Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.02.2020 15.05.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2884
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.02.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUzCard” banklararo universal chakana toʻlov tizimi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 15-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2884]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/7-sonli “GlobUzCard” banklararo universal chakana toʻlov tizimi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2884-1, 05.02.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ–1325-sonli “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2014-yil 12-fevraldagi 27-sonli “Bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish va muvofiqlashtirish, xalqaro toʻlov tizimlari standartlari, qoidalari va tartibotlari asosida progressiv yutuqlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “GlobUzCard” banklararo universal chakana toʻlov tizimi faoliyati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi v.v.b S. Xodjayev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-A/4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining
2017-yil 8-apreldagi 7-A/4-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUzCard” banklararo universal chakana toʻlov tizimi faoliyati toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2014-yil 12-fevraldagi 27-sonli “Bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish va uygʻunlashtirish, xalqaro toʻlov tizimlarining standartlari, qoidalari va tartib-taomillari asosida progressiv yutuqlarni tatbiq etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq “GlobUzCard” banklararo universal chakana toʻlov tizimi faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUzCard” banklararo universal chakana toʻlov tizimi (bundan buyon matnda “GlobUz” toʻlov tizimi deb yuritiladi) — asosiy elementi bank plastik kartalari boʻlgan, dasturiy-texnik yechimlar va tegishli tashkiliy-texnik infratuzilmaga asoslangan holda faoliyat koʻrsatadigan universal chakana toʻlov tizimi boʻlib, elektron shakldagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun moʻljallangan hamda bank plastik kartalarini emissiya qiluvchi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchilariga xizmat koʻrsatuvchi banklarni, Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankni, shuningdek Protsessing markazini yagona tizimga birlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank plastik kartalari (bundan buyon matnda BPK deb yuritiladi) — “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzosi tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, toʻlov vositasi sifatida ishlatiladigan va oʻz saqlovchisiga bank hisobvaragʻidagi mablagʻlari va/yoki bank tomonidan ruxsat berilgan mablagʻlar doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (toʻlovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablagʻlarini va bank kreditini olish imkonini beruvchi lokal va xalqaro bank plastik kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terminal — BPKdan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beruvchi va bajarilgan operatsiyalar boʻyicha sliplarni shakllantiruvchi moslama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankomat — BPK saqlovchisiga oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish rejimida naqd pul mablagʻlarini va bajarilgan operatsiyalar boʻyicha cheklarni olish, shuningdek BPK orqali asosiy va qoʻshimcha operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan, mablagʻlarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, BPKning balansi va bankdagi hisobvaraq qoldigʻi holati toʻgʻrisida axborot olish va parollarni oʻzgartirish imkonini beruvchi elektron-mexanik moslama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent — BPKning emissiyasini amalga oshiruvchi, oʻzi emissiya qilgan BPKga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan, oʻz nomidan ularning saqlovchilari va ekvayyerlar oldida naqd pulsiz hisob-kitoblarga oid qonun hujjatlari talablari asosida majburiyatlarni zimmasiga olgan, shuningdek BPK saqlovchilarning toʻlov operatsiyalari boʻyicha avtorizatsiyalash, tranzaksiyalarni yigʻish va ularga ishlov berish funksiyalarini amalga oshiruvchi bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emissiya — BPKni chiqarish va foydalanishga taqdim etish boʻyicha faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekvayring — BPK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek BPK saqlovchisiga bevosita kassa yoki bankomat orqali naqd pul berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekvayer — ekvayringni amalga oshiruvchi bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPK saqlovchisi — emitent bilan shartnoma asosida BPKdan foydalanuvchi mijoz yoki mijoz tomonidan vakolat berilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzaksiya — BPK saqlovchisi tomonidan amalga oshiriladigan va uning bankdagi hisobvaragʻida mablagʻlar harakatiga olib keladigan toʻlov orderi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring — BPK orqali amalga oshirilgan har bir moliyaviy operatsiyaning toʻliq maʼlumotini oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplamini tayyorlash, moliyaviy operatsiyalarni yigʻish, ularga ishlov berishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ axborot maʼlumotnomasi — elektron fayllar shaklida shakllantiriladigan va yigʻiladigan hamda “GlobUz” toʻlov tizimining toʻgʻri ishlashini taʼminlash uchun moʻljallangan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stop-list — Protsessing markazi tomonidan shakllantiriladigan va doimiy yangilanib turiladigan yoʻqolgan yoki bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilgan BPK roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh kalit — “GlobUz” toʻlov tizimining yetakchi tarmogʻini hosil qiluvchi kalit boʻlib, BPKning ushbu tizimga tegishliligini belgilaydi va yagona texnologik maydon yaratilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessing markazi — “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari oʻrtasida axborotni yigʻish, unga ishlov berish va tarqatish bilan shugʻullanuvchi, shuningdek “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari tomonidan amalga oshiriladigan emissiya va ekvayring boʻyicha texnik xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro toʻlov tizimi — bank plastik kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar ishtirokchilari hamda ular oʻrtasidagi yagona toʻlov va axborot-huquqiy maydonda barcha ishtirokchilar uchun majburiy boʻlgan tartib va tamoyillarga rioya qilingan holda faoliyat koʻrsatadigan toʻlov tizimi (Visa, MasterCard, Union Pay International, JCB, American Express, Diners Club va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank — “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari boʻlgan banklarning infratuzilmalarida tizim aʼzolari oʻrtasida banklararo tranzaksiyalar boʻyicha BPKdan foydalangan holda oʻtkazilgan operatsiyalarga doir oʻzaro moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari boʻlgan banklarga xizmat koʻrsatuvchi bank.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “GlobUz” toʻlov tizimining aʼzolari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPKning emitentlari va ekvayyerlari boʻlgan hamda mazkur Nizomda belgilangan tartibda “GlobUz” toʻlov tizimining aʼzoligiga qabul qilingan banklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessing markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “GlobUz” toʻlov tizimining foydalanuvchilari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPK saqlovchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPKga xizmat koʻrsatuvchi subyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzosi boʻlgan bank BPKni naqd pulsiz hisob-kitob vositasi sifatida tan oladi, shuningdek qonun hujjatlarga muvofiq hisob-kitob operatsiyalari va tranzaksiyalarning BPKdan foydalangan holda amalga oshirilishini kafolatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari bilan tuzilgan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq, Protsessing markazidan olingan axborot asosida banklar oʻrtasida BPK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarning amalga oshirilishini kafolatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzosi boʻlgan bank BPK saqlovchisiga BPKni berib, ekvayerga mazkur BPK bilan amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha taqdim etilgan barcha toʻlov talablarining toʻlanishini kafolatlaydi. Mazkur toʻlov akseptsiz tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzosi boʻlgan bank mazkur tizimning aʼzosi boʻlgan boshqa bank tomonidan emissiya qilingan BPKning barcha saqlovchilariga oʻz infratuzilmasida toʻlovlar qabul qilinishini va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul mablagʻlari berilishini (korporativ BPK bundan mustasno) kafolatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessing markazi “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha barcha axborotlarni Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankka va “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari boʻlgan banklarga toʻliq va oʻz vaqtida taqdim etilishini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “GlobUz” toʻlov tizimining shartli belgisi “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari boʻlgan banklar tomonidan qabul qilingan umumiy ramziy belgi hisoblanadi va mazkur belgi terminal oʻrnatilgan barcha obyektlarda aks ettirilgan boʻlishi lozim. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzosi boʻlgan banklar tomonidan chiqarilgan BPKlari terminal oʻrnatilgan barcha obyektlarda qabul qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki banklararo chakana toʻlov tizimi infratuzilmasida “GlobUz” va boshqa toʻlov tizimlari BPKlarining oʻzaro xizmat koʻrsatishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi infratuzilmasida (terminallarda, bankomatlarda, infokioskalarda va boshqa maxsus uskunalarda) boshqa toʻlov tizimlarining BPKlariga xizmat koʻrsatilishining rad etilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari qalbakilashtirish imkoniyatini istisno etuvchi hamda bazaviy texnologiyaning xavfsizlik talablariga javob beruvchi ichki himoya vositalariga ega boʻlgan BPKdan foydalanilishini, shuningdek tizimning maʼlum texnologik platformasini shifrlash algoritmidan foydalanilishga javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari maxfiy axborotni ochiq holatida kompyuterning tezkor xotirasiga tushmasligini taʼminlashi lozim. Axborotning maxfiyligini taʼminlash uchun qoʻshimcha muhofaza qilish vositalari qoʻllanilishi mumkin. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolarining maxfiy kalit tizimini boshqarish axborot tizimlarining xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “GlobUz” toʻlov tizimining Muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “GlobUz” toʻlov tizimining Muvofiqlashtiruvchi kengashining asosiy maqsadi pul muomalasi tizimini takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar milliy tizimini rivojlantirish va bankdan tashqari naqd pul aylanmasini qisqartirish, aholining BPKdan foydalangan holda toʻlovlarni amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda ilgʻor bank texnologiyalarini joriy etish asosida xizmat koʻrsatish sifatini oshirish faoliyatini muvofiqlashtirish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muvofiqlashtiruvchi kengash “GlobUz” toʻlov tizimining oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzosi boʻlgan banklarning, shuningdek Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Protsessing markazi rahbarlari (ularning oʻrinbosarlari) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muvofiqlashtiruvchi kengashga rais boshchilik qiladi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning raisi oʻz oʻrnida boʻlmagan hollarda uning vazifasini rais oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Muvofiqlashtiruvchi kengashning raisi Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muvofiqlashtiruvchi kengashning raisi va rais oʻrinbosari Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari orasidan ikki yil muddatga saylanadi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning raisi oʻz vakolatlaridan muddatidan ilgari muvofiqlashtiruvchi kengashni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyati teng huquqlilik va qaror qabul qilish vaqtida kollegiallik prinsiplariga asoslanadi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning yigʻilishlari zarur boʻlganda, lekin bir yilda kamida ikki marotaba oʻtkaziladi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlisi Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganida raislik etuvchining ovozi hal etuvchi ovoz deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlisi qarorlari bayonnoma koʻrinishda rasmiylashtiriladi, masʼul kotib tomonidan imzolanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muvofiqlashtiruvchi kengashning masʼul kotibi vazifasiga lavozimiga koʻra Protsessing markazining rahbari yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muvofiqlashtiruvchi kengashning qabul qilingan qaroridan norozi boʻlgan aʼzo oʻz fikrini yozma shaklda ifodalash huquqiga ega va ushbu hujjat majlis bayonnomasiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash ishchi organ zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorlari besh ish kuni ichida Muvofiqlashtiruvchi kengashning barcha aʼzolariga maʼlumot va ijro uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari oʻz ish faoliyatlarini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPK orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha xalqaro toʻlov tizimlarini oʻrganish, tatbiq etish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimining samaradorligi, ishonchliligi va xavfsizligiga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimining taʼsir doirasini kengaytirish hamda uni xalqaro moliya institutlari hamda xalqaro va milliy toʻlov tizimlari bilan integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimining tranzaksiya va kliring sessiyalarini amalga oshirish, xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha banklararo yagona talablar, qoidalar va oʻzaro munosabatlar reglamentini shakllantirish, BPK, terminallar, bankomatlar, infokioskalar va banklar tomonidan qoʻllaniladigan maxsus uskunalarning dasturiy taʼminoti va “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari boʻlgan banklarning texnik va dasturiy jihozlanishi uchun yagona dasturiy-texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPKdan hisob-kitob vositasi sifatida foydalanishning joriy etilishi, rivojlanishi va ularning taqdim etilishi bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPK orqali amalga oshiriladigan yangi zamonaviy bank xizmatlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolarining mazkur toʻlov tizimi bilan ishlovchi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muvofiqlashtiruvchi kengash quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimi aʼzolari oʻrtasida oʻzaro munosabat qoidalarini belgilash, shuningdek banklarni “GlobUz” toʻlov tizimiga aʼzolikka qabul qilish yoki ularni “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzoligidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimining ishlash jarayonida vujudga kelgan nizolarni hal etish boʻyicha, shuningdek fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda tegishli qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda banklararo tranzaksiyalar boʻyicha tariflarni belgilash, shuningdek “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari boʻlgan banklarning BPK saqlovchilariga xizmat koʻrsatganlik uchun vositachilik haqlarining eng yuqori miqdorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessing markazi tomonidan BPKning birlamchi emissiyasini hamda boshqa xizmatlarni amalga oshirishda banklardan undiriladigan xizmat haqlarining eng yuqori miqdorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov tizimi aʼzolaridan BPK orqali amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblar boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessing markazi hisobotlarini tinglash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini hamda Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatining samarali tashkil etilishini taʼminlash Muvofiqlashtiruvchi kengashning majburiyatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Protsessing markazi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ishchi organining asosiy vazifasi naqd pulsiz hisob-kitoblar boʻyicha xalqaro amaliyotni oʻrganish, shuningdek “GlobUz” toʻlov tizimi sohasida vujudga keladigan muammoli masalalarni tahlil qilish va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ishchi organ Muvofiqlashtiruvchi kengashga quyidagi masalalar boʻyicha takliflar kiritish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha muayyan dasturiy-apparat platformalarini va texnik yechimlarni tanlash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari oʻrtasida oʻzaro munosabatlar, shuningdek banklarning “GlobUz” toʻlov tizimi tarkibiga kiritish yoki ularni “GlobUz” toʻlov tizimdan chiqarish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimining faoliyat yuritishi davrida hamda fors-major holatlarida vujudga keladigan kelishmovchilik va nizolarni hal etish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi axborot resurslarining maxfiyligini taʼminlash va ularni himoya qilish choralarini koʻrish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pulsiz hisob-kitoblar, jumladan BPKdan foydalangan holda koʻrsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish, joriy etish va tarqatishda banklarni qoʻllab-quvvatlashga oid qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash vazifalarining bajarilishi hamda “GlobUz” toʻlov tizimining samarali ishlashini taʼminlash maqsadida zarur axborotlarni “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolaridan olish boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishchi organning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish va saqlashni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Banklarning “GlobUz” toʻlov tizimiga aʼzo boʻlishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Banklarning “GlobUz” toʻlov tizimiga aʼzo boʻlishi ixtiyoriydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bank “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzoligiga kirish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPKni joriy etish va rivojlantirishning yillik biznes-rejasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ishchi organ bank tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqib, xulosa tuzadi va ularni tegishli qaror qabul qilish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Muvofiqlashtiruvchi kengash 15 kunlik muddat ichida bank tomonidan “GlobUz” toʻlov tizimiga aʼzo boʻlish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, “GlobUz” toʻlov tizimiga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankni “GlobUz” toʻlov tizimiga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Muvofiqlashtiruvchi kengash rad etish sabablarini asoslantirgan holda bankni yozma ravishda xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bankni tizimga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Muvofiqlashtiruvchi kengash uch ish kuni muddatida Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankni va Protsessing markazini yozma xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Muvofiqlashtiruvchi kengashdan olingan yozma xabarnoma asosida Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank “GlobUz” toʻlov tizimiga qabul qilingan bank bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Muvofiqlashtiruvchi kengashdan olingan yozma xabarnoma asosida Protsessing markazi “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzoligiga qabul qilingan bank bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomani imzolaydi va Protsessing markazi tomonidan bankka Protsessing serveriga kiritish uchun autentifikatsion maʼlumotlarini taqdim etadi va Protsessing markazi tomonidan mazkur bank “GlobUz” toʻlov tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzosi hisoblangan bank oʻz filiallarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha javobgarlikni toʻliq oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Muvofiqlashtiruvchi kengash Protsessing markazining bankning “GlobUz” toʻlov tizimida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisida xabarnomasini olganidan soʻng tizim aʼzolari boʻlgan banklarga yangi bankning tizim aʼzosi sifatida qabul qilinganligi va uni tizimga ulanganligi toʻgʻrisida rasmiy xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Protsessing markazi tizimning yangi maʼlumotnomasini shakllantiradi va uni tizim aʼzolari boʻlgan banklarga tarqatadi hamda aʼzolikka qabul qilingan bank uchun banklararo tranzaksiyalarni toʻgʻri uzatish boʻyicha sozlash ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzosi boʻlgan banklar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimining faoliyatini hamda BPK asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini boshqarishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPKdan foydalanib oʻtkaziladigan operatsiyalar uchun vositachilik hamda xizmat haqlari miqdorini yagona tariflar doirasida belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimining foydalanuvchilari bilan shartnomaviy asosda oʻzaro munosabatlar oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzosi boʻlgan banklarning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom talablaridan kelib chiqqan hamda Muvofiqlashtirish kengashining qarorlariga muvofiq tizimning barqaror faoliyat koʻrsatishi uchun lozim boʻlgan oʻz zimmasidagi barcha vazifalar ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz funksiyalarini hamda “GlobUz” toʻlov tizimining foydalanuvchilari va aʼzolari oldida majburiyatlarini toʻgʻri va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimining har bir aʼzosining vakolatiga kiruvchi axborot va maʼlumotlarni shifrlash algoritmiga rioya qilinishini, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq axborot va maʼlumotlarni oʻz vaqtida almashuvini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimida qoʻllaniladigan BPK, terminallar, infokiosklar, bankomatlar va boshqa tegishli uskunalar hamda ulardagi dasturiy taʼminotlarni xalqaro standartlar, xavfsizlik va boshqa talablariga muvofiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz infratuzilmasi tizimdagi uzilish va fors-major holatlari yuz bergan hollarda bu haqdagi axborotni oʻz vaqtida aniqlash va bu haqda “GlobUz” toʻlov tizimining boshqa aʼzolariga bildirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. “GlobUz” toʻlov tizimiga aʼzo banklarni aʼzolikdan chiqishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzosi boʻlgan bank quyidagi hollarda “GlobUz” toʻlov tizimidan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz arizasiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitoblarga oid qonun hujjatlari talablarini muntazam ravishda buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank “GlobUz” toʻlov tizimning boshqa aʼzolari, Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank va Protsessing markazi oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank belgilangan tartibda tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bank ixtiyoriy ravishda “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzoligidan toʻqson kun oldin Muvofiqlashtiruvchi kengashga yozma ravishda maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bankni “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzoligidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Muvofiqlashtiruvchi kengashning yigʻilishida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorning tasdiqlangan nusxasi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni muddatida “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzoligidan chiqarilgan bankka hamda tizim aʼzolariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Muvofiqlashtiruvchi kengashning “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzoligidan chiqarish toʻgʻrisidagi qarori olingandan soʻng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank tomonidan “GlobUz” toʻlov tizimidan chiqarilgan bankka u bilan tuzilgan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqida yozma ravishda xabar qilinadi va barcha moliyaviy majburiyatlar hisob-kitob qilinganidan soʻng, bank maʼlumotlar bazasidan chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessing markazi tomonidan “GlobUz” toʻlov tizimidan chiqarilgan bankka Protsessing markazida xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqida yozma xabar yuboriladi va bir vaqtning oʻzida bank yagona maʼlumotlar bazasidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Protsessing markazi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Protsessing markazi vazifalarini “Yagona xalqaro protsessing markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. BPK orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar va ularga tegishli boshqa maʼlumotlar maxsus dasturiy taʼminot vositasida shifrlangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Protsessing markazining “GlobUz” toʻlov tizimining boshqa aʼzolari bilan oʻzaro munosabatlari axborot almashish orqali amalga oshiriladi. “GlobUz” toʻlov tizimining aʼzosiga axborot almashish huquqi Protsessing markazida xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilganidan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Zarur hollarda, axborotlarni elektron tashuvchilar orqali belgilangan muddatlarda yetkazishda kuryerdan foydalanilishi mumkin. Bunda axborotlar personalizatsiyalangan va shifrlangan holda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Protsessing markazining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov vositalarining barcha turlari boʻyicha banklararo tranzaksiyalar protsessingini kun davomida uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPKning birlamchi emissiyasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimining aʼzolari oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi va kliringini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimining BPKning reyestrini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolarini roʻyxatga olish va ularning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimni tashkil qiluvchi bosh kalitni boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soxtalashtirish va firibgarlik holatlarini oldini olish maqsadida BPK, terminallar, infokiosklar, bankomatlar va boshqa tegishli uskunalar, shuningdek toʻlov tizimi aʼzolari maʼlumotlarining yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari bilan xalqaro toʻlov tizimlari oʻrtasida axborot almashinuvini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari uchun umumiy boʻlgan stop-list va normativ axborot maʼlumotnomasiga xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifrlangan maʼlumotlarning maxfiylik rejimini va “GlobUz” toʻlov tizimining ishlash xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimining texnik vositalaridan foydalanish, ularning ishlashini kuzatish va rivojlantirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPKlarning loyihalarini rivojlantirish va ularni joriy qilish uchun sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimining yagona maʼlumotlar bazasini yaratish, kuzatib borish, takomillashtirish va boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPK asosida joriy etilayotgan mahsulotlar hamda BPKga xizmat koʻrsatuvchi uskunalarni “GlobUz” toʻlov tizimida joriy etish, amaliyotga kiritish va foydalanish yuzasidan xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPK orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha oʻquv seminarlarini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Protsessing markazi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga yoki Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankning yozma murojaatiga asosan emitentning BPK boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessing markazi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun belgilangan miqdorda haq olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Quyidagilar Protsessing markazining majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari tomonidan BPK orqali operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun kerakli sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh kalitning saqlanishi va maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari, shuningdek xalqaro toʻlov tizimlari oʻrtasida axborotlarni oʻz vaqtida almashinishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankdan olingan xabarnoma asosida “GlobUz” toʻlov tizimining aʼzosi boʻlgan bank bilan Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank oʻrtasida tuzilgan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajarmayotgan emitentning “GlobUz” toʻlov tizimidagi operatsiyalarini vaqtinchalik toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimining aʼzosi boʻlgan bankning tugatilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bu haqda tugatish komissiyasining maxsus qarori olingan kundan keyingi bank kunidan boshlab bir bank ish kunidan kechiktirmay mazkur bankning BPK boʻyicha barcha operatsiyalarni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi xizmatlarining uzluksizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotni muhofaza qilish va xavfsizlik choralarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolarining operatsiyalari boʻyicha axborotlarning muhofazasini taʼminlash va saqlash, xavfsizlik choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPK emitentlarining reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BPKga xizmat koʻrsatish tizimining dasturiy taʼminotini hamda tegishli uskunalarni oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Xalqaro toʻlov tizimlari bilan aloqalar va chet el valyutasida hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasidagi BPKlar asosida amaliyotlarni oʻtkazilishini, shuningdek “GlobUz” toʻlov tizimi doirasida muomalaga chiqarilgan BPK orqali Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amaliyotlarni oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida “GlobUz” toʻlov tizimi xalqaro toʻlov tizimlari bilan aloqalar oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Oʻzaro aloqalar oʻrnatilgan xalqaro toʻlov tizimlarining chet el valyutasidagi BPK orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan amaliyotlar boʻyicha axborot kliringini, shuningdek “GlobUz” toʻlov tizimi doirasida muomalaga chiqarilgan BPK orqali oʻtkazilgan barcha amaliyotlar boʻyicha protsessing vazifalarini “Yagona xalqaro protsessing markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. “GlobUz” toʻlov tizimi doirasida muomalaga chiqarilgan BPK orqali Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkazilgan amaliyotlar boʻyicha hisob-kitoblar kliringi xalqaro toʻlov tizimlarining prinsipial ishtirokchisi maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining xalqaro toʻlov tizimlari bilan tuzgan oʻzaro shartnomalari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Oʻzaro aloqalar oʻrnatilgan xalqaro toʻlov tizimlarining chet el valyutasidagi BPK asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan amaliyotlar boʻyicha hisob-kitob kliringini amalga oshiruvchi bank Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Milliy valyutada hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. “GlobUz” toʻlov tizimida milliy valyutada Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitoblar Kliring markazi amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashtirish bosh markazi Hisob-kitoblar Kliring markaziga texnik, dasturiy va ekspluatatsiya xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari boʻlgan banklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida BPK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar va tranzaksiyalar boʻyicha oʻzaro moliyaviy hisob-kitoblar yuzasidan xizmatlar koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank bilan Protsessing markazi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar ikki tomonlama shartnoma asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankning asosiy vazifasi Protsessing markazi bilan axborotni tezkor almashish boʻyicha oʻzaro munosabatlar tizimini tashkil etish va “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari boʻlgan banklar oʻrtasida oʻzaro moliyaviy hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmatlar uchun belgilangan vositachilik haqini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolaridan mazkur Nizom talablariga va oʻzaro hisob-kitoblar intizomiga amal qilishni talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmayotgan bankning hisob-kitob operatsiyalarini bir taraflama toʻxtatib turishi mumkin va bu haqda Protsessing markazini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessing markazidan olingan tizimdagi oʻzaro hisob-kitoblar, amalga oshirilgan tranzaksiyalar va toʻlovlar toʻgʻrisidagi axborotni uzatish, normativ axborot maʼlumotnomasini oʻz vaqtida yangilash va almashinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan banklararo tranzaksiyalar boʻyicha hisob-kitob operatsiyalari amalga oshirilishi uchun bankning vakillik hisobvaragʻida yetarli mablagʻlar mavjudligini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan shartnomada belgilangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Protsessing markaziga mazkur banklarning BPK orqali amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarni toʻxtatish haqida xabarnomani oʻz vaqtida taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. “GlobUz” toʻlov tizimining aʼzosi Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank bilan tuzilgan vakillik hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida BPK orqali bajarilgan banklararo operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. BPK orqali amalga oshirilayotgan banklararo operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar har bir bank ish kunida Hisob-kitobni amalga oshiruvchi bank tomonidan amalga oshiriladi. Har bir bank uchun sof hisob-kitob pozitsiyasini hisoblab chiqarishni Protsessing markazi koʻp tomonlama hisob-kitoblar asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzosi boʻlgan bank BPK orqali amalga oshirilayotgan ichki bank operatsiyalari boʻyicha hisob-kitob qilish tartibini oʻzi mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. “GlobUz” toʻlov tizimida axborot muhofazasini taʼminlash hamda bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. “GlobUz” toʻlov tizimida qayta ishlanadigan konfidensial turdagi maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-oktabrdagi 295-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi axborotlashtirish obyektlarida konfidensial maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash va tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. “GlobUz” toʻlov tizimi BPK orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida maʼlumotlar muhofaza qilinishi mumkin. Maʼlumotlarning boshqarilishi Protsessing markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari ularga oʻz vazifalarini bajarishi orqali maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni va bank sirini tashkil etuvchi boshqa maʼlumotlarni oshkor qilish yoki ulardan uchinchi shaxslarning manfaatida foydalanishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. “GlobUz” toʻlov tizimiga aʼzo banklar, Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank va Protsessing markazi xodimlariga, Muvofiqlashtiruvchi kengash va uning ishchi organi aʼzolariga ularga oʻz xizmat vazifalarini bajarishi yuzasidan ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilish, shuningdek ulardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslar manfaatida foydalanish, uchinchi shaxslarga bunday foydalanish imkoniyatini bevosita yoki bilvosita, jumladan ularni saqlash tartibini buzish asosida berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Muvofiqlashtiruvchi kengash hamda uning ishchi organi aʼzolari ularning ushbu organlardagi faoliyati toʻxtatilganidan keyin, shuningdek Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank va Protsessing markazi xodimlari ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingandan keyin ularga ish faoliyati davrida maʼlum boʻlib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. “GlobUz” toʻlov tizimi orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar maxsus dasturiy taʼminot asosida shifrlangan holda sir saqlanadi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, vakolatli organlarning yozma soʻroviga asosan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish ushbu maʼlumotlarning egasi boʻlgan banklar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. BPK orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar va ularga tegishli boshqa maʼlumotlar maxsus dasturiy taʼminot vositasida shifrlangan holda amalga oshiriladi. “GlobUz” toʻlov tizimi aʼzolari hamda toʻlov tizimining BPK orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Mazkur Nizom Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori S. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 8-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 373-modda)