29.09.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2716
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 29.09.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2716
Кучга кириш санаси
05.10.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq tijorat banklari 2020-yilning 1-yanvariga qadar kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘laydilar.
6. Ushbu Nizomning 5-bandiga asosan aniqlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining imtiyozli stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 128-moddasiga asosan hisoblab chiqilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazaga nisbatan qo‘llaniladi.
7. Imtiyozlarni qo‘llash uchun tijorat banklari davlat soliq xizmati organlariga hisobot yili yakuni bo‘yicha Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitoblarini taqdim qilish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi — ma’lumotnomani taqdim qiladilar. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi — ma’lumotnoma ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozdan foydalanmaydigan tijorat banklari tomonidan taqdim etilmaydi.