O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI VAZIRINING
BUYRUG‘I
SHNQ 2.08.06-23 “Ta’lim tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 411]
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.08.06-23 “Ta’lim tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 313, 2024-yil 16-noyabr) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-iyul,
01/2-26-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J. JABBOROV
2026-yil 22-iyun
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2026-yil 17-iyun
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E. KARIMOVA
2026-yil 11-iyun
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O. QUDRATOV
2026-yil 14-may
O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2026-yil 2-iyuldagi 01/2-26-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
SHNQ 2.08.06-23 “Ta’lim tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Muqaddimadagi “professional” degan so‘z “kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. 1-bandda:
yettinchi xatboshidagi “QMQ 2.01.08-19” degan so‘zlar “SHNQ 2.01.08-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “QMQ 2.01.18-18 “Binolar va inshootlar isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi me’yorlari”” degan so‘zlar “SHNQ 2.01.18-24 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi normalari”” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “SHNQ 2.03.10-19 “Tom va tom qoplamalar”” degan so‘zlar “SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalari”” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “SHNK 2.04.09-07 “Bino va inshootlarni yong‘indan avtomatlashtirish”” degan so‘zlar “SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yong‘in avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari”” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshidagi “SHNQ 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi bo‘lgan shaxsligi bo‘lgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”” degan so‘zlar “SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi bo‘lgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“SanQvaN 0102-25 “Turar joy obyektlarini loyihalashtirish va qurishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”;
SanQvaN 0020-22 “Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”.”.
3. 2-banddan beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. 1-jadvalning 2 va 5-pozitsiyalaridagi “professional” degan so‘z “kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5. 2-jadvalning 1 va 3-pozitsiyalaridagi “professional” degan so‘z “kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
6. 11-bandning birinchi xatboshisi, 12-bandning ikkinchi xatboshisi, 13-bandning birinchi, to‘qqizinchi va o‘n oltinchi xatboshilari, 15-bandning uchinchi xatboshisi hamda 16-banddagi “professional” degan so‘z “kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
7. 18-banddagi “SHNQ 2.07.02-22” degan so‘zlar “SHNQ 2.07.02-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 27-banddagi “QMQ 2.01.08-19” degan so‘zlar “SHNQ 2.01.08-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 28-bandning birinchi xatboshisidagi “QMQ 2.03.10-19” degan so‘zlar “SHNQ 2.03.10-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 29-banddagi “professional” degan so‘z “kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
11. 36-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kanalizatsiya” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 94-banddagi “SHNQ 2.07.02-22” degan so‘zlar “SHNQ 2.07.02-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13. 96-banddagi “SanQvaN 0092-99” va “QMQ 2.01.08-19” degan so‘zlar tegishli ravishda “SanQvaN 0102-25” hamda “SHNQ 2.01.08-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. 97-bandning birinchi xatboshisidagi “SanQvaN 0092-99” degan so‘zlar “SanQvaN 0102-25” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. 98-band, 99-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi, 117-bandning o‘ninchi xatboshisi hamda 9-jadvalning “Izoh” qismidagi “SHNQ 2.07.02-22” degan so‘zlar “SHNQ 2.07.02-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. 136-bandning oltinchi xatboshisidagi “SanQvaN 0292-11” va “SHNQ 2.07.02-22” degan so‘zlar tegishli ravishda “SanQvaN 0020-22” hamda “SHNQ 2.07.02-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17. 138-bandning beshinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.07.02-22” degan so‘zlar “SHNQ 2.07.02-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18. 7-bobning nomi, 143, 144-bandlar, 145-bandning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari, 146-bandning birinchi xatboshisi, 147-bandning birinchi xatboshisi, 157-bandning birinchi, uchinchi va to‘qqizinchi xatboshilari, 158-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari, 159-bandning birinchi va sakkizinchi xatboshilari, 160-band, 161-bandning birinchi xatboshisidagi “professional” degan so‘z “kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
19. 162-bandda:
birinchi xatboshidagi “kanalizatsiyani” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborishni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “kanalizatsiya” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20. 166-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “professional” degan so‘z “kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
21. 185-banddagi “SHNQ 2.04.09-07” degan so‘zlar “SHNQ 2.04.09-21” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22. 12-jadvalning 3-pozitsiyasidagi “Professional” degan so‘z “Kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
23. 190-bandning birinchi xatboshisidagi “professional” degan so‘z “kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
24. 202-bandning birinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.07.02-22” degan so‘zlar “SHNQ 2.07.02-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
25. 13-jadvalning “Izoh” qismidagi “professional” degan so‘z “kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
26. 218-banddagi “QMQ 2.01.08-19” degan so‘zlar “SHNQ 2.01.08-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
27. 226-band, 227-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilari hamda 231-banddagi “professional” degan so‘z “kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
28. 13-bobning 2-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
29. 234-bandda:
birinchi xatboshidagi “kanalizatsiya” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markazlashtirilgan oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi mavjud bo‘lgan aholi punktlarida quriladigan barcha turdagi ta’lim tashkilotlari binolarida ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlari nazarda tutilishi lozim.”.
30. 242-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“242. Markazlashtirilgan oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi mavjud bo‘lmagan hududlarda ichki suv ta’minoti tizimini tashkil etishda ichki oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi hamda mahalliy tozalash inshootlari nazarda tutilishi lozim.
Ichki oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi mavjud bo‘lmagan binolarda ichki suv ta’minoti tizimini qurishga yo‘l qo‘yilmaydi.”.
31. 243-bandda:
birinchi xatboshidagi “kanalizatsiyasi” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari hamda maktab-internatlar, boshlang‘ich kasbiy ta’lim tashkilotlarida (oshxona, shifokor xonasi, kimyo va biologiya xonalari uchun suv quvuri va o‘yiqqa tushiriladigan oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi qurilishi sharti bilan).”.
32. 254-bandning uchinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.07.02-22” degan so‘zlar “SHNQ 2.07.02-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
33. 255-bandning ikkinchi xatboshisidagi “QMQ 2.01.18-18” degan so‘zlar “SHNQ 2.01.18-24” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
34. 12-ilovaning nomidagi “professional” degan so‘z “kasbiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.