Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.10.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekistonning hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda ulardan foydalanish, ularni respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar sifatida tushgan mablagʻlarni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-oktabr,
508-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibini belgilaydi.
Davlat oʻrmon fondidagi oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish xususiyatlari boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
2. Quyidagilar oʻsimlik dunyosi obyektlari hisoblanadi:
yovvoyi holda oʻsuvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va oʻtsimon urugʻlaydigan oʻsimliklar, qirqquloqsimonlar, yoʻsinsimonlar, suvoʻtlar, lishayniklar va zamburugʻlar oʻzining barcha xilma-xil turlari bilan;
yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy oʻsimlik guruhlari yoki ularning har qanday majmui;
kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlari;
yovvoyi oʻsimliklarning mevalari, urugʻlari va boshqa qismlari yoki ularning oʻsish davridagi mahsullari.
3. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish quyidagi turlarda amalga oshirilishi mumkin:
a) chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi ozuqa mahsulotlarini gʻamlash;
b) chorva mollarini oʻtlatish;
v) oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
g) yovvoyi oʻsimliklarning texnik xomashyosini gʻamlash;
d) yovvoyi oʻsimliklarning dorivor xomashyosini gʻamlash (yigʻish);
e) yovvoyi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun gʻamlash (yigʻish);
j) daraxt va butalarni kesish;
z) oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish;
i) oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiya, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish;
k) oʻsimlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish;
l) oʻsimlik dunyosi obyektlaridan kolleksiyalash maqsadlarida foydalanish.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
II. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish
4. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus boʻlishi mumkin.
5. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish mazkur Nizomning 3-bandi “g”, “e”, “z”, “i”, “l” kichik bandlarida nazarda tutilgan turlarida hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
6. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuv boʻyicha foydalanuvchining hayotiy zarur ehtiyojlari bilan cheklangan miqdorlarda tekin amalga oshiriladi. Umumiy foydalanish normasi va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
7. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq toʻlov evaziga, ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Chorvachilik ehtiyojlari va chorva mollarini oʻtlatish uchun yovvoyi ozuqa mahsulotlarini gʻamlashga ruxsatnoma berilganligi uchun toʻlov miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
Yalangʻoch qizilmiyani gʻamlash (toʻplash) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, ular Oʻzbekiston Respublikasining yalangʻoch qizilmiya ildizi ekstrakti ishlab chiqaradigan qayta ishlovchi tashkilotlari bilan gʻamlangan yalangʻoch qizilmiyani yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzishgan taqdirda, maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-martdagi 61-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 126-modda)
8. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish belgilangan normativlar doirasida amalga oshiriladi.
Dorivor va oziq-ovqat oʻsimliklarining yovvoyi turlarini va yovvoyi oʻsimliklar texnik xomashyosini gʻamlashga kvotalar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Pichan oʻrish hamda tabiiy pichanzorlar va yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatish normalari va muddatlari tegishli qishloq va suv, shuningdek oʻrmon xoʻjaligi davlat organlarining taqdimnomasi boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga koʻra binolar, inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi bilan bogʻliq sanitariya kesishlari tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Tasdiqlangan kvotalar, shuningdek pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari va muddatlari tabiatni muhofaza qilish boʻyicha hududiy qoʻmitalarga, shuningdek oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarga yetkaziladi.
III. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishga ruxsatnomalar berish tartibi
9. Maxsus foydalanishga ruxsatnoma:
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olishga ruxsatnoma — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
davlat oʻrmon fondi hududida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishga ruxsatnoma — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan;
zaxira yerlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatishga, oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;
oʻz yerlarining hududida tabiiy ozuqa maydonlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatishga ruxsatnoma — qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsimlik dunyosining boshqa barcha obyektlariga ruxsatnoma — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladi.
10. Foydalanuvchilar maxsus ruxsatnoma olish uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga;
foydalanishning qolgan turlariga maxsus ruxsatnoma olish uchun — tegishli ravishda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga murojaat qiladilar.
11. Maxsus ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
obyekt (turi), joylashgan joyi, foydalanish muddatlari va usullari koʻrsatilgan holda maxsus foydalanish uchun buyurtmanoma;
Fanlar akademiyasining oʻsimliklar majmuasi va foydalanish hududining holati toʻgʻrisidagi xulosasi (Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlar uchun);
er egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki hududidan foydalanish nazarda tutilayotgan davlat hokimiyati organlarining roziligi;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
12. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma yoki uni asosli rad etish hujjati ariza beruvchilarga ariza olingan kundan boshlab 15 kun mobaynida taqdim etiladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olishga buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan 15 kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi taqdimnomani Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi ilova qilingan holda kiritadi. Ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bu haqda arizachiga maʼlum qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida 10 kun mobaynida tegishli ruxsatnomani rasmiylashtiradi.
14. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishga kvota mavjud boʻlmaganda;
taqiqlangan hududda yoki taqiqlangan usul bilan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun buyurtmanomalar berilganda;
hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda yoki zarur tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilganda;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov toʻlanmaganda.
Shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin.
Ruxsatnoma berishning rad etilishi arizachiga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozma shaklda joʻnatiladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga buyurtmanomalarni qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ruxsatnoma berishning rad etilishi yuzasidan arizachi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
15. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda ruxsatnoma berilishi uchun toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.
16. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun berilgan ruxsatnomada quyidagilar koʻrsatiladi: foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; foydalanish obyekti (turlari), foydalanish hajmi (miqdori), foydalanish joyi va muddatlari.
Maxsus foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish raqamlariga ega boʻladi va himoya darajalari bilan taʼminlanadi. Ularning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi, davlat oʻrmon fondi hududida foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar ham shu jumlaga kiradi.
17. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma boshqa shaxslarga berilmaydi, ularga tuzatishlar kiritishga va boshqa belgilar qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. Foydalanuvchi tomonidan tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomani olib qoʻyishga faqat tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlari va oʻrmon idoraviy qoʻriqchiligi (davlat oʻrmon fondi hududida) vakolatlidir.
Maxsus foydalanish uchun berilgan barcha ruxsatnomalar nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga yuboriladi.
IV. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi
18. Oʻzbekiston Respublikasida yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiradigan oʻsimliklar turlari namunalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va hududiga olib kirishga ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga Oʻzbekistondagi CITES Maʼmuriy organi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Davlat biologiya nazorati) tomonidan beriladi, mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan oʻsimlik dunyosi obyektlari bundan mustasno.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
19. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan hamda yoʻqolish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi konvensiya (CITES)ning I, II, III ilovalariga kiradigan yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar, ularning qismlari, mevalari, urugʻlari va botanika kolleksiyalarini olib kirish va olib chiqib ketishga ruxsatnomalar olish umumiy foydalanish uchun belgilangan normalardan oshgan hollarda talab qilinadi.
20. Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga, mazkur Nizomning 18-bandi toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha esa — Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Davlat biologiya nazoratiga taqdim etiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
21. Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
oʻsimlikning olib kelinadigan va olib chiqiladigan har bir turi miqdori koʻrsatilgan holdagi ariza;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan olishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Fanlar akademiyasining oʻsimlik guruhining va foydalanish hududining holati toʻgʻrisidagi xulosasi (Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan turlari uchun);
mahsulotni import yoki eksport qiluvchi mamlakat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
olib chiqish (olib kirish) uchun foydalanish moʻljallanayotgan transport turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini boʻyicha Davlat bosh inspeksiyasining karantin ruxsatnomasi (import qilishda);
(21-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 550-modda)
fitosanitariya sertifikati (Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini boʻyicha Davlat bosh inspeksiyasi tomonidan beriladi);
ruxsatnoma berish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
22. Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini chetga chiqarishga ruxsatnoma berish uchun quyidagi miqdorlarda toʻlov undiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlikning bir donasi, shuningdek oʻsimliklarning ushbu turlaridan botanika kolleksiyalari uchun — mazkur turdagi oʻsimliklarni terishga ruxsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklar xomashyosining bir kilogrammi (yalangʻoch qizilmiyadan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslar uchun— oʻsimlikning mazkur turini gʻamlashga ruxsatnoma qiymatining 10 foizi miqdorida;
yalangʻoch qizilmiya xomashyosining (TIF TN kodi 121190850 0) 1 tonnasi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslarga yalangʻoch qizilmiyani chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma berishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha 225 AQSh dollari miqdorida.
Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirishga beriladigan ruxsatnoma uchun toʻlov undirilmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
23. Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma yoki bunday ruxsatnoma berishning asosli ravishda rad etilishi arizachiga ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida yuboriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
24. Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnomalarda quyidagilar koʻrsatiladi: olib kirish yoki olib chiqishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, obyekt (turlari), oʻsimlik dunyosining olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan obyektlari hajmi (miqdori), olib kirish (olib chiqish) muddatlari.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Olib kirish (olib chiqishga) ruxsatnomalar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish raqamlariga ega boʻladi va himoya darajalari bilan taʼminlanadi. Ularning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
25. Ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
oʻsimlik dunyosining olib chiqib ketilayotgan obyektlarining tabiiy muhitdan noqonuniy olinganligi aniqlanganda;
hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda yoki zarur tartibda rasmiylashtirilmaganda;
ruxsatnoma uchun toʻlov toʻlanmaganda.
Ruxsatnoma berish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham rad etilishi mumkin.
Ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi hujjat rad etish sabablari koʻrsatilgan holda arizachiga yozma shaklda yuboriladi.
Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olishda buyurtmanomalarni qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(25-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ruxsatnoma berish rad etilganligi yuzasidan arizachi qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilishi mumkin.
Ruxsatnoma berish rad etilganda ruxsatnoma berish uchun toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.
V. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni nazorat qilish
26. Oʻsimlik dunyosi obyektlari muhofaza qilinishi, foydalanilishi va koʻpaytirilishi ustidan davlat nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
27. Oʻsimlik dunyosi obyektlari muhofaza qilinishi, foydalanilishi va koʻpaytirilishi ustidan idoraviy nazorat yovvoyi oʻsimliklar oʻsadigan hudud qarashli boʻlgan organlar: davlat oʻrmon fondida — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan; boshqa hududlarda — yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
28. Oʻsimlik dunyosi obyektlari muhofaza qilinishi, foydalanilishi va koʻpaytirilishi ustidan jamoatchilik nazorati jamoat birlashmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
29. Foydalanuvchilarning belgilangan muddatlarga, normativlarga hamda oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning, ularni muhofaza qilish va koʻpaytirishning boshqa qoidalariga rioya etishi Davlat nazorati organlari tomonidan tekshiriladi.
30. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini, yovvoyi organizmlar tomonidan hosil qilinadigan tabiiy oʻsimlik majmualarini muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari tomonidan, oʻrmon qoʻriqchiligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qiluvchi inspektorlar, davlat ovchilik va oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari, ovchilik-baliqchilik xoʻjaliklarining eger xizmati tomonidan ularga biriktirilgan hududlarda amalga oshiriladi.
31. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
oʻsimlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish normalari va talablari buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi oʻsimliklar koʻpaytiriladigan hududni borib koʻrish;
oʻsimlik dunyosidan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, oʻsimlik dunyosi obyektlarining tayyorlangan mahsulotlarini, oʻrmonchi va egerlar qorovulxonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulxonalarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini koʻzdan kechirish va ushlab turish;
oʻsimlik dunyosining tayyorlangan obyektlari bilan bogʻliq shaxslardan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni koʻrsatishni, ular tomonidan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi sababli yozma tushuntirishlar berilishini talab etish;
mazkur Nizom, oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, normalari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan barcha foydalanuvchilar bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
mazkur Nizom va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qoʻyish, shuningdek noqonuniy tayyorlangan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qoʻyish hamda tayyorlov va savdo tashkilotlariga berish;
oʻtkazilgan tekshirish toʻgʻrisida dalolatnomalar va maʼmuriy qonunbuzarliklar toʻgʻrisida protokollar tuzish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va ularni koʻpaytirish boʻyicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish;
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda amalga oshirilayotgan ishlarni toʻxtatib qoʻyish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonun buzilishi toʻgʻrisidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;
xizmat yuzasidan berilgan oʻq otish qurolini va unga oʻq-dorilarni belgilangan tartibda olib yurish.
32. Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya qilishga va oʻz faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majburdir.
33. Foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik talablari buzilgan taqdirda oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi toʻxtatib turilishi yoki toʻxtatilishi mumkin. Tabiiy oʻsimlik guruhlarida qayta tiklab boʻlmaydigan oʻzgarishlar xavfi paydo boʻlgan taqdirda oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi toʻxtatiladi.
34. Ruxsatnomasiz yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartiblar va normativlar (kvotalar) buzilgan holda tayyorlangan oʻsimlik dunyosi obyektlari qonunni buzuvchilardan olib qoʻyiladi, koʻrsatib oʻtilgan qonun buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar esa oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun javob beradilar va zararning oʻrnini quyidagi miqdorlarda qoplash majburiyatini oladilar:
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklar turlari boʻyicha — oʻsimliklar maqomiga qarab. Yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan oʻsimliklar uchun: bitta oʻsimlik uchun — eng kam oylik ish haqining 5 baravari, kamyob oʻsimliklar uchun — 4 baravari va kamayib borayotgan oʻsimliklar uchun — 2 baravari miqdorida;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning boshqa turlari boʻyicha — qonun hujjatlariga muvofiq.
35. Oʻzbekiston Respublikasi hududida noqonuniy ravishda yi-ilgan, tayyorlangan, shuningdek qonun hujjatlari buzilgan holda uning hududiga olib kirilgan oʻsimlik dunyosi obyektlari qonunni buzuvchilardan olib qoʻyiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan ularni sotish huquqiga ega boʻlgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar boʻyicha sotish uchun beriladi.
36. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashlari shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov miqdorlari



‎‎‏Foydalanish turlari

Oʻsimliklarni tayyorlash uchun
‎ruxsatnoma qiymati‎‎‎

yuridik va jismoniy shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, eng kam oylik ish haqiga koeffitsiyentlarda‎

xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun, AQSh dollarida‎

A. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklar turlari (bir oʻsimlikning yoki bir ildizning qiymati - oʻsimlik maqomiga qarab)‎
Yoʻqolib ketayotgan turlar‎

0,2‎

30‎

Kamyob turlar‎

0,1‎

15‎

Qisqarayotgan turlar‎

0,02‎

3‎

1 kg urugʻlik va ildizlar - shu maqomdagi oʻsimliklar qiymatining 10 baravari miqdorida‎

1 kg ildiz va barglar - shu maqomdagi oʻsimlik qiymatining 3 baravari miqdorida‎
B. Dorivor va ozuqabop oʻsimliklarning yovvoyi turlari hamda tayyorlash uchun moʻljallangan oʻsimliklar texnik xomashyosi (1 kg qiymati)‎
Zira (urugʻ)‎

0,048‎

0,6‎

Rodiola raznozubchataya (ildiz)‎

0,032‎

0,4‎

Moychechak (gul)‎

0,23‎

0,3‎

Oddiy zirk (mevasi), zamburugʻ‎

0,012‎

0,15‎

Samarqand boʻznochi, doʻlana (gul), qoraandiz, kiyikoʻt, ilonpechak, kadanopsis, ikki uyali qichitqi oʻt, limon oʻt, yirik yaproqli alqor, Osiyo yalpizi, ochambiti, ming yaproqli togʻ dastorboshi, katta bargizub, yalangʻoch qizilmiya, oddiy boʻymadaron, dala qirqboʻgʻini, dorivor mavrak, yuqori vitaminli naʼmatak ‎

0,008‎

0,1‎

Archa (mevasi), doʻlana (mevasi), oddiy isiriq, suv qalampiri, qush toron, mayda gulli jambil (togʻrayhon), dagʻal qizilpoycha, tikanli kovul, oqqaldirmoq, achchiq erman, nozik tolali shuvoq, Maksimovich ravochi, afsonak, oddiy mingyaproq, chebrets, uch boʻgʻimli ittikanak, qizilcha, Turkiston arslonquyrugʻi, oddiy qamish (m), shoʻravor tsistanxe ‎

0,006‎

0,1‎

Oʻsimliklarning boshqa turlari‎

0,005‎

0,1‎

Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Davlat oʻrmon fondidan tashqaridagi daraxtlar va butalarni kesganlik uchun toʻlov miqdorlari

‎‏
Kesishga ruxsat berilgan daraxtlarning 1,3 m balandligidagi diametri (sm) ‎

Bitta daraxtni kesish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdori (belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda) ‎‎‎

kam qimmatli daraxtlar turi uchun: sassiqdaraxt, oq akatsiya, zarang daraxti, terak, tut, boshqa daraxt va manzarali butalar. ‎

qimmatli yogʻochbop daraxtlar: yongʻoq, nok, gledichi, eman, lenkoran akatsiyasi, qoraqayin, qora archa, chinor, achchiqmiya, tui, shumtol hamda boshqa qimmatli daraxtlar va butalar. ‎

4 gacha‎

0,2‎

0,3‎

‎4,1-8

0,3‎

0,4‎

‎8,1-12

‎0,5

‎0,7

12,1-16‎

‎0,8

‎1,2

16,1-20‎

‎1,2

‎1,8

20,1-24‎

‎1,7

‎2,5

‎24,1-28

2,2‎

3,3‎

‎28,1-32

‎2,8

4,2‎

‎32,1-36

‎3,4

5,1‎

‎36,1-40

‎4,0

‎6,0

40,1-44‎

‎5,6

‎8,0

44,7-48‎

6,2‎

‎6,3

48,1-52‎

‎6,8

‎10,2

‎52,1-56

‎7,7

‎11,5

56,1-60‎

8,6‎

‎12,9

60,1-64‎

‎9,5

‎14,2



‎Izoh: butalarning diametri ildiz boʻgʻzida oʻlchanadi.

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga
2-ILOVA
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hayvonot dunyosi obyektlarini foydalanishga berish, hayvonlarni, ularning qismlarini, ovchilik oʻljalarini, zoologiya kolleksiyalarini, hayvonlarning hayot faoliyati mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish, shuningdek ovchilik va baliqchilik xoʻjaligini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Quyidagilar hayvonot dunyosi obyektlari hisoblanadi:
kelib chiqishi hayvonlarga mansub boʻlgan organizmlar — sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populatsiyalari;
yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday toʻdalari;
yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlari;
yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari.
3. Tabiiy erkinlik holatida yashovchi barcha yovvoyi hayvonlar, shuningdek ovchilik va baliq ovlash joylariga qoʻyib yuborilgan hayvonlar davlat mulki hisoblanadi va davlat ovchilik-baliq ovlash fondini tashkil etadi.
Pitomniklarda, inkubatorlarda, fermalarda, hovuz xoʻjaliklarida oʻstirilgan va shu xoʻjaliklarning chegaralarida joylashgan yovvoyi hayvonlar pitomniklar, inkubatorlar, fermalar, hovuz xoʻjaliklari tegishli boʻlgan shaxslarning mulki hisoblanadi.
Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifalardagi yer va suv obyektlariga egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqidan ajratilgan.
4. Quyidagilar ov qilish va baliq ovlash mahsulotlari hisoblanadi — moʻyna va teri, hayvonning shoxi, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari va ulardan hosil boʻlgan mahsulotlar, ularning goʻshti, ularning qismlari, parrandalar va sudralib yuruvchi hayvonlarning tuxumlari, baliqlarning uvuldirigʻi, ovchilik oʻljalari hamda belgilangan tartibda tutilgan hayvonlarning oʻzi.
II. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish
5. Quyidagilar hayvonot dunyosidan foydalanish turlari hisoblanadi:
ov qilish (sport, havaskorlik va sanoat maqsadida);
baliq ovlash (sport, havaskorlik va sanoat maqsadida);
hayvonot dunyosidan ilmiy, tibbiy, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish;
hayvonlar faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish;
hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish;
koʻpaytirish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, namoyish qilish hamda tijorat maqsadlarida tutqunlikda saqlash (pitomniklarda, hayvonot bogʻlarida va hokazo);
zoologiya kolleksiyalari barpo etish;
yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish, ularni moslashtirish va qayta moslashtirish;
tibbiyot, uy hayvonlarining oʻlat kasalliklariga qarshi, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya maqsadlarida foydalanish.
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari va usullari ham nazarda tutilishi mumkin.
6. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus foydalanish tartibida amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosidan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayvonlarni yashash muhitidan ajratib olmasdan va hayvonlarga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladi. Shuningdek barcha tabiiy suv havzalarida 5 kilogrammgacha va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaliklariga roʻyxatdan oʻtkazilgan tabiiy suv havzalarida 10 kilogrammgacha miqdorda baliqlarni sport va havaskorlik tarzida ovlash ham umumiy foydalanishga tegishli boʻladi. Hayvonot dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish bepul amalga oshiriladi.
Baliqlarni sport va havaskorlik tarzida ovlash:
ushbu bandda belgilangan miqdorlarda baliq ovlashning belgilangan qoidalariga rioya qilgan holda barcha suv havzalarida ruxsat beriladi;
qoʻriqxonalar hududida, boshqa qoʻriqlanadigan hududlarda ovlash taqiqlanadi (ularning nizomlariga muvofiq);
baliq pitomniklari va havza xoʻjaliklari hududida esa — maʼmuriyatning roziligi bilan ovlashga ruxsat beriladi.
7. Umumiy foydalanishga tegishli boʻlmagan hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish maxsus foydalanish hisoblanadi. Maxsus foydalanish ruxsatnomalar asosida toʻlov evaziga amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun toʻlov hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarni yovvoyi hayvonlarni va ularning yashash muhitini muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan, biotexnika tadbirlarini oʻtkazishdan ozod etmaydi.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda hayvonot dunyosidan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolar hayvonot dunyosidan umumiy asoslarda foydalanish huquqiga egadir.
III. Hayvonot dunyosidan umumiy foydalanishga ruxsatnomalar berish tartibi
9. Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanish, uning maqsadlaridan qatʼi nazar, faqat maxsus vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan va taqsimlanadigan pulli kvotalar asosida beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Chet el fuqarolari tomonidan hayvonot dunyosining Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ayrim turlarini ovlashni tashkil etish va ovlash tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan belgilanadi.
10. Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnomalar:
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlarni tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
oʻrmon fondi (Davlat oʻrmon fondi) yerlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan ajratiladigan kvotalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan;
ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yurituvchi yuridik shaxslar tomonidan — belgilangan kvotalar doirasida faqat ularga biriktirilgan hududda;
Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladi.
11. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomalar:
oʻrmon fondi (Davlat oʻrmon fondi) yerlarida hayvonot dunyosi obyektlarini tutish (otish, ovlash)ga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga;
faqat ularga biriktirilgan hududlarda ovchilik-baliqchilik xoʻjaliklarida belgilangan kvotalar doirasida hayvonot dunyosidan foydalanishga — ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yurituvchi yuridik shaxslarning tegishli boshqaruv organlariga;
qolgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga beriladi.
12. Yovvoyi hayvonlarni ilmiy, tibbiy, madaniy-maʼrifiy maqsadlarda va boshqa maqsadlarda tutishga ruxsatnomalar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida beriladi, ularda quyidagilar koʻrsatiladi:
yovvoyi hayvonlarni tutadigan yuridik shaxs (tashkilot)ning nomi, uning rekvizitlari, jismoniy shaxsning familiyasi va ismi, pasportiga yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid maʼlumotlar;
tutishning maqsadlari va usullari;
turlar boʻyicha hayvonlar soni;
tutish qurollari va suzish vositalari (baliq ovlashda);
moʻljallanayotgan tutish joyi (tuman, viloyat);
hayvonlarni tutish muddatlari.
Ariza 7 kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, yuridik yoki jismoniy shaxs ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomani takroran berish huquqiga egadir.
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ruxsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
13. Yovvoyi hayvonlarni sport-havaskorlik va sanoat maqsadlarida tutishga ruxsatnoma taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida beriladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yovvoyi hayvonlarni tutadigan yuridik shaxs (tashkilot)ning nomi, uning rekvizitlari, jismoniy shaxsning familiyasi va ismi, pasportiga yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid maʼlumotlar;
hayvonlarni tutish maqsadlari;
ovchilik-baliqchilik xoʻjaliklari yoki boshqa maʼmuriy hududlar boʻyicha turlariga koʻra hayvonlar soni;
hayvonlarni tutish muddatlari;
hayvonlarni tutish joyi;
tutish usuli;
ilmiy tashkilotlar va tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangan hayvonlarning soʻralayotgan turlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangan oʻtgan yili tutilgan hayvonlar soni (hayvonlarning turlari va xoʻjaliklar boʻyicha);
amalga oshiriladigan muhofaza qilish va koʻpaytirish tadbirlari hajmlari;
agar ularni Oʻzbekiston tashqarisiga olib chiqish moʻljallanayotgan boʻlsa, hayvonlarni va ularning hayot faoliyati mahsulotlarini yetkazib berishga shartnomalar (kontraktlar) mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomaga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi ilova qilinadi.
Buyurtmanoma 7 kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda yuridik yoki jismoniy shaxs ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomani takroran berish huquqiga egadir.
(13-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ruxsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
14. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan 15 kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi taqdimnomani Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bu haqda arizachiga maʼlum qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida 10 kun mobaynida tegishli ruxsatnomani rasmiylashtiradi va beradi.
15. Fuqarolar tomonidan sport-havaskorlik ovi va baliq ovlash ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yurituvchi yuridik shaxslarning ruxsatnomalari boʻyicha faqat ularga biriktirilgan hududlarda — ovchilik-baliqchilik xoʻjaliklarida amalga oshiriladi.
16. Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanishga ruxsatnoma faqat mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq qiymat toʻlangandan keyin beriladi.
17. Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanishga — yovvoyi hayvonlarni tutish (otish, ovlash)ga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan belgilangan namunadagi maxsus blankalarda beriladi. Ruxsatnomalar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi va belgilangan tartibda saqlanadi.
Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar berilishi maxsus daftarda qayd etiladi, unda foydalanuvchi, tutish joyi va tutishga ruxsat berilgan hayvonlar soni, hayvonlarni tutish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
18. Quyidagi hollarda:
buyurtmanomada koʻrsatilgan hayvonlarning turlarini tutishga kvota mavjud boʻlmaganda;
hayvonlarni taqiqlangan joylarda, taqiqlangan vaqtda yoki taqiqlangan usulda tutishga buyurtmanoma taqdim etilganda;
tabiatni muhofaza qilish organlariga tutish soʻralayotgan hayvonlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ilgari berilgan ruxsatnoma (kvota) boʻyicha tutilgan hayvonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilmaganda;
tutilishi moʻljallanayotgan hayvonlar soni qiymati toʻlanmaganda;
tutilgan hayvonlarni uzoq vaqt tutib turish uchun shart-sharoitlar mavjud boʻlmaganda;
qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa holatlarda ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin.
Ruxsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ruxsatnoma berilishi rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq yuqori organlarga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
19. Tayyorlash va sport-havaskorlik maqsadlarida yovvoyi hayvonlarni tutishga ruxsatnoma olishda yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish va koʻpaytirish, sonini hisobga olish hamda tutilgan hayvonlarni hisobga olish tadbirlarini amalga oshiradigan shaxslar ustuvorlik huquqidan foydalanadilar.
20. Ruxsatnoma olgan shaxs uni foydalanish uchun boshqa shaxsga berish huquqiga ega emas. Aybdor shaxslar (ruxsatnomani bergan va qabul qilgan shaxslar) qonun hujjatlarga muvofiq javob beradilar.
21. Hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaxs (maqsadlardan qatʼi nazar):
ruxsatnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgandan keyin, biroq 10 kunlik muddatdan kechikmay, ruxsatnomani uni bergan organga undan foydalanganlik toʻgʻrisidagi qisqacha hisobot bilan birgalikda qaytarishga;
ruxsatnomada koʻrsatilgan barcha talablarga rioya qilishga majburdir.
Ruxsatnomaga oʻzboshimchalik bilan biron-bir tuzatish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
22. Hayvonlarni sport-havaskorlik ovida yoki baliq ovida tutgan jismoniy shaxs ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini oʻz xohishiga koʻra tasarruf etishga haqlidir.
Ovchilik mahsuloti sotilgan taqdirda, jismoniy shaxs hayvonlarni tutishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasiga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarga ega boʻlishi shart.
23. Ruxsatnoma unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir. Ruxsatnoma bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Tutilgan yovvoyi hayvonlardan ruxsatnomada koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq foydalaniladi.
24. Qonun hujjatlari talablariga, mazkur Nizomga, shuningdek hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarda bayon qilingan talablarga rioya etilishi uchun nomiga ruxsatnoma berilgan yuridik va jismoniy shaxslar javob beradilar. Yoʻl qoʻyilgan buzilishlar uchun ruxsatnoma olib qoʻyiladi, qonunni buzuvchiga nisbatan esa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaniladi.
25. Ovchilik xoʻjaligiga, insonning xoʻjalik faoliyatiga zarar yetkazayotgan hayvonlar ularga biriktirilgan yer maydonlarida ovchilik-baliqchilik xoʻjaliklarining ovchilari va yollangan ovchilari hamda ovchilar va fuqarolarning maxsus brigadalari tomonidan, ov mavsumidan tashqari, ruxsatnomalar boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda tutiladi.
IV. Xorijiy fuqarolar tomonidan ov qilish tartibi
26. Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ruxsatnomasi asosida quyidagi tartibda beriladi:
ov qilish va baliq ovlash uchun xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi, bu yerda boʻlishi va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
ov qilish uchun buyurtmanoma, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanish uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat xorijiy fuqarolarga ruxsatnoma berish uchun asos hisoblanadi, xorijiy fuqaroning oʻzi yoki uning manfaatlarini ifodalovchi shaxs tomonidan joʻnatiladigan mazkur buyurtmanomada ovlanadigan hayvonlar turlari va ov qilish muddatlari koʻrsatiladi;
ovlash uchun ov qurolidan foydalanuvchi xorijiy fuqaro qurollar va oʻq-dorilarni respublikaga olib kirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ruxsatnomasini olishi zarur.
27. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosi obyektlari ayrim turlarini, shu jumladan tuvdogʻ qushini ovlash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida beriladi.
28. Tuvdogʻ qushini ovlashda respublikaning butun hududi boʻyicha alohida Nizom bilan cheklashlar belgilanadi.
29. Xorijiy fuqarolarning ov qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi nazorati ostida amalga oshiriladi.
30. Hayvonot dunyosidan foydalanish uchun toʻlovlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq undiriladi. Ruxsatnomalar mazkur toʻlovlar toʻlangandan keyin beriladi. Yovvoyi hayvonlarni ovlaganlik uchun toʻlovlardan tushgan mablagʻlar belgilangan tartibda sarflanadi.
31. Ovlash vaqtida yaralangan hayvonlar ovlangan hayvonlarga tenglashtiriladi.
32. Ovlangan hayvonlarni, ularning qismlarini, oʻljalarni va shu kabilarni respublikadan olib chiqib ketishga ruxsatnoma hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma hamda tabiatni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli davlat inspektori va ovchi tomonidan imzolangan ovlangan hayvonlar toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida beriladi.
V. Hayvonot dunyosi obyektlarini, ularning qismlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi
33. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, oʻljalar, tulumlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 550-modda)
34. Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan pitomniklarda yetishtirilgan hayvonlarni koʻchirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladi.
35. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan ariza asosida ruxsatnoma berilganligi uchun haq undirilgandan keyin beriladi. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxs (tashkilot)ning nomi, jismoniy shaxsning familiyasi va ismi;
olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;
turlar boʻyicha olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning (ularning qismlari, oʻljalar, tulumlar, hayot faoliyati mahsulotlari va hokazo) soni. Zoologiya kolleksiyalarini olib chiqishda eksponatlar har bir turining nusxalari soni koʻrsatiladi;
olib chiqish uchun asos — hayvon qonuniy sotib olinganligi yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruxsatnomaning tartib raqami, boshqa hujjatlar), zoologiya kolleksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish organlarida hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
36. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, oʻljalar, tulumlar olib kirilishi — olib chiqilishiga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda arizachi sudga murojaat qilish huquqiga egadir.
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning taqdim etilmasligi ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos boʻlishi mumkin.
Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
37. Oʻzbekiston Respublikasiga noqonuniy olib kirish yoki uning tashqarisiga olib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining maxsus ruxsatnomasisiz urinishlar paytida ushlangan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari va ulardan hosil boʻlgan mahsulotlar, oʻljalar, tulumlar olib qoʻyiladi.
Olib qoʻyilgan hayvonlardan kelgusida foydalanish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadi.
38. Hayvonot dunyosi obyektlarini respublikadan tashqariga olib chiqqanlik uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan bitta yovvoyi hayvon, uning qismlari, tulum, oʻlja, hayvonning terisi, bir juft shox, bitta shox uchun — mazkur yovvoyi hayvonni tutishga ruxsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida;
boshqa yovvoyi hayvonlar uchun — yovvoyi hayvonning mazkur turini tutishga ruxsatnoma qiymatining 2 foizi miqdorida toʻlov nazarda tutiladi.
Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, oʻljalar, tulumlar respublikaga olib kirilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
39. Yovvoyi hayvonlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan belgilangan namunadagi blankalarda beriladi.
40. Ruxsatnoma blankalari qatʼiy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi va belgilangan tartibda saqlanadi. Berilgan ruxsatnomalar maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
VI. Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi konvensiyaga (CITES) kiruvchi hayvonlar turlari namunalarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish va berish tartibi
41. Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo toʻgʻrisidagi konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiruvchi hayvonlar turlari namunalarini Oʻzbekiston hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston hududiga olib kirish uchun belgilangan namunadagi ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga CITESning Oʻzbekiston Respublikasidagi Maʼmuriy organi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Davlat biologiya nazorati) tomonidan beriladi.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti “Botanika” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi CITESning Oʻzbekiston Respublikasidagi ilmiy organi hisoblanadi. Uning funksiyasiga quyidagilar kiradi:
I, II va III ilovalariga kiritilgan fauna turlari namunalarini olib kirish va olib chiqish masalalari yuzasidan Maʼmuriy organga maslahatlar berish;
fauna turlari namunalari eksporti-importi boʻyicha xulosalar berish;
fauna turlari namunalarini qabul qilishga davlatning tayyorligi toʻgʻrisida xulosalar berish;
hayvonlarni saqlash sharoitlari boʻyicha xulosalar berish;
kolleksiyalar va pitomniklarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xulosalar berish.
43. CITES Konvensiyasining I, II va III ilovalariga kiritilgan namunalarni olib kirish-olib chiqishga (eksport, qayta eksport, import) CITESning ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun CITESning Maʼmuriy va Ilmiy organlariga ariza taqdim etish zarur. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
eksport, qayta eksport, importning maqsadi (tijorat operatsiyalari, ilmiy tadqiqotlar, hayvonot bogʻlari va muzeylar oʻrtasida ayirboshlash, ovchilik oʻljalari, hadya va boshqalar);
hayvonning rus va lotin tillarida toʻliq nomi koʻrsatilgan holdagi turi;
namunaning tavsifi (tirik hayvonlar, hayvonning terisi, tulumi, tanasi, suyagi, shoxi, soʻyloq tishi, qoni, uvuldirigʻi, shuningdek buyumlari va boshqalar; tirik hayvonlar uchun — jinsi va yoshi, identifikatsiyalovchi belgilar mavjudligi);
namunalarning soni yoki ogʻirligi;
namunaning kelib chiqishi (tabiatdan ajratib olingan, sunʼiy sharoitlarda urchitilgan yoki oʻstirilgan yoki qanday hujjatlar asosida boshqa mamlakatdan import qilingan, musodara qilingan, sotib olingan, hadya yoki meros sifatida olingan va hokazo);
namunalarni olib kirish yoki olib chiqishning rejalashtirilayotgan muddatlari va bojxona punkti, transport vositalari va yoʻnalish sxemasi;
tirik havonlarni transportda tashish CITES qoidalariga va havo transportida tashilgan taqdirda esa — tirik hayvonlarni transportda tashish (IATA) qoidalariga muvofiq amalga oshirilishini tasdiqlovchi hujjat;
eksport qiluvchi (qayta eksport qiluvchi) va import qiluvchining rus va ingliz tillaridagi yuridik manzili (jismoniy shaxslar uchun — uy manzili, pasportiga oid maʼlumotlar), ularning telefonlari va fakslari.
44. Quyidagilar namunalarni tutish, sotib olish, tasarruf etish yoki ularga egalik qilishning qonuniyligini tasdiqlaydigan hujjatlar hisoblanadi:
namunani tasarruf etish yoki undan foydalanish huquqini beruvchi ishonchnoma;
hayvonot dunyosi obyektlarini tutishga berilgan ruxsatnoma nusxasi;
suv biologiya resurslarini tutishga berilgan ruxsatnoma nusxasi;
ota-onasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ikkinchi avlodigacha, zarurat boʻlganda esa undan oldingi avlodigacha koʻrsatilgan holda tugʻilgan sanasi va joyi, zot tartib raqami va laqablari koʻrsatilgan hayvonlar zoti daftaridan koʻchirma;
agar namuna savdo shoxobchasidan sotib olingan boʻlsa — tovar cheki;
mulkchilik huquqini va/yoki oldi-sotdi shartnomasini, vasiyatnoma, hadya shartnomasini tasdiqlovchi birlamchi yuridik hujjatlar;
vakolatli organlarning namunalarni musodara qilish toʻgʻrisidagi qarori va/yoki CITESning Oʻzbekistondagi Maʼmuriy organining musodara qilishga sertifikati;
muzeylarning va kolleksiya qilish bilan shugʻullanuvchi boshqa tashkilotlarning inventar daftarlaridan koʻchirma;
agar eksport qiluvchi mamlakat CITES Tomoni hisoblanmasa, eksport qiluvchi mamlakat CITES Maʼmuriy organining yoxud vakolatli davlat organi ruxsatnomasining asl nusxasi.
45. Istisno hollarda, hayvonlar saqlanishini taʼminlash zarurligidan va Konvensiya talablariga rioya qilish zarurligidan kelib chiqib CITESning Oʻzbekiston Respublikasidagi Maʼmuriy organi olib kirish-olib chiqishga tegishli qoʻshimcha axborotni soʻrashi mumkin.
46. CITESning Oʻzbekiston Respublikasidagi Maʼmuriy organi arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi, CITES nazarda tutgan hollarda esa CITES Kotibiyati bilan maslahatlashadi va 30 kun mobaynida ruxsatnomani rasmiylashtiradi yoxud asoslangan rad javobini yuboradi.
Ruxsatnoma 6 oygacha muddatga, koʻchma koʻrgazmalar va sirklar uchun — 12 oygacha muddatga beriladi.
Ruxsatnoma berish belgilangan tartibda toʻlov evaziga amalga oshiriladi.
47. Har bir ruxsatnoma belgilangan namunadagi blankada toʻrt nusxada rasmiylashtiriladi, uning birinchi nusxasida himoya markasi boʻladi, vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va CITESning Maʼmuriy organi muhri bilan tasdiqlanadi. Namunalarning har bir turkumi uchun alohida ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
48. Ruxsatnomaning rasmiylashtirilgan nusxalari arizachiga ruxsatnomalarni berish jurnalida tilxat bilan uch nusxada beriladi yoxud toʻlov tasdiqlangandan keyin pochta orqali yuboriladi.
49. Namunalarni olib chiqish koʻrsatilgan muddatlarda va ruxsatnomada koʻrsatilgan bojxona shoxobchasi orqali amalga oshiriladi.
Himoya markasi boʻlgan ruxsatnomaning asl nusxasi namuna bilan birga boʻladi.
Olib kirilgan namunalarda CITES ruxsatnomasining asl nusxasi CITES Maʼmuriy organiga taqdim etiladi va hujjatlar yigʻmajildida saqlanadi.
50. Agar biror sabab bilan ruxsatnomadan koʻrsatilgan muddatlarda foydalanilmasa, u CITESning Maʼmuriy organiga qaytarilishi shart.
VII. Ovchilik va baliqchilik xoʻjaligini yuritish
51. Sport-havaskorlik hamda sanoat maqsadida ovlash va baliq ovlashga ruxsat berilgan yovvoyi hayvonlarning yashash va yurish joyi boʻlgan barcha yerlar, suvlar va oʻrmonlar ov qilinadigan va baliq tutiladigan joylar hisoblanadi.
Sanoat maqsadlarida suv hayvonlari va oʻsimliklarini ovlash uchun foydalanilayotgan yoki foydalanilishi mumkin boʻlgan yoxud baliqlarni koʻpaytirish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha suv havzalari (dengiz, daryolar, koʻllar, suv omborlari, kanallar va boshqa suv havzalari) baliqchilik xoʻjaliklari hisoblanadi.
52. Quyidagilar ovchilik-baliq ovlash joylari hisoblanmaydi:
aholi punktlari yerlari;
tabiatni qoʻriqlash, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy vazifalarni bajaruvchi yerlar;
shaharlar atrofidagi yashil zonalar;
korxonalar atrofidagi sanitariya-himoya zonalari;
suv olish inshootlarining himoya zonalari;
aerodromlar va aerodrom atrofi zonalari;
chegara polosalari;
hosili yigʻishtirib olingunga qadar qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan yerlar;
toʻgʻonlar, suv ayirgichlar, koʻpriklardan, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xoʻjaliklari chegaralaridan 200 metrli polosa yoki ushbu obyektlarni qoʻriqlashning muayyan rejimida belgilangan yiroqlikdagi polosa.
53. Ovchilik-baliqchilik xoʻjaligi — muhofaza qilish va urchitish tadbirlari, ov qilish va baliq ovlash amalga oshiriladigan hudud uchastkasining ovchilik jamoasi, muassasasi yoki tashkilotiga biriktirilgan ishlab chiqarish birligi.
54. Ovchilik va baliqchilik xoʻjaliklari:
davlat tashkilotlari ixtiyorida boʻladigan hamda ovchilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish va tayyorlashga moʻljallangan davlat xoʻjaliklariga;
ovchilik faoliyati oʻrmon xoʻjaligi bilan birga qoʻshib olib boriladigan oʻrmon-ovchilik — davlat xoʻjaliklariga;
jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tuzilmalar tomonidan tashkil etiladigan, shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan sport-havaskorlik ovi va baliq ovlash uchun sport-havaskorlik xoʻjaliklariga;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan xususiy ovchilik-baliqchilik xoʻjaliklariga boʻlinadi.
55. Ovchilik va baliqchilik yer maydonlarini biriktirish (ovchilik-baliqchilik yer maydonlarini ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yuritish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berish) shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Oʻrmon fondi yerlaridagi ovchilik va baliqchilik yer maydonlarini biriktirish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan, boshqa hududda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
56. Ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ovchilik-baliqchilik yer maydonlarini biriktirish yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilardan yerni olib qoʻymasdan amalga oshiriladi. Zaruriyat boʻlganda, yer ajratish masalasi belgilangan tartibda hal etiladi.
Quyidagilar ovchilik va baliqchilik xoʻjaligini yuritish huquqini berish uchun asos hisoblanadi:
xoʻjalikni tashkil etish iqtisodiy jihatdan asoslangan (muhofaza qilish va urchitish tadbirlarini olib borishga xarajatlar hajmi va hayvonlar soni hisobini yuritish) va hudud tavsiflangan buyurtmanoma;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan yovvoyi hayvonlar soni hisobini yuritish materiallari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi soʻroviga koʻra taqdim etiladigan yer maydonining holati toʻgʻrisidagi axborot;
hududida xoʻjalikni tashkil etish rejalashtirilayotgan yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning roziligi.
57. Ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yuritish huquqi oʻrmon fondi yerlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga axborot taqdim etilgan holda ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yurituvchi tashkilot bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi organlari oʻrtasida, boshqa hududda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan tuzilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Shartnoma asosiy hujjat hisoblanadi. Shartnomaga muvofiq hayvonot dunyosidan foydalaniladi hamda ovchilik va baliqchilik xoʻjaligi yuritiladi. Shartnoma 10 yilgacha muddatga tuziladi. Shartnomada ovchilik va baliqchilik xoʻjaligini yuritish muddati, ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yuritish masalalari boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlari, yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish, urchitish, sonini hisobga olish va tutiladigan hayvonlar hisobini yuritish, ovchilikni tashkil etish tadbirlari va boshqa masalalar koʻrsatiladi.
58. Ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yurituvchi yuridik va jismoniy shaxsning majburiyatlari:
foydalanish uchun qabul qilingan ovchilik va baliqchilik yer maydonini, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish;
yovvoyi hayvonlarni saqlash va sonini koʻpaytirishga, yovvoyi hayvonlarning yashash muhitini saqlab qolishga, boshqa biotexnika tadbirlariga yoʻnaltirilgan ilmiy asoslangan tadbirlar oʻtkazish;
belgilangan metodikalarga muvofiq, maxsus tayyorlangan va oʻqitilgan odamlarning kuchi bilan yovvoyi hayvonlar soni hisobini oʻz vaqtida olib borish;
tutiladigan yovvoyi hayvonlar hisobini yuritish;
yovvoyi hayvonlarning nobud boʻlishiga (ov qilish va baliq ovlash holatlaridan tashqari) va yer maydonlarining yomonlashuviga yoʻl qoʻymaydigan usullar bilan ovchilik va baliqchilik xoʻjaligini yuritish;
ovchilik va baliqchilik xoʻjaliklarini chegara toʻsinlari, anshlaglar va koʻrsatkichlar, xoʻjalik toʻgʻrisida toʻliq axborot berilgan xarita-sxema bilan taʼminlash;
yongʻin xavfsizligi choralariga rioya etish;
ovchilik va baliqchilik xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq axborotlarni tabiatni muhofaza qilish organlariga oʻz vaqtida taqdim etish;
har yili ov boshlangunga qadar tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlarini aniq xoʻjaliklarda yoki hududda yovvoyi hayvonlarni tutishga berilgan ruxsatnomalar soni toʻgʻrisida xabardor qilish;
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining mahalliy organlariga yovvoyi hayvonlar soni va ularning turlari tarkibi, tutilgan hayvonlarning son va turlari tarkibi, biotexnik, urchitish va muhofaza qilish tadbirlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etish;
oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarni bajarish.
59. Ovchilik yoki baliqchilik xoʻjaligini yurituvchi yuridik shaxslar oʻz vakolatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga egadir:
jismoniy shaxslarga belgilangan kvotalar doirasida hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish;
belgilangan kvotalar doirasida sanoat maqsadlarida hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun yuridik shaxslar va fuqarolar bilan shartnomalar tuzish;
berilgan kvotaga (ruxsatnomaga) muvofiq tutilgan ovchilik va baliqchilik mahsulotlarini qayta ishlash hamda sanitariya talablariga rioya qilgan holda hayvonot dunyosi obyektlaridan buyumlar ishlab chiqarish;
ov qilish va baliq ovlash mahsulotlarini ularni tutishning qonuniyligini yoki sotib olinishini, mahsulotning sifat sertifikatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda hokimliklar tomonidan maxsus ajratilgan joylarda sotish;
ov qilish va baliq ovlash mahsulotlaridan, hayvonot dunyosi obyektlaridan tayyorlangan buyumlardan foydalanish va ularni sotish;
sunʼiy ravishda yetishtirilgan hayvonlardan, ulardan ov qilish uchun foydalanilgan taqdirda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda oʻz xohishiga koʻra foydalanish;
tabiatni muhofaza qilish organlariga ov qilish qoidalari boʻyicha takliflar taqdim etish;
hayvonlarni, shu jumladan baliqlarni tutishni belgilangan tartibda amalga oshirish.
60. Ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yuritish huquqi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda;
ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yuritish rad etilganda;
foydalanishning belgilangan muddati tamom boʻlganda;
foydalanish huquqi berilgan yuridik shaxs tugatilganda;
hayvonot dunyosidan foydalanishning belgilangan qoidalari bajarilmaganda;
hayvonot dunyosidan boshqa maqsadlarda foydalanilganda;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda;
hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi oʻzboshimchalik bilan boshqaga berilganda;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
61. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi toʻxtatilgan taqdirda ovchilikdan foydalanuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda hayvonlar soni hisobi yuritiladi va hayvonlar soni shartnoma tuzilgandagi songa nisbatan asossiz ravishda pasaytirib yuborilgan taqdirda, hayvonot dunyosidan foydalanuvchi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq hayvonlarning yetishmayotgan sonini pul ifodasida qoplaydi.
62. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari, shu jumladan tutish normalari, ov qilish (tutish) qurollariga qoʻyiladigan talablar, tutish muddatlari, ov qilish yoki baliq ovlash taqiqlangan joylarni aniqlash tartibi, shuningdek ov qilish va baliq ovlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
VIII. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash
63. Yovvoyi hayvonlarning barcha turlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha tutqunlikda saqlanishi mumkin. Zoologiya doʻkonlaridan sotib olingan yovvoyi hayvonlar bundan mustasno.
Tutqunlikda saqlash — yovvoyi hayvonlarga ular tor (toʻsilgan) joyda yashaydigan sharoitlar yaratish (qafasda, temir panjarali joyda, akvariumda, terrariumda, bogʻlangan holda saqlash va hokazo).
Xonakilashtirilmaydigan hayvonlar yovvoyi hayvonlar hisoblanadi.
64. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni hamda zaharli hayvonlarni hayot faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida tutqunlikda saqlashga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda yoʻl qoʻyiladi.
65. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomniklar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasida hisobga qoʻyiladi.
Pitomnik — insonning doimiy nazorati ostida boʻlgan va hayvonlarni urchitish uchun foydalaniladigan, hayvonlarning nazorat qilinadigan hududdan chiqib ketishiga toʻsqinlik qiluvchi chegaralarga ega boʻlgan nazorat qilinadigan hudud (muhit).
66. Yovvoyi hayvonlardan va pitomniklarda oʻstirilgan, CITES Konvensiyasining Ilovasiga kiradigan hayvonlardan foydalanishga qonun hujjatlariga va CITES Konvensiyasi ilovalariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va pitomniklarda oʻstirilgan yovvoyi hayvonlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining nazorati ostida amalga oshiriladi.
67. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni hisobga qoʻyishga ruxsatnoma olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga yovvoyi hayvonlar egasining arizasi taqdim etilishi zarur. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxsning manzili, familiyasi va ismi;
hayvonlarni saqlashning maqsadi (keyinchalik tabiatga qoʻyib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar);
turlari (kichik turlari) va jinsi boʻyicha soni koʻrsatilgan holda hayvonlarning turlari roʻyxati (kichik turlari, agar duragay boʻlsa, ota-onalarining turlari koʻrsatiladi);
hayvonlarning kelib chiqishi (sotib olinishi);
hayvonlarning sotib olingan sanasi;
pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi;
hayvonlarni saqlash sharoitlari (qafasda, temir panjarali joyda, erkin va hokazo);
hayvonlarning belgisi borligi (tavsiflash, tartib raqamini koʻrsatish);
veterinariya xizmati mavjudligi.
Ariza oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda arizachi yuqori tashkilotga yoki sudga murojaat qilish huquqiga egadir.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilmasligi ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos boʻlishi mumkin.
Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
68. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda yoki pitomnikda saqlashga ruxsatnoma berilgan shaxslar har yili, 1-yanvargacha, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga oʻzlaridagi hayvonlarning soni, tur tarkibi va holati toʻgʻrisida axborot berishi shart. Hayvon nobud boʻlgan taqdirda, uni saqlaydigan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga uning nobud boʻlishi sababi toʻgʻrisidagi veterinariya xulosasini taqdim etishi shart.
69. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ruxsatnomasisiz tutqunlikda va pitomniklarda saqlanayotgan hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish taqiqlanadi.
IX. Zoologiya kolleksiyalarini tashkil etish
70. Kolleksiya — konservatsiya qilingan va tirik zoologiya obyektlari yigʻindisi. Kolleksiya tirik hayvonlardan (hayvonot bogʻlari, jonli burchaklar va hokazo) — hayvonlarning tulumlari, tanalari, terilari, skeletlari, uyalari, tuxumlari, hayot faoliyati mahsulotlari, nam preparatlar, ovchilik oʻljalari va hokazolardan iborat boʻlishi mumkin. Yuqorida sanab oʻtilgan obyektlarning turkumlashtirilmagan holda toʻplanishiga har qanday turdagi kolleksiya sifatida qaraladi.
Turkumlashtirmagan holda toʻplash — ishlov berilmagan, kolleksiya tartib raqamiga, aniq ilmiy nomiga va toʻplash (sotib olish) joyiga ega boʻlmagan toʻplangan namunalar.
71. Yovvoyi hayvonlarni tabiatdan ajratib olish yoʻli bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zoologiya kolleksiyalari tashkil etilishi va ularning toʻldirilishiga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi va ular mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, majburiy tartibda davlat hisobidan oʻtkaziladi.
72. Zoologiya kolleksiyalarini har xil maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ruxsatnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
73. Zoologiya kolleksiyalarini davlat hisobiga qoʻyish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga ariza taqdim etish zarur. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
zoologiya kolleksiyasi egasining manzili, jismoniy shaxsning familiyasi va ismi;
zoologiya kolleksiyasining kelib chiqishi;
zoologiya kolleksiyasining tarkibi (hayvonlar turlari, ularning qismlari, turlar boʻyicha soni);
zoologiya kolleksiyasi konservatsiya qilinishi turi (tanasi, nam preparatlar, tulum va boshqalar);
Fanlar akademiyasining zoologiya kolleksiyasining ilmiy ahamiyati toʻgʻrisidagi xulosasi.
74. Zoologiya kolleksiyasini davlat hisobiga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda arizachi sudga murojaat qilish huquqiga egadir.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning taqdim etilmasligi zoologiya kolleksiyasini davlat hisobiga qoʻyishning rad etilishi uchun asos boʻlishi mumkin.
Zoologik kolleksiyaning davlat hisobiga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu kolleksiyani davlat hisobiga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha zoologik kolleksiyaning davlat hisobiga qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
75. Qonun hujjatlarini buzadigan zoologiya kolleksiyalari egalari maʼmuriy javobgar boʻladilar. Qonun hujjatlari takroran buzilgan taqdirda kolleksiyani olib qoʻyish va uni boshqa yuridik shaxsga berish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.
X. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni nazorat qilish
76. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash xoʻjaligini yuritish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
77. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash xoʻjaligini yuritish ustidan idoraviy nazorat tasarrufida ovchilik va baliq ovlash xoʻjaliklari mavjud boʻlgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
78. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash xoʻjaligini yuritish ustidan ishlab chiqarish nazorati ovchilik va baliq ovlash xoʻjaligini yurituvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
79. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash xoʻjaligini yuritish ustidan jamoatchilik nazorati ovchilar va baliq ovlovchilarning jamoat tashkilotlari tomonidan — ularga biriktirilgan yer maydonlarida va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
80. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari, oʻrmon qoʻriqchiligi, davlat ovchilik va oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari qoʻriqchiligi, ovchilik-baliq ovlash xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar va tabiiy bogʻlar, qoʻriqlanadigan boshqa hududlarning inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
81. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
oʻgʻrincha ovlashni va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish normalari va qarorlari boshqacha tarzda buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi hayvonlar yashaydigan hududni borib koʻrish;
hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, tayyorlangan ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini, oʻrmonchilar va yollangan ovchilarning qorovulxonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulxonalari va binolarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini koʻzdan kechirish va ushlab turish;
ixtiyorida qurol, ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini ovlash va baliq ovlash qurollari boʻlgan barcha shaxslardan hayvonot dunyosidan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni koʻrsatishni, ular tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi munosabati bilan yozma tushuntirishlar berilishini talab etish;
mazkur Nizom, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, normalari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida hayvonot dunyosi obyektlaridan barcha foydalanuvchilar bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablar buzilgan hollarda noqonuniy tutilgan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qoʻyish hamda tayyorlov va savdo tashkilotlariga berish, shuningdek hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qoʻyish;
oʻtkazilgan tekshirish toʻgʻrisida dalolatnomalar va maʼmuriy qonunbuzarliklar toʻgʻrisida protokollar tuzish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ularni koʻpaytirish boʻyicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish;
amalga oshirish chogʻida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan ishlarni toʻxtatib qoʻyish;
mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda undan foydalanish toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonunni buzishlar toʻgʻrisidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;
xizmat boʻyicha berilgan oʻqotish qurolini va unga oʻq-dorilarni belgilangan tartibda olib yurish.
82. Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya qilishga va oʻz faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majburdir.
83. Noqonuniy ov qilish yoki baliq tutish orqali hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish orqali hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar hayvonni tabiiy yashash muhitidan noqonuniy ajratib olish (otish, ovlash) deb hisoblanadi. Etkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
84. Noqonuniy ov qilish yoki baliq tutishning aniqlangan mahsuloti olib qoʻyiladi va qonun buzilishini aniqlagan shaxslarda taqdirlash sifatida qoldiriladi (koʻpi bilan bir bosh tuyoqli hayvon goʻshti, umumiy ogʻirligi 5 kilogrammdan ortiq boʻlmagan miqdordagi yovvoyi qush, baliq), tayyorlov tashkilotlariga topshirilishi shart boʻlgan moʻyna bundan mustasno. Tuyoqli hayvonlarning boshqa goʻshti va baliq tayyorlov va savdo tashkilotlariga, bolalar uylariga, keksalar uylariga, maktablar va kasalxonalarga belgilangan tartibda topshiriladi.
85. Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarini, ularning qismlari, oʻljalar, tulumlar, hayot faoliyati mahsullari, zoologiya kolleksiyalari qonuniy sotib olinganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlmaganda noqonuniy olib chiqib ketish yoki olib kirishga, tashish va joʻnatishga urinishda aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
86. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq olib qoʻyilgan hujjatlarning materiallarini (bayonnomalar, qonunni buzishlar toʻgʻrisidagi dalolatnomalar), shuningdek olib qoʻyilgan qurol-yarogʻlarni va noqonuniy ovlash va baliq ovlash mahsulotlarini, jinoyat belgilari mavjud boʻlgan taqdirda, maʼmuriy huquqni buzishlar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organlarga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga berishlari kerak.
Olib qoʻyilgan qurol-yarogʻlar va oʻq-dorilar belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga topshiriladi.
Noqonuniy ov qilayotgan yoki baliq tutayotgan shaxslarni ushlashda hujjatlar, qurol-yarogʻlar, ov qilish va baliq ovlash anjomlari va mahsulotlarini olib qoʻyish va foydalanilayotgan transport vositalarini ushlab turish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
87. Mazkur Nizomning, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
88. Hayvonot dunyosiga zarar yetkazgan shaxslar zararni mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq qoplashga majburdir. Zararning qoplanishi aybdorlarni javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqib ketish hamda ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Yovvoyi hayvonlar tutilganligi uchun toʻlovlar miqdori

‎‏
Hayvonlarning turlari

Jinsi va yoshidan qatʼi nazar 1 ta yovvoyi hayvonni tutish narxi ‎‎

Eng kam ish haqiga nisbatan koeffitsiyent ‎‎

‎‏Xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun (AQSh dollarida)

Tayyorlov narxlari ‎

Sport maqsadida va boshqa maqsadlarda tutish ‎

Ilmiy maqsadlarda tutish ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Qizil kitobga kiritilgan
‎SUT EMIZUVChILAR ‎‎

Qoplon, targʻil sirtlon, qor qoploni ‎

-‎

300‎

250‎

30000‎

Burama shoxli echki yoki morxoʻr, Seversov qoʻyi, Buxoro bugʻusi (xongul), Tyanshan qoʻyi, Ustyurt qoʻyi, tojik qoʻyi ‎


��

‎-‎




‎120‎




‎100‎




‎7000‎

Tyanshan qoʻngʻir ayigʻi, Oʻrta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, asalxoʻr ‎



‎-‎



‎100‎



‎70‎



‎2000‎

Menzbir sugʻuri, jayron ‎

-‎

70‎

50‎

1500‎

Qizil kitobga kiritilgan sutemizuvchilarning boshqa turlari ‎

-‎

50‎

30‎

1000‎

‎‎Boshqa turlari

Manul (yovvoyi mushuk), sahro mushugi, olakoʻzan, qizil boʻri ‎

-‎

40‎

20‎

800‎

Togʻ echkisi ‎

2‎

2‎

0,5‎

500(450)‎

Toʻngʻiz ‎

2‎

2‎

0,5‎

300(250)‎

Bugʻu ‎

1‎

1‎

0,2‎

120(100)‎

Saygʻoq ‎

0,1‎

0,1‎

0,05‎

250(200)‎

Togʻ suvsari, qorakoʻzan, qizil sugʻur, oqsuvsar ‎

0,5‎

0,5‎

0,1‎

50‎

Ondatra ‎

0,03‎

0,03‎

0,02‎

50‎

Tulki, chiyaboʻri, yovvoyi mushuklar, choʻl sassiqkoʻzani ‎

0,3‎

0,3‎

0,05‎

20‎

Boʻri ‎

-‎

-‎

-‎

-‎

Boʻrsiq, jayra, suv kalamushi ‎

0,05‎

0,05‎

0,01‎

75‎

Quyon, ariq sichqoni ‎

0,03‎

0,03‎

0,01‎

10‎

Tipratikan, koʻrshapalak, oʻrmon sonyasi ‎

0,01‎

0,01‎

0,005‎

1‎

Oʻrmon, qishloq va ovchilik xoʻjaligi zararkunandalariga, xavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan boshqa sutemizuvchilar ‎




‎0,005‎




‎0,005‎




‎0,002‎




‎0,5‎

Qizil kitobga kiritilgan
‎PARRANDALAR

Shoxin, itolgʻi, lochin, tuvaloq-dudagi, rangdor tuvaloq, bezgaldak ‎

-‎

100‎

10‎

5000‎

Oqqush, soqaqushlar, qor kalxati (qumay), laylaklar, baliqxoʻr yirik parrandalar, suv burgutlari, kichik burgut, oʻlimtikxoʻr burgut, choʻl burguti, boltayutar, burgut, qirgʻiy, ilonxoʻr, oqboshli qumoy, choʻl boʻktargisi, katta podorlik, oqqorin bulduruq, Zarafshon qirgʻovuli, yapaloqqush, marmarrang churrak, krasnozobaya kazarka (yovvoyi gʻoz turi), oqkoʻz botqaldoq (baliqchi oʻrdak), kichik oq qarqara, qoshiqburun, qoravoy, qizil gʻoz (flamingo), qorabosh chagʻalay, chiyildoq gʻoz ‎














‎-‎














‎50‎














‎8‎














‎1000‎

Boshqa turlari ‎

-‎

30‎

5‎

500‎

‎‎Parrandalarning boshqa turlari

Turna, ukki, boshqa yirtqich parrandalar, kichik oqqush ‎

10‎

10‎

3‎

100‎

Boyoʻgʻli (boyqush), qarqara, qargʻa, klushitsa (oq chorloqning bir turi), Alp zogʻchasi, suxonos gʻoz ‎



‎5‎



‎5‎



‎2‎



‎50‎

Qirgʻovullar ‎

0,05‎

0,05‎

0,05‎

15‎

Ular ‎

0,02‎

0,02‎

0,01‎

15‎

Gʻozlar ‎

0,02‎

0,02‎

0,01‎

5‎

Oʻrdaklar, churraklar, qashqaldoq, kaklik, qoraqorin bulduruq, saja ‎

0,01‎

0,01‎

0,005‎

1‎

Yilqichi ‎

0,01‎

0,01‎

0,005‎

50‎

Kaptar, qumri (gʻurrak), baliqchi qush, katta baqlan, qoʻngʻirlar, qamishzor qushi, bedana, koʻlbuqalar, cheragatlar ‎




‎0,006‎




‎0,006‎




‎0,003‎




‎1‎

Parrandalarning boshqa turlari ‎

0,1‎

0,1‎

0,005‎

2‎

Parrandalar tuxumi ‎ ‎‎bir dona tuxum uchun hayvonning mazkur turi qiymatining 30 foizi

Qizil kitobga kiritilgan
‎SUDRALIB YuRUVChILAR

Kobra, kulrang echkiemar ‎

-‎

-‎

5‎

1000‎

Boshqa kamyob turlari ‎

-‎

-‎

2‎

500‎

‎‎Boshqa turlari

Efa, qalqon ilon, qora ilon, gyurza ‎

1‎

-‎

1‎

100‎

Zaharsiz ilonlar ‎

0,1‎

-‎

0,05‎

15‎

Toshbaqa ‎

0,03‎

-‎

0,02‎

2‎

Yashchurki, gekkon, kaltakesak, agama va boshqa turlari ‎

eksport uchun 0,5 AQSh doll.0,02‎‎




‎-‎




‎0,005‎




‎1‎

Sudralib yuruvchilar tuxumi ‎ ‎‎bir dona tuxum uchun hayvonning mazkur turi qiymatining 30 foizi

Quruqlikda va suvda yashovchilar

Qurbaqalar, baqalar ‎

0,02‎

-‎

0,005‎

0,1‎

Qizil kitobga kiritilgan
‎BALIQLAR

Orol soʻzan baligʻi, Orol bakra baligʻi, chaklik (toshbaqra), Orol kumjasi, choʻrtanbaliqchisimon oqqayroq, Turkiston soʻzan baligʻi ‎




‎-‎




‎-‎




‎5‎




‎2000‎

Boshqa turlari ‎

-‎

-‎

1‎

1000‎

‎‎Sanoatbop baliqlar

Laqqa baliq, xumbosh baliq, zogʻorabaliq, oqqayroq, pelyad, olabugʻa, qorabaliq, gulmohi baliq, oq amur ‎




‎0,5‎




‎0,05‎




‎0,02‎




‎15‎

Karp, tovonbaliq, Samarqand xromulasi, ilonbosh, leshch, choʻrtanbaliq, tarashabaliq, moy baliq, qizilkoʻz ‎




‎0,3‎




‎0,03‎




‎0,01‎




‎10‎

Qizilqanot va boshqa arzonbaho baliqlar ‎

0,2‎

0,001‎

0,005‎

1‎

‎‎

‎Izoh:
baliq tutishga ruxsatnoma berilganligi uchun undiriladigan pul quyidagicha koʻrsatilgan: birinchi ustunda tayyorlov maqsadlari uchun 1 sentner uchun, ikkinchi ustunda sport-havaskorlik maqsadlari uchun belgilangan bepul normadan ortiqcha 1 kg uchun va boshqa maqsadlar uchun 1 bosh uchun

‎‎
‎Umurtqasiz jonivorlar

Qizil kitobga kiritilgan umurtqasiz jonivorlar ‎

-‎

-‎

0,05‎

60‎

Zaharli umurtqasiz jonivorlar ‎

0,01‎

-‎

0,005‎

3‎

Daryo qisqichbaqasi ‎

0,005‎

0,005‎

0,001‎

1‎

Boshqa qisqichbaqasimonlar (1kg uchun) ‎

0,05‎

0,02‎

0,01‎

3‎

Qisqichbaqasimonlarning tuxumlari (1 kg uchun) ‎

0,8‎

-‎

0,5‎

5‎

Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalariga, xavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan boshqa umurtqasiz jonivorlar ‎





‎0,01‎





‎0,01‎





‎0,001‎





‎0,5‎

Mumiyo (1g uchun) ‎

0,05‎

-‎

0,005‎

1‎

‎‎

‎Yovvoyi hayvonlarni tibbiyot maqsadlarida tutish (odam va hayvonlarning xavfli kasalliklarini tashuvchilar) bepul amalga oshiriladi.
‎Urchitish, koʻpaytirish yoki qayta moslashtirish maqsadida tutiladigan hayvonlarga ruxsatnoma berilganligi uchun toʻlov miqdori mazkur tur uchun dastlab undiriladigan pulning 20 foizini tashkil etadi.
‎‎Tuyoqli hayvonlarni tu�ishga ruxsatnoma berilganligi uchun toʻlov miqdori, dollarda: birinchi raqam - birinchi hayvon uchun undiriladigan pul, ikkinchi raqam (qavsda) - ikkinchi va keyingi hayvonlarni tutganlik uchun.
‎Moʻyna tayyorlash maqsadida hayvonlarni tutishga ruxsatnoma berganlik uchun toʻlov miqdori: togʻ suvsari, qorakoʻzan, qizil sugʻur, oqsuvsar, ondatra, tulki, korsak, chiyaboʻri, yovvoyi mushuklar, choʻl sassiqkoʻzani, ariq sichqoni - sport maqsadlarida tutiladigan hayvonlarning mazkur turlari qiymatining 50 foizini tashkil etadi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqib ketish hamda ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Hayvonot dunyosidan foydalanish tartibi buzilishi sababli yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash uchun toʻlovlar miqdori





‎Hayvonlarning turlari

Yoshi, kattaligi, ogʻirligi va jinsidan qatʼi nazar har bir hayvon (kallasi, terisi, shoxi va boshqalar) uchun undirish miqdori

Oʻzbekiston fuqarolari va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanmaydigan yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsiyent ‎

Xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston-ning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslari uchun (AQSh dollarida) ‎

1‎

2‎

3‎

Qizil kitobga kiritilgan
‎SUTEMIZUVChILAR

Qoplon, targʻil sirtlon, qor qoploni

500

40000

Burama shoxli echki (morxoʻr)

400

30000

Oʻrta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, Menzbir sugʻuri, asalxoʻr, Buxoro bugʻusi (xongul)


‎300


25000

Seversov qoʻyi, Tyanshan qoʻyi, Ustyurt qoʻyi, tojik qoʻyi, Buxoro qoʻyi, jayron, Tyanshan qoʻngʻir ayigʻi


‎250‎


‎20000‎

Qizil kitobga kiritilgan sutemizuvchilarning boshqa turlari


‎100‎


‎10000‎

‎Alohida muhofaza qilinadigan sutemizuvchilar

Olakoʻzan, manul (yovvoyi mushuk), sahro mushugi, qizil boʻri, boshqa turlari


‎75‎


‎2500‎

‎Ovchilik-sanoat turlari

Togʻ echkisi

50‎

1000‎

Toʻngʻiz

50‎

800

Bugʻu

50

700

Togʻ suvsari, qorakoʻzan, qizil sugʻur, oqsuvsar ‎

25

150

Tulki, korsak, chiyaboʻri, suv kalamushi, yovvoyi mushuklar, choʻl sassiqkoʻzani, ondatra


‎20


‎100‎

Boʻri

-

100

Boʻrsiq, jayra

10

75

Quyon, ariq sich qoni

5

50

Tipratikan, koʻrshapalak, oʻrmon sonyasi

2

25

Oʻrmon, qishloq va ovchilik xoʻjaligi zararkunandalariga, xavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan boshqa sutemizuvchilar



‎2‎



‎20

Saygʻoq, kiyik, jayron, bugʻu, echki, qoʻchqor shoxlari

‎bir juft shox va juft boʻlmagan har bir alohida shox mazkur hayvonning kallasiga muvofiq keladi

Moʻyna buyumlar

mazkur buyumdagi terilar soni boʻyicha

Ayiq, boʻrsiq, sugʻur, jayra yogʻi (100g uchun)

3

10

Ayiq safrosi (xomashyo holida 1g uchun)

1

20

Qizil kitobga kiritilgan
‎PARRANDALAR

Shaxin, itolgʻi, sapsan ‎

250

15000

Tuvaloq-dudagi, rangdor tufaloq, bezgaldak

200

7500

Oqqush, soqaqushlar, qor kalxati (qumay), laylaklar, skopa, kichik burgut, oʻlimtikxoʻr burgut, choʻl burguti, boltayutar, burgut, qirgʻiy, ilonxoʻr, oqboshli qumay, yapaloqqush, qoshiqburun, kichik oq qarqara, sariq qarqara, sterx, oqqorin bulduruq, marmarrang churrak, qoravoy, krasnozobaya kazarka (yovvoyigʻoz turi), oqkoʻz botqaldoq (baliqchi oʻrdak), flamingo (qizil gʻoz), chiyildoq gʻoz, Zarafshon qirgʻovuli, boshqa kamyob turlari









‎150









‎3000

‎Sport maqsadida ovlash taqiqlangan, alohida muhofaza
‎qilinadigan parrandalar

Turna, ukki, boshqa yirtqich va boyoʻgʻli qushlar, suxonos gʻoz, sahro qargʻasi, qora qargʻa.


‎50


‎500

Rakoshesimonlar, qarqaraning boshqa turlari, klushitsa (oq charloqlarning bir turi), Alp zogʻchasi


‎30


‎250

‎Ovlanadigan turlari

Qirgʻovul, ular, gʻozlar

5

150

Oʻrdaklar, churraklar, qashqaldoq, kaklik, cheragatlar, qamishzor qushi, qoraqorin ryabok, saja


‎2


‎50‎

Kaptar, qumri (gʻurrak), baliqchi qush, qoʻngʻirlar, qamishzor qushi, badana, koʻlbuqalar


‎0,5


‎20

‎‎Boshqa turlari

Qushlarning boshqa turlari

1

50

Qizil kitobga kiritilgan
‎SUDRALIB YuRUVChILAR

Kobra, kulrang echkiemar

100

2000

Boshqa kamyob turlari

75

1500

‎Boshqa turlari

Gyurza

50

500

Efa, qalqon ilon, qora ilon

40

400

Zaharsiz ilonlar

20‎

300

Toshbaqa

5

150‎

Yashchurki, gekkonlar, kaltakesak, agama va boshqa turlari


‎3


‎100

‎Quruqlikda va suvda yashovchilar

Qurbaqalar, baqalar

0,2‎

50‎

Qizil kitobga kiritilgan
‎BALIQLAR

Orol soʻzan baligʻi, Orol bakra baligʻi, chaklik (toshbaqra), choʻrtanbaliqsimon oqqayroq, Turkiston soʻzan baligʻi



‎20



‎3000‎

Baliqlarning boshqa turlari ‎

15‎

200‎

‎‎Sanoatbop baliqlar

Laqqa baliq, xumbosh baliq, oq amur (10 kg va undan ortiq) ‎

10‎

200‎

Laqqa baliq, xumbosh baliq, oq amur (10 kilogrammgacha) ‎


‎4‎


‎100‎

Zogʻorabaliq, oqqayroq, gulmohi baliq, pelyad, qalqonbaliq ‎


‎2‎


‎100‎

Olabugʻa, qorabaliq, buffalo, ilonbosh, choʻrtanbaliq ‎

1‎

75‎

Karp, tovonbaliq, Samarqand xromulasi, leshch ‎

0,8‎

25‎

Tarasha baliq, moy baliq, qizilkoʻz ‎

0,5‎

20‎

Beloglazka, qizilqanot va boshqa arzonbaho baliqlar ‎

0,1‎

10‎

Baliq uvuldirigʻi (1 kg uchun) ‎

10‎

250‎

‎‎Umurtqasiz jonivorlar

Qizil kitobga kiritilgan umurtqasiz jonivorlar ‎

50‎

1000‎

Zaharli umurtqasiz jonivorlar ‎

20‎

100‎

Daryo qisqichbaqasi ‎

2‎

50‎

Boshqa qisqichbaqasimonlar (1kg uchun) ‎

5‎

500‎

Qisqichbaqasimonlar tuxumi (1kg uchun) ‎

10‎

700‎

Kolleksiya va muzey ahamiyatiga ega boʻlgan turlari ‎

xalqaro kataloglar narxlari boʻyicha

Oʻrmon, qishloq va ovchilik xoʻjaligi zararkunandalariga, xavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan boshqa umurtqasiz jonivorlar ‎




‎2,5‎




‎10‎

Umurtqasiz jonivorlar va ilonlar zahari ‎

‎‎1 g zahar olish uchun zarur boʻlgan bosh soni hisobida hayvonlar tutilganligi uchun qiymatining 1 baravari miqdorida ‎

Mumiyo (1g uchun) ‎

1,5‎

5‎

Qoʻriqxona, milliy (xalq) bogʻi, zakaznik, tabiat yodgorliklari, pitomnik hududida, zapovednikning qoʻriqlanadigan zonasida va muhofaza qilinadigan boshqa tabiiy hududlarda uyalarni, inlarni, kataklarni buzganlik uchun, hayvonlarni ovlaganlik uchun ‎





‎mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 3 baravari miqdorida

Olingan har bir tuxum va joʻja uchun, shuningdek Qizil kitobga kiritilgan noqonuniy ovlangan ona qushlarning har bir embrioni yoki sudralib yuriuvchi hayvonlar tuxumi uchun ‎

‎mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 50 foizi miqdorida ‎‎‎
Olingan har bir tuxum va joʻja uchun, shuningdek ovlash taqiqlangan noqonuniy ovlangan tutilgan ona qushning har bir embrioni uchun ‎
‎mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 25 foizi miqdorida ‎‎‎
Olingan har bir tuxum va joʻja uchun, shuningdek qonunsiz tutilgan ona qushning har bir embrioni uchun ‎ ‎‎
‎mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 20 foizi miqdorida ‎
Yovvoyi hayvonlar yashashi uchun xos boʻlmagan sharoitda (muzlikda, suvda va hokazo) falokatga uchraganda (yongʻin, suv toshqini, ozuqa yetishmasligi va boshqalar), shuningdek yoritish asboblarini qoʻllab transport vositalari, motorli qayiqlar va katerlar, samolyotlar hamda vertolyotlar vositasida ularni tunda nobud qilganlik uchun ‎




‎mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 3 baravari miqdorida ‎‎‎
Taqiqlangan davrda baliq tutganlik uchun ‎ ‎‎mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 2 baravari miqdorida ‎
Yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylardagi qamishlar va yalangliklarni, oʻtlarni yoqqanlik hamda shudgorlaganlik uchun (1ga uchun) ‎

2
‎(muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlarda summa ikki baravar koʻpayadi) ‎

100‎

Yovvoyi hayvonlar yashaydigan toʻqaylarni, tabiiy holda koʻpayadigan oʻrmon daraxtlari va nihollarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni yoqqanlik, kundakov va payhon qilganlik uchun (1ga uchun) ‎

3
‎(muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlarda summa uch baravar koʻpayadi) ‎

300‎

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga
3-ILOVA
Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida tushgan mablagʻlarni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash toʻgʻrisida
NIZOM
1. Yovvoyi hayvonlarni tutish va Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisiga olib ketish uchun ruxsatnoma berish va yovvoyi oʻsimliklarni olib ketish uchun toʻlov undirishdan olinadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi, undan:
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklarning turlari uchun 80 foizi respublika budjeti daromadiga va 8 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga oʻtkaziladi;
yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklarning boshqa turlari uchun 60 foizi mahalliy budjetlar daromadiga oʻtkaziladi.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
2. Yovvoyi hayvonlarni boshqa joyga koʻchirish yoki urchitish uchun tutishga ruxsatnoma berilganligi uchun tushadigan mablagʻlar, 100 foiz miqdorida:
Davlat ovchilik fondining tashkil etilmagan ovchilik-baliq ovlash maydonlarida ovlashda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga;
ovchilik-baliq ovlash xoʻjaliklarida ovlashda — ushbu xoʻjalikni yurituvchi ovchilikdan foydalanuvchining hisob raqamiga;
davlat oʻrmon fondi yerlarida ovlashda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
3. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarima solishdan undirilgan va hayvonot va oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirilgan mablagʻlar 100 foiz miqdorida:
huquqni buzish davlat qoʻriqxonasi hududida sodir etilgan taqdirda — uning hisob raqamiga;
foydalanuvchilarga biriktirilmagan yer maydonlarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, tabiatni muhofaza qilish viloyat qoʻmitalari hisob raqamlariga;
ovchilik-baliq ovlash xoʻjaliklarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yurituvchi foydalanuvchining hisob raqamiga;
davlat oʻrmon fondi yer maydonlarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qolgan barcha hollarda — qoidabuzarlik hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan qoʻriqxonalar hududida tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan ochilgan hollardan tashqari, yer maydonlarining tegishliligidan qatʼi nazar, jarimalar va yetkazilgan zarardan tushadigan barcha summa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga tushadi, undan jarima toʻlashdan tushgan summaning 60 foizi Respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(3-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
4. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarima summalarini va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar qoplanishi uchun mablagʻlarni undirishda, sud ijrochilari tomonidan majburiy tartibda tushgan mablagʻlarni taqsimlash qonunchilikning boshqa hujjatlari talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
5. Musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qoʻyilgan mahsulotlarni sotishdan hamda oʻsimlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablagʻlar qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi.
6. Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan barcha shaxslarga tabiatni muhofaza qilish organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi, davlat qoʻriqxonalari, ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yurituvchi yuridik shaxslarning hisob raqamlariga zararni undirishdan va pul jarimasidan tushadigan summaning 30 foizigacha (hayvonot dunyosi boʻyicha) va 10 foizigacha (oʻsimlik dunyosi boʻyicha) toʻlanadi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uchun daʼvo boʻyicha mukofot puli zararni toʻlash va pul jarimasi summasining 20 foizi, oʻsimliklar boʻyicha esa — 5 foizi miqdorida toʻlanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamidan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smeta boʻyicha sarflanadi.
Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Kalendar yil oxiridagi maxsus hisob raqamining foydalanilmagan mablagʻlari qoldigʻi xizmat koʻrsatuvchi bankning hisob raqamida qoladi, yopilmaydi va olib qoʻyilmaydi, keyingi yilga oʻtadigan qoldiq hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga
4-ILOVA
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJ hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1991-yil 10-apreldagi 95-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 4-son, 10-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ularning baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1993-yil 30-avgustdagi 436-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 8-son, 33-modda) 2-ilovaning 5-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1995-yil 24-apreldagi 145-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida” va “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 27-martdagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 3-son, 13-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 9-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2000-yil 14-apreldagi 149-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 20-modda) ilovaning 10-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 1 va 5-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda).
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandida:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan maʼmuriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul summalarining 50 foizi, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul summalari bundan mustasno”;
oʻn birinchi xatboshidagi “oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish haqidagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) roʻyxatining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6.‎ Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni,
‎ularning qismlari va mahsullarini eksport qilish ‎
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ‎

‎Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlari va mahsullari, botanika kolleksiyalari importi, shuningdek yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, ular hayotiy faoliyatining mahsullari, kolleksiyalar va oʻljalar eksporti va importi ‎

‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi”. ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 44-son, 459-modda, 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 10-son, 126-modda, 41-son, 550-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda)