Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

I. Bankdan tashqari muomalaning manbalari va yo‘llarini aniqlash

1.

Ishlab turgan korxonalarda ishlab chiqarish haqiqiy hajmlarining statistika va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga, xomashyo va materiallar xarid qilish hajmlariga muvofiqligini o‘rganish

Tekshirishlar, reydlarni tashkil etish, hisobotlarni aniqlashtirish2002-yilning 15-sentabriga qadar, keyinchalik muntazam ravishda Davlat soliq qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2.

Savdo shoxobchalarini ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlanganligi va ularning sozligi, inkassa bilan qamrab olinganligi va savdo tushumini to‘liq topshirish yuzasidan qisqa muddatli tekshirish

Tekshirish materiallari, hisobotlarni aniqlashtirishMuntazam ravishdaDavlat soliq qo‘mitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
3.

Ishlab chiqarish, qurilish, savdo va xizmatlar sohasida yuridik shaxslar bilan xususiy tadbirkorlar o‘rtasida tuzilayotgan shartnomalar mazmuni va ularning bajarilishini o‘rganib chiqish, bunda narxlarning sun’iy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi hollariga, shuningdek soliq solishdan qochish maqsadida tovarlar harakati va ular uchun hisob-kitob qilishda qo‘llanilayotgan sxemalarga alohida e’tiborni qaratish

Tahliliy materiallar 2002-yilning 20-avgustiga qadar, keyinchalik muntazam ravishdaAdliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
4.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tushumni va daromad miqdorini yashirish, soliq solishdan qochish maqsadida yuridik shaxslarning yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylantirilishi hollarini o‘rganish

Aniq takliflar bilan birgalikda tahliliy ma’lumotnoma2002-yilning 15-avgustiga qadarDavlat soliq qo‘mitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

II. Naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalaga chiqib ketishining oldini olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan to‘lovlar va hisob-kitoblar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi mexanizmlarini ishlab chiqish

5.

Tovar aylanmasining real hajmlarini aniqlagan holda muntazam ravishda nazorat tekshirishlari o‘tkazish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd tushum to‘liq kirim qilinishini monitoringini olib borish

Nazorat tekshirishlari dalolatnomalariDoimiy ravishdaDavlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
6.

Aniqlangan qoida buzishlar bo‘yicha qattiq chora-tadbirlar ko‘rgan holda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar sohasida savdo qoidalariga va naqd tushumni to‘liq topshirishga rioya etilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash

Tekshirishlar, shu jumladan naqd tushumni inkassa qilish chog‘idagi tekshirishlarDoimiy ravishdaDavlat soliq qo‘mitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
7.

Eski modeldagi nazorat-kassa mashinalarini fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari bilan bosqichma-bosqich almashtirish

Kompleks chora-tadbirlar2003-yilning 1-iyuliga qadarDavlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
8.

Alohida yirik miqdorlardagi pul mablag‘lari muomalasi, shu jumladan naqd pul berilishi bo‘yicha axborotlarni elektron ayirboshlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish

Axborotlarni ayirboshlashning elektron tizimi2002-yilning 1-sentabriga qadarDavlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, tijorat banklari
9.

Transport xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni tartibga solish, ushbu sohada raqobat muhitini rivojlantirish, umumiy foydalanishdagi transportning yo‘nalishli liniyalarida chiptalar sotilishi ustidan nazoratni kuchaytirish

Kompleks chora-tadbirlar2002-yilning 1-oktabriga qadarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil va daryo transporti agentligi
10.

Qoida buzuvchilarga nisbatan moliyaviy jazolar qo‘llagan holda ishlab chiqaruvchi korxonalar va ulgurji yetkazib beruvchilar tomonidan xalq iste’mol tovarlari ulgurji sotilishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish

Tekshirishlar materiallariMuntazam ravishdaDavlat soliq qo‘mitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
11.

Ommaviy axborot vositalari orqali bankdan tashqari muomalani cheklash, soliq haqidagi qonunlar buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning muhimligi va mazmunini tushuntirishga doir keng ishlar olib borish

Chiqishlar, maqolalar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarMuntazam ravishdaSoliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi
12.

Soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun amaldagi moliyaviy jazolarni qayta ko‘rib chiqish va yangi moliyaviy jazolar joriy etish, bunda quyidagilar uchun javobgarlikni kuchaytirish:

jismoniy shaxslar tomonidan daromadlarning yashirilishi va pasaytirilishi;

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning soliq solinadigan bazasi pasaytirilishi;

bankdagi hisob raqamlariga naqd pul mablag‘lari kiritilmasligi;

chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari qo‘llanilmasligi

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish loyihasi2002-yilning 1-oktabriga qadarMoliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi

III. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish va bank tizimiga pul mablag‘larini jalb etish

13.

Aholining pul mablag‘lari banklarga jalb etilishini rag‘batlantirish, eng avvalo omonatlarning jalb etuvchanligini oshirish, yangi vositalarni joriy etish, aholi omonatlari o‘sganligi uchun banklarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini qo‘llash yo‘li bilan o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni rag‘batlantirish

TadbirlarDoimiy ravishdaMarkaziy bank, tijorat banklari
14.

Aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasini shakllantirish asosida aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimini joriy etish

Kompleks chora-tadbirlar2003-yilning 1-yanvariga qadarMarkaziy bank, tijorat banklari
15.

Bank omonatlarining mavjud turlari jalb etuvchanligi to‘g‘risida keng ko‘lamli reklamani amalga oshirish

Chiqishlar, maqolalar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarDoimiy ravishda“O‘zteleradio” kompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, tijorat banklari
16.

Bank sirini ta’minlash institutini takomillashtirish, tijorat banklari tomonidan mijozlarning operatsiyalari va hisob raqamlari bo‘yicha axborot taqdim etilishiga doir qat’iy chegaralarni belgilash

“Bank siri to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi2003-yilning 1-yanvariga qadarMarkaziy bank
17.

Tijorat banklarining kredit plastik kartochkalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish

Tadbirlar2002-yilning 1-oktabriga qadarMarkaziy bank, tijorat banklari
18.

Toshkent shahrida plastik kartochkalardan foydalanish yo‘li bilan ish haqi, stipendiyalar va pensiyalar to‘lash yuzasidan tajriba o‘tkazish

Tadbirlar2003-yilning 1-yanvaridan boshlabMoliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari

IV. Ulgurji va firma savdosi tizimini rivojlantirish

19.

Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi respublika korxonalarining firma chakana do‘konlari shoxobchasini kengaytirish, ularni aholi zich joylashga� tumanlarda, bozorlarda va ommaviy savdo qilinadigan boshqa joylarda joylashtirish

Kompleks chora-tadbirlar2003-yilning 1-yanvariga qadarVazirlar Mahkamasining komplekslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
20.

Bozorlarda, turar joy mavzelarida va aholi uchun qulay bo‘lgan maxsus ajratilgan boshqa joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasini o‘tkazish yo‘li bilan naqd pul mablag‘larining eng ko‘p qaytishini ta’minlash, savdo tushumi belgilangan tartibda inkassa qilinishini tashkil etgan holda paxta yig‘im-terimi davrida ko‘chma savdoni tashkil etish

Tadbirlar2002-yilning III-IV choraklari mobaynida“O‘zbekbirlashuv”, “O‘zbeksavdo” kompaniyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
21.

Qonun hujjatlariga muvofiq narxlari deklaratsiyalanadigan mahsulotlar ro‘yxatini maqbul ravishda qisqartirish. Monopolist korxonalar tomonidan real talab va taklifni hisobga olgan holda narxlarni deklaratsiyalash mexanizmini takomillashtirish

Normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish loyihasi2002-yilning 1-oktabriga qadarMoliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

V. Pul muomalasini takomillashtirish va soliq solish mexanizmini samaradorligini oshirish

22.

Yirik xaridlarni sodir etish va belgilangan darajadan ortiqcha boshqa xarajatlar chog‘ida jismoniy shaxslar tomonidan daromadlarni deklaratsiyalash va soliq to‘lash tizimini ishlab chiqish

Hukumat qarori loyihasi2002-yilning 1-dekabriga qadarMoliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi
23.

Naqd tarzda sodir etiladigan to‘lovlarning eng yuqori darajasi miqdorini joriy etgan holda tijorat banklari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan birinchi talab bo‘yicha o‘z hisob raqamlaridan naqd pul olinishiga cheklashlarni bekor qilish

Hukumat qarori loyihasi2003-yilning 1-yanvariga qadarMarkaziy bank

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”