11.05.2006 yildagi PF-3751-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish loyihalari amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek, samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining ustav sarmoyasi 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida bo‘lgan O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladi va yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi orqali Jamg‘armaning muassisi hisoblanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PF-4430-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar berish va Jamg‘arma kredit liniyalarini ochish, shuningdek” Jamg‘arma kreditlari tarkibini o‘zgartirish faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5284-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda Jamg‘arma quyidagilarni amalga oshirishi zarurligi nazarda tutilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘larini jamlash;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PF-4430-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 113-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar, avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’atlari va hajmlarini oshirishga yo‘naltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog‘iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo‘laklari va jahon bozorlariga eng qisqa yo‘l bilan chiqishini ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qo‘shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PF-4430-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Jamg‘armani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning xorijiy valyutadagi aktivlarining bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish chog‘ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining bo‘sh qoldiq mablag‘larini joylashtirishdan keladigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006—2009-yillar mobaynida Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvarag‘ida Jamg‘arma aktivlarini 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida shakllantirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash Jamg‘armaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini ko‘rib chiqish hamda ularni navbatdagi yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit ko‘rsatkichlari, Davlat budjeti hamda rivojlanish davlat dasturlarining asosiy parametrlari bilan bog‘liq holda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz olgan korxonalarni qayta moliyalashtirish (qo‘shma moliyalashtirish) uchun tijorat banklariga Jamg‘arma mablag‘larini berish muddatlari va shartlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish, xalqaro sarmoya bozorlarida amal qilayotgan foiz stavkalaridan kelib chiqib Jamg‘arma tomonidan berilayotgan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalarining aniq miqdorlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, tijorat banklariga moliyalashtirishni to‘liq va o‘z vaqtida ochish hamda tijorat banklariga berilgan mablag‘larning qaytarilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida Jamg‘arma ijroiya direksiyasining hamda qarz olgan korxonalar tomonidan Jamg‘arma mablag‘larining samarali foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda tinglab turish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamg‘arma soliqlar, yig‘imlar, bojlarning barcha turlaridan hamda davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalaridan ozod qilinsin, yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Iqtisodiyot vazirligi bir hafta muddatda belgilangan tartibda Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3751-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi

R.A. Gulyamov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Kengash raisi o‘rinbosari

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri

B.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri

S.U. Umurzakov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

T.A. Ishmetov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Jamg‘armaning boshqaruv Kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 19-son, 161-modda; 2009-y., 8-son, 76-modda, 22-son, 257-modda; 2012-y., 11-son, 113-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son; 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)