Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Sport vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-iyundagi PQ-286-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sport vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablarining (keyingi oʻrinlarda — Dzyudo maktablari)ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport-taʼlim muassasalarida kamida sport tayyorgarligi boshlangʻich tayyorgarlik bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan oʻtgan hamda sport bilan shugʻullanishga iqtidori boʻlgan oʻquvchilarni tanlov asosida dzyudo maktabida oʻqishni davom ettirishi uchun tanlab olish;
respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash;
oʻquvchilarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun zarur boʻlgan mahorati va koʻnikmalari chuqur rivojlantirilishini taʼminlash;
sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, oʻquv-metodik, psixologik-pedagogik, mediko-biologik va moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratish.
2. Quyidagilar:
Dzyudo maktablari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali 1-ilovaga muvofiq;
Dzyudo maktablari oʻquvchi-sportchilari uchun zarur anjomlar, sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh bilan taʼminlash normativlari 2-ilovaga muvofiq;
Dzyudo maktablari oʻquvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar dzyudo maktablari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjeti mablagʻlari;
Dzyudo maktablari oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi;
faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va dzyudo maktabining ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
asosiy mashgʻulotlar oʻtkaziladigan vaqtda boʻsh boʻlgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Dzyudo maktablari oʻquvchilarining umumiy kontingenti oʻquvchilarning vazn toifalari va sinflarini hisobga olgan holda 210 nafardan koʻp boʻlmagan oʻquvchidan iborat etib shakllantiriladi;
Dzyudo maktablariga dzyudo boʻyicha belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi;
2022/2023 oʻquv yiliga qadar Dzyudo maktablarida boshqa sport turlari boʻyicha tahsil olayotgan oʻquvchilar ushbu maktablarni toʻliq tamomlagunga qadar oʻqitilishi taʼminlanadi;
Dzyudo maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlaridan taʼlim olishi Dzyudo maktablarida tashkil etiladi;
Dzyudo maktablari oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiradi, shu jumladan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Dzyudo maktablariga oʻquvchi-sportchilarni qabul qilish umumiy kontingentdan kelib chiqqan holda yil davomida Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dzyudo maktablarida oʻquv-mashq jarayonining davomiyligi va davriyligi sport musobaqalari taqvimi va oʻquvchi-sportchilarning har bir guruhi uchun yakka tartibda sport tayyorgarligi davrlari hisobga olingan holda Sport vazirligi tomonidan belgilanadi.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Dzyudo maktablariga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport maktabi sport tadbirlarining taqvim rejasi hamda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida oʻquvchi-sportchilar va trenerlarni Sport vazirligining tegishli hududiy sport boshqarmalari bilan kelishgan holda xalqaro musobaqalarda va xorijda oʻtkaziladigan oʻquv-mashq yigʻinlarida qatnashish uchun yuborish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Sport vazirligi Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
a) Dzyudo maktablarining turli darajadagi musobaqalar va oʻquv-mashq yigʻinlari sport tadbirlari taqvim rejasini belgilangan muddatlarda tasdiqlash;
Dzyudo maktablari oʻquvchi-sportchilari tayyorgarligining sifatini muntazam ravishda monitoring qilib borish va zarur hollarda tayyorgarlik jarayoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
b) Dzyudo maktablari uchun tegishli moliya yilida ajratilgan mablagʻlar doirasida:
Dzyudo maktablari oʻquv-mashq jarayonida dzyudo rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yuqori malakali kadrlari hamda ilmiy-metodik salohiyatidan unumli foydalanish;
trenerlar tarkibi va oʻquvchi-sportchilarning dzyudo boʻyicha yetakchi xorijiy markazlar va maktablarda stajirovkadan oʻtishini tizimli asosda tashkil etish;
oʻquv-mashq jarayonini zarur darajada tashkil etish maqsadida Dzyudo maktablarini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish, oʻquv xonalarini zarur oʻquv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash choralarini koʻrsin.
7. Sportni rivojlantirish vazirligi:
a) uch oy muddatda Dzyudo maktablarining ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
b) 2023/2024 oʻquv yiliga qadar Dzyudo maktablarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan toʻldirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin;
v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Sportni rivojlantirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda Xorazm viloyati, Urganch shahri, Namangan koʻchasi, 40-uy manzilida joylashgan Urganch dzyudo sport mahorati maktabining suzish havzasi bino-inshootlari Xorazm viloyati Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga operativ boshqarish huquqi asosida oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Bunda, mazkur suzish havzasidan Urganch dzyudo sport mahorati maktabi oʻquvchilari Xorazm viloyati Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining mashgʻulotlariga xalaqit qilmagan holda bepul shugʻullanadi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-oktabr,
580-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 580-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sport vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)

T/r

Lavozimlar nomlanishi

Shtatlar

soni

1.

Direktor

1

2.

Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

3.

Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

1

4.

Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

5.

Xoʻjalik mudiri

1

6.

Psixolog (sport pisxologi)

1

7.

Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari

1

8.

Kutubxonachi

0,5

9.

Vrach

1

10.

Tibbiyot hamshirasi

1

11.

Bosh buxgalter

1

12.

Gʻaznachi (kassir)

0,5

13.

Kotib — ish yurituvchi

1

14.

Bosh oshpaz

1

15.

Oshpaz

2

16.

Oshxona ishchisi

2

17.

Ombor mudiri

1

18.

Xoʻjalik bekasi

0,5

19.

Kir yuvuvchi

1

Izoh:
* Bunda dzyudo sport mahorati maktablarida sinflar toʻliqligi — oʻquvchilar sonining 25 nafardan kam va 30 nafardan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Dzyudo sport mahorati maktablari boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish meʼyorlari mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sport vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvaliga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Dzyudo sport mahorati maktabi boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish normativlari
1. Dzyudo sport mahorati maktablarida (bundan buyon matnda — dzyudo maktablari) tarbiyachi lavozimi dam olish va bayram kunlarida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda, dzyudo maktablarining oʻquvchilar turar joyida yashovchi har 25 nafar oʻquvchiga 1,0 birlik hisobidan kiritiladi.
2. Taʼlim muassasasining oʻquv rejasida oʻquv-laboratoriya amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan hamda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun jihozlangan fizika, kimyo oʻquv-laboratoriya xonalari mavjud boʻlsa, 1,0 birlik laborant lavozimi kiritiladi.
3. Taʼlim muassasasining har 2500 kv. m supuriladigan maydoni uchun — 1,0 birlik hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi. Biroq taʼlim muassasasida 0,5 birlikdan kam boʻlmagan miqdorda hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi.
4. Taʼlim muassasasining mevali bogʻ, gulzor va koʻkalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2,0 ga gacha maydoni uchun — 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga maydon uchun — 1,0 birlik bogʻbon lavozimi kiritiladi. Taʼlim muassasasining ijaraga berilgan maydoni bundan mustasno.
5. Taʼlim muassasasini kecha-kunduz qoʻriqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda 3,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. Bunda taʼlim muassasasi hududidan tashqarida joylashgan binolar uchun alohida 3,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
6. Bino, inshootlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi:
a) elektromontyor lavozimi 700 tagacha yoritish nuqtalari (viklyuchatel, rozetka va korobka) (taʼlim muassasasi balansida boʻlgan koʻcha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, yoritish nuqtalari 700 dan ortiq boʻlsa, 1,0 birlik;
b) chilangar (santexnik) lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2800 kv.m maydon uchun — 1,0 birlik (biroq, taʼlim muassasasida 2,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda);
v) taʼlim muassasasida 0,5 birlik miqdorida duradgor lavozimi kiritiladi.
g) taʼlim muassasasi balansidagi binolarning ekspluatatsiya ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilganda, inshootlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi ishchilar lavozimlari kiritilmaydi.
7. Taʼlim muassasasi binolarining ichki qismi, shu jumladan xizmat xonalari, yoʻlaklari, zinapoyalari, faollar zali va sport zal hamda oʻquv-auditoriya (yotoqxonaning oʻquvchilar yotadigan xonalari bundan mustasno) maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 700 kv. m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
8. Uy-joy kommunal xoʻjalik tizimiga oʻtkazilmagan taʼlim muassasasida isitish mavsumida (besh oy) oʻt yoquvchi lavozimi:
a) lokal isitish tizimida koʻmir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 2,0 birlikdan, tabiiy gaz yoqilgʻisi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qatʼi nazar) har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlikdan;
b) alohida kichik qozonlar bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha boʻlsa — 1,0 birlikdan, 6 va undan ortiq boʻlsa, 2,0 birlikdan;
v) isitish pechlari orqali isitiladigan muassasalarda har 10 dona pech uchun — 1,0 birlikdan va keyingi har 5 — 9 dona pech uchun qoʻshimcha 0,5 birlikdan (lekin muassasa uchun 0,5 birlikdan kam boʻlmagan holda) kiritiladi.
9. Yopiq va ochiq suv havzasi hamda basseynlari mavjud boʻlgan taʼlim muassasalarida 1,0 birlikdan suvni kimyoviy usulda tozalovchi (dezinfektor) lavozimi kiritiladi.
10. Taʼlim muassasasi balansidagi sport jihozlari va anjomlariga xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash uchun taʼlim muassasasidagi har 200 dona sport qurollari uchun 1,0 birlik hisobidan sozlovchi kiritiladi.
11. Taʼlim muassasasi balansidagi har 3000 kv.m tabiiy yoki sunʼiy qoplamali ochiq sport maydonchalariga xizmat koʻrsatish (stadiondagi chim oʻtlarini oʻstirish, drenaj ustasi) va taʼmirlash ustasi 1,0 birlik ishchi lavozimi kiritiladi.
12. Taʼlim muassasasining oʻquv dasturida nazarda tutilgan sportning sinxron suzish, badiiy va sport gimnastikasi, akrobatika, trampolin, sport raqsi turlari uchun asosiy trenerdan tashqari 1,0 birlik xoreograf, 1,0 birlik musiqiy operator-akkompaniator lavozimlari kiritiladi.
13. Taʼlim muassasasi balansida 5000 m.kv dan ziyod maydonga ega boʻlgan suv sporti bino va inshootlari mavjud boʻlsa, 1,0 birlik bino va inshootlardan foydalanish boʻyicha muhandis lavozimi kiritiladi hamda texnika xavfsizligi boʻyicha masʼul hisoblanadi.
14. Shtat jadvalini tuzishda taʼlim muassasasining yilning 1-yanvar holatidagi roʻyxatda mavjud boʻlgan oʻquvchilar soni hisobga olinadi va u oʻquvchilar soni oʻzgarishi bilan yilning 1-sentabr holatiga qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 580-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sport vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari oʻquvchi-sportchilari uchun zarur anjomlar, sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh bilan taʼminlash normativlari
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)

T/r

Anjomlar nomi

Oʻlchov birligi

1 oʻquvchi-sportchi uchun normativ

Foydalanish muddati*

I. Yashash uchun anjomlar

1.

Toʻshak

dona

1

5 yil

2.

Paxtali odeyal

dona

1

3 yil

3.

Junli odeyal

dona

1

3 yil

4.

Yostiq

dona

1

3 yil

5.

Yopingʻich

dona

1

5 yil

6.

Sochiq

dona

2

1 yil

7.

Yostiq jild

dona

2

1 yil

8.

Choyshab

dona

2

1 yil

9.

Koʻrpa jild

dona

2

1 yil

10.

Kiyim shkafi

dona

1

5 yil

11.

Javoncha

dona

1

5 yil

12.

Karavot

dona

1

5 yil

13.

Stol

dona

1

5 yil

14.

Stul

dona

1

5 yil

15.

Karavotoldi gilamchasi

dona

1

3 yil

16.

Grafin va stakan

toʻplam

1

3 yil

II. Sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh

17.

Kimono

dona

2

1 yil

18.

Belbogʻ

dona

2

1 yil

19.

Sport maykasi

dona

2

1 yil

20.

Sport shortlari

dona

2

1 yil

21.

Mashq qilish uchun sport kostyumi

toʻplam

1

2 yil

22.

Vaznni kamaytirish kostyumi

toʻplam

1

2 yil

23.

Sport poyabzali

juft

1

1 yil

24.

Shippak

juft

1

1 yil

25.

Sport sumkasi

dona

1

3 yil

26.

Tizzaband

juft

1

1 yil

* Yashash uchun anjomlar, sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh ularning haqiqiy holati va foydalanishga yaroqliligi hisobga olingan holda almashtirilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 580-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sport vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari oʻquvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)

T/r

Mahsulotlar nomi

Gramm

(brutto)

1.

Bugʻdoy noni, 1-nav

600

2.

Bugʻdoy uni, 1-nav

30

3.

Yorma, makaron mahsulotlari

160

4.

Qand-shakar

100

5.

Asal

30

6.

Qandolatchilik mahsulotlari

120

7.

Sariyogʻ

80

8.

Oʻsimlik yogʻi

30

9.

Sut-qatiq

600

10.

Qaymoq

50

11.

Tvorog

100

12.

Pishloq

50

13.

Goʻsht, parranda goʻshti

410

14.

Kolbasa mahsulotlari

70

15.

Baliq

100

16.

Tuxum (dona)

2

17.

Kartoshka

500

18.

Sabzavotlar, shu jumladan, pomidor pastasi

700

19.

Meva-rezavorlar, sharbatlar, vitaminli ichimliklar

800

20.

Quruq mevalar, shu jumladan, naʼmatak — 5 gr, bargak

50

21.

Choy

3

22.

Kakao

5

23.

Yodlangan tuz

10

24.

Xamirturush

1

25.

Mineral suv

500

26.

Bugʻdoy maysalari kukuni mahsuloti

3

Oqsillar

231,8

Yogʻlar

228,8

Uglevodlar

957,9

Kaloriyasi

6693,8

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2022-y., 09/22/580/0903-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)