Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qaroriga muvofiq Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida davlat muassasasi shaklidagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qarori 4-bandi “e” kichik bandi ikkinchi xatboshisida Surxondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalarni moliyalashtirish Jamgʻarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-400-son qarorida belgilangan tartibda hamda ushbu qarorning 1-bandida koʻzda tutilgan mablagʻlarning moliyalashtirilmagan qismi doirasida amalga oshirilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Agentlik Jamgʻarma bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish boʻyicha elektron platforma (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Bunda vazirlik va idoralarning tegishli maʼlumotlar bazalari, shu jumladan, avtomatlashtirilgan skoring tizimi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Agentlikning soʻroviga asosan elektron platformaga belgilangan tartibda integratsiya qilinadi.
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlari hamda ushbu jamgʻarma tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha olinadigan mablagʻlarning Jamgʻarmaga oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. Agentlik, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi bir oy muddatda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlari Jamgʻarma tomonidan qisman qoplab beriladigan nufuzli xalqaro inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari roʻyxatini tasdiqlasin hamda zaruratga koʻra, mazkur roʻyxatni doimiy ravishda yangilab borsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-iyul,
426-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 426-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akseleratsiya dasturi — startap loyihalarni trenerlik (mentorlik), ixtisoslashtirilgan oʻquv tadbirlari va ekspert maslahatlari orqali qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan dastur;
biznes loyihalar — yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalar, shuningdek, yoshlar ishtirokidagi va qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmat koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlari loyihalari;
inkubatsiya dasturi — startap loyihalarni dastlabki bosqichda qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan, gʻoyani amaliy biznesga aylantirishga qaratilgan dastur;
Kengash — biznes loyihalarni saralash va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga tavsiya qilish hamda Jamgʻarma faoliyatini samarali tashkil etish uchun oʻz sohasida yuqori natijalarga erishgan hamda samarali faoliyat yuritib kelayotgan 20 nafar tadbirkordan iborat tarkibda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi kollegial organ;
kredit — Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banki tomonidan biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun beriladigan imtiyozli kredit;
qarz — Jamgʻarma bilan loyiha tashabbuskori oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan bino va inshootlarni qurish, ularni taʼmirlash hamda jihozlash, shuningdek, taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun ajratiladigan mablagʻ;
loyiha tashabbuskori — ushbu Nizomga muvofiq Jamgʻarma tomonidan qoʻllab-quvvatlash vositalari taqdim etilishi nazarda tutilgan subyektlar;
startap dasturi — startap loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dastur;
xarajatlari qoplanadigan startap loyiha (keyingi oʻrinlarda — startap loyiha) — amalga oshishi xavfi mavjud boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan amalga oshirilayotgan yoki mazkur fuqaroga (fuqarolarga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan, davomiyligi 7 yilgacha boʻlgan biznes loyiha;
tijorat banki — Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, AT “Aloqabank” va boshqa tijorat banklari;
trener (mentor) — loyiha tashabbuskorlarining startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning biznes gʻoyalarini rivojlantirish, loyihalarni boshqarish koʻnikmalarini yaxshilash, toʻgʻri qarorlar qabul qilish boʻyicha ularga yordam koʻrsatadigan shaxs.
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Davlat budjetidan 2025-yilda ajratiladigan 200 mlrd soʻm;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlari hamda ushbu jamgʻarma hisobidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha olinadigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Loyiha tashabbuskori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qaroriga 3-ilovaga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-martdagi PF-61-son Farmoni 4-bandiga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalaridan foydalanishi mumkin:
a) tijorat banki orqali taqdim etiladigan quyidagi miqdorda kredit:
sugʻurta polisi taʼminoti yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida 100 mln soʻmgacha;
xizmatlar ipotekasi yoki boshqa taʼminot turlari asosida 200 mln soʻmgacha;
taʼminot turlari asosida 2 mlrd soʻmgacha;
taʼminot turlari asosida qishloq xoʻjaligi kooperativlari loyihalari uchun 2,5 mlrd soʻmgacha;
b) Jamgʻarma tomonidan taqdim etiladigan quyidagi miqdorda qarz:
foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan olis va chekka hududlardagi mahallalarda yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha;
boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan bino va inshootlarni qurish, ularni taʼmirlash va jihozlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 ming baravarigacha;
v) Jamgʻarma tomonidan quyidagi xarajatlarni qisman qoplab berish:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini yaratish darajasiga olib chiqish uchun chet ellik va mahalliy ekspertlar, trenerlarni (mentorlarni) jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan qismini, biroq 100 mln soʻmdan oshmagan miqdorda;
xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan qismini, biroq 10 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banki orqali kreditlar ajratish
1-§. Arizalarni koʻrib chiqish va tijorat bankiga moliyaviy resurs ajratish
5. Tijorat bankiga resurs taqdim etish uchun Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma (keyingi oʻrinlarda — Bosh kelishuv) tuziladi.
Bosh kelishuvda mazkur Nizomda belgilangan shartlarni va tartiblarni inobatga olgan holda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, moliyaviy resurslarni taqdim etish va ulardan foydalanish shartlari hamda muddatlari belgilanadi.
6. Loyiha tashabbuskoriga kredit ajratish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 4-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalaridan biridan foydalanish boʻyicha tijorat bankiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali ariza bilan murojaat qiladi.
7. Loyiha tashabbuskori oʻz arizasiga ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli hujjatlarni ilova qiladi.
8. Ariza berilganidan soʻng loyiha tashabbuskori tijorat banki tomonidan skoringdan oʻtkaziladi hamda ushbu Nizom talablariga muvofiqligi oʻrganiladi.
Tijorat banki arizani oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha kredit ajratish maqsadida moliyaviy resurs olish uchun Jamgʻarmaga buyurtmanoma yuborish yoki arizani rad etish haqida qaror qabul qiladi hamda bu haqida loyiha tashabbuskorini xabardor qiladi.
9. Quyidagi hollarda arizani qanoatlantirish rad etiladi:
tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan hollarda;
skoring natijasida loyiha tashabbuskorining salbiy kredit tarixi yoki qarz yuki keskin oshgani aniqlansa, qisqa davr ichida bir nechta kredit rasmiylashtirilgan va qarz yuki keskin oshgan boʻlsa;
ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda.
10. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish maqsadlari uchun tijorat banki tomonidan kredit ajratilmaydi:
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ularning savdosini tashkil etish;
ulgurji savdoni tashkil etish va faoliyatini yuritish;
ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
yordam koʻrsatilayotgan loyihalar boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda foydalanilmaydigan yengil avtotransport vositalarini xarid qilish;
qonunchilik hujjatlari va tijorat bankining ichki siyosatida kredit berilmasligi nazarda tutilgan boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar).
11. Tijorat bankining kredit ajratishni rad etish haqidagi qarori boʻyicha loyiha tashabbuskori oʻn kun muddat ichida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali Jamgʻarmaga shikoyat kiritishi mumkin.
12. Ushbu shikoyat Agentlik, Jamgʻarma va tegishli tijorat banki masʼul xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tomonidan oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tijorat banki tomonidan kredit ajratish rad etilishining qonuniyligi yuzasidan xulosa tayyorlanib, bu haqida loyiha tashabbuskori xabardor qilinadi.
Bunda ishchi guruh tijorat banki tomonidan kredit ajratish asossiz rad etilgani haqida xulosa bergan taqdirda, tijorat banki ushbu Nizomga muvofiq loyiha tashabbuskoriga kredit ajratish uchun moliyaviy resurslar olish haqida Jamgʻarmaga buyurtmanoma taqdim etadi.
13. Biznes loyihani moliyalashtirish uchun loyiha tashabbuskoriga kredit ajratish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, tijorat banki moliyaviy resurs olish uchun Jamgʻarmaga buyurtmanoma taqdim etadi.
Buyurtmanomada biznes loyihani moliyalashtirish turi, miqdori, muddati belgilanadi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri, pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali Jamgʻarmaga tasdiqlangan holda taqdim etiladi.
Taqdim etilgan buyurtmanomadagi maʼlumotlarning haqiqiyligiga tijorat banki javobgar hisoblanadi.
14. Buyurtmanomalar Jamgʻarma tomonidan har oyda kamida ikki marta, qoida tariqasida, har oyning 10 va 20-sanasiga qadar umumlashtirilib, koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi.
15. Buyurtmanomalar Kengash tomonidan besh ish kuni ichida ushbu Nizom talablariga muvofiq koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha moliyaviy resurs ajratish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Kengash qarori majlis bayonnomasi tarzida rasmiylashtirilib, Kengashning majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
16. Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan ortigʻi ijobiy ovoz bergan biznes loyihalar (shu jumladan, ijaraga olingan obyektda faoliyat yuritayotgan) saralab olingan hisoblanadi va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlanadi.
17. Jamgʻarma buyurtmanomani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali tijorat bankiga bildirishnoma (qaror nusxasini ilova qilgan holda) yuboradi.
Bildirishnomada moliyaviy resurs (toʻliq yoki qisman) ajratilishi yoki rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
Moliyaviy resurs ajratilishi rad etilgan hollarda, tijorat banki bu toʻgʻrisida loyiha tashabbuskoriga tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida maʼlum qiladi.
18. Tijorat banki moliyaviy resurslar ajratilishi koʻrsatilgan bildirishnomani olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida belgilangan tartibda loyiha tashabbuskori bilan hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda Jamgʻarmaga toʻgʻridan-toʻgʻri, pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali tijorat bankining masʼul rahbari tomonidan imzolangan talabnoma va biznes loyihalar reyestrini kiritadi.
19. Jamgʻarma tijorat banki tomonidan taqdim etilgan talabnoma va biznes loyihalar reyestriga asosan koʻrsatilgan kreditlarni ajratish uchun tijorat bankiga Markaziy bank asosiy stavkasidan bir foizlik punkt past stavkada asosiy qarzdan 1 yilgacha va foiz toʻlovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga moliyaviy resurs ajratadi.
Bunda tijorat bankiga ajratiladigan moliyaviy resursning asosiy qarz va foiz toʻlovlari boʻyicha imtiyoz muddatlari hamda ushbu moliyaviy resursni ajratish muddati tijorat banki talabnomasida koʻrsatilgan loyiha tashabbuskoriga kredit ajratish shartlariga mutanosib ravishda belgilanadi.
20. Jamgʻarma hisobidan tijorat bankiga ajratiladigan moliyaviy resurs alohida hisobvaraqlar ochilgan holda yuritiladi.
21. Tijorat banki olingan moliyaviy resursdan loyiha tashabbuskori tomonidan maqsadli foydalanilishini monitoring qilib boradi hamda moliyaviy resursning oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlaydi.
Bunda biznes loyihalar Jamgʻarma tomonidan tijorat banki bilan birgalikda tanlov asosida joyiga chiqqan holda monitoring qilinishi mumkin.
22. Ajratilgan moliyaviy resurs hisobidan loyiha tashabbuskoriga kredit ajratilmaganda yoki ajratilgan kredit muddatidan oldin qaytarilganda, tijorat banki ushbu ajratilgan moliyaviy resursni Jamgʻarma hisobvaragʻiga Bosh kelishuvda qayd etilgan muddatlarda qaytarishi lozim.
23. Ajratilgan moliyaviy resursdan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda, Jamgʻarmaning tijorat bankidan moliyaviy resursning tegishli qismini muddatidan avval qaytarish haqidagi talabiga asosan moliyaviy resurs tijorat banki tomonidan Bosh kelishuvda kelishilgan shartlar asosida Jamgʻarmaga qaytariladi.
24. Tijorat banki tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha yillik foiz stavkasi tarkibidagi bank marjasi 5 foizdan oshmagan miqdorda oʻrnatilib, kreditlar loyiha tashabbuskoriga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada asosiy qarzdan 1 yilgacha va foiz toʻlovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga beriladi.
25. Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan yoki oshirilgan taqdirda, ajratilgan kredit boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoladi.
26. Loyiha tashabbuskorining soʻroviga asosan uning faoliyatida foydalanish maqsadida xorijiy davlatlardan asbob-uskuna, xomashyo xarid qilish uchun tijorat banki ajratilgan kreditlarni chet el valyutasiga konvertatsiya qilishi mumkin.
27. Tijorat banklari har chorakda Jamgʻarmaning moliyaviy resurslarini oʻzlashtirish bilan bogʻliq holatlar toʻgʻrisida, shu jumladan, kredit berilgan loyiha tashabbuskorlari va biznes loyihalar kesimida ushbu Nizomga muvofiq tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit, qaytarilgan (undirilgan) mablagʻlar, muddati oʻtgan qarzdorliklar summasi koʻrsatilgan hisobotni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Ushbu hisobotlar boʻyicha har chorakda tijorat banki va Jamgʻarma oʻrtasida Jamgʻarmaning moliyaviy resurslaridan foydalanilishi koʻrsatilgan taqqoslash dalolatnomalari tuziladi.
2-§. Biznes loyihalarga 100 mln soʻmgacha kredit ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
28. Tijorat banki tomonidan sugʻurta polisi taʼminoti yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida 100 mln soʻmgacha kreditlar imtiyozli mikroqarz sifatida quyidagi subyektlarga ajratiladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yoshlarga;
dehqonchilik va hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanadigan yoshlarga;
ijtimoiy soliq toʻlagan oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga.
29. Kredit quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladi:
sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash;
zamonaviy savdo markazlari hamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va sexlar)ni qurish yoʻnalishlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish (modernizatsiya qilish).
30. Biznes loyiha xususiyatidan kelib chiqib, kreditning 50 foizgacha qismi aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda soʻndirish sharti bilan 24 oygacha muddatga ajratilishi mumkin.
3-§. Biznes loyihalarga 200 mln soʻmgacha kredit ajratishning oʻzi xos xususiyatlari
31. Tijorat banklari tomonidan xizmatlar ipotekasi yoki boshqa taʼminot turlari asosida 200 mln soʻmgacha kreditlar kamida 6 oydan ortiq muddat davomida faoliyat koʻrsatayotgan quyidagi subyektlarga ajratiladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yoshlarga;
dehqonchilik va hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanadigan yoshlarga;
ijtimoiy soliq toʻlagan oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga;
ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushining kamida 50 foizi kredit ajratilishi vaqtida yosh boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga.
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratilgandan soʻng tadbirkorlik subyektining ustav fondi (ustav kapitali)dagi kredit ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas (yosh fuqaro vafot etgan, vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan hollar bundan mustasno). Ushbu talab buzilgan taqdirda, tijorat banki tomonidan ajratilgan kredit summasini muddatidan oldin qaytarish choralari koʻriladi.
32. Kreditlar magistral va ichki yoʻllar boʻyi, jamoat joylarida (shu jumladan, sayilgohlar, turistik maskanlar, gastronomik va ijod koʻchalarida) koʻchma yoki yengil konstruksiyali savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari va nuqtalarini (chakana savdo rastalari, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari va sanitariya-gigiyena shoxobchalari kabi) tashkil etish, ushbu faoliyat turlarini amalga oshirish uchun jihoz va vositalarni xarid qilish uchun ajratiladi.
4-§. Biznes loyihalarga 2 mlrd soʻmgacha kredit ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
33. Tijorat banklari tomonidan taʼminot turlari asosida 2 mlrd soʻmgacha kreditlar quyidagi subyektlarga ajratiladi:
ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushining kamida 50 foizi kredit ajratilishi vaqtida yosh boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga;
yaratiladigan ish oʻrinlarining kamida 50 foiziga yoshlarni ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat koʻrsatuvchi kichik tadbirkorlik subyektlariga.
Ushbu bandda nazarda tutilgan subyektlar kamida 12 oydan buyon faoliyat koʻrsatayotgan hamda oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari 500 mln soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha miqdorni tashkil etgan boʻlishi lozim. Bunda kredit miqdori tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablagʻlari talab etiladigan minimal miqdor 500 mln soʻmga nisbatan proporsional tarzda kamaytiriladi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratilgandan soʻng tadbirkorlik subyektining ustav fondi (ustav kapitali)dagi kredit ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolarga) tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas (yosh fuqaro vafot etgan, vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan hollar bundan mustasno). Ushbu talab buzilgan taqdirda, tijorat banki tomonidan ajratilgan kredit summasini muddatidan oldin qaytarish choralari koʻriladi.
34. Kredit quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladi:
ichki va tashqi bozorlarda talab koʻp boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi biznes loyihalarni moliyalashtirish;
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini xarid qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, asosiy vositalarni sotib olish (shu jumladan, “sanoat ipotekasi” asosida) hamda aylanma mablagʻlarni shakllantirish;
tijorat maqsadlarida foydalanishga moʻljallangan avtotransport vositalarini xarid qilish;
savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tashkil qilish;
yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, shu jumladan, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillar kabi yoʻnalishlarda taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etiladigan biznes loyihalar.
5-§. Biznes loyihalarga 2,5 mlrd soʻmgacha kredit ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
35. Tijorat banklari tomonidan taʼminot turlari asosida 2,5 mlrd soʻmgacha kreditlar quyidagi subyektlarga ajratiladi:
aʼzolarining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini yoshlar tashkil etuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qaroriga muvofiq qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmatlar koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlariga.
36. Kreditlar mini traktor, kultivator, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, mahsulotlarni saralash, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash uskunalarini xarid qilish va sugʻorish tizimlari (quduqlar burgʻilash) loyihalari uchun qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ajratiladi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz ajratish
1-§. Umumiy qoidalar
37. Loyiha tashabbuskoriga ushbu bobga muvofiq qarz ajratish ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Bunda loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 4-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarining biridan foydalanish boʻyicha Jamgʻarmaga ariza bilan murojaat qiladi.
38. Loyiha tashabbuskori oʻz arizasiga ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli hujjatlarni ilova qiladi.
39. Jamgʻarma tomonidan oʻn ish kuni ichida arizaning ushbu Nizom talablariga muvofiqligi oʻrganiladi.
40. Quyidagi hollarda arizani koʻrib chiqish Kengashga kiritilmasdan, Jamgʻarma tomonidan loyiha tashabbuskoriga kamchiliklarni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi:
tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan hollarda;
ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda.
Bunda Jamgʻarma tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat belgilanadi va bu haqida loyiha tashabbuskori xabardor qilinadi. Loyiha tashabbuskorining iltimosnomasiga binoan kamchiliklarni bartaraf etish uchun berilgan muddat Jamgʻarma tomonidan besh kundan kam boʻlmagan muddatga uzaytirilishi kerak.
41. Loyiha tashabbuskori Jamgʻarma tomonidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etib, belgilangan muddatda tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etishi lozim.
Loyiha tashabbuskori belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etmasa va bu haqida Jamgʻarmani xabardor qilmasa, Jamgʻarma tomonidan belgilangan muddat tugagandan soʻng qarz berishni rad etish masalasini koʻrib chiqish uchun ariza Kengashga kiritiladi.
42. Ushbu bob talablariga muvofiq boʻlgan arizalar Jamgʻarma tomonidan har oyda kamida ikki marta, qoida tariqasida, har oyning 10 va 20-sanasiga qadar umumlashtirilib, koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi.
43. Arizalar Kengash tomonidan besh ish kuni ichida ushbu Nizom talablariga muvofiq koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha qarz ajratish yoki qarz ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Kengash qarori majlis bayonnomasi tarzida rasmiylashtirilib, Kengashning majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
44. Quyidagi hollarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan biznes loyihalar (shu jumladan, ijaraga olingan obyektda faoliyat yuritayotgan loyihalar) maʼqullangan hisoblanadi va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlanadi:
bazaviy hisoblash miqdorining 6 ming baravarigacha boʻlib toʻlash sharti bilan bino va inshootlarni qurish, ularni taʼmirlash va jihozlash uchun qarz ajratish boʻyicha Kengash aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan maʼqullanganda;
bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha boʻlib toʻlash sharti bilan xorijiy tillarga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochish uchun foizsiz qarz ajratish boʻyicha Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan koʻproq ovozi bilan maʼqullanganda.
45. Jamgʻarma arizani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali loyiha tashabbuskoriga xabarnoma yuboradi va xabarnomaga Kengash qaroridan koʻchirma ilova qilinadi.
Xabarnomada qarz ajratilishi yoki rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
46. Kengash tomonidan loyiha tashabbuskorining biznes loyihasiga qarz ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganda, Jamgʻarma va loyiha tashabbuskori oʻrtasida oʻn ish kuni ichida qarz shartnomasi tuziladi.
47. Qarz shartnomasi tuzilgandan soʻng Jamgʻarma tomonidan uch ish kuni ichida qarz shartnomasiga asosan loyiha tashabbuskoriga quyidagi maqsadlar uchun boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarz ajratiladi:
tadbirkorlik faoliyati uchun bino va inshootlarni qurish, ularni taʼmirlash va jihozlash;
xorijiy tillarga oʻqitish faoliyatini tashkil etish.
48. Qarz shartnomasida ushbu Nizomda belgilangan shartlarni va tartiblarni inobatga olgan holda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, qarzlarni taqdim etish va qaytarish, ulardan foydalanish shartlari va muddatlari belgilab qoʻyiladi.
2-§. Tadbirkorlik faoliyati uchun bino va inshootlarni qurish, ularni taʼmirlash va jihozlash uchun qarz ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
49. Tadbirkorlik faoliyati uchun bino va inshootlarni qurish, ularni taʼmirlash va jihozlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 ming baravarigacha miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarz ajratiladi.
Bunda:
ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasidan loyiha tashabbuskoriga bir vaqtning oʻzida bir nechta biznes loyihalari uchun foydalanishiga ruxsat etiladi;
ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasi boʻyicha qarz ajratish 2025-2026-yillarda tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi hamda uni moliyalashtirish uchun 30 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi;
ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasi orqali biznes loyihalarni moliyalashtirish alohida hisobvaraq orqali amalga oshiriladi va unga qaytgan mablagʻlar belgilangan tartibda yangi biznes loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
50. Jamgʻarma tomonidan qarz loyiha tashabbuskori boʻlgan quyidagi subyektlarga ajratiladi:
ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushi kamida 50 foizi qarz ajratilishi vaqtida yosh boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga;
yaratiladigan ish oʻrinlarining kamida 50 foiziga yoshlarni (shu jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarni) ishga joylashtirish boʻyicha loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirkorlik subyektlariga qarz ajratilgandan soʻng tadbirkorlik subyektining ustav fondi (ustav kapitali)dagi qarz ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas (yosh fuqaro vafot etgan, vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan hollar bundan mustasno). Mazkur talab buzilgan taqdirda, Jamgʻarma tomonidan ajratilgan qarz summasini muddatidan oldin qaytarish choralari koʻriladi.
51. Qarz Jamgʻarma va qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasiga asosan quyidagi talablarga javob beradigan subyektlarga ajratiladi:
tadbirkorlik subyekti ariza bergan sanada Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi shkalasi boʻyicha soʻnggi 6 oy davomida uzluksiz kamida “BBB” (76 — 85 ball) koʻrsatkichga ega boʻlishi;
ajratiladigan mablagʻ qiymatining 125 foizidan kam boʻlmagan mol-mulk garovi taʼminoti taqdim etilishi;
tadbirkorlik subyekti kamida 24 oydan ortiq muddat davomida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlishi;
xarid qilinadigan tovar va xizmatlar qiymatiga nisbatan kamida 30 foiz Jamgʻarma daromadini qoʻshgan holda ajratiladigan jami qarzlarni teng ulushlarda boʻlib-boʻlib qaytarish yuzasidan kelishuvga erishilgan boʻlishi;
Jamgʻarma ijro etuvchi organi bilan affillanganlik holati boʻlmasligi.
52. Qarz tadbirkorlik subyektlariga xarid qilinadigan tovar va xizmatlarning umumiy qiymatiga nisbatan kamida 30 foiz miqdorda Jamgʻarma daromadini qoʻshgan holda, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga mablagʻlarni qismlarga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan ajratiladi.
53. Qarz loyiha tashabbuskori va tovar yetkazib beruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi tashkilot oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan avans toʻlovlar va tovarni (ish, xizmatni) topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan keyingi toʻlovlar loyiha tashabbuskorining hisobvaragʻiga moliyalashtiriladi.
54. Tovarning topshirilgani, ishlar (xizmatlar) bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun topshirish-qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlovchi tomonlar javobgar boʻladi.
55. Jamgʻarma tomonidan ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasi orqali ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi monitoring qilib boriladi hamda ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.
Monitoring davomida Jamgʻarmaning xodimlari qarz oluvchining biznes loyiha amalga oshirilayotgan hududiga kirishga, uni koʻzdan kechirishga, qarz oluvchidan zarur hujjatlarni talab qilishga haqli.
Monitoring tadbirlari qarz oluvchini oldindan xabardor qilgan va xabardor qilmagan holda amalga oshiriladi.
Monitoring jarayoniga qarz oluvchi tomonidan toʻsqinlik qilish hamda monitoring qilinadigan biznes loyiha manzilida qarz oluvchining vakillari hozir boʻlmaslik holati ketma-ket ikki marta sodir boʻlganda, shuningdek, talab qilingan hujjatlar oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, Jamgʻarma qarz shartnomasini bir tomonlama bekor qilib, qarzni muddatidan oldin undirishni talab qilishga haqli.
Barcha monitoring tadbirlari Jamgʻarma xodimlari hamda qarz oluvchi vakillari tomonidan imzolanadigan dalolatnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Basharti dalolatnomaga qarz oluvchining vakillari imzo qoʻyishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqida ikki nafar xolis guvoh ishtirokida dalolatnomaga yozib qoʻyiladi.
56. Agentlik tomonidan har chorakda mazkur qoʻllab-quvvatlash vositasi boʻyicha biznes loyihalarga ajratilgan qarzlarning oʻz vaqtida qaytarilishi oʻrganib boriladi hamda natijalariga koʻra, quyidagilarni toʻxtatish masalasi koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi:
ajratilgan mablagʻlarning qaytarilmasligi xatarlari yuqori boʻlgan taqdirda, ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasi boʻyicha yangi loyihalarni moliyalashtirish;
tegishli biznes loyiha uchun ajratilgan qarzlarning qaytarilmasligi xavfi yuqori boʻlgan hollarda, mazkur loyihani moliyalashtirish.
57. Qarz shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan hollarda, Jamgʻarma tomonidan ushbu qarzlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
3-§. Taʼlim xizmatlari faoliyatini tashkil etish uchun qarz ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
58. Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovadagi olis va chekka hududlardagi mahallalarda xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz qarz (ssuda) ajratiladi.
59. Qarz quyidagi subyektlarga ajratiladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga;
ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushi kamida 50 foizi qarz ajratilishi vaqtida yosh boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga.
Ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirkorlik subyektlariga qarz ajratilgandan soʻng tadbirkorlik subyektining ustav fondi (ustav kapitali)dagi qarz ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga tegishli boʻlgan ulushi miqdorini qarz shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas (yosh fuqaro vafot etgan, vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan hollar bundan mustasno). Mazkur talab buzilgan taqdirda, Jamgʻarma tomonidan ajratilgan qarz summasini muddatidan oldin qaytarish choralari koʻriladi.
60. Qarz ajratishda quyidagi talablar belgilanadi:
yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan yosh fuqaro yoki yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining yosh taʼsischisi xorijiy tillar boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan boʻlishi;
ushbu Nizomning 59-bandida nazarda tutilgan subyektlar bilan Jamgʻarma ijro etuvchi organi oʻrtasida affillanganlik holati boʻlmasligi.
61. Qarz loyiha tashabbuskori tomonidan yillik jami oʻquvchilarining kamida 20 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar boʻlishi sharti bilan ajratiladi.
62. Loyiha tashabbuskori qarz (ssuda) qaytarilishining taʼminoti sifatida Jamgʻarmaga quyidagi taʼminot turlaridan biri yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:
uchinchi shaxs kafilligi;
sugʻurta polisi;
mol-mulk garovi;
qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari.
63. Qarz Jamgʻarma va qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasiga asosan asosiy qarzni qaytarish boʻyicha 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga mablagʻlarni teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarz oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
64. Jamgʻarma tomonidan ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasi orqali ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi monitoring qilib boriladi hamda ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.
Ajratilgan qarzlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring qilish va uning natijalari boʻyicha choralarni qoʻllash ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
65. Qarz shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan hollarda, Jamgʻarma tomonidan ushbu qarzlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlarni qisman qoplab berish
1-§. Umumiy qoidalar
66. Loyiha tashabbuskori sifatida startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hamda ustav fondi (ustav kapitali)dagi kamida 50 foiz ulushi yosh boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ariza berilishi mumkin.
67. Loyiha tashabbuskoriga ushbu bobda belgilangan xarajatlarni qisman qoplab berish ushbu Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda loyiha tashabbuskori quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarining biridan foydalanish boʻyicha Jamgʻarmaga ariza bilan murojaat qiladi:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar)ni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berish;
xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berish.
68. Loyiha tashabbuskori oʻz arizasiga ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli hujjatlarni ilova qiladi.
69. Jamgʻarma tomonidan oʻn ish kuni ichida arizaning ushbu Nizom talablariga muvofiqligi oʻrganiladi.
70. Quyidagi hollarda arizani koʻrib chiqish Kengashga kiritilmasdan, Jamgʻarma tomonidan loyiha tashabbuskoriga kamchiliklarni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi:
tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda;
ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda.
Bunda Jamgʻarma tomonidan arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat belgilanadi va bu haqida loyiha tashabbuskori xabardor qilinadi. Loyiha tashabbuskorining iltimosnomasiga binoan kamchiliklarni bartaraf etish uchun berilgan muddat Jamgʻarma tomonidan besh kundan kam boʻlmagan muddatga uzaytirilishi kerak.
71. Loyiha tashabbuskori Jamgʻarma tomonidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etib, belgilangan muddatda tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etishi lozim.
72. Quyidagi hollarda Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizomning 73-bandida nazarda tutilgan muddatlarda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlarni qisman qoplab berishni rad etish masalasi Kengashga kiritiladi:
loyiha tashabbuskori belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etmagan va bu haqida Jamgʻarmani xabardor qilmagan hollarda;
tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda;
loyiha tashabbuskori tomonidan avval ushbu xarajatlarni qisman qoplab berish shaklidagi moliyaviy yordamdan foydalanilganda;
ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda.
73. Arizalar Jamgʻarma tomonidan har oyda kamida ikki marta, qoida tariqasida, har oyning 10 va 20-sanasiga qadar umumlashtirilib, koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi.
74. Arizalar Kengash tomonidan besh ish kuni ichida ushbu Nizom talablariga muvofiq koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha xarajatlarni qisman qoplab berish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Kengash qarori majlis bayonnomasi tarzida rasmiylashtirilib, Kengashning majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
75. Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan koʻproq ovozi bilan maʼqullangan loyiha tashabbuskorlarining arizalari saralab olingan hisoblanadi va Jamgʻarmaning mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlanadi.
76. Jamgʻarma arizani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali loyiha tashabbuskoriga xabarnoma yuboradi va xabarnomaga Kengash qaroridan koʻchirma ilova qilinadi.
Xabarnomada xarajatlarning qisman qoplab berilishi yoki rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
77. Kengash tomonidan loyiha tashabbuskorini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganda, unga quyidagi xarajatlarni qisman qoplab berish uchun zarur mablagʻlar ajratiladi:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun chet ellik va mahalliy ekspertlar, trenerlarni (mentorlarni) jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 100 mln soʻmdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;
startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 10 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
78. Kengash tomonidan loyiha tashabbuskorini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Jamgʻarma va loyiha tashabbuskori oʻrtasida oʻn ish kuni ichida xarajatlarni qoplab berish uchun mablagʻ ajratish haqida shartnoma tuziladi.
79. Shartnoma tuzilgandan soʻng Jamgʻarma tomonidan mazkur shartnomaga asosan uch ish kuni ichida loyiha tashabbuskoriga mablagʻ ajratiladi.
2-§. Xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar)ni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berishning oʻziga xos xususiyatlari
80. Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun quyidagi yoʻnalishlardagi xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar)ni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan qismi, biroq 100 mln soʻmdan oshmagan miqdorda Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi:
raqamli texnologiyalar;
dizaynerlik;
logistika, taʼminot zanjirini boshqarish;
marketing;
brending va reklamaga oid ishlarni tashkil qilish;
biznes strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish, biznes-tahlil;
sifat nazorati;
taʼlim;
tibbiyot va biotexnologiyalar;
muqobil energetika;
chiqindilarni qayta ishlash;
elektron tijorat;
yuridik xizmat koʻrsatish;
moliyaviy rejalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish.
Bunda istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar) tegishli sohada 3 yildan kam boʻlmagan muddat davomidagi ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
81. Xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar)ni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar qisman qoplab berilishi uchun loyiha tashabbuskoridan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modeli (MVP);
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modeli (MVP) yaratilgani haqidagi jalb etilgan ekspert, trenerlar (mentorlar) xulosasi;
maqsadli biznes model va tijoratlashtirish rejasi;
jalb etilgan ekspert, trener (mentor) bilan tuzilgan shartnoma (yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar asosida jalb qilingan hollarda mehnat shartnomasi);
bajarilgan ishlar boʻyicha loyiha tashabbuskori hamda tegishli ekspert, trener (mentor) tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma;
toʻlovlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi xizmat koʻrsatuvchi bank (yoki toʻlov tashkilotlari) tomonidan tasdiqlangan hujjatlar nusxalari;
yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar asosida jalb qilingan hollarda toʻlangan ish haqi summalari toʻgʻrisida maʼlumot;
loyiha tashabbuskori faoliyat yuritayotganiga 7 yildan ortiq boʻlgan yuridik shaxs boʻlgan hollarda amalga oshirilayotgan startap loyihasi boʻyicha moliyaviy operatsiyalar boshlanganiga 7 yildan oshmaganini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi.
82. Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar)ni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berish ushbu xarajatlar ariza topshirish vaqtidan koʻpi bilan soʻnggi 1 yil davomida amalga oshirilgan boʻlishi lozim.
3-§. Nufuzli xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berish
83. Loyiha tashabbuskorlariga Jamgʻarma tomonidan Agentlik, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan nufuzli xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan qismi, biroq 10 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Nufuzli xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarining tasdiqlangan roʻyxati Agentlik va Jamgʻarmaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda yangilab boriladi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilib boriladi.
84. Jamgʻarma tomonidan nufuzli xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berish uchun loyiha tashabbuskoridan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
mazkur Nizomning 83-bandiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan nufuzli xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlaganini tasdiqlovchi mazkur dasturlar tegishli boʻlgan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjat nusxasi;
shartnoma va (yoki) oferta;
xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan taqdim etilgan toʻlovni tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi), toʻlov qabul qilinganini tasdiqlovchi xalqaro banklararo toʻlov xabarlarini uzatish boʻyicha “Swift” tizimi hujjatlari nusxalari va (yoki) invoys nusxalari;
akseleratsiya dasturi xarajatlarini qoplab berish nazarda tutilgan hollarda istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modeli (MVP).
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
85. Jamgʻarma direktori har chorakda Kengashga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilgani toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
86. Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan masalalarni amalga oshirish tartibi Kengash qarori bilan belgilanadi.
87. Loyiha tashabbuskori arizasining rad etilgani, shuningdek, mansabdor shaxslar harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
88. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni tijorat banklari orqali moliyalashtirish
SXEMASI

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Muddati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Loyiha tashabbuskori

 

Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarining biridan foydalanish boʻyicha tijorat bankiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali ariza bilan murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni ilova qiladi.

 

Loyiha tashabbuskorining murojaatiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Tijorat banki

 

1. Tijorat banki loyiha tashabbuskorini skoringdan oʻtkazadi va ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganadi.

2. Biznes loyihani moliyalashtirish haqida qaror qabul qilinganda, moliyaviy resurslar olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri, pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali Jamgʻarmaga buyurtmanoma taqdim etadi.

 

10 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Jamgʻarma

 

Buyurtmanomalarni umumlashtirib, koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritadi.

 

Har oyda kamida ikki marta, qoida tariqasida, har oyning 10 va 20-sanasiga qadar

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Kengash

 

Buyurtmanomalarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha moliyaviy resurs ajratish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

 

5 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Jamgʻarma

 

Kengash tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri, pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali tijorat bankiga bildirishnoma (qaror nusxasini ilova qilgan holda) yuboradi.

 

1 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Tijorat banki

 

1. Moliyaviy resurs ajratish rad etilgan hollarda bu haqida loyiha tashabbuskorini xabardor qiladi.

2. Moliyaviy resurs ajratish maʼqullanganda, loyiha tashabbuskori bilan tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi va Jamgʻarmaga toʻgʻridan-toʻgʻri, pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali tijorat bankining masʼul rahbari tomonidan imzolangan talabnoma va biznes loyihalar reyestrini kiritadi.

 

3 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

7-bosqich

 

Jamgʻarma

 

Jamgʻarmadagi mavjud mablagʻlar doirasida tijorat bankiga moliyaviy resurs ajratadi.

 

5 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

8-bosqich

 

Tijorat banki

 

Jamgʻarma tomonidan ajratilgan moliyaviy resurs hisobidan loyiha tashabbuskoriga kredit ajratadi.

 

3 ish kuni ichida

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qarz ajratish
SXEMASI

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Muddati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Loyiha tashabbuskori

 

Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarining biridan foydalanish boʻyicha Jamgʻarmaga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali ariza bilan murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni ilova qiladi.

 

Loyiha tashabbuskorining murojaatiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Jamgʻarma

 

1. Loyiha tashabbuskorining arizasi ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganadi.

Oʻrganish natijalariga koʻra loyiha tashabbuskorining arizasi ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, arizani Kengashga kiritishni rad etadi va bu haqida loyiha tashabbuskorini xabardor qiladi.

 

1. 10 ish kuni ichida.

 

 

2. Loyiha tashabbuskorining arizasi ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, arizani Kengashga kiritadi.

 

2. Har oyda kamida ikki marta, qoida tariqasida, har oyning 10 va 20-sanasiga qadar.

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Kengash

 

Biznes loyihalarni koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha qarz ajratish yoki qarz ajratishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

 

5 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Jamgʻarma

 

Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali loyiha tashabbuskoriga xabarnoma yuboradi va xabarnomaga Kengash qaroridan koʻchirma ilova qiladi.

 

3 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Loyiha tashabbuskori, Jamgʻarma

 

Qarz shartnomasini tuzadi.

 

10 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Jamgʻarma

 

Qarz shartnomasiga asosan loyiha tashabbuskoriga qarz ajratadi.

 

3 ish kuni ichida

 

 

 

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda qarz ajratiladigan olis va chekka hududlar
ROʻYXATI

T/r

Tuman nomi

Olis va chekka hududlar nomi

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Boʻzatov tumani

“Aspantay” OFY

2.

“Koʻksuv” OFY

3.

Qoʻngʻirot tumani

“Qoraqalpogʻiston” SHFY

4.

“Jaslik” SHFY

5.

“Qirqqiz” SHFY

6.

“Suoʻyenli” OFY

7.

“Raoʻshan” OFY

8.

“Ajiniyaz” OFY

9.

“Yelabad” SHFY

10.

“Xorezm” OFY

11.

Moʻynoq tumani

“Qazaqdarya” OFY

12.

“Qiziljar” OFY

13.

“Xakimota” OFY

14.

Taxtakoʻpir tumani

“Marjankoʻl” MFY

15.

“Qostruba” MQFY

16.

“Qoniratkoʻl” OFY

17.

“Beltau” OFY

18.

“Mulk” OFY

19.

Toʻrtkoʻl tumani

“Oqqamish” OFY

20.

“Qumbasqan” OFY

21.

“Paxtaobod” OFY

22.

“Yonboshqalʼa” OFY

23.

“Koʻkcha” OFY

24.

“Atauba” OFY

25.

Qoraoʻzak tumani

“Qoybaq” OFY

26.

Amudaryo tumani

“Nazarxon” OFY

27.

Taxiatosh tumani

“Saraykoʻl” OFY

28.

Kegeyli tumani

“Jalpaqjap” OFY

29.

“Kukuzak” OFY

30.

Shumanay tumani

“Birleshik” OFY

31.

“Ketenler” OFY

32.

Xoʻjayli tumani

“Qumjiqqin” OFY

33.

Nukus tumani

“Kerder” OFY

34.

“Taqirkoʻl” OFY

35.

Chimboy tumani

“Qiziloʻzyak” OFY

36.

Qonlikoʻl tumani

“Sarioltin” OFY

37.

“Jayxun” MFY

38.

Nukus shahri

“Qaratau” MFY

39.

Ellikqalʼa tumani

“Chuqurqaq” MFY

2. Buxoro viloyati

40.

Shofirkon tumani

“Sharof Rashidov” MFY

41.

Romitan tumani

“Gazli” MFY

42.

“Qizilravot” MFY

43.

Gʻijduvon tumani

“Koʻkcha” MFY

44.

Peshkoʻ tumani

“Jongeldi” MFY

3. Jizzax viloyati

45.

Yangiobod tumani

“Sarmich” MFY

46.

“Xavotogʻ “ QFY

47.

Forish tumani

“Garasha” MFY

48.

“Narvon” MFY

49.

“Oʻxum” MFY

50.

“Darboza” MFY

51.

“Doʻstlik” MFY

52.

Arnasoy tumani

“Boʻston” MFY

53.

Gʻallaorol tumani

“Gulchambar” QFI

54.

“Gʻoʻbdin” MFY

55.

“Koʻkbuloq” QFY

56.

“Qipchoqsuv” MFY

57.

“Jiydali” QFY

58.

“Qoʻytosh” SHFY

59.

“Oqtosh” MFY

60.

“Savruk” MFY

61.

“Korizquduq” QFY

62.

Zafarobod tumani

“Chimqoʻrgʻon” QFY

63.

Zarbdor tumani

“Oqar” MFY

64.

Baxmal tumani

“Baxmal” QFY

65.

“Muzbuloq” MFY

66.

Sharof Rashidov tumani

“Koʻrpasoy” MFY

67.

“Tinchlik” MFY

4. Qashqadaryo viloyati

68.

Qarshi tumani

“Poshton” MFY

69.

“Choʻliboʻston” MFY

70.

“Kerayit” MFY

71.

“Hilol” MFY

72.

“Bogʻobod” MFY

73.

“Xonobod” MFY

74.

Dehqonobod tumani

“Boshchorbogʻ” MFY

75.

“Boyqoʻrgʻon” MFY

76.

“Oqqishloq” MFY

77.

“Tarqopchigʻay” MFY

78.

“Duob” MFY

79.

“Sarchashma” MFY

80.

“Terakli” MFY

81.

“Oybek” MFY

82.

“Obiravon” MFY

83.

“Chashmaimiron” MFY

84.

“Chilgaz” MFY

85.

Qamashi tumani

“Katta oʻra” MFY

86.

“Bogʻobod” MFY

87.

Koson tumani

“Alachabob” MFY

88.

“Uyrot” MFY

89.

“Xoʻjaquduq” MFY

90.

Nishon tumani

“Doʻstlik” MFY

91.

“Qirqquloch” MFY

92.

Kasbi tumani

“Choʻlquvar” QFY

93.

Chiroqchi tumani

“Mirzatup” MFY

94.

“Arabbandi” MFY

95.

“Chambil” MFY

96.

“Langar” MFY

97.

“Taragʻay” MFY

98.

“Quruqsoy” MFY

99.

“Yangihayot” MFY

100.

“Qoʻshanhor” MFY

101.

“Paxtalisoy” MFY

102.

“Shoʻrquduq” MFY

103.

“Navroʻz” MFY

104.

“Galabek” MFY

105.

Koʻkdala tumani

“Eski anhor” MFY

106.

“Shoʻrquduq” MFY

107.

“Chorvador” MFY

108.

“Shoʻrbozor” MFY

109.

“Guliston” MFY

110.

“Taloqtepa” MFY

111.

“Umakay” MFY

112.

“Ayritom” MFY

113.

“Toshli” MFY

114.

“Harduri” MFY

115.

“Qanoatli” MFY

116.

“Xushali” MFY

117.

Shahrisabz tumani

“Gʻilon” MFY

118.

“Miraki” MFY

119.

“Sarchashma” MFY

120.

“Koʻl” MFY

121.

“Hisorak” MFY

122.

“Sayyod” MFY

123.

Yakkabogʻ tumani

“Tatar” MFY

124.

“Oʻrta” MFY

125.

Mirishkor tumani

“Gulshanbogʻ” MFY

126.

“Navbahor” MFY

127.

“Pomuq” MFY

128.

Kitob tumani

“Kuxsor” MFY

129.

Muborak tumani

“Sardoba” MFY

130.

Gʻuzor tumani

“Qorakoʻl” MFY

131.

“Eshonquduq” MFY

5. Navoiy viloyati

132.

Zarafshon shahri

“Muruntov” MFY

133.

“Daugiztau” MFY

134.

Xatirchi tumani

“Maydon” MFY

135.

“Mirdosh” MFY

136.

“Angidon” MFY

137.

“Langar” MFY

138.

Uchquduq tumani

“Koʻkpatas” OFY

139.

“Altintov” OFY

140.

“Uzunquduq” OFY

141.

“Bozdun” OFY

142.

“Mingbuloq” OFY

143.

“Koʻqayaz” OFY

144.

Nurota tumani

“Yangiturmush” MFY

145.

“Qadoq” MFY

146.

“Sentob” MFY

147.

“Temirqovuq” MFY

148.

“Qizilcha” MFY

149.

“Suvliq” MFY

150.

“Kattasoy” MFY

151.

Konimex tumani

“Qarakata” QFY

152.

“Sarjal” OFY

153.

“Yangiqazgʻon” QFY

154.

“Uchtepa” OFY

155.

“Boymurat” OFY

156.

Qiziltepa tumani

“Yangihayot” MFY

157.

Tomdi tumani

“Ayaqquduq” OFY

158.

“Keregetov” OFY

159.

“Keriz” OFY

160.

“Suketti” OFY

161.

“Tomdibulaq” OFY

162.

“Shiyeli” OFY

6. Namangan viloyati

163.

Pop tumani

“Guliston” MFY

164.

“Yuqori Chodakboshi” MFY

165.

“Navbahor” MFY

166.

“Bogʻishamol” MFY

167.

“Chorkesar” MFY

168.

“Qoʻshminor” MFY

169.

“Imon ota” MFY

170.

“Madaniyat” MFY

171.

Yangiqoʻrgʻon tumani

“Zarbdor” MFY

172.

“Mamay” MFY

173.

“Qayroqi” MFY

174.

Chortoq tumani

“Hazratishoh” MFY

175.

“Bogʻiston” MFY

176.

“Sozsoy” MFY

7. Samarqand viloyati

177.

Nurobod tumani

“Sazagʻon” MFY

178.

“Omondara” MFY

179.

“Jom” MFY

180.

“Saxoba” MFY

181.

“Jarquduq” MFY

182.

“Buloqboshi” MFY

183.

“Agʻron” MFY

184.

“Arabota” MFY

185.

“Nurdum” MFY

186.

“Oltinsoy” MFY

187.

“Boshquduq” MFY

188.

“Olgʻa” MFY

189.

“Oʻrtabuz” MFY

190.

“Lolazor” MFY

191.

“Tepaqul” MFY

192.

“Saroy” MFY

193.

“Navbahor” MFY

194.

“Bunyodkor” MFY

195.

Payariq tumani

“Nakurt” MFY

196.

“Gʻallakor” MFY

197.

Ishtixon tumani

“Boylata” MFY

198.

“Mirzakoʻl” MFY

199.

“Zarbuloq” MFY

200.

“Barlos” MFY

201.

Pastdargʻom tumani

“Qoʻshquduq” MFY

202.

“Bahor” MFY

203.

Kattaqoʻrgʻon tumani

“Bunyodkor” MFY

204.

“Jizmonsoy” MFY

205.

Qoʻshrabot tumani

“Toz” MFY

206.

“Yangiqishloq” MFY

207.

“Jonbuloq” MFY

208.

“Qoʻshtamgʻali” MFY

209.

“Oqchobsoy” MFY

210.

“Minishkor” MFY

211.

“Chimmos” MFY

212.

“Qoratosh” MFY

213.

“Doʻstlik” MFY

214.

“Qovunchi” MFY

215.

“Pangat” MFY

216.

“Quvkalla” MFY

217.

“Boypurushli” MFY

218.

“Yuqorisaroy” MFY

219.

“Oʻrtasoy” MFY

220.

“Urganji” MFY

221.

Paxtachi tumani

“Chashma” MFY

8. Sirdaryo viloyati

222.

Sardoba tumani

“Ravot” MFY

223.

“Paxtakor” MFY

224.

“Doʻstlik” MFY

225.

“Birlik” MFY

226.

Oqoltin tumani

“Boʻston” MFY

227.

Sayxunobod tumani

“Oʻrikzor” MFY

228.

Sirdaryo tumani

“Taraqqiyot” MFY

229.

Xovos tumani

“Binokor” MFY

230.

Mirzaobod tumani

“Yoʻldoshobod” MFY

231.

“Yangihayot” MFY

232.

“Bahoriston” MFY

9. Surxondaryo viloyati

233.

Bandixon tumani

“Obikor” MFY

234.

“Limonzor” MFY

235.

“Obod yurt” MFY

236.

Muzrabot tumani

“Chegarachi” MFY

237.

“Fayziobod” MFY

238.

Termiz tumani

“Gulbahor” MFY

239.

Oltinsoy tumani

“Xoʻjaipok” MFY

240.

Shoʻrchi tumani

“Tamshush” MFY

241.

Qumqoʻrgʻon tumani

“Tebat” MFY

242.

“Xoʻjamulki” MFY

243.

“Ariqoshgan” MFY

244.

Sherobod tumani

“Chorbogʻ” MFY

245.

“Vandop” MFY

246.

“Uzunsoy” MFY

247.

“Gʻurjak-2” MFY

248.

“Qorabogʻ” MFY

249.

“Mehnatobod” MFY

250.

Sariosiyo tumani

“Sangardak” MFY

251.

“Subhidam” MFY

252.

“Chosh” MFY

253.

“Xonjiza” MFY

254.

“Maland” MFY

255.

“Karsh” MFY

256.

“Ehtirom” MFY

257.

“Xumoyun” MFY

258.

Uzun tumani

“Xursand” MFY

259.

“Madaniy turmush” MFY

260.

“Toltugay” MFY

261.

“Bobotogʻ” MFY

262.

“Yangiobod” MFY

263.

“Xoʻjakulsin” MFY

264.

“Oʻrmonchi” MFY

265.

“Oqmachit” MFY

266.

“Nurli kelajak” MFY

267.

“Zarkamar” MFY

268.

“Tomchi” MFY

269.

“Pahlavon” MFY

270.

“Jiyda buloq” MFY

271.

Boysun tumani

“Qizilnavr” MFY

272.

“Xoʻjaidod” MFY

273.

“Dexibolo” MFY

274.

“Chilonzor” MFY

275.

“Oʻrmonchi” MFY

276.

“Oʻrta machay” MFY

277.

“Munchoq” MFY

278.

“Obikor” MFY

279.

Denov tumani

“Pojur” MFY

280.

“Ushor” MFY

281.

“Koʻhsor” MFY

282.

“Yoshlik” MFY

10. Toshkent viloyati

283.

Bekobod tumani

“Uyas” MFY

284.

“Nayman” MFY

285.

“Dehqonobod” MFY

286.

“Achamayli” MFY

287.

Parkent tumani

“Yangi Sanganak” MFY

288.

Yuqori Chirchiq tumani

“Qursoy” MFY

289.

Boʻka tumani

“Koʻkorol” MFY

290.

“Istiqlol” MFY

291.

“Samarqand” MFY

292.

“Yangiqoʻrgʻon” MFY

293.

Ohangaron tumani

“Yangihayot” MFY

294.

“Ovjazsoy” MFY

295.

“Gulobod” MFY

296.

“Koʻksaroy” MFY

297.

“Chinor” MFY

298.

“Chetsuv” MFY

299.

“Susam” MFY

300.

“Goʻshsoy” MFY

301.

Boʻstonliq tumani

“Qoramozor” MFY

302.

“Navobod” MFY

303.

“Burchmullo” MFY

304.

“Nanay” MFY

305.

“Algʻabas” MFY

306.

“Bogʻiston” MFY

307.

“Dadabayev” MFY

308.

“Yakkatut” MFY

309.

“Uzun” MFY

310.

“Boladala” MFY

311.

“Pskom” MFY

312.

“Chimgan” MFY

313.

Piskent tumani

“Zominovul” MFY

314.

“Oqtom” MFY

315.

Angren shahri

“Nishbosh” MFY

316.

“Lashkerak” MFY

317.

“Jigariston” MFY

318.

“Tolbuloq” MFY

319.

“Fayzobod” MFY

320.

“Oydin” MFY

11. Fargʻona viloyati

321.

Soʻx tumani

“Yangiariq” MFY

322.

“Sarikanda” MFY

323.

“Oftobru” MFY

324.

“Navobod” MFY

325.

“Mulgon” MFY

326.

“Demursad” MFY

327.

“Zangat” MFY

328.

“Qizilqiyoq” MFY

329.

“Hushyor” MFY

330.

“Sharqobod” MFY

331.

“Lenbur” MFY

332.

“Tul” MFY

333.

“Gʻaznov” MFY

334.

“Istiqlol” MFY

335.

“Saribozorcha” MFY

336.

“Qalʼa” MFY

337.

“Chumoqcha” MFY

338.

“Guliston” MFY

339.

“Chashma” MFY

340.

“Devayron” MFY

341.

“Qalʼacha” MFY

342.

“Sohibkor” MFY

343.

Fargʻona tumani

“Yordon” MFY

344.

“Shohimardonobod” MFY

345.

“Shohimardon” MFY

346.

“Boy mahalla” MFY

347.

“Yuqori Gulshan” MFY

348.

“Gulshan” MFY

349.

“Guzar” MFY

350.

“Sharq haqiqati” MFY

351.

“Ulugʻbek” MFY

352.

“Soyboʻyi” MFY

353.

“Yuqori Archa” MFY

354.

“Qurilish” MFY

355.

“Chimyon” MFY

356.

“Shifokor” MFY

357.

“Mindon” MFY

358.

“Qoʻriq” MFY

359.

“Fargʻona” MFY

360.

“Xonqiz” MFY

361.

“Yangiyoʻl” MFY

362.

“Maydon” MFY

363.

“Qoʻrgʻontepa” MFY

364.

“Hosilot” MFY

365.

Rishton tumani

“Choʻngʻara” MFY

12. Xorazm viloyati

366.

Tuproqqalʼa tumani

“Tuproqqalʼa maskani” MFY

367.

“Sarimay” MFY

368.

“Hazorasp” MFY

369.

“Nukus” MFY

370.

Qoʻshkoʻpir tuman

“Arablar” MFY

Izoh. Ushbu roʻyxatga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taklifiga asosan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarajatlarni qisman qoplab berish
SXEMASI

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Muddati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Loyiha tashabbuskori

 

Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarining biridan foydalanish boʻyicha Jamgʻarmaga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali ariza bilan murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni ilova qiladi.

 

Loyiha tashabbuskorining murojaatiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Jamgʻarma

 

1. Loyiha tashabbuskorining arizasi ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganadi.

 

1. 10 ish kuni ichida.

 

 

2. Loyiha tashabbuskorining arizasi ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda arizani Kengashga kiritadi.

 

2. Har oyda kamida ikki marta, qoida tariqasida, har oyning 10 va 20-sanasiga qadar.

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Kengash

 

Arizalarni ushbu Nizom talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi, natijasi boʻyicha xarajatlarni qisman qoplab berish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

 

5 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Jamgʻarma

 

Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali loyiha tashabbuskoriga xabarnoma yuboradi va xabarnomaga Kengash qaroridan koʻchirma ilova qiladi.

 

3 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Loyiha tashabbuskori, Jamgʻarma

 

Xarajatlarni qisman qoplash uchun mablagʻ ajratish haqida shartnoma tuzadi.

 

10 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Jamgʻarma

 

Shartnomaga asosan xarajatlarni qisman qoplab berish uchun loyiha tashabbuskoriga mablagʻ ajratadi.

 

3 ish kuni ichida

 

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 426-son qaroriga
2-ILOVA
“Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) muassisligidagi “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Venchur jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan startap loyihalarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
loyiha tashabbuskori — ushbu Nizomga muvofiq Venchur jamgʻarma tomonidan qoʻllab-quvvatlash vositalari taqdim etilishi nazarda tutilgan subyektlar;
akseleratsiya dasturi — startap loyihalarni trenerlik (mentorlik), ixtisoslashtirilgan oʻquv tadbirlari va ekspert maslahatlari orqali qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan dastur;
inkubatsiya dasturi — startap loyihalarni dastlabki bosqichda qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan, gʻoyani amaliy biznesga aylantirishga qaratilgan dastur;
Kengash — Jamgʻarma faoliyatini samarali tashkil etish uchun oʻz sohasida yuqori natijalarga erishgan hamda samarali faoliyat yuritib kelayotgan 20 nafar tadbirkordan iborat tarkibda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi kollegial organ;
startap loyiha — amalga oshishi xavfi mavjud boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan amalga oshirilayotgan yoki mazkur fuqaroga (fuqarolarga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan, davomiyligi 7 yilgacha boʻlgan biznes loyiha.
2-bob. Venchur jamgʻarma tomonidan startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tartibi
3. Ushbu Nizomga muvofiq, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazilgan nufuzli tanlovlarda gʻolib (sovrindor) boʻlgan startap loyihalarga Venchur jamgʻarma tomonidan ularning ustav fondi (ustav kapitali)ning 40 foizidan ortib ketmaydigan miqdorda ulush kiritiladi va quyidagi miqdorlarda investitsiya mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda — investitsiya mablagʻlari) ajratiladi:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga — 500 mln soʻmgacha;
Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga — 1 mlrd soʻmgacha;
xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan startap loyihaga — 2 mlrd soʻmgacha.
Bunda har bir startap loyiha boʻyicha:
ishtirokchilari investitsiya jalb qilgan akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida loyiha tashabbuskori ishtirok etgan boʻlishi;
loyiha tashabbuskori Yoshlar ishlari agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi xamda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazilgan nufuzli tanlovlardan birida gʻolib deb topilgan boʻlishi lozim.
4. Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga investitsiya mablagʻlari mazkur namunaviy modelni ishlab chiqish hamda tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasigacha bosqichlarni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar hamda ular boʻyicha xarajatlarni nazarda tutuvchi dastur asosida ajratiladi.
5. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan startap loyihani istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori deb topish, shuningdek, Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan hamda xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan deb topish Kengash tomonidan tasdiqlanadigan metodologiya (keyingi oʻrinlarda — metodologiya) asosida aniqlanadi.
Bunda Venchur jamgʻarma hamda Kengash tomonidan baholanadigan boshqa koʻrsatkichlar bilan bir qatorda:
soʻnggi 12 oyda tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan olgan daromadi oʻsish surʼatiga ega boʻlgan hamda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdordagi summani tashkil etgan yoxud boshqa venchur jamgʻarmalaridan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan kamida shu miqdorda investitsiya jalb qilgan startap loyihalar — Oʻzbekiston bozoriga muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyiha;
soʻnggi 12 oyda tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan olgan daromadi oʻsish surʼatiga ega boʻlgan hamda bazaviy hisoblash miqdorining 800 baravaridan kam boʻlmagan miqdordagi summani tashkil etgan yoxud boshqa venchur jamgʻarmalaridan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan kamida shu miqdorda investitsiya jalb qilgan, shuningdek, tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasini Internet jahon axborot tarmogʻi orqali real vaqt rejimida amalga oshirish koʻzda tutilgan startap loyiha — xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan startap loyiha deb topiladi.
Investitsiya mablagʻlarini ajratish Kengashning qarori asosida Venchur jamgʻarma tomonidan amalga oshiriladi.
6. Investitsiya mablagʻlarini olish uchun loyiha tashabbuskori 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi yoki ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushining kamida 50 foizi 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari boʻlishi lozim.
Bunda:
yuridik shaxs tashkiliy-huquqiy shakliga koʻra ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydigan hamda faoliyati bilan bogʻliq zararlar uchun oʻzi qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladigan jamiyat shaklida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi zarur;
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi startap loyiha tashabbuskori jismoniy shaxs boʻlgan taqdirda, mazkur bandda nazarda tutilgan yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik subyektini ikki hafta ichida tashkil etishi hamda investitsiya shartnomasini ushbu yuridik shaxs tomonidan imzolanishini taʼminlashi shart.
7. Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi, Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan hamda xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan startap loyihalarga birinchi transhda 50 foiz miqdorda, shuningdek, asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarining (KPI) bajarilishiga muvofiq ikkinchi va uchinchi transhlarda 25 foizdan investitsiya mablagʻlari ajratiladi.
8. Venchur jamgʻarma tomonidan ilgari investitsiya mablagʻlari ajratilgan startap loyiha uchinchi transhda ulush kiritilgan vaqtdan boshlab kamida olti oy oʻtgach, shuningdek, soʻnggi bir yil davomida jadal oʻsish surʼatini koʻrsatgan, shu jumladan, tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan olgan daromadi kamida 1,5 baravarga oshgan hollarda, ushbu Nizom talablariga muvofiq qoʻllab-quvvatlash vositasidan takroran foydalanish uchun ariza taqdim etishi mumkin.
Bunda Venchur jamgʻarma kiritadigan ulush startap loyihani amalga oshirayotgan yuridik shaxs ustav fondi (ustav kapitali)ning 40 foizidan ortib ketmaydigan miqdorda boʻlishi lozim.
9. Venchur jamgʻarma startap loyihaning ustav fondi (ustav kapitali)ga kiritgan ulushini kelgusida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilishi mumkin.
3-bob. Investitsiya mablagʻlarini olish uchun ariza berish tartibi
10. Loyiha tashabbuskoriga investitsiya mablagʻlarini ajratish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Investitsiya mablagʻlarini olish uchun loyiha tashabbuskori Venchur jamgʻarma tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda ariza topshirishi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi lozim:
startap loyihada jamiyatdagi muammolarga innovatsion yechim mavjudligi toʻgʻrisida taqdimot;
startap loyihaning biznes rejasi;
startap loyihada bozor hajmi va mahsulot sotuvga chiqarilgan boʻlsa, uning daromadi, shu jumladan, soʻnggi 12 oyda tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan olgan daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
startap loyihada sotuv rejasi;
inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlari muvaffaqiyatli yakunlanganini hamda Yoshlar ishlari agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi xamda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan roʻyxatga kiritilgan nufuzli tanlovlardan birida gʻolib (sovrindor) boʻlganini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi, shu bilan birga, ular bilan tuzilgan bitimlar taqdim etilgani;
startap loyiha avval boshqa manbalar tomonidan moliyalashtirilgan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar;
startap loyihani amalga oshirayotgan yuridik shaxs ustavining nusxasi;
ushbu Nizom talablarida koʻzda tutilgan boshqa holatlar boʻyicha maʼlumotlar.
Taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning haqiqiyligiga loyiha tashabbuskori javobgar hisoblanadi.
12. Arizalarni dastlabki baholash va koʻrib chiqish Venchur jamgʻarma tomonidan amalga oshiriladi.
4-bob. Arizalarni koʻrib chiqish tartibi
13. Ariza taqdim etilgan kundan boshlab Venchur jamgʻarma tomonidan yigirma besh ish kuni ichida ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilgani va toʻliqligi koʻrib chiqiladi.
Bunda toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgani munosabati bilan loyiha tashabbuskoriga qaytarilgandan soʻng qayta ariza taqdim etishga ketgan vaqt ushbu muddatga kirmaydi.
14. Ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan hollarda, arizani koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritilmasdan, Venchur jamgʻarma tomonidan besh ish kuni ichida loyiha tashabbuskoriga kamchiliklarni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi.
Bunda Venchur jamgʻarma tomonidan arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat belgilanadi va bu haqida loyiha tashabbuskori xabardor qilinadi. Venchur jamgʻarma loyiha tashabbuskorining iltimosnomasiga binoan kamchiliklarni bartaraf etish uchun berilgan muddatni besh kundan kam boʻlmagan muddatga uzaytirishi kerak.
15. Loyiha tashabbuskori Venchur jamgʻarma tomonidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etib, belgilangan muddatda tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni Venchur jamgʻarmaga taqdim etishi lozim.
Loyiha tashabbuskori belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etmasa va bu haqida Venchur jamgʻarmani xabardor qilmasa, Venchur jamgʻarma tomonidan belgilangan muddat tugagandan soʻng uch ish kuni ichida investitsiya mablagʻlarini ajratishni rad etish masalasini koʻrib chiqish uchun ariza Kengashga kiritiladi.
16. Venchur jamgʻarma tomonidan arizani koʻrib chiqish, shu jumladan, metodologiya asosida startap loyihalarning istiqbolini baholash jarayoniga sohaning malakali mutaxassislari fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
Mazkur ekspertlar tomonidan oʻrganishlar asosida Venchur jamgʻarmaga tavsiyaviy ahamiyatga ega xulosa taqdim etiladi.
Hujjatlar va startap loyihani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha Venchur jamgʻarma loyiha tashabbuskoriga investitsiya mablagʻlarini ajratish yoki ajratishni rad etish yuzasidan xulosa tayyorlaydi, agar ekspertlar jalb etilgan boʻlsa, ularning xulosasi bilan birga uni bir ish kuni ichida Kengashga qaror qabul qilish uchun taqdim etadi.
17. Venchur jamgʻarma tomonidan investitsiya mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida xulosa tayyorlangan taqdirda, Kengashga koʻrib chiqish uchun hujjatlar, shu jumladan, istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi startap loyiha boʻyicha mazkur namunaviy modelni ishlab chiqish hamda tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasigacha bosqichlarni oʻz ichiga oluvchi dastur hamda tegishli startap loyiha boʻyicha tasdiqlanadigan erishilishi lozim boʻlgan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) loyihasi kiritiladi.
Asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) startap-loyihaning biznes maqsadlariga erishishdagi oʻsishi va muvaffaqiyatini aks ettiradigan koʻrsatkichlar hisoblanadi. Bunda asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI), shu jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
daromadning oshishi;
ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish hajmini kengaytirish;
loyihaning rivojlanishi.
18. Kengash ariza, unga ilova qilingan hujjatlar, Venchur jamgʻarmaning xulosasi, shuningdek, investitsiya mablagʻlarini ajratish yuzasidan xulosa tayyorlangan hollarda, startap loyiha yuzasidan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlar (KPI) loyihasini yetti ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan koʻprogʻi ovoz bergan startap loyiha saralab olingan hamda ular boʻyicha investitsiya mablagʻlarini ajratish tasdiqlangan hisoblanadi.
Kengash arizani koʻrib chiqish natijalariga asosan investitsiya mablagʻlarini ajratishni tasdiqlash yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Kengash qarori majlis bayonnomasi tarzida rasmiylashtirilib, Kengashning majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
19. Venchur jamgʻarma arizani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida loyiha tashabbuskoriga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali xabarnoma yuboradi va xabarnomaga Kengash qaroridan koʻchirma ilova qilinadi.
Xabarnomada investitsiya ajratilishi yoki ajratish rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
20. Investitsiya mablagʻlarini ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
a) loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 3 — 6-bandlarida koʻrsatilgan shartlarga mos kelmasligi;
b) taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar ushbu Nizom talablariga muvofiq kelmasligi, shuningdek, notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgani;
v) ikkinchi va uchinchi transhlarda investitsiya mablagʻlari ajratilishini rad qilish uchun:
jalb qilingan investitsiya mablagʻlaridan investitsiya shartnomalarida belgilanmagan maqsadlarda foydalangani;
asosiy samaradorlik koʻrsatkichlaridagi (KPI) talablar bajarilmagani yoki lozim darajada bajarilmagani.
Investitsiya mablagʻlarini ajratish ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslar bilan rad etilgan taqdirda, loyiha tashabbuskori rad etish uchun asos boʻlgan holatlarni bartaraf etish va arizani takroran taqdim etish huquqiga ega.
21. Ariza yuzasidan investitsiya mablagʻlarini ajratish tasdiqlangan taqdirda, loyiha tashabbuskoriga investitsiya ajratish shakli va shartlari, shuningdek, har bir tomonning huquq va majburiyatlari, startap loyihani amalga oshirish boʻyicha asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) koʻrsatilgan holda investitsiya mablagʻlarini ajratish boʻyicha Venchur jamgʻarma tomonidan investitsiya shartnomasi imzolanishi yuzasidan xabarnoma yuboriladi.
22. Xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab oʻn ish kuni ichida loyiha tashabbuskori hamda Venchur jamgʻarma oʻrtasida shartnoma uch nusxada tuziladi. Bunda shartnomaning nusxalari loyiha tashabbuskori hamda Venchur jamgʻarmada qoladi, bir nusxasi Jamgʻarmaga yuboriladi.
Agar loyiha tashabbuskori ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda va tartibda investitsiya shartnomasini uzrli sabablarsiz tasdiqlamasa, Venchur jamgʻarma investitsiya ajratishni rad etadi hamda bu haqida loyiha tashabbuskorini xabardor qiladi.
23. Investitsiya shartnomasi imzolangan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida loyiha tashabbuskoriga tegishli boʻlgan (ishtirokchi boʻlgan) yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga yuridik shaxs ustav fondi (ustav kapitali)ga Venchur jamgʻarmaning ulushi kiritilishiga oid oʻzgartirishlar kiritiladi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Bunda Venchur jamgʻarma kiritadigan ulush startap loyihani amalga oshirayotgan yuridik shaxs ustav fondi (kapitali)ning 40 foizidan ortib ketmaydigan miqdorda boʻlishi lozim.
24. Investitsiya mablagʻlarining birinchi transhdagi miqdori loyiha tashabbuskoriga tegishli boʻlgan (ishtirokchi boʻlgan) yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida loyiha tashabbuskorining bank hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Investitsiya mablagʻlarining qolgan qismi investitsiya shartnomasiga ilova qilingan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarining (KPI) bajarilishi asosida ikkinchi va uchinchi transhlarda 25 foizdan ajratiladi.
25. Loyiha tashabbuskori har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasida oʻtgan chorakda investitsiya mablagʻlari sarflanishi haqidagi maʼlumotlarni hamda unga tegishli boʻlgan (ishtirokchi boʻlgan) yuridik shaxsning moliyaviy hisobotlarini taqdim etib borishi lozim.
26. Venchur jamgʻarma loyiha tashabbuskori tomonidan investitsiya shartnomasi hamda asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarining (KPI) bajarilishini monitoring qilib boradi. Venchur jamgʻarma monitoring davomida, zaruratga koʻra, loyiha tashabbuskoridan tegishli maʼlumot va hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
Loyiha tashabbuskori Venchur jamgʻarmaga monitoring oʻtkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi shart.
27. Loyiha tashabbuskori tomonidan investitsiya shartnomasi shartlari va (yoki) asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) bajarilmasa yoxud lozim darajada bajarilmasa, Venchur jamgʻarma investitsiya mablagʻlarining navbatdagi transhlarini ajratishni toʻxtatishga, loyiha tashabbuskoriga tegishli boʻlgan (ishtirokchi boʻlgan) yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali)ga kiritilgan ulushini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarib olishga yoki realizatsiya qilishga haqli.
28. Venchur jamgʻarma oʻz faoliyati davomida xalqaro va mahalliy yuridik, auditorlik, investitsiya maslahatchilari, konsalting kompaniyalari, yuqori malakali ekspertlar (konsultantlar), trenerlar (mentorlar) va boshqa mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etishi mumkin.
29. Arizani topshirish va uni koʻrib chiqish uchun loyiha tashabbuskoridan haq olinmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Ushbu Nizom taqdim etilayotgan investitsiya usuli mexanizmining samaradorligini tahlil qilish natijalariga koʻra belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqilishi va takomillashtirilishi mumkin.
31. Loyiha tashabbuskori yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga investitsiya mablagʻlari ajratilgandan soʻng tadbirkorlik subyektining ustav fondi (ustav kapitali)dagi investitsiya ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan ulushi miqdorini investitsiya shartnomasi muddati davomida boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas (yosh fuqaro vafot etgan, vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan hollar bundan mustasno). Ushbu talab buzilgan taqdirda, Venchur jamgʻarma ajratilgan investitsiya mablagʻlarini shartnomada belgilangan tartibda qaytarilishini talab qilishi lozim.
32. Venchur jamgʻarma quyidagi huquqlarni oʻzida saqlab qoladi:
investitsiya mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini nazorat qilish va kuzatib borish;
ushbu Nizom talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda, investitsiya mablagʻlarini shartnomada belgilangan tartibda qaytarilishini talab qilish;
istalgan vaqtda investitsiya kiritilgan startap loyihaning ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda loyiha tashabbuskoriga va (yoki) uchinchi shaxslarga sotish.
33. Venchur jamgʻarma faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qonunchilik hujjatlari bilan unga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
34. Venchur jamgʻarma va Kengashning qarorlari, xatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi tomonidan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
“Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtirish
SXEMASI

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Muddati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Loyiha tashabbuskori

 

Investitsiya mablagʻlarini olish uchun Venchur jamgʻarma tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali murojaat qiladi va zarur hujjatlarni taqdim etadi.

 

Oʻz xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Venchur jamgʻarma

 

1. Ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilgani
va toʻliqligini koʻrib chiqadi hamda startap loyihani baholaydi.

 

1. 25 ish kunida.

 

 

2. Hujjatlar va startap loyihani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha loyiha tashabbuskoriga investitsiya mablagʻlarini ajratish yoki ajratishni
rad etish yuzasidan xulosa tayyorlaydi hamda Kengashga qaror qabul qilish uchun taqdim etadi.

 

2. 1 ish kunida.

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Kengash*

 

Ariza, unga ilova qilingan hujjatlar, Venchur jamgʻarmaning xulosasi, shuningdek, investitsiya mablagʻlarini ajratish yuzasidan xulosa tayyorlangan hollarda startap loyiha yuzasidan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlar (KPI) loyihasini koʻrib chiqadi.

 

7 ish kunida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Loyiha tashabbuskori, Venchur jamgʻarma

 

1. Investitsiya ajratish shakli va shartlari, shuningdek, har bir tomonning huquq va majburiyatlari koʻrsatilgan holda investitsiya mablagʻlarini ajratish haqida shartnoma tuzadi.

 

1. 10 ish kunida.

 

 

2. Loyiha tashabbuskoriga tegishli boʻlgan (ishtirokchi boʻlgan) yuridik shaxsning ustav fondiga Venchur jamgʻarma ulushini kiritadi va taʼsis hujjatlariga ushbu ulush kiritilishiga oid oʻzgartirishlar kiritadi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

 

2. 10 ish kunida.

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Venchur jamgʻarma

 

Shartnomaga asosan startap loyiha tashabbuskoriga investitsiya mablagʻlarining birinchi transh miqdorida mablagʻ ajratadi.

 

3 bank ish kunida

 

 

 

*istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga 500 mln soʻmgacha miqdorda investitsiya mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisidagi qaror Venchur jamgʻarmaning ichki nizomlari talablari asosida Kengash qarorisiz tasdiqlanishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 09/25/426/0598-son)