1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.10.00 Fuqarolarning alohida toifalarini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.02.00 Yoshlar mehnati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni koʻpaytirish, aholi, shu jumladan, yoshlar bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.06 Zakalat;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
6.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari;
8.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang);
9.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
10.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.08 Zaxira yerlar;
11.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi;
12.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
1. Belgilansinki, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni (keyingi oʻrinlarda — yer maydonlari) elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda 1-ilovaga muvofiq yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:
a) bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan yoshlar (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) oʻrtasida oʻtkaziladi. Bunda:
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
b) talabgorlarga:
sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sugʻoriladigan ekin maydonlari;
bogʻdorchilik-uzumchilik yoʻnalishlari uchun koʻp yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bogʻlar yer maydonlari;
dorivor oʻsimliklar yetishtirish, chorvachilik yoʻnalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga moʻljallangan, lalmi, boʻz, yaylov va yangi oʻzlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda “bir massiv — bir mahsulot” tamoyili asosida ijaraga beriladi.
Bunda, elektron onlayn auksion savdolarida 1 nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, auksion oʻtkazilgan hisoblanadi hamda ushbu imtiyozli shartlar asosida oʻtkaziladigan auksion savdolarida yoshlarga yer maydonini faqat bir marotaba ijaraga olishga ruxsat beriladi;
v) talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari oʻlchamlari “mahalla yettiligi” taklifiga koʻra aniqlanadi. Bunda:
“mahalla yettiligi” tomonidan talabgorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtiriladigan yer maydonlari boʻyicha kichik lotlarni majburiy biriktirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
ishni yaxshi tashkil qiladigan tadbirkorlar, mahsulotni qayta ishlovchi yoki eksport qiluvchilarga “Yoshlar daftari”dagi bir nechta yoshlarning bandligini taʼminlash majburiyati bilan yaxlit konturdagi yer maydonlarini berishga ruxsat beriladi;
g) yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi;
d) talabgorlar tomonidan yer maydonlarida yetishtiriladigan ekin turlari va ular miqdorining doimiy monitoringi Yoshlar ishlari agentligining “Yosh fermerlar” platformasi orqali amalga oshiriladi.
Yoshlar ishlari agentligi bir oy muddatda Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston yosh fermerlar kengashi tashabbusi asosida “Yosh fermerlar” platformasini ishga tushirsin va Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimi bilan integratsiya qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh. Gʻaniyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda ushbu tadbirlarni 20 kun muddatda sifatli tashkil qilish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli ““Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizimni joriy qilish maqsadida talabgorlar Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlimi bilan kelishilgan holda “Agrobank” ATBning “Fermerlar maktabi”, “Suvchilar maktabi”, agrar sohada kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalariga va hududlardagi kichik biznesga koʻmaklashish markazlariga oʻquv kurslariga yoʻnaltirilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 5-paragrafi (Kontraktatsiya).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik]
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda agrar sohadagi va hududlardagi boshqa oliy taʼlim muassasalari tegishli oʻquv-tajriba uchastkalarida bogʻ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish boʻyicha koʻrgazmali dala maydonlari barpo etilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.05.00 Eksport nazorati]
4. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim boʻyicha talabgorlarga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-52-son qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablagʻlar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln soʻmgacha kredit ajratish. Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar boʻladi;
talabgorlarga mini-texnika, urugʻ va koʻchat xaridiga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan 5 million soʻmdan subsidiya, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan — 33 mln soʻmgacha kredit ajratish;
“Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan joylardagi 167 ta “Agromarkazlar” orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urugʻ, koʻchat yetkazish, mineral oʻgʻit berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.13.00 Yer egalari, foydalanuvchilar va yerni ijaraga olganlarning huquqini himoyalash va kafolatlash]
5. Belgilab qoʻyilsinki:
mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida turar joy, bino va inshootlar qurish qatʼiyan man etiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari ekin maydonlarini yoshlarga ajratishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning yer uchastkasi ijara shartnomasi asosida belgilangan huquqlari buzilmasligiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
6. Yoshlarga ajratiladigan yer maydonlari uchun mini-texnika, urugʻ va koʻchat xarid qilishga 2024-yilda Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan 50 milliard soʻmgacha, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 60 milliard soʻmgacha mablagʻ yoʻnaltirish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2024-yilda 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha 218 ming gektar yer maydonini yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish yuzasidan taklifiga rozilik berilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari, Bosh prokuratura (J. Xatamov), Ichki ishlar vazirligi (S. Nishanbayev) mazkur bandga asosan qoʻshimcha yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritishga shaxsan masʼul etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh. Gʻaniyev qoʻshimcha 218 ming gektar yer maydoni yangidan oʻzlashtirilishi va qayta foydalanishga kiritilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
8. 2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda qoʻshimcha yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, qoʻshimcha yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish uchun 2-ilovaga muvofiq:
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 200 milliard soʻm miqdoridagi foizsiz qarz mablagʻlari;
2024-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan yer maydonlari va choʻl hududlaridagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rejalashtirilgan 100 milliard soʻm;
xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari;
ushbu tadbirlarni amalga oshirishga yetishmagan qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladi.
Belgilansinki, ichki sugʻorish tarmoqlarini va ulardagi gidrotexnik inshootlarni qurish va taʼmirlash ishlari ushbu yer uchastkalarini ijaraga oladigan tashabbuskorlar tomonidan amalga oshiriladi.
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari quduq qazish, sugʻorish tarmoqlarini tiklash orqali yer maydonlarini suv bilan taʼminlash, elektr energiyasini tortish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning texnik va moliyaviy koʻrsatkichlarini belgilaydi hamda ushbu ishlarni amalga oshiruvchi pudratchi tashkilotlarni, istisno tariqasida, mustaqil aniqlaydi;
mazkur qarorga 2-ilovadagi yer maydonlarini ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar (auksion xarajatlaridan tashqari) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga qaytariladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
10. Bosh prokuror Hisob palatasi bilan birgalikda mazkur qarorning 8-bandida koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari]
428-moddasiga muvofiq tomchilatib sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — tomchilatib sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan eʼtiboran besh yil muddatga, qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida hamda yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanishdan qatʼi nazar, besh yil muddatga yer soligʻidan ozod qilinganligi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI boʻlimi.
337-moddasiga muvofiq ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foydasi boʻyicha foyda soligʻi stavkasi nol foiz miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XII boʻlimi.
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.M. Ubaydullayev va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi K.K. Kuranbayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-aprel,
PQ-153-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qaroriga
1-ILOVA
2024-yilda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydonini elektron onlayn auksion orqali ijaraga oluvchi yoshlarning toifasi*
5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandi**.
6. Oilasi kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro.
7. Huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirilgan yoshlar.
8. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan qaytgan yoshlar.
9. Boquvchisini yoʻqotgan va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro.
10. I va II guruh nogironligi boʻlgan fuqarolarning sogʻlom farzandi**.
11. Nogironligi boʻlgan bola parvarishi bilan shugʻullanayotgan yosh oila (er-xotinning biri).
12. Ota-onalardan birida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, ikkinchisi esa faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoki ota-onasida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan yosh fuqaro.
13. Tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetgan yosh fuqaro.
Izoh:
* quyidagi yoshlarga elektron onlayn-auksion savdolarida qatnashib yerni ijaraga olishga yoʻl qoʻyilmaydi:
a) 30 sotixdan koʻp tomorqa yeri boʻlib, undan foydalanmayotgan yoshlar;
b) ilgari ochiq elektron tanlovlarda yoki elektron onlayn-auksion savdolarida yerni ijaraga olgan yoshlar.
** 18 — 30 yoshdagi fuqarolar inobatga olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qaroriga
2-ILOVA
2024-yilda qoʻshimcha 218 ming gektar yer maydonini yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish
REJA-KOʻRSATKICHLARI
T/r
Hududlar nomi
2024-yilda yangi oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari,
(gektar)
shundan
2024-yilda ajratiladigan mablagʻlar miqdori
I chorak
(maʼlumot uchun)
II chorak
(reja)
III chorak
(reja)
IV chorak
(reja)
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan,
(mln soʻm)
Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan,
(mln soʻm)
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan,
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari 217,7 ming gektardan boshqa yerlarni oʻzlashtirilishiga jalb etilishi mumkin.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi togʻoldi va qir adirliklarni oʻzlashtirish uchun Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasidan (IFAD) 8 mln AQSH dollari, Yevropa Ittifoqidan 2,5 mln AQSH dollari, Jahon bankidan 1,5 mln AQSH dollari miqdorida grant mablagʻlari jalb etiladi.
Orolboʻyi mintaqasidagi yerlarni oʻzlashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlariga Yashil iqlim jamgʻarmasidan 9 mln AQSH dollari, Global ekologik jamgʻarmasidan (GEF) 6 mln dollar, Abu-Dabi jamgʻarmasidan 5 mln AQSH dollari miqdorida grant mablagʻlari jalb etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qaroriga
3-ILOVA
2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda qoʻshimcha yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish
sxemasi
Bosqichlar
Masʼul vazirlik va idoralar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi
Foydalanishdan chiqqan va yangi oʻzlashtiriladigan yerlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish.
Bir hafta muddatda
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi
Foydalanishdan chiqqan va yangi oʻzlashtiriladigan yerlarni foydalanishga kiritish uchun ishchi loyihalarni ishlab chiqish.
Ikki oy muddatda
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Ishchi loyihalar asosida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha pudrat tashkilotlarini aniqlash.
Oʻn besh kun muddatda
4-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi
Pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish.
Loyihada belgilangan muddatlarda
5-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Foydalanishga kiritilgan va yangi oʻzlashtirilgan yerlarni auksion savdolari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga ijara huquqi asosida ajratish.
Bir oy muddatda
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2024-y., 07/24/153/0268-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)