23.11.2018 yildagi 951-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning tijorat banklari kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, keng polosoli optik tarmoqlarni rivojlantirish va “Oʻzbektelekom” AK magistral va multiservisli maʼlumotlarni uzatish tarmogʻini kengaytirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari kreditini jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining magistral tarmoqni maʼlumot uzatish kanallarini zichlashtirish (DWDM) texnologiyasi va raqamli radiorele qurilmalari texnologiyasini kengaytirish hamda “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha takomillashtirish”ni koʻzda tutuvchi “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasi investitsiya loyihalarini Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” (SMBC) banki ishtirokida amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida magistral tarmoqni zichlashtirish (DWDM) texnologiyasi va raqamli radiorele qurilmalari texnologiyalari asosida kengaytirish hamda “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha takomillashtirish” qismlari boʻyicha dunyoning yetakchi telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida belgilangan tartibda tender savdolari oʻtkazilgan, tender natijasiga koʻra “Toyota Tsusho Corporation” (Yaponiya) kompaniyasi gʻolib deb aniqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” investitsiya loyihasining magistral tarmoqni zichlashtirish (DWDM) texnologiyasi asosida kengaytirish boʻyicha qismining umumiy qiymati 56 011 048 AQSh dollari ekvivalentini, shu jumladan 52 122 608 AQSh dollari — uskuna va xizmatlarning shartnoma qiymati, 3 888 440 AQSh dollari — qurilish montaj ishlari, investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar va boshqa sarf-xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining magistral tarmoqni optik kanallarni zichlashtirish (DWDM) texnologiyasi boʻyicha kengaytirish qismi tender savdolari gʻolibi — “Toyota Tsusho Corporation” (Yaponiya) kompaniyasi bilan 5 994 099 867 yapon yeni miqdoridagi (52 122 608 AQSh dollari ekvivalentida) kontrakt tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbektelekom” AKga tender savdolari gʻolibi — “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi bilan “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha takomillashtirish” loyihasi boʻyicha kontraktni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazgan holda tuzishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha takomillashtirish” loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar yuqorida koʻrsatilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida tuzilgan kontraktlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalar qiymatining 15 foizi — SMBC kreditlari hisobidan, 2 yillik imtiyozli davr, yillik 4,45 foiz qoʻshilgan 6 oylik LIBOR (yena) va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining yillik 0,5 foiz miqdoridagi marjasiga teng boʻlgan foiz stavkasi bilan 5 yilgacha muddatga yapon yenida taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 85 foizi — Yaponiya eksport sugʻurta agentligi ostidagi JBIC va Yaponiya tijorat banklarining imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan, 2 yillik imtiyozli davr, yillik 1,78 foiz qoʻshilgan JPY CIRR va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining yillik 0,5 foiz miqdoridagi marjasiga teng boʻlgan foiz stavkasi bilan 12 yil muddatga yapon yenida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining magistral tarmoqni optik kanallarni zichlashtirish (DWDM) texnologiyasi boʻyicha kengaytirish qismi texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasi magistral tarmoqni optik kanallarni zichlashtirish (DWDM) texnologiyasi boʻyicha kengaytirish qismining Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) kreditining prognoz grafigi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasi magistral tarmoqni optik kanallarni zichlashtirish (DWDM) texnologiyasi boʻyicha kengaytirish qismining “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” (SMBC) banki kreditini qaytarish boʻyicha prognoz grafigi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish, loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlarga masʼul hamda loyihalarni amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan ijro organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JBIC va SMBC kreditlariga xizmat koʻrsatish va uni qaytarish, shuningdek, loyihalar boʻyicha boshqa xarajatlar, shu jumladan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish xarajatlari “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga jalb qilinayotgan kredit shartnomalari boʻyicha taqdim etilgan shartlar asosida xorijiy banklar oldidagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari yuzasidan, shuningdek, “Oʻzbektelekom” AKning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi majburiyatlari boʻyicha belgilangan tartibda davlat kafolatlari berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarz bitimlari shartlarida nazarda tutilgan shakl boʻyicha xorijiy banklarga beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha, belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
951-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/951/2217-son)