O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
Mikromoliya tashkiloti va bank faoliyatini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 1-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3656-1]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va 2026-yil 27-martdagi O‘RQ-1126-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/7-son qarori (ro‘yxat raqami 3656, 2025-yil 8-avgust) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 10/25/3656/0712-son) bilan tasdiqlangan Mikromoliya tashkiloti va bank faoliyatini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-iyul,
20/2-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 7-iyuldagi 20/2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mikromoliya tashkiloti va bank faoliyatini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom mikromoliya tashkilotlari va banklar (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatini o‘zgartirishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.”.
“1. Quyidagi kredit tashkilotlari o‘z faoliyatini o‘zgartirishi mumkin:
mikromoliya tashkiloti — mikromoliya banki faoliyatiga;
mikromoliya banki — bank faoliyatiga;
bank — mikromoliya banki faoliyatiga;
mikromoliya banki — mikromoliya tashkiloti faoliyatiga;
mikromoliya tashkiloti — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga;
faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga;
faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga;
faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki — mikromoliya tashkiloti faoliyatiga;
bank — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga.
2. Mazkur Nizomga muvofiq o‘z faoliyatini o‘zgartirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) murojaat etgan kredit tashkiloti ariza beruvchi hisoblanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq taqdim etilgan arizalarda ariza beruvchining elektron pochta manzilining ko‘rsatilishi uning qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnomani axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda olishga yoki elektron shaklda qo‘shimcha hujjat va axborotni so‘rab olinishiga bo‘lgan roziligidir.”.
3. 3-banddagi “16, 19, 21, 753 va 754-moddalarida” degan so‘zlar “16, 19, 20, 21, 753 va 754-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Kredit tashkilotining faoliyatini o‘zgartirish uchun ariza beruvchidan quyidagi miqdorlarda yig‘im va (yoki) davlat boji undiriladi:
mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yig‘im;
bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) deb yuritiladi) berilganligi uchun mikromoliya banki ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida davlat boji;
bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtirish uchun ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan yig‘im summasining yarmi.
Bunda mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan davlat boji va yig‘imlar berilgan yoki qayta rasmiylashtirilgan har bir litsenziya turi uchun alohida undiriladi.”.
5. 2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyati yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirish”.
6. 6 — 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Mikromoliya tashkiloti o‘z faoliyatini mikromoliya banki faoliyati yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirish uchun aksiyadorlik jamiyati tashkiliy-huquqiy shakliga ega bo‘lishi kerak.
7. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyati yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirish orqali mikromoliya bankini tashkil etish bank faoliyatiga ruxsat berish shartlariga asosan quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish;
bir vaqtning o‘zida bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) bergan holda mikromoliya bankini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
8. Mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi mikromoliya banki yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ikki nusxada ilova qilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi:
1) aksiyadorning (aksiyadorlarning) mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyati yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirish orqali mikromoliya bankini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori;
2) mikromoliya banki aksiyadori (aksiyadorlari) tomonidan tasdiqlangan mikromoliya banki ustavi;
3) Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun):
43-bandida ko‘rsatilgan hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan har bir bevosita va bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor to‘g‘risidagi axborot. Hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, bankning ustav kapitalida eng ko‘p ulushlarga ega bo‘lgan, umumiy ulushi kamida ellik foizni tashkil etadigan bevosita va bilvosita egalik qiluvchilar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi axborot;
107-bandi 2 — 10-kichik bandlarida ko‘rsatilgan mikromoliya bankining kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari to‘g‘risida hujjatlar;
2-ilovasiga muvofiq shaklda mikromoliya banki aksiyadorlarining ro‘yxati;
3-ilovasiga muvofiq mikromoliya banki faoliyatining strategiyasini, yo‘nalishlarini, ko‘lamini, moliyaviy istiqbollarini va boshqa ma’lumotlarni ko‘zda tutuvchi bankning keyingi uch yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi;
4) aksiyador bo‘lgan yuridik shaxsning auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlari;
5) mikromoliya bankining ustav kapitalini to‘ldirish uchun kiritiladigan mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborot;
6) mikromoliya bankining tashkiliy tuzilmasi;
7) mikromoliya bankining ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom loyihasi;
8) keyinchalik mikromoliya bankining kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan, mikromoliya bankining kredit (moliyalashtirish), investitsiya va emissiya siyosati loyihalarining, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat siyosati loyihalarining ko‘chirma nusxalari.”.
7. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
“81. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirish uchun ariza taqdim etilgan taqdirda, ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar ikki nusxada taqdim etiladi:
1) mikromoliya bankining islomiy moliya kengashi, islomiy moliya masalalari bo‘yicha maxsus bo‘linmasi va islomiy moliya bo‘yicha ichki auditi to‘g‘risidagi nizomlari loyihalari;
2) Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun):
204-bandida keltirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosati loyihasi;
107-bandi 2 — 10-kichik bandlarida ko‘rsatilgan, mikromoliya bankining islomiy moliya kengashi a’zolari to‘g‘risidagi hujjatlar.”.
8. 10-banddagi “mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida” degan so‘zlar “mazkur Nizomning 8-9-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 2-bobning 2-paragrafi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-§. Mikromoliya bankini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berish”.
10. 11-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Mikromoliya bankini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) olish uchun ariza beruvchi mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni ikki nusxada ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:”;
quyidagi mazmundagi 31 va 32-kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
“31) nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mikromoliya banki binolarida shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini;
32) agar ariza bir vaqtning o‘zida bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya va islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish uchun taqdim etilgan bo‘lsa:
mikromoliya bankining islomiy bank faoliyatiga mas’ul bo‘lgan rahbar xodimi haqida Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun) 107-bandi 2 — 10-kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni;
islomiy bank faoliyati doirasida amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha buxgalteriya hisobini alohida yuritish imkoniyati yaratilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni;”.
11. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Markaziy bank tomonidan mikromoliya bankini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida mazkur qarorni ilova qilgan holda, Markaziy bank mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyati yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirilayotganligi munosabati bilan mikromoliya tashkilotini Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida davlat xizmatlari markaziga iltimosnoma kiritadi.”.
12. 13-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirilganligi bilan bog‘liq o‘zgartirishlarni kiritadi;
ariza beruvchiga bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) beradi.”.
13. 3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-bob. Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o‘zgartirish”.
14. 14-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“berilgan bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtirish.”.
15. Quyidagi mazmundagi 141-band bilan to‘ldirilsin:
“141. O‘z faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o‘zgartirishga faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki haqli.”.
16. 15-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga o‘zgartirishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan faoliyatni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga o‘zgartirishga doir dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani taqdim etadi:”;
3-kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “43-bandi 1 — 4 va 6-kichik bandlarida ko‘rsatilgan” degan so‘zlar “43-bandida ko‘rsatilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-kichik band “kredit” degan so‘zdan keyin “(moliyalashtirish)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
17. Quyidagi mazmundagi 151-band bilan to‘ldirilsin:
“151. O‘z faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o‘zgartirish uchun faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki Markaziy bankka mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni taqdim etadi:
bankning islomiy moliya kengashi, islomiy moliya masalalari bo‘yicha maxsus bo‘linmasi va islomiy moliya bo‘yicha ichki auditi to‘g‘risidagi nizomlari loyihalari;
islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosati loyihasi;
bankning islomiy moliya kengashi a’zolari haqida Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun) 107-bandi 2 — 10-kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar.”.
18. 16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o‘zgartirishda uning ustav kapitalida chet el banki ishtirok etgan taqdirda mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:”.
19. 3-bobning 2-paragrafi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-§. Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga o‘zgartirish uchun unga berilgan bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtirish”.
20. 17-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga o‘zgartirish uchun unga berilgan bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o‘zgartirishga doir dastlabki ruxsatnomani olganidan keyin olti oydan kechiktirmay, Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:”;
5-kichik banddagi “mazkur Nizomning 15 va 16-bandlari” degan so‘zlar “mazkur Nizomning 15-16-bandlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Markaziy bank tomonidan mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o‘zgartirish uchun unga berilgan bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank Banklarning davlat reyestriga mikromoliya banki faoliyati bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyati faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi tegishli yozuvni kiritadi, shuningdek berilgan bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtiradi.”.
22. 4-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-bob. Bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirish”.
23. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirish bankka berilgan bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.”.
24. 20-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Bankka berilgan bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:”;
1-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) bank aksiyadorining (aksiyadorlarining) bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorini;”;
3-kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“107-bandi 2 — 10-kichik bandlarida ko‘rsatilgan mikromoliya bankining kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari, bankning islomiy moliya kengashi a’zolari — islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki uchun, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari to‘g‘risidagi hujjatlarni;”.
25. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Markaziy bank tomonidan bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank Banklarning davlat reyestriga bank faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyati faqat islomiy banki faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi tegishli yozuvni kiritadi, shuningdek berilgan bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) qayta rasmiylashtiradi.”.
26. 5-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-bob. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o‘zgartirish”.
27. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o‘zgartirishga mikromoliya banki yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki tomonidan jalb etilgan omonatlar (depozitlar) to‘liq qaytarilgandan va (yoki) omonatlarga (depozitlarga) kiritilgan pul mablag‘larini qaytarish bo‘yicha majburiyatlar boshqa bankka o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.”.
28. 23-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o‘zgartirish uchun ariza beruvchi mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida Markaziy bankka elektron platforma orqali quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:”.
29. 24-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o‘zgartirishda uning ustav fondida (ustav kapitalida) O‘zbekiston Respublikasining norezidenti ishtirok etganda, mazkur Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:”.
30. 25 — 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o‘zgartirish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
26. Markaziy bank tomonidan mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o‘zgartirishga rozilik berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank mikromoliya bankiga berilgan bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni) chaqirib oladi.
27. Mikromoliya banki mikromoliya bankining faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki islomiy mikromoliya bankining faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga o‘zgartirishga rozilik berish to‘g‘risidagi Markaziy bankning qarori asosida qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarni davlat xizmatlari markaziga taqdim etishi lozim.”.
31. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Kredit tashkilotlarining faoliyatini o‘zgartirishga doir nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2026 y., 10/26/3656-1/0815-son)