|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.01.2023
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-sonli “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, davlat tuzilmalarining hokimiyat vakolatlarini qisqartirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi vazifalarini aniq chegaralab qoʻyish, shuningdek respublika davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, qoʻmitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga kiradi.
2. Respublika davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda roʻyobga chiqarilishini, ularning ijrosi ustidan taʼsirchan nazorat amalga oshirilishini taʼminlash;
tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki xavfsizligini taʼminlash;
mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishni tashkil qilish, iqtisodiy islohotlarni roʻyobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, aholining taʼlim, tibbiy xizmat, ijtimoiy taʼminotga boʻlgan huquqlarini taʼminlash va himoya qilish, mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
tegishli huquqiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish va standartlashtirish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
soliqlar, bojxona toʻlovlarini yigʻish, davlat daromadlarini taqsimlash yoʻli bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tuzilgan maʼmuriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi etib qayta tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat moddiy zaxiralari bosh boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi etib qayta tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi etib qayta tashkil qilish;
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil qilish;
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat”) etib qayta tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qoʻmitasini tugatish.
4. Respublika davlat boshqaruvi organlarining roʻyxati ilovaga muvofiq belgilansin.
5. Ilovada koʻrsatilgan respublika davlat boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda jamiyatni erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq yangilangan oʻz nizomlarini hamda boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar.
6. Maʼmuriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi bosqichma-bosqich ikki oy muddatda ushbu Farmonga muvofiq qayta tashkil etiladigan davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmalari va funksiyalari toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar tayyorlanishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. A. Xudoybergenov zimmalariga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 9-dekabr,
PF-3358-son
Respublika davlat boshqaruvi organlari
roʻyxati
I. Vazirliklar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(1-ilovaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
31. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-son Farmoniga muvofiq 14-band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoniga muvofiq 15-band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi.
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-sonli Farmoniga asosan 16-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 267-modda)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
18. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
19. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
20. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PF-5840-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
22. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
II. Davlat qoʻmitalari
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
(II boʻlimning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 4-iyundagi PF-3441-sonli Farmoniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi PF-5114-sonli Farmoni tahririda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlimnning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlimning 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-iyuldagi PF-3625-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 203-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
(II boʻlimning 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-iyuldagi PF-3625-son Farmoniga muvofiq 9-band deb hisoblangan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 203-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4965-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoniga asosan 11-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 636-modda)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoniga asosan kiritilgan)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 06/18/5594/2269-son)
III. Agentliklar
Oldingi tahrirga qarang.
(III-boʻlimning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
2. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 267-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
7. “Oʻzarxiv” agentligi
(III boʻlimning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan, shuningdek 3 — 8-bandlar 2 — 7-bandlar deb hisoblangan — OʻR QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
8. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
IV. Qoʻmitalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita
(IV boʻlimning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan, shuningdek 2-3-bandlar tegishli ravishda 1-2-bandlar deb hisoblangan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PF-5159-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan )
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PF-5046-sonli Farmoniga asosan kiritilgan)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoniga asosan 5-band kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
V. Markazlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli Farmoni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 2-modda)
VI. Inspeksiyalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(VI boʻlimning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 06/18/5594/2269-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 11-12-son, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 259-modda; 2005-y., 28-29-son, 203-modda; 28-29-son, 204-modda; 37-38-son, 282-modda; 2006-y., 40-son, 394-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 52-son, 510-modda; 2011-y., 1-2-son, 2-modda, 36-son, 366-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda, 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda, 8-son, 108-modda, 16-son, 267-modda, 20-son, 354-modda, 28-son, 636-modda, 35-son, 917-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 12.12.2018-y., 06/18/5594/2269-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son; 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)