Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 30-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 1-dekabrda maʼqullangan
2006-yil 30-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 1-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1281-modda bilan toʻldirilsin:
“1281-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilar ning telefondan foydalanishi
Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “128-moddasining toʻrtinchi qismi” degan soʻzlardan keyin “1281-moddasining ikkinchi qismi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 248-moddaning:
birinchi qismi “128” raqamidan keyin “-moddalari, 1281-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismi 5, 6 va 7-bandlari “129-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlardan oldin “1281-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 287-moddaning 1-bandi “128” raqamidan keyin “1281” raqami bilan toʻldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun 2007-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-dekabr,
OʻRQ-73-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 501-modda)