1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-127-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholi oʻrtasida dzyudoning olimpiya sport turi sifatida ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar dzyudo sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
dzyudoni aholi oʻrtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
maktabgacha yoshdagi bolalarda dzyudoga qiziqish uygʻotish va jang sanʼatining ushbu turi boʻyicha boshlangʻich koʻnikmalarni shakllantirish;
dzyudo boʻyicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
dzyudo infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda xalqaro talablarga moslashtirish, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida dzyudo zallari sonini koʻpaytirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlari dasturiga dzyudoni bosqichma-bosqich kiritish, ular tizimidagi taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari uchun ushbu sport turi boʻyicha fakultativ mashgʻulotlar va toʻgaraklar tashkil qilish;
ayollar oʻrtasida dzyudoni rivojlantirish, bu borada uzoq yillarga moʻljallangan istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalarida sogʻlom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi sifatida dzyudoni targʻib qilish hamda bu jarayonda axborotlashtirish va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni taʼminlash.
2. Quyidagilar:
2022-2023-yillarda dzyudo sport turini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2025-yillarda dzyudo sport turini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab anʼanaviy tarzda dzyudo sport turi boʻyicha Oʻzbekistonda quyidagi musobaqalar oʻtkaziladi:
kattalar oʻrtasida “Katta dubulgʻa” xalqaro turniri;
Osiyo chempionati gʻolibi va Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bagʻishlangan 18 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida xalqaro turnir;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq taʼlimi vaziri kubogi”;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari oʻrtasida “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri kubogi”;
Qurolli Kuchlar tizimida “Mudofaa vaziri kubogi”;
2024-2025-yillarda harbiylar oʻrtasida Jahon chempionati.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov) Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda:
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
bir oy muddatda ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatilgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
xalqaro turnirlarda mahalliy dzyudochilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan kuchli xalqaro dzyudochilar, trenerlar va hakamlarning ishtirokini taʼminlasin;
yuqoridagi musobaqalar va turnirlarni oʻtkazish jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritsin.
Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) yuqoridagi musobaqalar va turnirlarni turistik marshrutlar obyektlari roʻyxatiga kiritsin, ularga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
4. Xalqaro dzyudo federatsiyasining rejasiga muvofiq, 2022-yil oktabr oyida Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasida Jahon chempionati oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
jahon chempionatini oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari (titul homiylik, reklama, axborot hamkorligi hamda televizion translyatsiya media huquqlaridan tushadigan), shuningdek, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda, olinadigan foyda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tasarrufida qoldiriladi hamda dzyudoni yanada rivojlantirishga, jumladan dzyudo maktablarini qurish va jihozlash hamda federatsiya faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
jahon chempionatini oʻtkazish uchun aʼzolik badali va mukofot puli bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi va homiylik mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son)
Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda jahon chempionatining yuqori darajada oʻtkazilishini taʼminlasin va u bilan bogʻliq boʻlgan barcha tashkiliy masalalarni hal etish choralarini koʻrsin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
5. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Surxondaryo viloyati Denov tumani hamda Xorazm viloyati Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari negizida Sport vazirligi tizimiga kiruvchi Denov hamda Urganch dzyudo sport mahorati maktablari (keyingi oʻrinlarda — dzyudo maktablari) davlat sport-taʼlimi muassasasi sifatida tashkil etilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Belgilansinki:
dzyudo maktablari faoliyati dzyudo boʻyicha qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish hamda ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yoʻnaltiriladi;
dzyudo maktablariga oʻqishga 5-sinfdan qabul qilinadi hamda taʼlim olish muddati yetti yil etib belgilanadi;
dzyudo maktablarining oʻquv jarayoni Sport vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi hamda tasdiqlangan oʻquv rejaga asosan amalga oshiriladi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
dzyudo maktablari direktori, uning oʻrinbosarlari, trener-oʻqituvchilar, yoʻriqchi-uslubchilar, tarbiyachilar mehnatiga haq toʻlash hamda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va tarbiyachilar mehnatini ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 275-son qaroriga muvofiq;
dzyudo maktablari direktori, uning oʻquv va sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, trener-oʻqituvchilar, yoʻriqchi-uslubchilar, tibbiyot xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 211-son qaroriga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
dzyudo maktablari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda dzyudo maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
6. 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida dzyudo sport turini rivojlantirish boʻyicha “Bolalar uchun dzyudo” dasturi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Maktabgacha dzyudo” loyihasi joriy qilinsin.
Belgilansinki:
a) “Bolalar uchun dzyudo” dasturi doirasida:
Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda oʻquvchilarida dzyudo bilan shugʻullanish istagi yuqori boʻlgan hamda sport zallari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktablari belgilab olinadi;
tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida dzyudo boʻyicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalari maktab joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trener-oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida dzyudo zallarini tashkil etish, mavjud dzyudo infratuzilmasini kengaytirish va jihozlash boʻyicha investitsiya va grantlar jalb qilinadi;
Xalqaro dzyudo federatsiyasining “Maktablarda dzyudo” dasturi bilan uzviy bogʻliqlik taʼminlanadi, mazkur dasturdagi yoʻnalishlar, funksiyalar va boshqa muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
dzyudoni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish va ommalashtirish, ularda ushbu sport turiga qiziqishni oshirish, yoshlar oʻrtasida dzyudo boʻyicha musobaqalarni oʻtkazishga koʻmaklashish, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
b) “Maktabgacha dzyudo” loyihasi doirasida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida dzyudoni ommalashtirish va keng targʻib qilish orqali tarbiyalanuvchilarni mazkur sport turi bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish;
tarbiyalanuvchilarda dzyudo bilan shugʻullanishga kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish.
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A. Kamilov) bilan birgalikda 2023-yildan boshlab dzyudo sport turini oʻquvchilar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha tanlangan maktablarni oʻquv qoʻllanma, tatami, aksessuar va boshqa zarur anjomlar bilan taʼminlash uchun Xalq taʼlimi sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili 5 milliard soʻmgacha mablagʻlarni yoʻnaltirsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
8. Belgilab qoʻyilsinki, “Bolalar uchun dzyudo” dasturi doirasida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
a) faoliyat yuritadigan trener-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 211-son qaroriga muvofiq sport maktablari trener-oʻqituvchilari uchun belgilangan meʼyorlar asosida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
b) qurib foydalanishga topshirilgan dzyudo zallari va boshqa sport inshootlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari balansida saqlanadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
v) qurib foydalanishga topshirilgan dzyudo zallari va boshqa sport inshootlariga Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi huzuridagi Dzyudo sport klubi (keyingi oʻrinlarda — Dzyudo sport klubi) va uning filiallari tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi. Bunda dzyudo zallari va boshqa sport inshootlarida kommunal toʻlovlar balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi;
g) Dzyudo sport klubi dzyudo zallari va boshqa sport inshootlaridan maqsadli foydalanilishini, yaxlitligi va but saqlanishini taʼminlashga masʼul hisoblanadi;
d) dzyudo zallari va boshqa sport inshootlari faoliyatini toʻliq va samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Sport vazirligi tomonidan Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda malakali trenerlar bilan taʼminlanadi;
e) Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Dzyudo sport klubi va uning filiallari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni dzyudoga oʻrgatish orqali qamrovni yildan yilga oshirib boradi hamda ular oʻrtasida turnirlar va musobaqalar tashkil etadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi huzuridagi Dzyudo sport klubi bilan tekin foydalanish shartnomasi tuzilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
9. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab “Dzyudo va sport faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini ochish;
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida “Dzyudo va sport faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 2022/2023 oʻquv yili uchun qabul parametrlari doirasida qabul kvotalarini belgilash haqidagi takliflari maʼqullansin.
10. Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida Oʻzbekiston dzyudo akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. Quyidagilar Oʻzbekiston dzyudo akademiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
dzyudo, shu jumladan paradzyudo boʻyicha sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish;
dzyudo, shu jumladan paradzyudo boʻyicha professional, yuqori malakali sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni xalqaro talablar asosida tayyorlashga koʻmaklashish;
dzyudo, shu jumladan paradzyudo boʻyicha oʻquv dasturlar va metodologiyani yangilash, yoshlarning tayyorgarlik jarayoniga ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar, trening, master-klasslar, oʻquv mashgʻulotlar tashkil etish.
12. Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mablagʻlari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasining (Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 7b-uy) Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining asosiy bazasiga tutash boʻlgan va boʻsh turgan qismini belgilangan tartibda zaxiraga qaytarish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni.
zaxiraga qaytarilgan yer uchastkasini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish va Sport vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish choralarini koʻrsin.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Sport vazirligi (M. Ismailov) va Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov) Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A. Kamilov) bilan birgalikda ajratilgan yer uchastkasida Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi bino va inshootlarini qurishni nazarda tutuvchi ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolanishini hamda Yaponiyaning “Kodokan” koʻp funksiyali, zamonaviy va universal dzyudo markazi namunasi boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan Xalqaro dzyudo federatsiyasi talablariga javob beradigan, sport asbob-uskunalari bilan jihozlangan bino va inshootlar (sport zali, oʻquv binosi, oshxona va yordamchi binolar) qurilib, foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
15. Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) “Chorvoq” turistik rekreatsion zonasi” DUK bilan kelishgan holda Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Oqtosh qishlogʻi hududidan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga 0,5 ga yer uchastkasini 2022-yil yakuniga qadar doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini taʼminlasin.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M. Ismailov) Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A. Kamilov) bilan birgalikda ajratilgan yer uchastkasida dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashgʻulot bazasini barpo etishni nazarda tutuvchi ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolanishini taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
16. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, dzyudo sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash, shuningdek, dzyudoni rivojlantirish maqsadlari uchun Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga joriy yilda sport sohasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida 2 milliard soʻm ajratilishini taʼminlasin.
17. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda 2022-yil 20-dekabrga qadar sport maktablari hamda Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarini xalqaro talablarga javob beradigan dzyudo sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlasin va ushbu maqsadlarga Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2022-yil uchun respublika kalendar rejasida ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismidan zarur mablagʻlar yoʻnaltirsin.
18. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
19. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Sh.Sh. Maxmudov hamda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi A.Ya. Kamilov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-iyun,
PQ-286-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyundagi PQ-286-son qaroriga 1-ILOVA
2022-2023-yillarda dzyudo sport turini yanada rivojlantirish boʻyicha
I. Iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash
1.
Hududlarda dzyudo boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.
1. Hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni aniqlash.
2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli dzyudochi boʻlib shakllanishi uchun sport-taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish.
2022-yil sentabrdan boshlab 2023-yil yakuniga qadar
-
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(Sh. Maxmudov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oʻrta maxsus, professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalarida dzyudoni bosqichma-bosqich rivojlantirish.
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Maktabgacha dzyudo” loyihasini amalga oshirish.
2. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Bolalar uchun dzyudo” dasturini amalga oshirish.
2023-yil yanvar
Ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov),
Maktabgacha taʼlim vazirligi
(B. Onorboyev),
Xalq taʼlimi vazirligi
(V. Rajapov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(Yu. Absoatov)
3. Oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida dzyudo toʻgaraklarini tashkil qilish.
2022-yil sentabr-oktabr
3.
Qurolli Kuchlar tizimida dzyudoni yanada ommalashtirish va rivojlantirish.
1. Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari va xodimlari orasidan sifatli sport zaxirasi va mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish.
2022-yil oktabr
Ijrochilar mablagʻlari
Mudofaa vazirligi
(A. Norboyev),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov),
Sportni rivojlantirish vazirligi
(Sh. Maxmudov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Qurolli Kuchlar tizimida dzyudo boʻlimlari sonini oshirish, ularni trener va sportchi lavozimlari bilan toʻldirish, xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, sport kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash.
2022-yil dekabr
4.
Dzyudo bilan shugʻullanuvchilarining umumiy sonini oshirish.
1. Dzyudo bilan shugʻullanuvchilar borasida haqiqiy holatni yoshlar kesimida aniqlash.
2022-yil avgust
Ijrochilar mablagʻlari
Sportni rivojlantirish vazirligi
(Sh. Maxmudov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Kasimov),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda Yaponiya, Koreya Respublikasi, Fransiya, Italiya, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlarbilan hamkorlikni kuchaytirish.
2022-yil sentabr
3. Xorijiy tajribadan kelib chiqib, dzyudo bilan shugʻullanuvchilar sonini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash.
2022-yil oktabr
5.
Dzyudo boʻyicha terma jamoa aʼzolarining nufuzli xalqaro musobaqalar (Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik koʻrishi va unda munosib ishtirok etishini taʼminlash.
1. Dzyudo boʻyicha terma jamoaga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
2.Nufuzli xalqaro musobaqalar (Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik koʻrish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
3. Rejaga muvofiq, terma jamoa aʼzolari uchun xalqaro va mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish.
4. Terma jamoa aʼzolarining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash.
2022-2023-yillar davomida
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablagʻlar, ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Kasimov),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(Sh. Maxmudov)
6.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oʻtkaziladigan dzyudo musobaqalari sonini oshirish.
1.Boshlangʻich sinf oʻquvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun dzyudo musobaqalarini oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2022-yil avgust
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(X. Umarova),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(Sh. Maxmudov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Tasdiqlangan reja asosida dzyudo musobaqalarni oʻtkazish.
3. Gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirish.
Rejaga asosan
II. Dzyudo boʻyicha sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish
7.
Har bir hududda dzyudo boʻyicha ommaviy sport va jismoniy tadbirlari oʻtkaziladigan sport inshootlarini barpo etish.
1. Hududlarda dzyudoni rivojlantirish, dzyudo boʻyicha sport va ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish uchun sport inshootlarini barpo etish va foydalanishga topshirish.
2. Foydalanishga topshirilgan sport inshootlaridan samarali foydalanish.
2022-yil dekabr
Homiylik mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(X. Umarova),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(Sh. Maxmudov)
3. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarining maktabdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida ularni dzyudo bilan shugʻullanishgajalb etish.
2023-yil davomida
8.
Dzyudo boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlarni taʼmirlash.
1. Dzyudo boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlar roʻyxatini shakllantirish.
2022-yil sentabr
Ijrochilar mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(Sh. Maxmudov),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov)
2. Roʻyxatga muvofiq dzyudo boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlarning taʼmirga muhtojligini joyiga chiqib oʻrganish.
2022-yil oktabr
3. Dzyudo boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlarni taʼmirlash.
Rejaga asosida
9.
Yosh dzyudochi sportchilarning salomatligini va tayyorgarlik darajasini yaxshilash, sport zaxiralarini tayyorlash maqsadida yozgi va qishki sogʻlomlashtirish lagerlarini reja asosida muntazam tashkil etish.
Yosh dzyudochi sportchilar uchun yozgi va qishki sogʻlomlashtirish lagerlarini muntazam tashkil etish.
2022-2023-yillar davomida
Ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
III. Dzyudo boʻyicha sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash, sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishni kuchaytirish, dzyudoni ommaviy axborot vositalarida targʻib qilish
10.
Milliy terma jamoalarni ilmiy va uslubiy jihatdan taʼminlash tizimini takomillashtirish.
1. Dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalar uchun ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar roʻyxatini shakllantirish.
2022-yil avgust
Ijrochilar mablagʻlari
Sportni rivojlantirish vazirligi
(Sh. Maxmudov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Kasimov),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov)
2. Roʻyxatga muvofiq ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni takomillashtirish.
2022-yil sentabr
3. Takomillashgan ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni ilmiy kengashda koʻrib chiqish va chop etish hamda dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalarning asosiy tarkibigayetkazish.
2023-yil yanvar
11.
Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.
1. Dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalarning tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlanganlik holati va ehtiyojini oʻrganib chiqish.
2022-yil avgust
Ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Kasimov),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov)
2. Aniqlangan ehtiyojga koʻra, dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlash.
2022-2023-yillar davomida
12.
2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston dzyudo terma jamoasi sportchilarini tayyorlash, maqsadli kompleks oʻquv dasturini amalga oshirish.
1. Dzyudo boʻyicha terma jamoa sportchilarini tayyorlash rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash.
2022-yil avgust
Ijrochilar mablagʻlari
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(Sh. Maxmudov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Kasimov),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov)
2. Dzyudo terma jamoasi sportchilarining maqsadli kompleks oʻquv dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash.
2022-yil sentabr
3. Tasdiqlangan reja va maqsadli kompleks oʻquv dasturi boʻyicha ishlarniamalga oshirish.
2022-2023-yillar davomida
13.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallari bazasida dzyudo trenerlarining malakasini oshirish.
1. Dzyudo boʻyicha trenerlar roʻyxatini shakllantirish.
2022-yil avgust
Ijrochilar mablagʻlari
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(Sh. Maxmudov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Kasimov),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov)
2. Roʻyxatga muvofiq, malaka instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Fargʻona filiallari bazasida dzyudo trenerlarining malakasini oshirish.
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab
14.
Dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalar zaxirasini tayyorlash.
1. Olimpiya maktablari, olimpiya va paralimpiya kollejlarida tahsil olayotgan sportchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish.
2022-yil sentabr
Ijrochilar mablagʻlari
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(Sh. Maxmudov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Kasimov),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov)
2. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlari sportchilari oʻrtasida dzyudo boʻyicha musobaqalar oʻtkazish.
Rejaga muvofiq
3. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlariga erkin tashrif buyurib, dzyudo boʻyicha mashgʻulotlarni kuzatish va iqtidorli sportchilarni aniqlash.
4. Yuqori natijaga ega boʻlgan iqtidorli sportchilarni dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga kiritish.
2022-2023-yillar davomida
15.
Oʻzbekiston “Sport” telekanali dasturiga “Dzyudo axborotnomasi” telekoʻrsatuvini kiritish va efirga uzatish.
1. Oʻzbek dzyudosi hayoti haqida maʼlumot tayyorlash.
Rejaga asosan
Ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(F. Maxmudov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Kasimov),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov)
2. Telekoʻrsatuv sahifalariga dzyudo boʻyicha mashhur sportchilar va trenerlarni taklif etish orqali oʻzbek dzyudo maktabiningahamiyati haqida maʼlumot berilishini taʼminlash.
2022-2023-yillar davomida
16.
Ijtimoiy tarmoqlarda dzyudo boʻyicha musobaqalarni yoritish va tanlovlar oʻtkazish.
1. Ijtimoiy tarmoqlarda dzyudo boʻyicha musobaqalarni yoritish.
2. Ijtimoiy tarmoqlarda tanlovlar oʻtkazish.
2022-yil sentabrdan boshlab
Ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
(X. Xudayberdiyev),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(Sh. Maxmudov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Kasimov),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov)
3. Gʻoliblarni ragʻbatlantirish.
Reja asosida
17.
Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoasi sportchilari va mashhur oʻzbek dzyudo ustalarining hayoti va faoliyatini targʻib qilish.
1. Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoa sportchilari va mashhur oʻzbek dzyudo ustalarining roʻyxatini shakllantirish.
2022-yil sentabr oyidan boshlab
Ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
(F. Maxmudov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(Sh. Maxmudov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Kasimov),
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(A. Kamilov)
2. Roʻyxatga muvofiq, terma jamoa sportchilari va mashhur oʻzbek dzyudo ustalari hayotini keng yoritish.
Reja asosida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyundagi PQ-286-son qaroriga 2-ILOVA
2022 — 2025-yillarda dzyudo sport turini rivojlantirishning
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
2.
Dzyudo bilan shugʻullanishga jalb qilingan ayollar soni
Doimiy shugʻullanuvchilar soni
3 471
3 571
3 671
3 771
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
3.
Sport-taʼlim muassasalarida dzyudo bilan shugʻullanuvchilar soni
Jalb etiladigan oʻquvchilar soni
18 446
18 696
18 946
19 196
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
4.
Sport-taʼlim muassasalaridagi dzyudo boʻlimlari soni
Tashkil etilgan boʻlimlar soni
1 475
1 525
1 575
1 625
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
5.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi dzyudo toʻgaraklari soni
Tashkil etilgan toʻgaraklar soni
5
15
25
35
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
6.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi dzyudo toʻgaraklari soni
Tashkil etilgan toʻgaraklar soni
40
42
46
48
Xalq taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
7.
Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida dzyudo boʻyicha tashkil etiladigan musobaqalar
Musobaqalar soni
14
16
18
20
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
8.
Dzyudo boʻyicha terma jamoalarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini taʼminlash
Musobaqalar soni
8
10
11
12
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
9.
Oʻzbekistonda dzyudo boʻyicha Osiyo va Jahon chempionatlari hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish
Musobaqalar soni
1
2
3
4
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
10.
Dzyudo boʻyicha trenerlar soni
Jalb etiladigan trenerlar soni
710
730
750
770
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
11.
Sport-taʼlim muassasalaridagi dzyudo boʻyicha oliy maʼlumotli trenerlar soni
Foizda
(jami trenerlar soniga nisbatan)
50
55
60
65
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
12.
Dzyudo boʻyicha xalqaro toifadagi hakamlar soni
Xalqaro toifadagi hakamlari soni
21
24
27
31
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi
13.
Sport-taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan dzyudo boʻyicha hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Foizda
(jami trenerlar soniga nisbatan)
50
55
60
65
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)