1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3924]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14/8-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-iyuldagi 14/8-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari hamda islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) va banklar guruhlarining moliyaviy ahvolini tiklash rejasining (bundan buyon matnda tiklash rejasi deb yuritiladi) mazmuniga va yangilanishiga oid talablarni, shuningdek tiklash rejasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) taqdim etish hamda baholash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy faoliyat yoʻnalishlari — bank va (yoki) banklar guruhi uchun muhim daromad manbayini tashkil etuvchi faoliyat yoʻnalishlari hamda ular bilan bogʻliq xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhim xizmatlar — bank va (yoki) banklar guruhining oʻta muhim vazifalarini bajarish va bank faoliyatini boshqarishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan, bankka taqdim etiladigan xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
risk-appetit — bank va (yoki) banklar guruhining strategik maqsadlariga va biznes-reja koʻrsatkichlariga erishishda qabul qilishga tayyor boʻlgan sezilarli barcha tavakkalchiliklarning (jami umumlashgan holdagi hamda ularning har biri boʻyicha alohida) miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻta muhim vazifalar — bank va (yoki) banklar guruhi xizmatlari yoki operatsiyalarining shunday turlariki, ularni oʻzga bankning boshqa xizmatlari yoki operatsiyalari bilan almashtirish murakkabligi tufayli ushbu xizmatlarni koʻrsatish va operatsiyalarni amalga oshirish tugatilgan taqdirda, moliyaviy barqarorlikning buzilishiga yoki real iqtisodiyot uchun zarur boʻlgan xizmatlarning koʻrsatilishi cheklanishiga olib kelishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegaraviy qiymatlar (triggerlar) — bank va (yoki) banklar guruhining moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar boʻyicha oʻrnatilgan chegaraviy qiymatlar boʻlib, ularning buzilishi bank va (yoki) banklar guruhi faoliyatida stress holati yuzaga kelganligidan darak beradi hamda bank va (yoki) banklar guruhining moliyaviy ahvolini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bank oʻzining moliyaviy ahvoli yomonlashgan taqdirda Markaziy bankning talabiga koʻra uni tiklash choralarini oʻz ichiga olgan tiklash rejasini ishlab chiqadi hamda koʻrib chiqish va baholash uchun taqdim etadi. Bunda Markaziy bank tomonidan bank moliyaviy ahvolini baholashda bankning moliyaviy koʻrsatkichlari, Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan prudensial talablarga muvofiqligi va (yoki) boshqa omillar inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tiklash rejasini Markaziy bank tomonidan belgilangan, biroq oʻn besh kundan kam boʻlmagan muddatda ishlab chiqishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tiklash rejasi Markaziy bankka taqdim qilinishidan avval bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning ichki audit xizmati yiliga kamida bir marotaba tiklash rejasining ishlab chiqilishi, yangilanishi hamda amalga oshirilishini mustaqil baholashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bank tiklash rejasini har yili yoki bankning tashkiliy tuzilmasida, uning faoliyatida yoki moliyaviy ahvolida tiklash rejasiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan sezilarli oʻzgarishlardan keyin yangilashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklash rejasini yangilash jarayonida bankning tavakkalchiliklarni boshqarish tizimida, shu jumladan bankning risk-appetiti va risk-profilida, favqulodda moliyalashtirish rejasida, bank faoliyatini qayta tiklash va uning uzluksizligini taʼminlash rejasida hamda kapital monandligini baholash boʻyicha ichki jarayonlarida (ICAAP) (agar joriy qilingan boʻlsa) vujudga kelgan oʻzgarishlar inobatga olinishi, shuningdek bankning moliyaviy ahvolini tiklash koʻrsatkichlari (bundan buyon matnda tiklash koʻrsatkichlari deb yuritiladi) va ular boʻyicha chegaraviy qiymatlar (triggerlar) qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tiklash rejasi makroiqtisodiy va moliyaviy inqiroz koʻrinishlarining bank faoliyatiga taʼsirini, shu jumladan tizimga oid hodisalarni va mazkur bank uchun tavakkalchiliklarni oʻzida aks ettirishi kerak. Tiklash rejasi ishlab chiqilishida bank amalga oshirayotgan faoliyat turining tizimli ahamiyati, oʻziga xos xususiyatlari, miqyosi va murakkabligi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tiklash rejasi tegishli qarorlar qabul qilinishi kerak boʻlgan holatni aniqlovchi chora-tadbirlar roʻyxatini, koʻrsatkichlarni va mazkur Nizomning 12-bandida keltirilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bank tiklash rejasida oʻzining biznes-rejasi, kapital monandligini baholash boʻyicha ichki jarayonlari (ICAAP) (agar joriy qilingan boʻlsa) hamda boshqa tegishli hujjatlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga havola qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaziy bank bankdan tiklash rejasini koʻrib chiqish va baholash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumot va hujjatlarni talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Banklar guruhining asosiy banki tiklash rejasini guruh darajasida ishlab chiqishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Markaziy bank banklar guruhiga kiruvchi bankning tizimli ahamiyati, hajmi yoki risk-profilidan kelib chiqib, undan yakka tartibdagi tiklash rejasini ishlab chiqishni talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bank tiklash rejasida davlatning moliyaviy yordamini, shuningdek Markaziy bank tomonidan bank likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiluvchi kreditlarni va qoʻllaniluvchi islomiy moliya vositalarini nazarda tutmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bankning kuzatuv kengashi tiklash rejasining ishlab chiqilishiga va samarali amalga oshirilishini taʼminlashga hamda uning ustidan nazoratni olib borishga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tiklash rejasining tarkibiy elementlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Tiklash rejasining umumiy tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tiklash rejasida kamida quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasidagi asosiy jihatlarning qisqacha mazmuni, shuningdek avvalgi tiklash rejasi tasdiqlangan sanadan boshlab yangi tiklash rejasi tasdiqlanguniga qadar boʻlgan davr mobaynida bank faoliyatida yuz bergan sezilarli oʻzgarishlarning (bankning tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yoʻnalishlari, xizmatlari va filiallari tarmogʻidagi oʻzgarishlar, shuningdek sezilarli tavakkalchiliklar tufayli yuzaga kelgan yoʻqotishlar) va (yoki) yangi tiklash rejasiga kiritilgan sezilarli oʻzgarishlarning tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasini boshqarishga oid maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
strategik tahlil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash koʻrsatkichlari va ular boʻyicha chegaraviy qiymatlarning (triggerlarning) tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning moliyaviy ahvolini tiklash boʻyicha chora-tadbirlar (bundan buyon matnda tiklash chora-tadbirlari deb yuritiladi) va ularning tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasi doirasida foydalaniladigan ssenariylarning (bundan buyon matnda tiklash ssenariylari deb yuritiladi) qisqacha tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasi doirasida kommunikatsiya qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasini amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik choralari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Tiklash rejasini boshqarishga oid maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tiklash rejasini boshqarishga oid maʼlumotlarda kamida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining tiklash rejasi amalga oshiriladigan davrlardagi hamda boshqa davrlardagi vazifa va majburiyatlarining tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasini tayyorlash, yangilash va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan bank xodimlari va tarkibiy boʻlinmalarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasini tasdiqlash va yangilash jarayonini tartibga soluvchi hujjatlar va jarayonlarning tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning moliyaviy ahvoli yomonlashganda, shu jumladan chegaraviy qiymatlar (triggerlar) buzilgan holatlarda ushbu masalani bankning tegishli tarkibiy boʻlinmalari va xodimlariga, boshqaruv organlariga, shuningdek Markaziy bankka yetkazish (shu jumladan, kim tomonidan yetkazilishi) va tiklash rejasini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish jarayonining bosqichma-bosqich tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasi amalga oshirilganda qoʻllaniladigan inqirozga qarshi boshqaruv jarayonining tavsifi, shu jumladan bankning turli tarkibiy boʻlinmalaridan jalb qilinuvchi rahbar va xodimlarning vazifalari va majburiyatlarining taqsimoti hamda inqirozga qarshi boshqaruv boʻyicha oqilona va asoslantirilgan qaror qabul qilishni taʼminlovchi mexanizmlar tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning umumiy tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga, shu jumladan bankning risk-appetitiga, favqulodda moliyalashtirish rejasiga, bank faoliyatini qayta tiklash va uning uzluksizligini taʼminlash rejasiga, kapital monandligini baholash boʻyicha ichki jarayonlariga (ICAAP) (agar joriy qilingan boʻlsa) va biznes-rejalariga tiklash rejasining muvofiqligi tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tomonidan tiklash rejasining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olishda qoʻllaniladigan axborot tizimlari mavjudligining tavsifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Strategik tahlil
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tiklash rejasining strategik tahlilida bankning asosiy faoliyat yoʻnalishlari, oʻta muhim vazifalari, muhim xizmatlari, bank uchun muhim ahamiyatga ega tashkilotlar, shuningdek bank hamda umumiy bank tizimi barqarorligiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy ichki va tashqi oʻzaro bogʻliqliklar tavsifi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tiklash rejasidagi strategik tahlil kamida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning biznes-modeli va strategiyasi, tashkiliy tuzilmasi, mulkchilik shakli, asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari hamda bank rahbariyati aʼzolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning asosiy faoliyat yoʻnalishlari, oʻta muhim vazifalari hamda muhim xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank uchun muhim ahamiyatga ega tashkilotlarning (agar mavjud boʻlsa) asosiy faoliyat yoʻnalishlari, oʻta muhim vazifalari va (yoki) ular tomonidan bankka koʻrsatiladigan muhim xizmatlar (agar mavjud boʻlsa) tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning risk-profili;

ichki va tashqi oʻzaro bogʻliqliklarning tavsifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlgan tashkilot, shu jumladan boshqa bank, moliyaviy tashkilot va (yoki) bankning chet eldagi shuʼba banki (filiali) ushbu Nizom maqsadlarida bank uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) bankning, shu jumladan banklar guruhining foyda olishiga va (yoki) moliyalashtirilishiga sezilarli hissa qoʻshsa va (yoki) uning aktivlari, majburiyatlari yoki kapitalida sezilarli ulushga ega boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) bank uchun oʻta muhim vazifalarni amalga oshirsa (ularni autsorsingga olsa) va (yoki) muhim xizmatlarni koʻrsatsa yoxud asosiy faoliyat yoʻnalishlarini bajarsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) bankning toʻlov qobiliyatiga tahdid solishi mumkin boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) uning bankdan chiqib ketishi yoki tugatilishi bank uchun jiddiy yoʻqotishlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tiklash rejasiga kiritish maqsadida bank oʻzining asosiy faoliyat yoʻnalishlari, oʻta muhim vazifalari hamda muhim xizmatlarini aniqlab olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bank tomonidan asosiy faoliyat yoʻnalishlari mazkur yoʻnalishlarning jami aktivlardagi va kapital monandligi hisob-kitobida tavakkalchilikni hisobga olgan holda aktivlardagi ulushi, shuningdek ularning sof foizli va sof foizsiz daromadlar shakllanishiga qoʻshayotgan hissasini nazarda tutuvchi mezonlarni (koʻrsatkichlarni) inobatga olgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bank asosiy faoliyat yoʻnalishlarini aniqlashda boshqa mezonlardan (koʻrsatkichlardan) ham foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bank xizmatlari va operatsiyalari quyidagi shartlar bir vaqtda bajarilganda oʻta muhim vazifalar deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat va (yoki) operatsiyalar bank tomonidan mazkur bankka aloqador boʻlmagan uchinchi shaxslarga taqdim etilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat va (yoki) operatsiyalar toʻsatdan uzilishi yoki toʻxtatilishi uchinchi shaxslarga sezilarli salbiy taʼsir koʻrsatishi, zanjir taʼsiri tavakkalchiligini keltirib chiqarishi yoki ushbu xizmat va operatsiyalarning uchinchi shaxslar uchun tizimli ahamiyati hamda uni taqdim etuvchi bank yoki banklar guruhining tizimli ahamiyati tufayli bozor ishtirokchilarining umumiy ishonchiga putur yetkazishi ehtimoli yuqori boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bank oʻta muhim vazifalarni kamida quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda aniqlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmati va (yoki) operatsiyasi toʻsatdan uzilishi yoki toʻxtatilishining bank mijozlari, boshqa moliyaviy tashkilotlar, moliya bozorlari, shu jumladan moliya bozori infratuzilmasi hamda boshqa tegishli manfaatdor tomonlarga koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼsiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmati va (yoki) operatsiyasining boshqa xizmat va (yoki) operatsiyalar koʻrsatilishidagi oʻrni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmati va (yoki) operatsiyasini sifati oʻxshash va taqqoslanadigan xarajatlarni talab etuvchi hamda maqbul muddatlarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan boshqa xizmat va (yoki) operatsiya bilan almashtirish imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmati va (yoki) operatsiyasining ushbu bank hamda boshqa moliyaviy tashkilot xizmatlari va (yoki) operatsiyalariga oʻzaro bogʻliqligi yoki ular bilan uygʻunlashganligi natijasida keng koʻlamli zanjir taʼsiri tavakkalchiligini keltirib chiqarishi ehtimolining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻta muhim vazifalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar (qarzlar) berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha pul mablagʻlarini va boshqa mol-mulkni ishonchli boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlar majmuyini (portfelini) boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kartalarini berish va toʻlovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bank muhim xizmatlarni kamida quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda aniqlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatning toʻsatdan uzilishi yoki toʻxtatilishi bankning bir yoki bir nechta oʻta muhim vazifalariga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatishi ehtimolining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatni sifati oʻxshash va taqqoslanadigan xarajatlarni talab etuvchi hamda maqbul muddatlarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan boshqa xizmat bilan almashtirish imkoniyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Muhim xizmatlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻta muhim vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot texnologiyalari xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankda xavfsizlikni, shu jumladan kiberxavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavakkalchiliklarni aniqlash, oʻlchash, monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson resurslarini boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank mijozlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish va qonunchilik talablariga rioya etishni taʼminlovchi xizmatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ichki oʻzaro bogʻliqliklar bank va bankka aloqador shaxslar oʻrtasidagi hamda bank banklar guruhi aʼzosi boʻlgan taqdirda bank va mazkur guruhga mansub boʻlgan boshqa moliya institutlari oʻrtasidagi bogʻliqliklar, shu jumladan bank uchun muhim ahamiyatga ega tashkilotlar oʻrtasidagi mazkur bankning moliyalashtirilishiga, asosiy faoliyat yoʻnalishlari hamda oʻta muhim vazifalari amalga oshirilishiga, shuningdek bankka koʻrsatiladigan muhim xizmatlarga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻzaro bogʻliqliklardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tashqi oʻzaro bogʻliqliklar kamida quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tomonidan bankning asosiy kontragentlariga va boshqa moliyaviy tashkilotlarga taqdim etiladigan oʻta muhim vazifalar va (yoki) ular oldidagi majburiyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankka uchinchi shaxslar tomonidan koʻrsatiladigan muhim xizmatlar, shu jumladan moliya bozori infratuzilmasining bir qismi boʻlgan toʻlov, kliring va hisob-kitobga oid xizmatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Tiklash koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tiklash rejasi bankning moliyaviy ahvoli yomonlashuvini monitoring qilish va mazkur rejada nazarda tutilgan tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirish zaruriyatini vujudga keltiruvchi holatlarni aniqlash maqsadida bank tomonidan belgilanadigan aniq koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tiklash koʻrsatkichlari tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi, shuningdek banklarning favqulodda moliyalashtirish (likvidlilikni oshirish) rejasi va (yoki) kapitalga qoʻyiladigan talablarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi koʻrsatkichlariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tiklash koʻrsatkichlari miqdoriy va (yoki) sifat koʻrsatkichlaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bank tiklash koʻrsatkichlarining doimiy monitoringini taʼminlaydigan samarali nazorat mexanizmlarini yaratishi va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Banklar chegaraviy qiymatlarni (triggerlarni) Markaziy bank tomonidan banklarga nisbatan belgilangan talablardan (agar belgilangan boʻlsa) qatʼiyroq darajada oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda chegaraviy qiymatlar (triggerlar) bank tomonidan stress vaziyatlarda zarur choralar oʻz vaqtida koʻrilishi, shu jumladan tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun yetarli vaqtni taʼminlaydigan darajada belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bankning tiklash rejasi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan tiklash koʻrsatkichlaridan kamida quyidagilarini oʻz ichiga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapitalning monandligi koʻrsatkichlari;

likvidlilik koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlar sifati koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadlilik (rentabellik) koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor koʻrsatkichlari (tizimli ahamiyatga molik banklar uchun).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bozor koʻrsatkichlari tizimli ahamiyatga molik boʻlmagan banklarning tiklash rejalariga mazkur koʻrsatkichlarning bank uchun dolzarb va ahamiyatli ekanligidan kelib chiqib kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bank tiklash rejasida mazkur Nizomning 31-bandida keltirilgan tiklash koʻrsatkichlaridan tashqari oʻzining risk-profili va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarini inobatga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tiklash rejasi har bir tiklash koʻrsatkichi boʻyicha chegaraviy qiymatlarni (triggerlarni) aniqlash va belgilash uchun foydalanilgan farazlar, ularni hisoblash uslubiyoti va tartibini oʻz ichiga olishi kerak. Chegaraviy qiymatlar (triggerlar) bankning risk-appetitiga muvofiq holda belgilanishi va tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirishni talab qiladigan chetlanishlarni (buzilishlarni) erta aniqlash imkoniyatini yaratishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tiklash koʻrsatkichlarining biri yoki bir nechtasi boʻyicha chegaraviy qiymatlar (triggerlar) buzilsa yoki buzilish ehtimoli yuqori boʻlsa, mazkur holat (holatlar) vujudga kelgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida bank tomonidan kuzatuv kengashiga hamda uch ish kuni ichida Markaziy bankka maʼlumot berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bank tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, bank Markaziy bankka ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran yetti ish kuni ichida amalga oshiriluvchi tiklash chora-tadbirlari va tiklash rejasini amalga oshirishga oid boshqa tegishli maʼlumotlarni berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegaraviy qiymatlar (triggerlar) buzilishi yoki buzilish ehtimoli yuqori boʻlishiga qaramasdan tiklash rejasini amalga oshirmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, ushbu qaror yozma ravishda asoslantirilgan holda besh ish kuni ichida Markaziy bankka taqdim etilishi lozim. Bunda chegaraviy qiymatlar (triggerlar) buzilishiga olib kelgan sabablar tahlili, yuzaga kelgan holatni bartaraf etish va bankning moliyaviy holatini tegishli muddatlarda tiklash boʻyicha koʻriladigan choralar aniq koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Tiklash chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Bank tiklash rejasida chegaraviy qiymatlar (triggerlar) buzilganda hamda stress vaziyatlarda yoki stress vaziyatlar sodir boʻlishi ehtimoli mavjud boʻlgan holatlarda oʻzining moliyaviy barqarorligini saqlab qolish va (yoki) tiklash maqsadida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan tiklash chora-tadbirlari majmuasini aks ettirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tiklash rejasida belgilangan chora-tadbirlar ichidan muayyan sharoitda eng maqbul hisoblanganlarini amalga oshiradi. Bunda bank oʻzining moliyaviy barqarorligini saqlab qolish va (yoki) tiklash maqsadida tiklash rejasida belgilangan chora-tadbirlardan tashqari boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tiklash chora-tadbirlari asoslantirilgan, real, amaliy jihatdan maqbul, aniq belgilangan va oqilona muddatlarda amalga oshirish imkoni mavjud boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan prudensial talablarga muvofiqligiga, xususan eng kamida kapital monandligi va likvidlilik koʻrsatkichlariga, shu jumladan likvidlilikni qoplash meʼyori koeffitsiyentiga tiklash chora-tadbirlarining amalga oshirilishining miqdoriy jihatdan taʼsiri baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tiklash rejasida quyidagi tiklash chora-tadbirlaridan kamida biri yoki bir nechtasining tavsifi aks ettirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ustav kapitali miqdorini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan kapital vositalari, shu jumladan subordinar qarz vositalarini chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz vositalarini oddiy aksiyalariga toʻliq miqdorda yoki qisman konvertatsiya qilish orqali ixtiyoriy ravishda majburiyatlarni restrukturizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dividendlar, shuningdek ixtiyoriy mukofot toʻlovlarini toʻlashni kamaytirish yoki toʻxtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning aktivlari va (yoki) shuʼba tashkilotlarini sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit (qarz) berish hajmini qisqartirish, kapital monandligi hisob-kitoblarida yuqori tavakkalchilik darajasiga ega boʻlgan aktivlarni kamaytirish va bank aktivlarini sekyuritizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank likvidliligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xarajatlarini kamaytirish va optimallashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bank muayyan sharoit, oʻzining risk-profili va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tiklash rejasida mazkur bandning ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida keltirilgan chora-tadbirlarga qoʻshimcha ravishda boshqa tiklash chora-tadbirlarini nazarda tutishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tiklash rejasida har bir tiklash chora-tadbiri boʻyicha quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash chora-tadbirini samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha operatsion harakatlar ketma-ketligi tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash chora-tadbirini barcha ruxsat berish va tasdiqlash tartib-taomillarini oʻz ichiga olgan holda amalga oshirish uchun zarur boʻlgan muddat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha avvalgi tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va (yoki) boshqa banklar tomonidan shunga oʻxshash tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirish tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash chora-tadbirini odatiy va stress sharoitlarida amalga oshirish imkoniyati, shu jumladan ularni amalga oshirish yoʻlidagi ehtimoliy toʻsiqlar va masalalar tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash chora-tadbirlari samaradorligini baholash mezonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash chora-tadbiri bankning moliyaviy holati va barqarorligi, biznes-modeli, asosiy faoliyat yoʻnalishlari, oʻta muhim vazifalari hamda muhim xizmatlariga taʼsirining tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash chora-tadbiri amalga oshirilishini taʼminlovchi ichki boshqaruv tizimining, shu jumladan ichki va tashqi kommunikatsiyaning tavsifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq bankning avvalgi tajribasi (agar mavjud boʻlsa), shuningdek huquqiy, operatsion, moliyaviy va reputatsion toʻsiqlar, ijro muddatlari hamda chora-tadbirlarni amalga oshirishda uchinchi shaxslarga va (yoki) bozor sharoitlariga (konyunkturasiga) bogʻliqlik darajasi va boshqa tegishli omillar baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tiklash chora-tadbirlari tiklash ssenariylari bilan muvofiqlashtirilgan boʻlishi va mazkur ssenariylar vujudga kelgan taqdirda, bankning moliyaviy ahvolini tiklash qobiliyatini koʻrsatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Tiklash ssenariylari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tiklash ssenariylarining tavsifi tiklash rejasida aks ettirilishi hamda past boʻlsada, biroq sodir boʻlishi ehtimoli mavjud boʻlgan va bank uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hodisalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tiklash ssenariylari kamida quyidagi uchta ssenariydan tashkil topishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
individual;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kombinatsiya qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Bank tiklash ssenariylarini ishlab chiqishda quyidagilarni inobatga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning biznes-modeli, moliyalashtirish tuzilmasi, asosiy faoliyat yoʻnalishlari, tashkiliy tuzilmasi, hajmi, shuningdek uning boshqa banklar yoki butun moliya tizimi bilan oʻzaro bogʻliqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilmagan taqdirda tiklash ssenariysida nazarda tutilgan stress vaziyatlar bankning toʻlovga qobiliyatsizligiga olib kelish ehtimoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash ssenariysi favqulodda, biroq ehtimoli mavjud boʻlgan hodisalarga asoslangan boʻlishi, shuningdek har bir tiklash ssenariysida tiklash koʻrsatkichlaridan biri yoki bir nechtasi boʻyicha chegaraviy qiymatlar (triggerlar) buzilgan boʻlishi kerakligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Har bir tiklash ssenariysi favqulodda, biroq ehtimoli mavjud boʻlgan hodisalarning kamida quyidagilarga taʼsirini nazarda tutishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapitalning monandligi koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning likvidlilik koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning risk-profili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank aktivlarining sifati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻta muhim vazifalar hamda muhim xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning operatsion faoliyati hamda ishchanlik obroʻsi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tiklash ssenariylari tiklash chora-tadbirlarining taʼsirini inobatga olgan holda kamida bir yillik davrni qamrab oluvchi davriy moliyaviy prognozlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Bank uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan individual hodisalarga asoslangan individual tiklash ssenariylarini ishlab chiqishda kamida quyidagilar hisobga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning moliyaviy barqarorligiga sezilarli putur yetkazishi mumkin boʻlgan bir yoki bir nechta yirik kontragentlarning toʻlovga qobiliyatsizlikka uchrashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank hamda uning aksiyadorlari ishchanlik obroʻsiga sezilarli darajada putur yetkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankdan likvidlilikning sezilarli miqdorda va tez chiqib ketishi, shu jumladan omonatlar bankdan ommaviy tarzda chiqib ketishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank aktivlari tarkibida sezilarli ulushga ega aktivlar qiymatining pasayishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankda sezilarli kredit yoʻqotishlarining yuzaga kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kredit reytingining pasaytirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsion yoʻqotishlar, shu jumladan ichki yoki tashqi firibgarlik, ichki tizimlardagi xatoliklar, oʻta muhim vazifalardagi uzilishlar yoki boshqa operatsion buzilishlar natijasida jiddiy yoʻqotishlarning yuzaga kelishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Moliya tizimi va (yoki) real iqtisodiyot uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan tizimli tiklash ssenariylarini ishlab chiqishda kamida quyidagilar hisobga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatning moliyaviy barqarorligiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan bankning yirik kontragentining toʻlovga qobiliyatsizlikka uchrashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklararo pul bozorida likvidlilikning kamayishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta kursidagi keskin tebranishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat tavakkalchiligi yuzaga kelsa, uning bank uchun oʻta muhim vazifalar hamda muhim xizmatlarga taʼsiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yoki bir nechta bozorlarda aktivlar narxining salbiy oʻzgarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning yomonlashuvi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Kombinatsiya qilingan tiklash ssenariylari mazkur Nizomning 45 va 46-bandlarida keltirilgan individual va tizimli hodisalarning bir vaqtda sodir boʻlishi hamda ularning bir-biriga oʻzaro taʼsirini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Bank ishlab chiqilgan har bir tiklash ssenariysi doirasida oʻzining moliyaviy ahvolini tiklash salohiyatini baholashi va tayyorlangan har bir tiklash ssenariysi boʻyicha amalga oshirishi mumkin boʻlgan tiklash chora-tadbirlarini belgilashi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Bank tiklash ssenariylarini ishlab chiqish va unga oʻzgartirishlar kiritishda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi doirasida oʻtkaziladigan stress-testlardan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Tiklash rejasi doirasida kommunikatsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Bank tiklash rejasida mazkur reja oʻz vaqtida, muvofiqlashtirilgan tarzda va samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida barcha manfaatdor tomonlar bilan axborot almashish mexanizmlarini belgilovchi kommunikatsiya qilish tartibini aks ettirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tiklash rejasida kommunikatsiya qilish tartibi batafsil yoritilgan boʻlishi va unda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kuzatuv kengashi va boshqaruvining kommunikatsiya qilish boʻyicha vazifa va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki kommunikatsiya qilish, shu jumladan tiklash rejasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi bank boshqaruv organlari va masʼul xodimlarini xabardor qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi kommunikatsiya qilish, shu jumladan bank aksiyadorlari va investorlari, Markaziy bank va boshqa vakolatli organlar, bank omonatchilari va kreditorlari, bank-moliya tizimi ishtirokchilari va zarur hollarda jamoatchilik bilan oʻzaro kommunikatsiya qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor ishtirokchilarining ehtimoliy salbiy munosabatiga tezkor javob berish boʻyicha takliflar, shu jumladan bankning ishchanlik obroʻsi va xulq-atvori oʻzgarishi bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni kamaytirishga qaratilgan harakatlar tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunikatsiya qilish kanallari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Tiklash rejasi ushbu rejada nazarda tutilgan tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq kommunikatsiya tartibining tavsifini oʻz ichiga olishi lozim. Bunda bank har bir tiklash chora-tadbiri uchun zarur boʻlgan kommunikatsiya qilish boʻyicha harakatlar ketma-ketligini belgilashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Kommunikatsiya tartibi tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirish jarayonida axborotlarning maxfiyligini, izchilligini va muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan choralarni nazarda tutishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Tiklash rejasini amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tiklash rejasida tiklash chora-tadbirlarini optimal tarzda va samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tayyorgarlik choralari va ularni amalga oshirish tartibi aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tiklash rejasini amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik choralari tiklash chora-tadbirlarini samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Tiklash rejasida tayyorgarlik choralarini amalga oshirishning aniq muddatlari, yakunlashning maqsadli sanalari, mazkur rejani amalga oshirish uchun zarur resurslar va bu bilan bogʻliq xarajatlar hamda bankning tayyorgarlik choralarini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan bank boshqaruvi organlari va xodimlari belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Banklar guruhi uchun tiklash rejasining oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Banklar guruhi asosiy bankining tiklash rejasi banklar guruhiga oid maʼlumotlar bilan toʻldirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda banklar guruhi asosiy bankining tiklash rejasida banklar guruhining konsolidatsiyalashgan kapitalini, likvidliligini, aktivlar sifatini hamda moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan tiklash chora-tadbirlari aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Banklar guruhining asosiy banki tiklash rejasini amalga oshirishda asosiy bank va banklar guruhiga kiruvchi boshqa moliyaviy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan tiklash chora-tadbirlarining oʻzaro muvofiqligi va izchilligini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Banklar guruhining asosiy banki tiklash rejasini quyidagi maʼlumotlar bilan toʻldirishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruh darajasida masalalarni koʻrib chiqish tartibini belgilovchi boshqaruv mexanizmlari va tartib-taomillari, shu jumladan qarorlar qabul qilish va ularni ijro etish jarayoni, shuningdek asosiy bank va banklar guruhidagi boshqa moliyaviy institutlar oʻrtasidagi axborot almashinuvi tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy bank hamda banklar guruhidagi boshqa moliyaviy institutlar oʻrtasidagi moliyaviy, operatsion va huquqiy oʻzaro bogʻliqlikni baholashni oʻz ichiga olgan strategik tahlil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsolidatsiyalashgan asosda hisob-kitob qilinadigan tiklash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy bank hamda banklar guruhidagi boshqa moliyaviy institutlar darajasida amalga oshiriladigan tiklash chora-tadbirlari. Bunda banklar guruhining asosiy banki har bir tiklash chora-tadbirining taʼsirini konsolidatsiyalashgan tarzda hamda zarurat boʻlganda banklar guruhi asosiy banki va banklar guruhidagi boshqa moliyaviy institutlar uchun alohida tarzda baholashi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar guruhining konsolidatsiyalashgan kapitali, likvidliligi, aktivlar sifati hamda moliyaviy holatiga taʼsirini baholashni oʻz ichiga olgan banklar guruhi uchun tiklash ssenariylari va ularning tavsifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tiklash rejasini sinovdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Markaziy bank bankdan tiklash rejasini sinovdan oʻtkazishni va oʻtkazilgan sinov natijasida tayyorlangan hisobotni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Markaziy bank bankdan tiklash rejasini sinovdan oʻtkazishni talab qilgan taqdirda, bank tiklash rejasini sinovdan oʻtkazgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida sinov natijasida tayyorlangan va bank kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan hisobotni Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Tiklash rejasini sinovdan oʻtkazish jarayonida tiklash rejasini boshqarish, tiklash koʻrsatkichlari, tiklash chora-tadbirlari boʻyicha qarorlar qabul qilishga oid tartib-taomillar va tiklash rejasini amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik choralari hamda tiklash rejasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotning yetarliligi baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Tiklash rejasini sinovdan oʻtkazish natijalari tahlil qilinishi, bank kuzatuv kengashiga taqdim etilishi hamda tiklash rejasini yangilash uchun asos sifatida foydalanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tiklash rejalarini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Bank tiklash rejasini, shu jumladan yangilangan tiklash rejasini ushbu reja bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Markaziy bank tiklash rejasini mazkur reja bank tomonidan taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida koʻrib chiqadi. Bunda tiklash rejasining quyidagi mezonlarga muvofiqligi baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasida koʻrsatilgan chora-tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda, bankning moliyaviy mavqeyi saqlab qolinishi va (yoki) tiklanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy inqiroz sharoitida tiklash rejasida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni tez va samarali amalga oshirish, shuningdek bank va moliya tizimiga salbiy taʼsirlarni kamaytirish imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida qayd etilgan mezonlarga tiklash rejasining muvofiqligini baholash davomida quyidagilar ham tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasining toʻliqliligi, shu jumladan unda ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha maʼlumotlarning mavjudligi, ularning dolzarbligi hamda yetarli darajada batafsil bayon etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasining sifatliligi, shu jumladan rejaning aniq va tushunarli tilda bayon etilganligi, undagi tushunchalar va farazlarning aniqligi, taqdim etilgan maʼlumotlarning oʻzaro muvofiqligi hamda bankning tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi bilan oʻzaro izchilligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasining ishonchliligi, tiklash rejasida bankning stress vaziyatlarini tez va samarali bartaraf etishiga imkon beradigan yetarli va amalga oshirilishi mumkin boʻlgan tiklash chora-tadbirlarining nazarda tutilganligi, ularni amalga oshirish uchun real muddatlarning belgilanganligi, bankning tayyorgarlik darajasi hamda tiklash rejasini amalga oshirish yoʻlida ehtimoliy toʻsiqlarning aniqlanganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Tiklash rejasi mazkur Nizomning 64-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda Markaziy bank bankdan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasiga Markaziy bank tomonidan belgilangan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklash rejasidagi kamchiliklarni yoki uni amalga oshirish borasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan, oʻz faoliyatiga kiritiladigan oʻzgarishlarni bank tomonidan aniqlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankni qayta kapitallashtirish choralari oʻz vaqtida koʻrilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankni rivojlantirish strategiyasini qayta koʻrib chiqishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini oʻzgartirishni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur bandning beshinchi — sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan chora-tadbirlar, agar mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan chora-tadbirlar tiklash rejasining banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlamasa, qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning tiklash rejasidagi tiklash koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

Jami kapital buferlari (Konservatsion kapital buferi koeffitsiyenti + tizimli ahamiyatga molik banklar uchun kapital buferi koeffitsiyenti + kontrsiklik kapital buferi koeffitsiyenti)
Aktivlar rentabelligi (sof foydaning (zararning) jami aktivlarga nisbati)
2.
Kapital rentabelligi (sof foydaning (zararning) jami oʻz mablagʻlariga nisbati)
3.
Sof foizli daromadning foizli daromad keltiruvchi aktivlarga nisbati
4.
Sezilarli operatsion yoʻqotishlar (kapitalga nisbatan foizda)
5.
Xarajatlarning daromadga nisbati
5.Bozor koʻrsatkichlari
1.
Bankning kredit reytingi salbiy oʻzgarishi
2.
Aksiyalar narxining oʻzgarishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Mazkur ilovaning 1 va 2-boblarida keltirilgan tiklash koʻrsatkichlari boʻyicha meʼyorlar Markaziy bankning tegishli hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ilovaning 3, 4 va 5-boblarida keltirilgan tiklash koʻrsatkichlari boʻyicha meʼyorlar bankning risk-profili, faoliyatining koʻlami, murakkabligi va xususiyatlari hamda bankning risk-appetiti va ichki siyosatlaridan kelib chiqib banklar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**Chegaraviy qiymatlar (triggerlar) bankning risk-profili, faoliyatining koʻlami, murakkabligi va xususiyatlari hamda bankning risk-appetiti va ichki siyosatlaridan kelib chiqib, mazkur Nizomning 30-bandida belgilangan talabni inobatga olgan holda banklar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026 y., 10/26/3924/0840-son)