Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 12.06.2006 yildagi PQ-375-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IQTISODIYOT TARMOQLARI VA SOHALARINI RIVOJLANTIRIShNING ENG MUHIM MAQSADLI DASTURLARI AMALGA OShIRILIShINING MONITORINGINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlarning parametrlari ijrosini faktorli tahlil qilish asosida amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, shuningdek, zaruriyat tug‘ilganda maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan maqsad va vazifalarga o‘z vaqtida va to‘laqonli erishishga to‘sqinlik qiluvchi sabablarni bartaraf etish bo‘yicha oldini oluvchi hamda tuzatishlar kirituvchi chora-tadbirlar qabul qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan qabul qilingan 1-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishining tizimli monitoringini tashkil etishga javobgar organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq qabul qilingan eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishining monitoringini olib borishda Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik sxemasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari maqsadli kompleks dasturlarning tasdiqlangan parametrlari ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga axborot o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi bilan birgalikda bir oy muddatda har bir maqsadli dastur ijrosining monitoring tartibi, monitoringni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan axborotning maketi va shakllarini ishlab chiqsin hamda davlat boshqaruvining barcha darajalarida tadbiq etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 16-sonli qaroriga muvofiq asosiy moddiy balanslar ijrosi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli asosdagi monitoring natijalariga ko‘ra har bir ijrochi bo‘yicha eng muhim maqsadli kompleks dasturlar ijrosini tanqidiy tahlil qilishni hamda dasturlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish bo‘yicha ishlarning haqiqiy holatiga xolis baho berilishini ta’minlasin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar Hukumat, hokimliklar va hay’atlar majlislarida qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlarning amalga oshirilishini har chorakda ko‘rib chiqsin hamda uning yakuni bo‘yicha mavjud qoloqlikni bartaraf etish, dasturlarning tasdiqlangan parametrlariga belgilangan muddatlarda so‘zsiz erishishni ta’minlash, dasturlar ijrosi uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha aniq amaliy choralar ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-375-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 12-iyundagi
PQ-375-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilishi doimiy monitoring qilib boriladigan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning eng muhim maqsadli kompleks dasturlari ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-martdagi PQ-308-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l qurilishi ishlari hajmi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari hamda 2006-yilda avtomobil yo‘llari qurilishi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 3-martdagi PQ-299-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 12-iyundagi
PQ-375-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishining monitoringini olib borishda Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Ish bosqichlarining nomi‎

Bajarish muddatlari‎

Mas’ul ijrochilar‎

I bosqich‎ Mazkur qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan maqsadli kompleks dasturlarga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot tayyorlash va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish.‎ Chorakdan keyingi oyning 5-kunigacha‎ Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari‎
II bosqich ‎ Eng muhim maqsadli kompleks dasturlar bajarilishini tanqidiy tahlil qilish, tan joylar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritish.‎ Chorakdan keyingi oyning10-kunigacha‎ Iqtisodiyot vazirligi‎
III bosqich‎ Eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishida mavjud bo‘lgan qoloqlikni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni qabul qilgan holda hokimliklar hamda vazirliklar va idoralar hay’atlari majlislarida ko‘rib chiqish, mazkur vazifalarni bajarishda tarmoqlar va hududlar darajasidagi mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish.‎ Chorakdan keyingi oyning 14-kunigacha‎ Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vilo�t va Toshkent shahar hokimliklari‎
IV bosqich‎ Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishini dasturga kiritilgan tadbirlar belgilangan muddatlarda so‘zsiz bajarilishi maqsadida mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni qabul qilgan holda mazkur vazifalarning bajarilishini Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqish.‎ Har chorakda belgilangan muddatlarda‎ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 217-modda)