03.07.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2692
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklarining (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) jalb qilinadigan depozitlari (omonatlari) bo‘yicha foiz stavkalarini shakllantirish qoidalarini belgilaydi.
10. Banklar tomonidan milliy valyutada jalb qilingan depozitlar (omonatlar) bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasini hisoblash ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq banklar tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasini hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.