OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRINING
BUYRUGʻI
YOʻL HARAKATI QOIDALARINI BUZILIShIGA DOIR MAʼMURIY IShLARNI KOʻRIB ChIQIShNI TAShKIL ETISh HAMDA HAYDOVChILIK GUVOHNOMASIGA TALON BERISh VA ALMAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMALARGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 11-yanvarda 933-2, 934-1-sonlar bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-sonli “Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2240, 05.07.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-73 son “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 19-dekabrdagi 261-son “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2000-yil 23-apreldagi 87-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish haqida”gi yoʻriqnomaga (2000-yil 9-iyun, roʻyxat raqami 933) va “Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2000-yil 9-iyun, roʻyxat raqami 934) 1 va 2-ilovalarga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-dekabr,
266-son
Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritiladigan qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 2.2.7-band bilan toʻldirilsin:
“2.2.7. Telefon raqami va rusumi.
Izoh: Ushbu band faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1281-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun taalluqli”.
2. 3.3-band “128-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlardan keyin “1281-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 3.4-bandning:
birinchi xatboshisi “128-moddasi birinchi, ikkinchi, uchinchi qismlarida” degan soʻzlardan keyin “1281-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisi “128” sonidan keyin “1281” soni bilan toʻldirilsin.
4. 3.5-bandning birinchi xatboshisi “128-moddasi birinchi” degan soʻzlardan keyin “qismida, 1281-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 3.6-bandning birinchi xatboshisi “128-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1281-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 3.10-bandning birinchi xatboshisi “128-moddasi 1-qismida” degan soʻzlardan keyin “va 1281-moddasi 1-qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 3.23-bandning uchinchi xatboshisi “128-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlardan keyin “1281-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 5.4-band “128” sonidan keyin “1281” soni bilan toʻldirilsin.
9. 8.3.3-bandning ikkinchi xatboshisi “avariya holatlarini keltirib chiqarish” degan soʻzlardan keyin “transportda telefondan foydalanish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 1-banddagi:
“IIB DAN” qisqartmalari “Ichki ishlar boshqarmalari Yoʻl harakati xavfsizligi” degan soʻzlar bilan;
“IIBB Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi nazorati boshqarmasi (YHXNB)” degan soʻzlar “Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi” degan soʻzlar bilan;
“(RIB, TRIB) boʻlim(boʻlinma)lari” degan soʻzlar “boʻlim (boʻlinma) (keyingi oʻrinlarda — RIB (TRIB))lari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1.1-banddagi “DAN” qisqartmasi “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-banddagi:
“DAN maʼmuriy amaliyot guruhlari” degan soʻzlar “avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va meʼyorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmasi maʼmuriy huquqbuzarlik boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha inspektori” degan soʻzlar bilan;
“YXNB” qisqartmasi “Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 3.1-banddagi:
“DANBlaridan” qisqartmasi “avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va meʼyorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmalaridan” degan soʻzlar bilan;
“DANBlarda” qisqartmasi “boʻlinmalarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 3.2 va 8-bandlardagi “DAN” qisqartmasi “Yoʻl harakati xavfsizligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 6-banddagi “DAN” qisqartmasi “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Haydovchilik guvohnomasiga berilgan talon haqidagi maʼlumotlar maxsus jurnalda (2-ilova) qayd etiladi. Taloni almashtirilayotgan shaxs mazkur jurnalga imzo chekkanidan soʻng unga yangi talon beriladi. Jurnallar talon berilgan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati RIB (TRIB), tuman (shahar) IIB avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va meʼyorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmalarida 60 yil davomida saqlanadi”.
8. 1-ilova mazkur oʻzgartish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
“Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
1-ILOVA
Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
1-ILOVA
Haydovchilik guvohnomasi taloni namunasining
TASNIFI
TASNIFI
Haydovchilik guvohnomasining taloni toʻrtburchak shakldagi, oʻlchamlari 102 x 62 mm. boʻlgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan va ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan qogʻozdan tayyorlanadi. Qogʻoz qatlami orasiga joylashgan, ultarabinafsha nurda koʻrinadigan koʻk va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanogʻi” koʻrinishidagi uch oʻlchamli umumiy “suv belgi”si mavjud. Ofsetli yozuv, seriyasi “OʼzR”, nomeri yettita raqamli.
Blanka quyidagi maxsus himoyalarga ega:
kimyoviy taʼsirga bardoshli poligraf boʻyoqdan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilolanishi taʼminlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn koʻrinadi, ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan tasvirlar va yettita raqamli son koʻrinadi. Maxsus qabariq va oʻyiqlar mavjud.
Lotin alifbosi harflaridagi oʻzbek tili qoʻllangan.
Talonning old tomonida berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va raqamlarini yozish uchun joy, blanka nomi va uning seriyasi hamda nomeri, egasi haqida maʼlumot, kim tomonidan qachon berilganligi, A, V, S, D va E toifalari koʻrsatilgan, nurda aniq koʻrinuvchi sakkiz qirrali yulduz rasmi va “UZ” yozuvi tushirilgan.
Haydovchilik guvohnomasi talonining orqa tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishlarini qayd etish uchun jadval, haydovchilik guvohnomasi kim tomonidan va qachon olib qoʻyilganligi toʻgʻrisida belgilar uchun joy va muhr oʻrni koʻrsatilgan. Toifalari boʻyicha transport vositalarining surati tushirilgan.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)