|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.12.2021
|
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
RADIOChASTOTA SPEKTRI MONITORINGINI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 23-sentabrda 1413-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastotalar spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-–3358-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qaroriga muvofiq, buyuraman:
1.“Radiochastota spektri monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan oʻn kun keyin kuchga kirgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab amalda boʻlgan OʻzAPTning 1999-yil 28-iyul 278-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida (1999-yil 19-iyul 774-son bilan) roʻyxatdan oʻtgan “Oʻzbekiston Respublikasida radiochastotalar spektri monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Bosh direktor oʻrinbosari A. D. Xadjayev zimmasiga yuklansin.
Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-avgust,
305-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 430-modda; 2011-y., 26-son, 269-modda)