XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Viloyatda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi OʻRQ-784-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”ga 194-sonli Qarori, “Navoiy suv taʻminoti” aksiyadorlik jamiyati direktori O.Zaripovning 2025-yil 2-iyundagi 07-041/1106-sonli xati, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Sh. Xamidovning 2025-yil 3-iyundagi 255/16-26-sonli bildirgisi, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 12-avgustdagi 01-12/20-11-32/672-sonli xulosasi inobatga olib, viloyatda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish ahvolini yanada yaxshilash maqsadida, bildirilgan taklif, fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 162 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori ijro uchun, “Navoiy suv taʼminoti” AJ direktori O. Zaripovning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflari yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Viloyatda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari (shuningdek, texnik suv va sugʻorish suvi yetkazib berish xizmatlari) uchun taklif narxlari (tariflar) 1-ilovaga muvofiq, viloyatda isteʼmolchilarni markazlashtirilgan kommunal suv tarmogʻidan taʼminlash imkoniyati boʻlmagan hududlarga transport yordamida yetkazib berilayotgan ichimlik suvi taʼminoti uchun taklif narxlari (tariflar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil 15-martdagi VI-69-29-5-0-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Viloyat hokimligi axborot xizmati (Sh. Raubayeva), axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi (D. Mamarajabov), viloyat teleradiokompaniyasi (A. Muqimov), “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalari tahririyati davlat korxonasi (B. Umarov)ga olib borilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Ushbu qaror 1-sentyabrdan e'tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimi oʻrinbosari (E. Kamolov) hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Isoqov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ALIYEV GʻOFIR QUVATOVICH
Navoiy viloyati,
2025-yil 15-avgust,
VII-15-85-5-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.