Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 17.04.2006 yildagi PQ-325-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2006 - 2010 YILLARDA XIZMAT KOʻRSATISh VA SERVIS SOHASINI RIVOJLANTIRIShNI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish boʻyicha izchil choralar koʻrilmoqda. Xizmatlar bozori tarkibi xizmatlarning yangi istiqbolli turlari — bank-moliya, sugʻurta, axborot-kommunikatsiya xizmatlari va boshqalarni rivojlantirish hisobiga takomillashib bormoqda. Oilalarni murakkab maishiy texnika, kompyuterlar va shaxsiy avtotransport bilan taʼminlashning keskin oshishi ularga koʻrsatilayotgan xizmatlarning kengayishiga imkon yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur tarmoqni rivojlantirishdagi jiddiy kamchiliklarni taʼkidlash joiz, xususan, bandlikni oshirish va aholi daromadlarini koʻpaytirish hamda mahalliy budjetlarni toʻldirishning istiqbolli manbai sifatida xizmat koʻrsatish va servis imkoniyatlaridan kam foydalanilmoqda. Xizmat koʻrsatish sohasi, ayniqsa, qishloq joylarida sust rivojlanmoqda, bu yerda katta kapital mablagʻ talab qilmaydigan va xususiy tadbirkorlik uchun jozibador boʻlgan koʻpgina anʼanaviy xizmat turlari yetarli darajada rivojlanmayapti va qishloq aholisining ulardan foydalanish imkoniyatlari pastligicha qolmoqda. Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining bu muhim tarmoqqa kerakli darajada eʼtibor qaratmayotganiga mutlaqo toqat qilib boʻlmaydi. Buning natijasida xizmat koʻrsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi hozircha bozor mezonlariga mos kelmayapti va uni dunyoning rivojlangan mamlakatlarida bu sohada erishilgan koʻrsatkichlarga taqqoslab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu mamlakatlarda xizmatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60—80 foizni tashkil etadi, xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiyotda band boʻlgan aholining qariyb 70 foizi mehnat qiladi, aholining isteʼmol xarajatlari tarkibida esa mazkur soha 50—60 foizni tashkil etadi, vaholanki, respublikamizda bu koʻrsatkich 10—15 foizdan oshmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlarida band boʻlganlar sonini koʻpaytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshirish hamda ichki isteʼmol bozorini zamonaviy, sifatli turli-tuman xizmat turlari bilan toʻldirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatish sohasida tadbirkorlarning faolligini yanada kuchaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, jumladan, bu boradagi rasmiyatchilik toʻsiqlarini bartaraf etish va shu asosda xizmatlar hajmining yuqori surʼatlarda oʻsishini taʼminlash hamda 2010-yilgacha ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006—2010-yillarda xizmatlar koʻrsatish sohasida band boʻlgan aholi sonini 1,6-marta koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar, birinchi navbatda, kommunal-maishiy, uy-joylarni taʼmirlash va qurish, suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlash va mashina-traktor parklari sohasidagi xizmatlar hajmi va turlarini yanada oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anʼanaviy xizmat turlari bilan bir qatorda, yangi istiqbolli —yuridik, konsalting, bank, moliya, sugʻurta, lizing va baholash xizmat turlarini jadal rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlari darajasi va sifatini oshirish hamda shu asosda xizmatlar eksportini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatish va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini 2006—2010-yillarda rivojlantirish Dasturining asosiy koʻrsatkichlari va tadbirlari 1—3-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsiy javobgarlik vazirliklar, idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Dastur ijrosining borishini tizimli monitoring qilsin va chorak, yarim yil va yil yakunlari boʻyicha oʻtkaziladigan oʻz majlislarida koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish va asosiy yoʻnalishlar boʻyicha belgilangan tadbirlarni bajarish uchun zarur hajmda moliyalashning aniq manbalarini 1 va 2-ilovalarga muvofiq belgilagan holda 2006—2010-yillarda xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqsin va bir oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda 2006—2010-yillarda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish va har bir fuqaroni, ayniqsa, qishloq joylaridagi fuqarolarni sifatli xizmatlar bilan taʼminlash boʻyicha hududiy dasturlarni qabul qilsin. Mazkur dasturlarda anʼanaviy xizmat turlarini kengaytirish va yangilarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Aholi bandligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga 3-ilovaga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratish orqali bu sohada aholi bandligi darajasini oshirish boʻyicha choralar koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish borasidagi zamonaviy daraja va tez oʻsayotgan talablarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash ishlarining hozirgi ahvoli qoniqarsiz deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mutaxassisliklar roʻyxati va xizmatlar koʻrsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini tanqidiy oʻrganish asosida bir oy muddatda oʻquv jarayonini takomillashtirish, shu jumladan uning ishlab chiqarish bilan integratsiyasini chuqurlashtirish hamda bu oʻquv yurtlaridagi oʻqituvchilarning malakasini oshirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Oʻzstandart” agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan Faoliyat turlarining umumdavlat statistika klassifikatorini tasdiqlasin va uni bosqichma-bosqich statistika amaliyotiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligining hududiy xususiyatlarini hamda xizmatlar koʻrsatish sohasida statistika maʼlumotlarini toʻplash tizimini hisobga olgan holda xizmatlarning statistik, shu jumladan alohida tarmoqlar boʻyicha hisobi metodologiyasini takomillashtirish dasturini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2006-yil 1-apreldan boshlab 4-ilovadagi* roʻyxatga muvofiq xizmatlar koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uch yil muddatga daromad (foyda) soligʻi va yagona soliq toʻlovi toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yuqorida koʻrsatilgan imtiyozning maqsadli va aniq yoʻnaltirilgan holda qoʻllanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-325-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 16-son, 133-modda; 2007-y., 4-6-son, 37-modda, 21-son, 213-modda; 2011-y., 22-23-son, 223-modda; 2012-y., 20-son, 215-modda)