Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-son qarorini ijro etish va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
13. Manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish ushbu Nizomning 9 — 12-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘lganda va (yoki) ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan hollarda, shuningdek, qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lganda amalga oshiriladi.
18. Manzillarni belgilash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
23. Ko‘chmas mulk obyektlariga, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, alohida ajratilgan xonalarga raqamlar berish majburiydir.
29. Obyektni ushbu Nizomning 25 — 28-bandlariga muvofiq raqamlash imkoni bo‘lmagan taqdirda ro‘yxatga oluvchi raqamlashni dunyo qismlari bo‘yicha (tegishlicha g‘arbdan sharqqa yoki shimoldan janubga) amalga oshiradi.
Bitta binoda joylashgan alohida ajratilgan joylarning raqamlari takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu Nizomning 30, 31-bandlari hamda 39-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Asosiy imoratlar qo‘shib yuborilganda mavjudligi to‘xtatilgan obyektda joylashgan va eng yuqori tartib raqamiga ega bo‘lgan alohida joylar ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan tartibda keyingi tartib raqamidan boshlab qayta raqamlanadi.
41. Asosiy imoratga biriktirib, qo‘shimcha qilib qurilgan alohida ajratilgan joylar ushbu Nizomning 39-bandiga muvofiq bino yoki inshootda alohida ajratilgan xonaga avval berilgan eng katta raqamdan keyingi tartib raqamidan boshlab raqamlanadi. Alohida ajratilgan joylarning joylashuvini aniq identifikatsiya qilish maqsadida ularni qayta raqamlashga yoki hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarni bitta qavat yoki asosiy imorat kirish yo‘li doirasida avval berilgan eng katta sondan keyingi tartib raqamidan boshlab unga indeks qo‘shgan holda raqamlashga yo‘l qo‘yiladi.
Bino va inshootda avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar bo‘lmagan taqdirda bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarga raqamlar ushbu Nizomning 39-bandi birinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiq beriladi. Ko‘chmas mulk obyektida avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar bo‘lgan taqdirda bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarga ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq raqamlar beriladi.
47. Avtomobil saqlash joylarining, shu jumladan, binoda joylashgan avtomobil saqlash joylarining ichki manzili ushbu Nizomning 39 — 42-bandlarida alohida ajratilgan noturarjoyga ichki manzillarni belgilash uchun nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, ular joylashgan asosiy imoratlarning konstruktiv xususiyatlarini (ochiq, yopiq, ko‘p qavatli binolar, inshootlar va shu kabi obyektlar) hisobga olgan holda belgilanadi.
56. Reyestrning ma’lumotlar bazasi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha shakllantiriladi.
66. Ushbu Nizomning 64-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda Reyestrga tuzatishlar kiritish bildirishnoma yoki murojaat tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
ushbu Nizomning 75-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan manzil haqidagi ma’lumotlarni — so‘rovlar bo‘yicha;


O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

KO‘ChMAS MULK OBYEKTLARI MANZILLARI
YaGONA REESTRIDAN KO‘ChIRMA

Manzil haqida ma’lumotlar
Obyekt manzili:_____________________________________________________________________________
Obyekt turi: ________________________________________________________________________________
Manzil maqomi: dolzarb (dolzarb emas)

(keraksiziga chiziq tortilsin)

Ro‘yxatga olish sanasi: ________________________________________________________________________
Ro‘yxatga olish uchun asos bo‘lgan hujjatlar: _______________________________________________________ __________________________________________________________________________________________
Manzilning holati: __________________________________________________________________________

(belgilangan, biroq ro‘yxatga olinmagan, ro‘yxatga olingan, mavjudligi to‘xtatilgan, boshqa)

Obyekt manzili haqida boshqa ma’lumotlar (mutaxassisning ixtiyoriga ko‘ra): ____________________________ ___________________________________________________________________________________________

Dolzarb manzil
(So‘ralgan manzil dolzarb bo‘lmaganda to‘ldiriladi)

Obyekt manzili:_____________________________________________________________________________
Obyekt turi: ________________________________________________________________________________
Ro‘yxatga olish sanasi: ________________________________________________________________________
Ro‘yxatga olish uchun asos bo‘lgan hujjatlar: _______________________________________________________
___________________________________________________________________________________________
Manzilning holati: __________________________________________________________________________

(belgilangan, biroq ro‘yxatga olinmagan, ro‘yxatga olingan, mavjudligi to‘xtatilgan, boshqa)

Obyekt manzili haqida boshqa ma’lumotlar (mutaxassisning ixtiyoriga ko‘ra): ____________________________ ___________________________________________________________________________________________
________________________________ ________________________________


___________________________________

(lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

________________________________________

(ko‘chirma berilgan sana)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”