30.09.2026 yildagi VII-38-111-5-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining qarori, 30.09.2026 yildagi VII-38-111-5-0-K/26-son
Kuchga kirish sanasi
03.11.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi OʻRQ-784-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”ga 194-sonli Qarori, “Navoiy suv taʻminoti” aksiyadorlik jamiyati direktori O.Zaripovning 2026-yil 24-iyuldagi 07-041/1365-sonli xati, viloyat hokimligining 2026-yil 10-avgustdagi 406/16-26-sonli bildirgisi, xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 10-avgustdagi DKQ 03-01/96-26-sonli qarori va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2026-yil 24-sentabrdagi 01-12/20-11-32/826-sonli xulosasi, “Navoiy viloyati suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 18-sentabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi qarori loyihasiga bildirilgan takliflarni muhokama qilish toʻgʻrisida” gi 06-01/84-sonli yigʻilish bayonini inobatga olib, viloyatda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish ahvolini yanada yaxshilash maqsadida, bildirilgan taklif, fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori ijro uchun, “Navoiy suv taʼminoti” AJ direktori O. Zaripovning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflari yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Viloyatda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari (shuningdek, texnik suv va sugʻorish suvi yetkazib berish xizmatlari) uchun taklif narxlari (tariflar) 1-ilovaga muvofiq, viloyatda isteʼmolchilarni markazlashtirilgan kommunal suv tarmogʻidan taʼminlash imkoniyati boʻlmagan hududlarga transport yordamida yetkazib berilayotgan ichimlik suvi taʼminoti uchun taklif narxlari (tariflar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 15-avgustdagi VII-15-85-5-0-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Viloyat hokimligi axborot xizmati (Sh. Raubayeva), viloyat teleradiokompaniyasi (A. Muqimov), “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalari tahririyati DM (B. Umarov)ga olib borilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingandan boshlab, 15 kundan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini taʼminlash viloyat hokimi oʻrinbosari (E. Niyozov) hamda nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Isoqov) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi Gʻ. ALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 30-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-38-111-5-0-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.