007-yil mobaynida |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
55,1 |
Budjet mablagʻlari doirasida |
Imkoniyatlari cheklangan bolalar bilan ishlash uchun ijtimoiy soha pedagoglarini kasbiy tayyorlash tizimini yaratish. |
| III. Aholining nochor qatlamlari — muhtoj oilalar, nogironlar va yolgʻiz keksalarni aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy muhofaza qilish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda mahallaning rolini oshirish | ||||||
| 19. | Nogironlar uchun kasanachilik maqsadli ish joylarini yaratish choralarini hisobga olgan holda 2007-yilda ish bilan taʼminlashning hududiy dasturlari parametrlariga tuzatishlar kiritish. | 2007-yil I chorak |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi, “Mehr nuri” jamgʻarmasi, “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi |
| | Aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va ularni ishga joylashtirish sharoitlarini yaxshilash. Nodavlat notijorat tashkilotlarini ishga joylashtirishga jalb etish. |
| 20. | Jamoat tashkilotlari ishtirokida oʻz ishini yuritish asoslariga oʻqitish tizimini yaratish, keyinchalik: — nogironlarga; — kam taʼminlangan oilalarga; — koʻp bolali oilalarga mikrokreditlar berish. Oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish boʻyicha eng yaxshi tajribani ommalashtirish uchun kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarning “Muvaffaqiyat maktablari”ni tashkil etish. |
Tadbirlar rejasi 2007-yil I chorak, tadbirlarni amalga oshirish – 2007-yil mobaynida |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Nogironlar jamiyati, “Mikrokreditbank”, tijorat banklari, Kredit ittifoqlari uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, “Mehr nuri” , “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Bolalar jamgʻarmasi |
| | Birgalikdagi tadbirlar rejasi. Nogironlar, kam taʼminlangan oilalar, koʻp bolali oilalarning daromadlarini, shu jumladan, muqobil manabalardan daromadlarini koʻpaytirish. |
| 21. | Toshkent va Fargʻona shaharlarida imkoniyatlari cheklangan va jismoniy rivojlanishida oʻziga xos xususiyatli shaxslar uchun maishiy xizmat koʻrsatish sohasi va buxgalteriya hisobi ixtisoslari boʻyicha ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari tashkil etish. Koʻrsatib oʻtilgan kollejlar oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash. |
2007-yil mobaynida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | 412,9 |
Budjet mablagʻlari |
Nogiron bolalarni aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy himoya qilish va ularning oʻrta maxsus maʼlumot olishi uchun sharoitlar bilan taʼminlash. |
| 22. | Kam taʼminlangan oilalar va boquvchisini yoʻqotgan oilalar uchun har oylik homiylik toʻlovlari amaliyotini joriy etish, keksalar, kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalar uchun Oʻzbekiston mintaqalarida maxsus xayriya tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha “Mehr nuri” jamgʻarmasi tajribasini respublikaning barcha mintaqalarida ommalashtirish. | 2007-yil mobaynida | “Mehr nuri” jamgʻarmasi, Nogironlar jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, Bolalar jamgʻarmasi | | | Birgalikdagi tadbirlar rejasi. |
| 23. | Quyidagilar: — Respublikaning har bir tumanida 200—300 ta kam taʼminlangan oilaga bir boshdan qoramol ajratish; — koʻp bolali 7 ming oilaga qoramol sotib olish uchun imtiyozli maqsadli kreditlar ajratish. |
2007-yil mobaynida 2007-yil mobaynida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
18000,0 7000,0 |
Homiylar mablagʻlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori. Daromad manbalarini yaratish yoʻli bilan kam taʼminlangan oilalar farovonligini oshirish. |
| 24. | Quyidagilarni: — 1-sinf oʻquvchilarini (520,0 ming oʻquvchini) oʻquv anjomlari komplekti bilan; — kam taʼminlangan oilalardagi oʻquvchilarni (724,0 ming oʻquvchini) qishki kiyim, bosh komplekti bilan; — akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni kiyim-kechak, poyafzal, oziq-ovqat va stipendiya bilan; — ijtimoiy yordamga muhtoj oila�ardagi oʻquvchi bolalarni, ayniqsa qizlarni sport formalari va anjomlari bilan bepul taʼminlash. |
2007-yil III-IV choraklari |
Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
33147,2, shu jumladan: 6160,3 18853,8 6210,1 1923,0 |
Budjet mablagʻlari doirasida | 1-sinf oʻquvchilarini va kam taʼminlangan oilalardagi oʻquvchilarni aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish |
| 25. | Aholining muhtoj toifalarini kasb-hunar taʼlimiga oʻqitish va daromadning muqobil manbalarini olish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Tadbirlarni 2007-yilning I choragida ishlab chiqish, apreldan boshlab amalga oshirish | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Zarafshon” nodavlat notijorat tashkiloti |
| Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Oʻquv dasturlari. Aholi muhtoj qatlamlarining farovonlik darajasini oshirish |
| 26. | “2007—2010-yillarda yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy himoya qilishni va ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi”ning 2007-yil uchun belgilangan, quyidagilarni nazarda tutgan topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish: — ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini kuchaytirish; — yolgʻiz keskalarni davolash va sogʻlomlashtirish, ularga gerontologik yordamni kuchaytirish; — respublikaning barcha mintaqalarida 800 nafar yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uylarini, kvartiralarini kapital taʼmirlash tarzida uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash; — 12 ta “Sahovat” va “Muruvvat” uylarini, sanatoriylarini kapital taʼmirlash va jihozlash; — nogironlar va yolgʻiz keksalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning yangi shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish (ijtimoiy polizlar, ijtimoiy taksilar, uy sanatoriylari va boshqalar). |
2007-yil mobaynida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla”, “Nuroniy”, “Sogʻlom avlod uchun”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, “Ayollar kengashi” OJ, “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati, Nogironlar jamiyati, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati | 6751,0 shu jumladan: 3332,7 3418,3 |
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari Budjet mablagʻlari Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari |
Yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy himoya qilishni hamda ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni kuchaytirish, ularning faol uzoq umr koʻrishini uzaytirish. |
| 27. | Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qishloq aholi punktlarini toza ichimlik suv bilan taʼminlash — suv taʼminoti obyektlarini rekonstruksiya qilish va tiklash. | 2007-yil oktyabr | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, viloyatlar hokimliklari, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | 6700,0, shu jumladan, 1000,0 2000,0 1000,0 1000,0 700,0 1000,0 |
Homiylar mablagʻlari: “Oʻzavto-sanoat” DAK “Oʻzneftgaz” MXK “Oʻzbekenergo” DAK “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK “Oʻzmetkombinat” birlashmasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati |
Aholini ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilash |
| 28. | Koʻp bolali va kam taʼminlangan oilalar aʼzolaridan, urush va mehnat faxriylaridan 300 ming kishiga kollektiv shartnoma va bitimlar orqali moddiy yordam koʻrsatish. | 2007-yil mobaynida | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mehr nuri” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
6000,0, shu jumladan: 350,0 |
Korxonalar, tashkilotlar mablagʻlari Kasaba uyushmalari mablagʻlari |
Aholining muxtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish. |
| 29. | Quyidagilarni: — bolalikdan nogironlarni (221,8 ming kishi); — homiladorlik va tugʻishda; — bola tugʻilganida nafaqalar bilan taʼminlash |
2007-yil mobaynida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi | 139190,9 | Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari | Aholining muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish. |
| 30. | “Navroʻz” va “Mustaqillik” bayramlari arafasida umumxalq hasharlarini oʻtkazish hamda har bir mahallada yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarga, kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga moddiy yordam koʻrsatish. �� | 2007-yil mart, avgust | “Mahalla”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, muassasalar, korxonalar |
2000,0 | Hasharlardan tushgan mablagʻlar | Aholining muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ijtimoiy muammolarni hal qilishga aholini faol jalb etish. |
| 31. | Yoz davrida bolalar sogʻlomlashtirish lagyerlarida 200 ming bolani, ulardan 11 ming bolani, shu jumladan, “Mehribonlik” bolalar uylaridagi 2 ming yetim bolalarni bepul sogʻlomlashtirish. | 2007-yil yoz davrida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi” jamgʻarmasi, “Ayollar kengashi” OJ |
1330,0, shu jumladan: 1225,0 30,0 |
Hokimliklar, “Mahalla” jamgʻarmasi, kasaba uyushmalari mablagʻlari. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga yoʻnaltiriladigan yagona ijtimoiy toʻlov mablagʻlari. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari |
Bolalarni toʻlaqonli jismoniy va maʼnaviy rivojlantirishni taʼminlash. |
| 32. | 1000 nafar koʻzi ojiz — katarakta bilan kasallangan yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni ularning koʻzini intraokulyar linza bilan korreksiyalash (sunʼiy koʻz gavhari bilan protezlash) yoʻli bilan reabilitatsiya qilish. | 2007-yil mobaynida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi | 30,0 | �omiylar mablagʻlari | 1000 nafar keksalar, pensionyerlar va koʻzi ojiz nogironlarni reabilitatsiya qilish va hayot sifatini yaxshilash. |
| | Respublika koʻz mikrojarrohligi ixtisoslashtirilgan markazini zamonaviy davolash-diagnostika apparatlari bilan jihozlash. | | | 180,0 | Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi krediti | Bemorlar va nogironlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish. |
| 33. | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi sanatoriylarga, Semashko nomidagi ilmiy-tadqiqot institutiga hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi shifoxonalariga bepul yoʻllanmalar ajratish yoʻli bilan 32 ming pensionyerlar, urush va mehnat faxriylari hamda nogironlarni, shu jumladan, 1100 nafar muhtoj yolgʻiz kishilarni sanatoriy-kurort muassasalarida sogʻlomlashtirish. — kasaba uyushmalari sanatoriylarida 53 ming kishini, shu jumladan kam taʼminlangan oilalardagi va koʻp bolali hodimlardan 1520 kishini, Chernobil AESi halokatini bartaraf etish qatnashchilaridan 300 kishini, “Mehribonlik” va “Sahovat” uylaridan 120 kishini bepul sogʻlomlashtirish. |
2007-yil mobaynida 2007-yil mobaynida |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mehr nuri” jamgʻarmasi | 2800,0, shu jumladan: 2000,0 800,0 8480,0, ulardan: 3016,0 |
Budjet mablagʻlari doirasida Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari Bajaruvchilar, homiylar va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mablagʻlari. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga yoʻnaltiriladigan yagona ijtimoiy toʻlov mablagʻlari |
Urush va mehnat faxriylari, nogironlarning hayot sifatini yaxshilash va uzoq umr koʻrishini taʼminlash. Aholining kam taʼminlangan va muhtoj qatlamlarini sogʻlomlashtirish koʻlamini kengaytirish. |
| 34. | 120 ming xodimni, shu jumladan 30 ming nogironlar, yolgʻiz keksalar, urush va mehnat faxriylarini, kam taʼminlangan oilalar aʼzolarini kollektiv shartnomalar va bitimlar orqali madaniy dam olishini va sogʻlomlashtirishni tashkil etish. | 2007-yil mobaynida | Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi” jamgʻarmasi | 9000,0, shu jumladan: 500,0 |
Korxonalar va tashkilotlar mablagʻlari. Kasaba uyushmalari mablagʻlari |
Aholining muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish. |
| 35. | Quyidagilar: — ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga chalingan bemorlarni hayotiy muhim dori-darmonlar bilan; — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan nafaqa oladigan bolalikdan nogironlar, yetim bolalar, nogironlar, urush qatnashchilari va nogironlari, urush ortida mehnat qilganlar, kam taʼminlangan oilalardagi shaxslarni yuqori malakali tibbiy yordam bilan taʼminlash. |
2007-yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Mehr nuri” jamgʻarmasi | 7000,0 shu jumladan: |
Budjet mablagʻlari doirasida | Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash va aholining muhtoj qatlamini aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish. |
| 36. | Quyidagilar: — Toshkent viloyatidagi Ohangaron “Saxovat” uyini mukammal taʼmirlash; — Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanidagi urush va mehnat faxriylari uchun “Marjon suvi” sanatoriysida “Qishki bogʻ” va oʻtish galereyasi qurilishini tashkil etish; — Toshkent viloyatidagi urush va mehnat faxriylari uchun “Tovoqsoy” hamda Fargʻona viloyatidagi “Oltiariq” sanatoriylarini taʼmirlash; — Chimboy, Chuvama va Qarshi “Muruvvat” uylariga homiylik yordami koʻrsatish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
2007-yil mobaynida 2007-yil mobaynida 2007-yil mobaynida 2007-yil mobaynida |
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Toshkent viloyati hokimligi Jizzax viloyati hokimligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
900,0 250,0, shu jumladan: 200,0 50,0 300,0, shu jumladan: 200,0 100,0 21,0 |
Bajaruvchilar mablagʻlari Hokimlik va homiylar mablagʻlari. Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari Hokimlik va homiylar mablagʻlari. Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari Kasaba uyushmalari mablagʻlari |
Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda uy-joy-maishiy sharoitlarni yaxshilash. Urush va mehnat faxriylariga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish. Aholining zaif qatlamlarini aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish. |
| 37. | Faoliyat koʻrsatayotgan yolgʻiz kishilarning oʻzaro muloqotda boʻlish va dam olish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish hamda koʻrsatilayotgan xizmatlar va turlari hajmlarini kengaytirish. Yolgʻiz kishilarga xizmat koʻrsatishga ilgʻor xorij texnologiyalarini ta�biq etish. |
2007-yil mobaynida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “Mahalla”, “Nuroniy”, “Sogʻlom avlod uchun”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati | 200,0 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Tadbirlarning aniq rejasi. Yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash. |
| 38. | Yangidan qurilayotgan binolar atrofida majburiy tartibda maxsus yoʻlkalar va nishab yoʻlkalar barpo etish, shuningdek nogironlar yashaydigan barcha tibbiy-ijtimoiy muassasalarni ular bilan taʼminlash yoʻli bilan aravachalar yordamida harakatlanadigan nogironlarning turar joylarga hamda ijtimoiy muassasalarga bora olishlari uchun sharoitlarni yaxshilash. Shahar jamoat avtotransportiga nogironlarni koʻtaruvchi moslamalari bilan jihozlangan maxsus transport vositalari turlarini tatbiq etish. |
Doimo | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | | Mahalliy budjetlar va homiylar mablagʻlari | Qurilish normalari va qoidalarini takomillashtirish. Nogironlarning jamoat muassasalari va binolariga borishlari, jamoat transportida harakatlanishlari uchun sharoitlarni yaxshilash. |
| 39. | Muhtoj boʻlgan 14 ming nogironni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va shu jumladan 6 ming nogironni qoʻl-oyoq protezlari bilan bepul taʼminlash, 2,5 ming nogironlar aravachalari, 1,5 ming eshitish apparatlari, 4 ming qoʻltiqtayoqlar, hassalar ajratish hamda 50 nafar nogironni sunʼiy tosson boʻgʻimi bilan taʼminlash. | 2007-yil mobaynida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “Mehr nuri” jamgʻarmasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti, xalqaro insonparvarlik tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar | 1275,0, shu jumladan: 735,0 540,0 |
Budjet mablagʻlari doirasida Homiylar mablagʻlari |
Nogironlarni zarur protezlash, ortopediya va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash, ularning hayot sifatini yaxshilash. |
| 40. | Respublika onkologiya ilmiy markazi negizida mastektomiya bilan kasallangan ayollar tibbiy reabilitatsiya kabineti tashkil etish, ularni silikon ekzoprotezlari bilan taʼminlash. | 2007-yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat | 300,0 | Homiylar mablagʻlari | Birgalikdagi tadbirlar rejasi |
| 41. | Nogiron bolalar oʻrtasida: — ikki bosqichda toʻrtinchi milliy paraolimpiya oʻyinlari oʻtkazish: birinchi bosqich – har bir “Muruvvat” uyida va ikkinchi bosqich – Toshkent shahrida final oʻyinlari oʻtkazish; — Buxoro shahrida xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida Respublika maxsus sport oʻyinlarini tashkil etish; — nogiron bolalar uchun “Maftunkor boʻyoqlar dunyosi” ijodiy-badiiy tanlovini va tanlov qatnashchilari ishlarini sotish boʻyicha xayriya koʻrgazmalarini oʻtkazish. |
2007-yil yanvar — sentyabr 2007-yil mobaynida 2007-yil II yarim yilligi |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qi�ish vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Milliy paraolimpiya uyushmasi, “Mahalla”, Bolalar sportini rivojlantirish, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Speyshl Olimpiks”, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “Mehr nuri” jamgʻarmasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Nogironlar jamiyati, “Sogʻlom avlod uchun”, “Sen yolgʻiz emassan”, “Nuroniy” jamgʻarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Bolalar jamgʻarmasi, Badiiy akademiya, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
30,0 5,0 40,0 50,0 10,0 |
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari |
Bajaruvchilarning birgalikdagi tadbirlari. Nogiron bolalarni sportga keng jalb etish. Ularning mahorati, oʻz qobiliyatini namoyon qilish darajasini oshirish, ularni maxsus xalqaro musobaqalarda qatnashishga tayyorlash. Imkoniyati cheklangan bolalarni sport oʻyinlariga jalb etish. Nogiron bolalarning maqbul maʼnaviy va jismoniy rivojlanishini taʼminlash. |
| 42. | “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazifalarini hal etishda eng namunali mahalla” tuman (shahar), viloyat va respublika tanlovini tashkil etish. | 2007-yil oktyabr | “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 20,0 | “Mahalla” jamgʻarmasi | Mehribonlik va muruvvatlilik gʻoyalarini har tomonlama targʻib qilish va odamlar ongiga singdirish. |
| 43. | Ogʻir oilaviy sharoitlardagi ayollar uchun yuridik maslahatlar markazlari tashkil etish. | 2007-yil mobaynida | “Tadbirkor ayol” uyushmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Adliya vazirligi | | Bajaruvchilarning birgalikdagi loyihasi. | |
| 44. | “Mehr nuri” jamgʻarmasi tajribasi asosida oʻz tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesini tashkil etish istagida boʻlgan kam taʼminlangan oilalardagi ayollarga grantlar ajratish va homiylik yordamlarini koʻrsatishda koʻmaklashish. | 2007-yil mobaynida | “Mehr nuri” jamgʻarmasi, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “Tadbirkor ayol” uyushmasi, Kredit ittifoqlari uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | | Birgalikdagi tadbirlar rejasi. Kam taʼminlangan oilalardagi ayollarning farovonligi va hayot darajasini oshirish. | |
| IV. Jismoniy sogʻlom va maʼnaviy boy avlodni shakllantirish chora-tadbirlarini yanada chuqurlashtirish, onalik va bolalik toʻgʻrisida gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, ayollar salomatligni mustahkamlash borasidagi ishlarni takomillashtirish, “Sogʻlom ona — sogʻlom farzand” harakatini har tomonlama ragʻbatlantirish | ||||||
| 45. | Onalar va bolalar oʻlimini kamaytirishga koʻmaklashadigan xavfsiz onalik boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni tugʻruqqa yordam koʻrsatish amaliyotiga joriy etish. | 2007 — 2009-yillar mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 140,0 ming AQSh dollari |
UNFPA (BMT aholi jamgʻarmasi) mablagʻlari |
Loyihani amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi. Onalar va bolalar oʻlimini kamaytirish. |
| 46. | Ambulatoriya — poliklinika boʻgʻini hamda onalik va bolalik muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash: — “Salomatlik – 2” va “Ayollar va bolalar sogʻligʻini mustahkamlash” loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish; — Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanidagi bolalar shifoxonasini taʼmirlash va tibbiy anjomlar bilan taʼminlash; — akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutini zamonaviy davolash-diagnostika apparatlari bilan jihozlash. |
2007 — 2009-yillar mobaynida 2007-yil mobaynida 2007-yil II yarim yilligi |
Sogʻliqni saqlash vazirligi “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Toshkent viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
8000 ming AQSh dollari 8520 ming AQSh dollari 500,0 AQSh dollari 3500,0 ming AQSh dollari |
Xalqaro rivojlanish uyushmasi krediti Osiyo taraqqiyot banki krediti, homiylik mablagʻlari. “Salomatlik va rivojlantirish” xalqaro tashkiloti (Janubiy Koreya) mablagʻlari Yaponiya Hukumati granti |
Sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻinida hamda onalik va bolalik muassasalarida tibbiy yordam sifatini oshirish. Bolalarni davolash uchun qulay sharoitlar yaratish. Ayollarga va chaqaloqlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash. Onalar va perinatal oʻlimini kamaytirish. |
| 47. | Quyidagi yoʻllar bilan reproduktiv salomatlikni muhofaza qilishni kuchaytirish va sogʻlom oilani shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish: — bolalar va fertil yoshdagi ayollarda temir moddasi, foliy kislotasi va yod tanqisligining oldini olish; — nikohdan oʻtayotgan shaxslarni m�jburiy tibbiy tekshirishdan oʻtkazish; — kutilmagan homiladorlikdan ogohlantirish uchun tushuntirish-profilaktika tadbirlarini oʻtkazish va zarur vositalar bilan taʼminlash; — respublika oliy oʻquv yurtlarida axborot markazlari tashkil etish. |
2007-yil mobaynida | “Sogʻlom avlod uchun”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
160,0 ming AQSh dollari 244,0 75,0 ming AQSh dollari 15,0 5,0 ming AQSh dollari |
YUNISEF (BMT Bolalar jamgʻarmasi) mablagʻlari Mahalliy budjetlar mablagʻlari UNFPA mablagʻlari Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, UNFPA mablagʻlari |
Onalar va bolalar sogʻligʻi koʻrsatkichlarini yaxshilash. Sogʻlom oilani shakllantirish, tugʻma nogironlikning oldini olish. Kutilmagan homiladorlikning oldini olish, fertil yoshdagi ayollarni sogʻlomlashtirish. Yoshlarning “Sogʻlom ona – sogʻlom farzand” harakati toʻgʻrisida xabardorligini oshirish. |
| 48. | Quyidagi yoʻllar bilan ayollar va bolalarni tekshirishni tashkil etish: — perinatal (homiladorlarni) va neonatal (yangi tugʻilgan chaqaloqlarni) tekshirishlarni kengaytirish; — tekshirish markazlarini reagentlar, dori-darmonlar bilan uzluksiz taʼminlash; — irsiy kasalliklarni oʻz vaqtida diagnostika qilish uchun tekshirish markazlarini diagnostika apparatlari bilan jihozlash; — bolalarning tugʻma rivojlanish anomaliyalari bilan tugʻilishi sabablarini tahlil qilish va doimiy monitoringini olib borish; — tibbiy-genetik xizmat tizimi kadrlari malakasini oshirish; — ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish. |
2007-yil mobaynida� | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy bank, “Sogʻlom avlod uchun”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1529,7 ming AQSh dollari 200,0 ming AQSh dollari |
Budjet mablagʻlari | Tugʻma nogironlikning oldini olish. Tugʻma rivojlanish nuqsonlarini aniqlashni yaxshilash. Irsiy kasalliklarni diagnostika qilishni yaxshilash. Monitoring va tekshirishlar asosida bolalarning tugʻma rivojlanish nuqsonlari bilan tugʻilishini kamaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrish. |
| 49. | “Unni fortifikatsiyalash milliy dasturi”ni amalga oshirishni davom ettirish. | 2007-yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi | 1832,0 ming AQSh dollari, shu jumladan: 1087,0 ming AQSh dollari 400,0 ming AQSh dollari 345,0 ming AQSh dollari |
Grant mablagʻlari Budjet mablagʻlari “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalari mablagʻlari |
Ayollar va bolalar oʻrtasida temir moddasi tanqisligi anemiyasini kamaytirish |
| 50. | Respublika va chet el klinikalarida tugʻma rivojlanish nuqsonlari boʻlgan bolalarni sogʻlomlashtirish tadbirlarini davom ettirish. | 2007-yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi | 8,0 ming AQSh dollari | “Fridensdorf Interneyshnl” xalqaro tashkilotining grant mablagʻlari | Loyihani amalga oshirish tadbirlari rejasi. Bolalar nogironligini kamaytirish. |
| 51. | “Salomatlik” va “Sogʻlom ona — sogʻlom farzand” poyezdlari tashkil etish orqali uzoq va borish qiyin boʻlgan joylarda yashaydigan oilalar tibbiy-ijtimoiy patronaji tizimini kengaytirish. | 2007-yil mobaynida | “Sogʻlom avlod uchun”, “Ekosan”, “Mahalla”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi | 110,0 5,0 |
Budjet mablagʻlari doirasida Homiylik mablagʻlari |
Uzoq va borish qiyin boʻlgan joylarda yashaydigan aholiga ijtimoiy yordam koʻrsatish. |
| 52. | Tibbiyot xodimlarining: — umumiy amaliyot vrachlari, akusher-ginekologlarning; — pediatrlar, neonatologlar, tibbiyot hamshiralarining; — patronaj tibbiyot hamshiralarining onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalari boʻyicha malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish. |
2007—2009-yillar mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 2007-yilda 400,0 ming AQSh dollari | TASIS granti | Onalar va bolalarga tibbiy yordam sifatini oshirish. Aholining tibbiy madaniyatini oshirish. |
| 53. | Oila rolini kuchaytirish, ayollar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish boʻ?icha quyidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish: — mahallalarda, oʻquv yurtlarida va harbiy qismlarda sogʻlom turmush tarzi, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish masalalari, anemiya va endemik boʻqoq muammolari boʻyicha davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish; — sogʻlom oilani shakllantirishni targʻib etishga yoʻnaltirilgan tanlovlar oʻtkazish; — sogʻlom avlod tugʻilishi va tarbiyasi masalalari boʻyicha turli ijtimoiy video va radiokliplarni ishlab chiqish va namoyish qilish; — ommaviy axborot vositalari vakillari uchun aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzi masalalarini yoritish boʻyicha seminarlar tashkil etish. |
2007-yil mobaynida | Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Bolalar jamgʻarmasi | 15,0 14,0 ming AQSh dollari |
Bajaruvchilar mablagʻlari UNFPA (BMT aholi jamgʻarmasi) mablagʻlari |
Loyihani amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi. Oilaning rolini kuchaytirish, ona va bola sogʻligʻini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish. Aholining reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish masalalari boʻyicha xabardorligini oshirish. |
| 54. | Barcha umumtaʼlim maktablarini quyidagi oʻquv qoʻllanmalari komplekti bilan taʼminlash: — “Salomatlik darslari”; — “Sogʻlom avlod asoslari”; — “Sogʻlom turmush tarzi asoslari va oila”; — sogʻlom turmush tarzi asoslari boʻyicha metodik qoʻllanma; — “Sogʻlom ona – sogʻlom farzand” harakati boʻyicha metodik qoʻllanma. |
2007-yil II chorak |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Moliya vazirligi | 383,0 500,0 |
Budjet mablagʻlari doirasida Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari |
Loyihani amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi. Oʻquvchilarning sogʻlom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik asoslari boʻyicha bilimlari sifati va darajasini yaxshilash. |
| 55. | Quyidagilarni ishlab chiqish va ulardan umumtaʼlim oʻquv yurtlarida foydalanish: — sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha multimediyali elektron resurslar; — ota-onalar uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash, rivojlantirish va oʻqitish boʻyicha metodik tavsiyalar va yoʻriqnomalar; — maktabgacha muassasalar bolalari bilan ishlash uchun zamonaviy oʻquv-tarbiya materiallari. |
2007-yil IV chorak 2007-yil III chorak 2007-yil mobaynida |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Matbuot va axborot agentligi | 30,0 20,0 45,0 10,0 |
Budjet mablagʻlari doirasida Homiylar mablagʻlari Budjet mablagʻlari doirasida Budjet mablagʻlari doirasida |
Oʻquvchilarni sogʻlom turmush tarzi boʻyicha xabardor qilish va bilimlarini oshirish. Ota-onalarning maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi boʻyicha xabardorligini va psixologik-pedagogik bilimdonligini oshirish. Bolalarni maktabda oʻqitishga tayyorlash sifatini yaxshilash. |
| 56. | Quyidagilarni yaratish va nashr etish: — “Yosh kelin-kuyovlarga” va “Yosh ota-onalarga” risolalari va bukletlari (100 ming nusxa); — “Sogʻlom oila quramiz”, “Men baxtli ona boʻlaman” mavzularidagi koʻrgazmali — izohli plakatlar (50 ming nusxa), ularni mahallalarda, ZAGS boʻlimlarida, oʻquv yurtlarida va tibbiy muassasalarda bepul taqsimlashni nazarda tutish. — maktab oʻquvchilari, talabalar uchun tibbiy va ekologik taʼlim boʻyicha oʻquv dasturlari. |
2007-yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xotin-qizlar q�mitasi, “Mahalla”, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi”, “Ekosan” jamgʻarmalari, Adliya vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Zarafshon”, “Salomatlik + ekologiya” nodavlat notijorat tashkilotlari |
80,0 20,0 |
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Tadbirlar rejasi. Sogʻlom oilani shakllantirish va sogʻlom avlodni tarbiyalash uchun sharoitlar yaratish. |
| 57. | “Sport — salomatlik garovi” harakatini rivojlantirish va quyidagilar boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish: — ayollar va bolalar oʻrtasida jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport harakatining ommaviyligini taʼminlash; — mahallalarda sport maydonchalari tashkil etish (408 ta) va ularni sport anjomlari bilan jihozlash. |
Doimo | “Mahalla”, “Sogʻlom avlod uchun”, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi”jamgʻarmalari, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab- quvvatlash jamgʻarmasi | 1020,0 10,0 |
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari |
Birgalikdagi tadbirlar rejasi. Kasalliklarning oldini olish va ayollar hamda bolalar salomatligini mustahkamlash. |
| 58. | Quyidagilar orqali “Sogʻlom ona — sogʻlom farzand” harakatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish: — telekoʻrsatuvlar va radio-eshittirishlar turkumlarini tayyorlash, koʻrsatish va eshittirish; — gazetalarda harakatning ahamiyati, maqsadi va vazifalarini ochib beradigan maxsus ruknlar ochish hamda muntazam ravishda materi�llar eʼlon qilish; — harakatning ahamiyatini targʻib qilishning eng yaxshi shakllari uchun tanlovlar oʻtkazish; — harakatni rivojlantirish internet saytini tashkil etish. |
Doimo | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “Mahalla”, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari, Bolalar jamgʻarmasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab- quvvatlash jamgʻarmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi | 30,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | Birgalikdagi harakatlar rejasi. Ayollar sogʻligʻini mustahkamlash, onalar va chaqaloqlar oʻlimini kamaytirish. |
| V. Ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimi, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va munosib baholash mexanizmini takomillashtirish | ||||||
| 59. | Tarif stavkalarini (YaTS boʻyicha bir razryadga) oshirish va 1 tarbiyachi yuklamasini (guruhdagi 15—18 boladan 5-6 bolagacha) qisqartirish hisobiga aqli zaif bolalarning “Muruvvat” uylaridagi tarbiyachilar va oʻquv-yordamchi xodimlar ish haqini oshirish. | 2007-yil II chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi | 322,3 | Budjet mablagʻlari | “Muruvvat” uylari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish. |
| 60. | Urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar xodimlarining ogʻir mehnat sharoitlari uchun 15 foizli ustama haq joriy etish (“Saxovat” uylari, reabilitatsiya marka·lari xodimlari uchun belgilangan toʻlovlar kabi). | 2007-yil II chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi | 57,8 | Budjet mablagʻlari | Sanatoriylar xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish. |
| 61. | Uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish xodimlari, shuningdek, uyda nogiron bolalarni oʻqitadigan pedagoglarning mehnatini Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda oylik yoʻlkira haqini eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida, Toshkent shahrida eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari miqdorida kompensatsiya joriy qilish orqali ragʻbatlantirish. | 2007-yil II chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi | 3018,9 | Budjet mablagʻlari | Ijtimoiy soha xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish. |
| 62. | “Saxovat”, “Muruvvat” internat-uylari, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari, uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmatlari va nogironlar kasb-hunar kollejlarining moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini 25 foizgacha koʻpaytirish. | 2007-yil II chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi | 764,3 | Budjet mablagʻlari | Koʻrsatilgan muassasalar xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish. |
| 63. | “Eng yaxshi ijtimoiy soha xodimi” unvoni uchun tanlovlar oʻtkazish (alohida toifalar boʻyicha: uyda xizmat koʻrsatish, chaqaloqlar uylari, bolalar uylari, qariyalar uylari, nogironlar va qariyalar internatlari, nogironlar reabilitatsiya markazlari, urush va mehnat faxriylari uchun ixtisoslashtirilgan sanatoriylari xodimlari va h.k.). | 2007-yil III chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi | 30,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | Tanlov oʻtkazish jadvali. Ijtimoiy soha xodimlari ishini ragʻbatlantirish va ularning obroʻsini oshirish. |
| 64. | Kasaba uyushmalarining “Navroʻz” va “Mustaqillik” bayramlarida har yili beriladigan “Mehribonlik” uylari xodimlari uchun 20 ta, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari xodimlari uchun 10 ta ragʻbatlantiruvchi mukofotlarini taʼsis etish. | 2007-yil III chorak |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 30,0 | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va bajaruvchilar mablagʻlari | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (OʻKUFK) qarori. Koʻrsatilgan muassasalar xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish. |
| 65. | Quyidagilar: — “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimi xodimlarini; — kasbiy faoliyatda ish stajiga ega boʻlgan va xizmat koʻrsatgan, oʻsib kelayotgan avlodni uygʻun holda tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan xalq taʼlimi, oʻrta maxsus va oliy taʼlim tizimi oʻqituvchilarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha grant dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2007-yil mobaynida | Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtim�iy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari uyushmasi, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, | | | Birgalikdagi tadbirlar rejasi. Ijtimoiy himoya tizimi xodimlari faoliyatini yanada ragʻbatlantirish. |
| VI. Oʻsib kelayotgan avlodning hayotiy muhim manfaatlarini taʼminlash, yoshlarning professional va maʼrifiy yuksalishini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqti va sport bilan shugʻullanishini tashkil etish, yosh oilalarni mustaqil hayotga qadam qoʻyishda qoʻllab-quvvatlash | ||||||
| 66. | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati patronaji ostida yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish. | 2007-yil I chorak |
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 125,0 shu jumladan, 100,0 |
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari |
Birgalikdagi kompleks dastur. Yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikka jalb etish jarayonini ragʻbatlantirish. |
| 67. | Yosh oilalarga uy-joy sotib olish yoki qurishda, uy xoʻjaligini obodonlashtirishda koʻmaklashish, ipoteka, isteʼmol kreditlari va mikrokreditlar berish orqali daromad olishning barqaror manbaini shakllantirish. | Doimo | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokim�iklari | 50000,0 | Tijorat banklari mablagʻlari | Birgalikdagi harakatlarning kompleks rejasi. Yosh oilalarga hayotiy taʼminotini yaratish va barqarorlashtirish sharoitlarini shakllantirish. Yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikka jalb etish jarayonini ragʻbatlantirish. |
| 68. | Faoliyati yosh oilalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va oilaviy hayot, psixologik-pedagogik muammolar, huquqiy va boshqa masalalar boʻyicha maslahatlar berishga yoʻnaltirilgan Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarini tashkil etish. | 2007-yil mobaynida | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 705,0 | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari | Quyidagilar: — kasblarga tayyorlash; — maslahatlar berish (huquqiy, psixologik, tibbiy maslahatlar); — yoshlarning boʻsh vaqtlarini koʻngilli oʻtkazish va boshqalar boʻyicha xizmatlar koʻrsatish. |
| 69. | — “Yangi avlod — 2007” bolalar ijodiyoti festivallari doirasida iqtidorli bolalarni, shu jumladan koʻp bolali oilalardagi iqtidorli bolalarni aniqlash va ularni maqsadli qoʻllab-quvvatlash ishlariga; | 2007-yil mobaynida | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi” jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Iqtidorli bolalarni aniqlash va maqsadli qoʻllab-quvvatlash hamda koʻp bolali oilalardagi ana shunday bolalarni qoʻllab-quvvatlash. |
| | — “Kelajak ovozi” respublika tanlovi va Yoshlar tashabbuslari markazi faoliyati doirasida viloyatlardagi turli ijod yoʻnalishlari boʻyicha iqtidorli bolalarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va ularni birlashtirish, shu jumladan tanlov ishlarini mamlakat iqtisodiyotiga tatbiq etishda; | | | | | |
| | — Sanʼat va bolalar ijodiyoti markazlarini oʻsib kelayotgan avlodni madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, milliy amaliy sanʼat anʼanalarini saqlashga oʻrgatish, bolalarni oʻqitish, yosh talantlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha rivojlantirishga; — qishloq joylardagi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining eng iqtidorli bitiruvchilariga ularning oʻqishni va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni davom ettirishida koʻmaklashish. | | | | | |
| 70. | Har bir mintaqada kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan 1 ming nafardan oʻsmir va qizlarning “Usto-shogird” metodi boʻyicha kasb-hunarga oʻqishini tashkil etish. | 2007-yil mobaynida | “Mahalla”, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi” jamgʻarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Badiiy akademiya, “Usto” birlashmasi | 20,0 shu jumladan: 3,0 |
Bajaruvchilar mablagʻlari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari |
Oʻqitish jadvali. Kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash. |
| 71. | Yoshlar uchun “Mutaxassisga muhtojmiz”, “Kasbim — faxrim” mavzusida telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish. | 2007-yil II chorak |
Oʻzbekiston milliy tele-radio kompaniyasi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 5,0 | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari | Birgalikdagi tadbirlar rejasi. Oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlarini tamomlagan mutaxassislar uchun yangi ish oʻrinlari topish boʻyicha loyihalarni joriy etish. |
| 72. | Yoshlar va bolalar oʻrtasida “Navroʻz” va “Mustaqillik” bayramlariga bagʻishlangan umummilliy yoshlar sport marafonini oʻtkazish. | 2007-yil mobaynida | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Vatanparvar” tashkiloti, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Mahalla”, Bolalar sportini rivojlantirish, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 70,0 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Marafonlarni muntazam oʻtkazishni taʼminlash. Yoshlarda sogʻlom turmush tarziga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish. Yosh avlodni vatanparvarlik va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Respublikada ommaviy jismoniy tarbiya harakatini rivojlantirish. |
| 73. | Har bir tumanda aholining kam taʼminlangan qatlamlari orasidan kamida 5 ta yosh oilaga toʻylarini oʻtkazish hamda maishiy sharoitlarini yaxshilashda homiylik yordami koʻrsatish. | 2007-yil mobaynida | “Mahalla” jamgʻarmasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati | 500,0, shu jumladan: 20,0 |
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari |
Birgalikdagi tadbirlar rejasi. Kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash. |
| 74. | Yoshlarni jalb etgan holda bogʻlarni, shaharlar mahallalari va aholi punktlari hududlarini obodonlashtirish boʻyicha ommaviy tadbirlar oʻtkazish. | 2007-yil mobaynida | “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 25,0 shu jumladan: 5,0 |
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari |
Birgalikdagi tadbirlar rejasi. |
| 75. | “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi” jamgʻarmasi tomonidan iqtidorli talabalar uchun taʼlim grantlari va stipendiyalar dasturlari boʻyicha orttirilgan tajribadan foydalangan holda, kam taʼminlangan oilalarga mansub iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2007-yil mobaynida | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi | 74,1 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Birgalikdagi harakatlar kompleks rejasi. |
| 76. | “Navqiron Oʻzbekiston” anʼanaviy va zamonaviy sanʼat festivali laureatlarini qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida yosh rassomlar va amaliy sanʼat ustalarini ragʻbatlantirish ishlarida koʻmaklashish, yosh rassomlar va hunarmandlar sulolalari tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash. | 2007-yil mobaynida | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi”, jamgʻarmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi | 37,1 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Birgalikdagi tadbirlar rejasi. |
| 77. | Toshkent shahrida uygʻun va jismoniy rivojlangan oʻsib kelayotgan avlodni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan Bolalar sport kompleksini rivojlantirishga koʻmaklashish. | 2007-yil mobaynida | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi” jamgʻarmasi | 33,4 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Birgalikdagi tadbirlar rejasi. Sport kompleksini taʼmirlash. |
| 78. | Butun respublika hududida aholining muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun mablagʻlar yigʻishga, kam taʼminlangan oilalarning bolalari uchun bayramlar tashkil etishga yoʻnaltirilgan xayriya va madaniy tadbirlar oʻtkazish. | 2007-yil mobaynida | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | | | Birgalikdagi tadbirlar rejasi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlari. Bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash. |
| VII. Faxriylar va pensionyerlarga yordam koʻrsatish darajasini yanada oshirish, davlat va jamoatchilik tomonidan ularni qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash, muhtojlarga begʻaraz yordam ajratish | ||||||
| 79. | Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, dorixonalarning ixtisoslashtirilgan boʻlimlari orqali pensiya yoshidagi shaxslarni bepul imtiyozli dori-darmonlar bilan (vrachlar retsepti boʻyicha) taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2007-yil I chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Dori-darmon” DAK, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | | | Birgalikda takliflar tayyorlash. Keksa yoshdagi pensionyerlarni dori-darmonlar bilan taʼminlashni yaxshilash |
| 80. | Yolgʻiz keksalar, urush nogironlari va ishtirokchilari, urush ortida mehnat qilganlar, halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oilalarini, Chernobil AESdagi halokat tufayli jabr koʻrganlarni uy-joy-kommunal xizmatlar uchun kompensatsiya sifatida har oyda pul bilan taʼminlash. | 2007-yil mobaynida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi | 25400 | Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi | Pensionerlar, mehnat va urush faxriylariga ijtimoiy yordam koʻrsatish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash. |
| 81. | “Navroʻz”, “Mustaqillik”, Yangi yil, Ramazon hayit va Qurbon hayit bayramlarida yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlardan 3000 kishiga insonparvarlik yordami koʻrsatish. | 2007-yil mobaynida | “Ekosan” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Nuroniy”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari | 250,0 | “Ekosan” jamgʻarmasi va homiylar mablagʻlari | Aholining muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash. Keksa fuqarolarning faol uzoq umr koʻrishlarini taʼminlash. |
| 82. | “Nuroniy” shifoxonasining Gerontologiya markazida (Toshkent shahri) davolashning zamonaviy gerontologiya metodlaridan foydalangan holda 1,2 ming nafar, shu jumladan, viloyatlardan 250 nafar keksa fuqarolarni sogʻlomlashtirish. | 2007-yil mobaynida | “Ekosan” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Ayollar kengashi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Nuroniy”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari | 50,0 | Ajratilgan mablagʻlar va homiylar mablagʻlari doirasida | Keksa fuqarolarning faol uzoq umr koʻrishlarini taʼminlash. |
| 83. | Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan keksalarni ularga talabalar va oʻquvchilardan tuzilgan “Gʻamxoʻrlik guruhlari”ni biriktirib qoʻyish yoʻli bilan ijtimoiy muhofaza qilish qamrovini kengaytirish. | 2007-yil mobaynida | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Nuroniy”, “Mahalla”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, nodavlat notijorat tashkilotlari | 10,0 | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va bajaruvchilar mablagʻlari | Keksa fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish koʻlamini kengaytirish. |
| 84. | Respublikaning har bir mintaqasidan kam taʼminlangan keksa fuqarolar (kamida 30 ming kishi) uchun tarixiy shaharlarni va muqaddas qadamjolarni (Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz shaharlarini) ziyorat qilishni bepul tashkil etish. | 2007-yil mobaynida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Mahalla”, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi”, “Nuroniy” jamgʻarmalari | 400,0 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Bajaruvchilar tadbirlari. Keksalarning koʻngilli dam olishi uchun sharoitlar yaratish. |
| 85. | Sport faxriylarini jalb qilish orqali katta avlod oʻrtasida sport musobaqalarini tashkil etish. | 2007-yil mobaynida | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, “Mahalla”, “Nuroniy” jamgʻarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi | 10,0 | Bajaruvchilar mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish. |
| 86. | Maxsus xayriya tadbirlarini ishlab chiqish va tashkil qilish, kam taʼminlangan oilalarga, shu jumladan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan keksalar, pensionyerlar va nogironlarga moddiy yordam koʻrsatish, nodavlat notijorat tashkilotlar va metsenatlarni, ayniqsa “Navroʻz”, “Mustaqillik”, Ramazon hayit va Qurbon hayit bayramlarini nishonlash vaqtida xayriya ishlariga jalb etish. | 2007-yil mobaynida | Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Mehr nuri”, “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy uyushmasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 700,0 shu jumladan: 200 |
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari Kasaba uyushmalari mablagʻlari |
Bajaruvchilarning kelishilgan tadbirlari. Keksalarni maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash. |
| 87. | Yolgʻiz pensionyerlar va nogironlarni telefon aloqasi bilan taʼminlash darajasini oshirish. | 2007-yil mobaynida | Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 40,0 | Bajaruvchilar mablagʻi | Aholining ijtimoiy muhtoj qatlamlari aloqa vositalaridan foydalanishini yaxshilash |
| 88. | Urush qatnashchilari va nogironlari hamda urush ortida mehnat qilganlar, koʻzi ojiz birinchi guruh nogironlarining shahar yoʻlovchi transportida bepul yurishini tashkil etish. | 2007-yil mobaynida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil va daryo transporti agentligi | 150,0 | Bajaruvchilar mablagʻi | Hokimliklar qarorlari. Aholining muhtoj guruhlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash. |
| 89. | Oʻzbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bagʻishlangan mashhur sanʼat ustalari ishtirokida “Faxriylar kuylaganda” adabiy-musiqiy sanʼat kechasini tashkil etish. | 2007-yil avgust | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mi?liy olimpiya qoʻmiasi, “ahalla”, “Nuroniy” jamgʻarmalari | 10,0 | Bajaruvchilar mablagʻi | Madaniyat faxriylarining talantini eʼzozlash. |
| 90. | Katta avlod vakillari bilan yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-ahloqiy muhitni yaxshilash, huquq-tartibotni kuchaytirish, ularda Vatanga muhabbatni, ota-onalar va keksalarga nisbatan hurmatni tarbiyalash. | 2007-yil mobaynida | “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Bolalar jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi | | Bajaruvchilar mablagʻi | Yosh avlodda maʼnaviyat, ahloq va vatanparvarlikni tarbiyalash. |
| | Jami xarajatlar ekvivalentda — shu jumladan: |
390 114,6 mln. soʻm, 356 342,8 mln. soʻm, 26 384,2 ming AQSh dollari |
| | | |
|
T/r |
Familiyasi, ismi, otasining ismi |
Egallab turgan lavozimi |
“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi boʻlimlarini amalga oshirish uchun masʼullik |
|
1. |
Mirziyoyev Sh.M. |
— Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri |
Kengash raisi |
| | | | |
|
2. |
Azimov R.S. |
— Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
Kengash raisining oʻrinbosari |
| | | | |
|
3. |
Otaxonov F.X. |
— Adliya vaziri |
I boʻlim “Amaldagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan yangi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash hamda amaldagilariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, aholining nochor qatlamiga yordam koʻrsatishda differensiyalangan yondashuvni amalga oshirish” |
| | | | |
|
4. |
Joʻrayev T.I. |
— Xalq taʼlimi vaziri |
II boʻlim “Mehribonlik” uylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, boquvchisini yoʻqotgan bolalarga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, “Sen yolgʻiz emassan” insonparvarlik shiorini hayotga amalda tatbiq etishni taʼminlash” |
| | | | |
|
5. |
Xaitov A.A. |
— Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri vazifasini bajaruvchi |
III boʻlim “Aholining nochor qatlamlari — muhtoj oilalar, nogironlar va yolgʻiz keksalarni aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy muhofaza qilish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda mahallaning rolini oshirish” |
| | | | |
|
6. |
Inomova S.T. |
— Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
IV boʻlim “Jismoniy sogʻlom va maʼnaviy boy avlodni shakllantirish chora - tadbirlarini yanada chuqurlashtirish, onalik va bolalik toʻgʻrisida gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, ayollar salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlarni takomillashtirish, “Sogʻlom ona — sogʻlom farzand” harakatini har tomonlama ragʻbatlantirish” |
| | | | |
|
7. |
Ashrafxonov B.B. |
— Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
V boʻlim “Ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimi, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va munosib baholash mexanizmini takomillashtirish” |
| | | | |
|
8. |
Qosimov R.S. |
— Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
VI boʻlim “Oʻsib kelayotgan avlodning hayotiy muhim manfaatlarini taʼminlash, yoshlarning professional va maʼrifiy yuksalishini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqti va sport bilan shugʻullanishini tashkil etish, yosh oilalarni mustaqil hayotga qadam qoʻyishda qoʻllab-quvvatlash” |
| | | | |
|
9. |
Boqiboyev E.J. |
— “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi |
VII boʻlim “Faxriylar va pensionyerlarga yordam koʻrsatish darajasini yanada oshirish, davlat va jamoatchilik tomonidan ularni qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash, muhtojlarga begʻaraz yordam ajratish” |