ILOVA
ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholashning asosiy koʻrsatkichlari va sub-koʻrsatkichlari* | Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar (maksimal 100 ball) | Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar |
1. | Suvdan foydalanishda suvning hisobi va hisobotini yuritish tartibiga rioya etmaslik | 25 | |
1.1. Suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmaganligi | 6 |
| |
1.2. Suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlangan suv olish joylarida suvning hisobi yuritilmaganligi | 10 |
| |
1.3. Oʻziga tegishli suv xoʻjaligi obyektlari va ulardagi inshootlarni texnik jihatdan soz holatda saqlanmaganligi, shuningdek, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etilmaganligi | 2 |
| |
1.4. Suvning kundalik hisobi jurnallari belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi | 3 |
| |
1.5. Yetkazib berilgan suv boʻyicha “Suv hisobi” axborot tizimi orqali ikki tomonlama tuziladigan elektron dalolatnoma suvdan foydalanuvchi tomonidan 10 kunlik muddatda koʻrib chiqilmaganligi hamda eʼtiroz boʻlmaganda tasdiqlanmaganligi | 3 |
| |
1.6. Olingan suvdan qanday maqsadlarda va qaysi konturda foydalanilayotganligi toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda suv yetkazib beruvchi tashkilotlarga maʼlumot taqdim etilmaganligi | 1 |
| |
2. | Suvdan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanish | 27 | |
2.1. Suv olish uchun buyurtmanoma berilmaganligi | 7 | ||
2.2. Suvdan foydalanish jadvali ishlab chiqilmaganligi va tegishli suv yetkazib beruvchi tashkilot bilan kelishilmaganligi | 1 | ||
2.3. Suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomasiz suvdan foydalanilganligi | 7 | ||
2.4. Suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma “Suv hisobi” axborot tizimida elektron shaklda tasdiqlanmaganligi | 4 | ||
2.5. Suv obyektlaridan ruxsatsiz yoki oʻzboshimchalik bilan suv olinganligi | 6 | ||
2.6. Suv yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan kelishilmagan holda, suv uzatilishini koʻpaytirish yoki kamaytirish maqsadida suv obyektlaridagi gidrotexnika inshootlarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishi, shuningdek ularga muvaqqat toʻsiqlarni, nasos stansiyalarini, nasoslarni, suvni koʻtaradigan va suv oladigan boshqa inshootlarning oʻrnatilganligi | 2 | ||
3. | Suvlardan nooqilona foydalanish | 20 | |
3.1. Belgilangan suv olish limitlariga rioya etilmaganligi | 7 | ||
3.2. Suvni tejash imkonini beradigan agrotexnika tadbirlari amalga oshirilmaganligi | 2 | ||
3.3. Sugʻorish uchun berilgan suvlar (oqizib yuborilishi texnologik jarayonda nazarda tutilmagan boʻlsa) kollektor-drenaj tarmogʻiga, suv obyektlariga va joy relefiga oqizib yuborilganligi | 5 | ||
3.4. Suv resurslaridan nooqilona foydalanilganligi | 5 | ||
3.5. Suvdan maqsadsiz foydalanilishga yoʻl qoʻyilganligi | 1 | ||
4. | Subsidiya olib joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan maqsadli va samarali foydalanmaslik | 15 | |
4.1. Subsidiya olib joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan besh yildan kam boʻlmagan muddatda maqsadli va samarali foydalanilmaganligi | 5 | ||
4.2. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan maydonga loyihada belgilangan ekindan boshqa ekin joylashtirilganda, ushbu ekinni sugʻorishda mavjud suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan toʻliq foydalanish imkoni boʻlmagan taqdirda, uning asosiy qismlaridan foydalanilmaganligi | 5 | ||
4.3. Subsidiya olib joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan yoki uning asosiy qismlaridan maqsadli va samarali foydalanmaslik holati tasdiqlanib, berilgan ogohlantirish xati boʻyicha subsidiya belgilangan tartibda ixtiyoriy qaytarilmaganligi | 1 | ||
4.4. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha subsidiyaning dastlabki 50 foizi toʻlab berilganidan soʻng ikki oy muddat ichida texnologiyalar oʻrnatib ishga tushirilmaganligi | 1 | ||
4.5. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari orqali yuritilmaganligi | 3 | ||
5. | Suvni va suv obyektlarini muhofaza qilish, suvning zararli taʼsirining oldini olish boʻyicha belgilangan majburiyat, tartib va rejimlarga rioya etmaslik | 13 | |
5.1. Boshqa suvdan foydalanuvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek suv xoʻjaligi obyektlariga va tabiiy resurslarga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyish | 2 | ||
5.2. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini, sohil boʻyi mintaqalarini va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya etilmaganligi | 5 | ||
5.3. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan avariyalar hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida oʻziga xizmat koʻrsatadigan suv yetkazib beruvchi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vaqtida xabardor qilinmaganligi | 2 | ||
5.4. Suvlarning ifloslanishi, bulgʻanishi va kamayib ketishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlariga suvlarning zararli taʼsirini bartaraf etish choralari koʻrilmaganligi | 2 | ||
5.5. Oqova suvlar suv obyektlariga va joy relyefiga oqiziladigan joylarning avtomatik ravishda monitoring qilish vositalari bilan jihozlanmaganligi | 2 | ||
Jami ballar yigʻindisi | 100 | ||