Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.12.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
2. Belgilab qoʻyilsinki, gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarga konsert xizmati koʻrsatishni hamda gramplastinkalar, audio-videokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan nizomlar kuchga kirgungacha berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati oʻtgungacha haqiqiy hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada-qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son va “Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-videokassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qaroriga, 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-noyabr,
498-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 11-noyabrdagi 498-son qaroriga
1-ILOVA
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
2. Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
3. Konsert-tomosha faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
4. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat ijrochilarga — jismoniy shaxslarga va ijodiy jamoalarga — yuridik shaxslarga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
5. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
6. Litsenziya konsert-tomosha faoliyatining 6 reyting guruhlari boʻyicha beriladi:
a) I, II, III, IV reyting guruhlari boʻyicha:
yakka ijrochi konserti (bitta ijrochining konsert dasturi);
bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi;
turli janrlarning bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturi;
b) V va VI reyting guruhlari boʻyicha — toʻy, yubiley va boshqa tantanalarga xizmat koʻrsatish (restoranlar, qahvaxonalar, barlar va xususiy uylarda toʻy, yubiley va boshqa tantanalarga xizmat koʻrsatish), shu jumladan hordiq chiqarish muassasalari (klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalar)da konsert xizmati koʻrsatish.
I, II, III, IV reyting guruhlari boʻyicha litsenziya toʻy, yubiley va boshqa tantanalarga xizmat koʻrsatish huquqini ham beradi.
Litsenziya talabgorning arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
reyting guruhlaridan biri ijrochilarining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan mezonlarga va malaka talablariga muvofiqligi;
litsenziyalovchi organga oʻtkazilgan konsert-tomosha tadbirlari soni toʻgʻrisida litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha har choraklik hisobotlar taqdim etish.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori — yuridik shaxs litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami;
litsenziya talabgori amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat yoʻnalishi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
v) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori arizasi koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) ijrochida musiqa maʼlumoti mavjudligini, uning davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilarni olganligini tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar)ning tasdiqlangan nusxalari. Istisno hollarda (alohida iqtidor, talant yaqqol mavjud boʻlganda) Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi qaroriga koʻra litsenziya olishga hujjatlar musiqa maʼlumoti mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalarini taqdim qilmasdan qabul qilinishi mumkin.
d) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilar repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
e) litsenziya talabgorining malakasi toʻgʻrisida yanada yaqqolroq tasavvurni shakllantirish maqsadida litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda mustaqil taqdim etishni xohlaydigan boshqa hujjatlar.
9. Litsenziya talabgori — jismoniy shaxs litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatga doir maʼlumotlar;
litsenziya talabgori amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat yoʻnalishi va mazkur faoliyat yoʻnalishi amalga oshiriladigan muddat;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
b) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori arizasi koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
v) 4x6 kattalikdagi 2 dona fotosurat;
g) ijrochida musiqa maʼlumoti mavjudligini, uning davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilarni olganligini tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar)ning notarial tasdiqlangan nusxalari. Istisno hollarda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi qaroriga koʻra litsenziya olishga hujjatlar musiqa maʼlumoti mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalarini taqdim qilmasdan qabul qilinishi mumkin.
d) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilar repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
e) litsenziya talabgorining malakasi toʻgʻrisida yanada yaqqolroq tasavvurni shakllantirish maqsadida litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda mustaqil taqdim etishni xohlaydigan boshqa hujjatlar.
10. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).
12. Ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
13. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
(13-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
14. Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
15. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
16. Litsenziyalar berish (muddatini uzaytirish) toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular boʻyicha xulosalar tayyorlash Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi majlislari oʻn besh kunda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi ular qabul qilib olingan kunda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi taqdim etilgan hujjatlarni oʻn kundan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani tayyorlaydi. Xulosa Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi majlisi protokoli bilan tasdiqlanadi.
17. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi litsenziya talabgorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida ijrochilarning malaka (kasb) sifatlarini baholaydi va ularni litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan mezonlarga va malaka talablariga muvofiq muayyan (birinchidan oltinchigacha) reyting guruhlariga kiritadi.
Reytingning toʻrtinchi guruhi berilgan taqdirda ijrochi faoliyatining birinchi yilida boshlangʻich stavka boʻyicha davlat boji toʻlanadi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan ariza berilgan taqdirda ilgari reytingning toʻrtinchi guruhini olgan ijrochiga Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi tomonidan belgilangan tartibda yo reytingning uchinchi guruhi berilishi, yoxud tegishli davlat boji toʻlatilgan holda reytingning toʻrtinchi guruhi tasdiqlanishi, yoxud u malaka talablariga muvofiq boʻlmaganda uning bundan buyon konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi rad etilishi mumkin.
(17-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
18. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi tomonidan vokalchi-solistga va uning ansambli aʼzolariga har birining malakasi va kasb mahorati darajasiga qarab reytingning turli guruhlari berilishi mumkin.
Akademik va xalq badiiy jamoalari tomonidan konsert-tomosha faoliyati amalga oshirilganda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi tomonidan umuman jamoa va solist uchun reyting guruhi berilishi, shuningdek litsenziya berish uchun davlat boji stavkalari alohida koʻrib chiqilishi mumkin.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
19. Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddatlari koʻrsatilgan holda yozma shaklda joʻnatiladi (taqdim etiladi).
20. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziatning oʻzaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan konsert-tomosha faoliyati reyting guruhlari va yoʻnalishlari;
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
21. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi litsenziyalovchi organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
22. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
23. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
24. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
25. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhiga koʻrib chiqish uchun ular qabul qilib olingan kunda taqdim etiladi.
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan oshmaydigan muddatda qayta koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ toʻrt kun muddatda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
26. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
27. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki turar joyi oʻzgargan taqdirda litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza berishi shart.
(27-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
28. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyat ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
29. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
30. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
31. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
32. Litsenziat tomonidan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishini nazorat qilish litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
(33-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
34. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
35. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organning qarori asossiz deb eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida uning koʻrgan zarari miqdorida javob beradi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
VIII. Litsenziyalar reyestri
36. Litsenziyalovchi organ konsert-tomosha faoliyatining litsenziyalar reyestri yuritadi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Litsenziyalar reyestrida litsenziatlar toʻgʻrisida quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
jismoniy shaxslar uchun — litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid maʼlumotlar, uy manzili, telefoni;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
37. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
IX. Davlat boji toʻlash tartibi. Litsenziyalashdan tushgan mablagʻlardan foydalanish tartibi
38. Litsenziya berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun davlat boji undiriladi.
Litsenziya berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun davlat boji miqdori har qaysi litsenziya talabgori uchun u amalga oshiradigan konsert-tomosha faoliyati turiga va unga berilgan reyting guruhiga qarab belgilanadi.
39. Davlat boji litsenziya talabgori tomonidan Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasining depozit hisob raqamiga toʻlanadi.
Davlat boji litsenziya berilgan muddat mobaynida bir yoʻla va choraklar boʻyicha toʻlanishi mumkin.
40. Litsenziya talabgorlari va litsenziatlar arizalarini koʻrib chiqishdan tushgan mablagʻlar litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalashni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
41. Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan:
estrada faoliyatini rivojlantirishda;
yosh ijrochilarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashda;
musiqa tanlovlari, festivallar oʻtkazishda va ularning gʻoliblariga mukofotlar berishda;
umumdavlat tadbirlari va boshqa bayram tadbirlarini oʻtkazishda;
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda foydalaniladi.
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash
SXEMASI
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 11-noyabrdagi
498-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada- qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son va “Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-videokassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
I. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada-qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 32-modda):
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish faoliyatini litsenziyalovchi organ hisoblanadi”;
ikkinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
2. 6-bandning ikkinchi xat boshidagi ikkinchi gap quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur guruh xulosasi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan litsenziyalar berilishi uchun asos hisoblanadi”.
3. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi toʻgʻrisida Nizomning (qarorga 2-ilova) 5.6-bandidagi “toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarda badiiy xizmat koʻrsatish (konsert qoʻyish)” soʻzlari “toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi toʻgʻrisidagi Nizomda (qarorga 4-ilova):
2.2-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish, toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert xizmati koʻrsatish huquqi uchun Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi xulosalari asosida litsenziyalar berish”;
3.1-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi”.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-videokassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son,36-modda):
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “gastrol-konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3 va 4-bandlar, shuningdek 1 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 29-iyundagi
285-son qaroriga
2-ILOVA
Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji
stavkalari
‎‏
‎‏T/r

Faoliyat turlari‎‎‎‏

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun (bir jismoniy shaxs hisobiga) yillik boj miqdori, eng kam oylik ish haqining quyidagicha baravari miqdorida ‎‎

reyting guruhlari boʻyicha‎‎

I‎‎

II‎‎

III‎‎

IV‎‎

1.‎

Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gostrol-konsert faoliyatini amalga oshirish:‎‎

150‎‎

75‎‎

50‎‎

30‎‎

yakka ijrochi konserti (bitta ijrochining konsert dasturi);‎‎
bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtiro-kidagi konsert dasturi;‎‎

2.‎

Toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish:‎‎

100‎‎

50‎‎

25‎‎

15‎‎

restoranlar, qahvaxonalar, barlar va xususiy uylarda yubiley tantanalariga �izmat koʻrsatish;‎‎

restoranlar, xususiy uylar, qahvaxonalar va barlarda toʻylarda (nikohni qayd etish, osh berish, kechqurungi nikoh toʻyi, “kelin salom”, “charlar”, “sunnat toʻyi” tadbirlariga) xizmat koʻrsatish; ‎‎

‎‎xordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahva-xonalarda xizmat koʻrsatish.
Izoh. Reytingning IV guruhiga kiritilgan, faoliyatini boshlayotgan ijodiy jamoalar va ijrochilar tomonidan gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya olishda boj ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab birinchi yilda boshlangʻich stavka boʻyicha toʻlanadi.
Davlat boji miqdorlari (choraklar boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanganda – davlat bojining tegishli qismi) toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 213-modda; 2005-y., 27-son, 191-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 46-47-son, 458-modda; Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 306-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda; 12-son, 130-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda)