10.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3854
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 10.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3854
Kuchga kirish sanasi
01.01.2027
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslarini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3854]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 131-son “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3530, 2024-yil 12-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 10/24/3530/0506-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
362-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 362-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPTUAL ASOSLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslari (bundan buyon matnda Konseptual asos deb yuritiladi) mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar (bundan Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar va budjet tashkilotlari mustasno) (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tomonidan tuziladigan va taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning maqsadini ifodalaydi hamda moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning asosiy tamoyillarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Konseptual asosning maqsadi va maqomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Konseptual asosning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — izchil konsepsiyalarga asoslangan Moliyaviy hisobotning milliy standartlarini (bundan buyon matnda MHMS deb yuritiladi) ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga — muayyan operatsiya yoki boshqa hodisaga nisbatan qoʻllanadigan standart mavjud boʻlmaganda yoki muayyan standartda hisob usullaridan birini hisob siyosatida tanlashga ruxsat berilgan taqdirda izchil hisob siyosatini ishlab chiqishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa foydalanuvchilarga — MHMSni tushunish, sharhlash va tahlil qilishda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konseptual asos MHMS hisoblanmaydi va undagi qoidalar buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning alohida bir standartidan yoki standart talabidan ustuvor hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Konseptual asos va MHMS oʻrtasida ziddiyatlar yuzaga kelganda MHMS talablari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni ishlab chiqishda mazkur Konseptual asosdan foydalanadi hamda Konseptual asos bilan MHMS oʻrtasida ziddiyatlar yuzaga kelsa, ushbu ziddiyatlarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllash amaliyotidan kelib chiqib, ushbu Konseptual asosni qayta koʻrib chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobot mavjud va potensial investorlar, qarz beruvchilar va boshqa kreditorlarga hisobot beruvchi tashkilot toʻgʻrisida mazkur tashkilotni resurslar bilan taʼminlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishda foydali boʻladigan moliyaviy maʼlumotni taqdim etishga qaratilgan boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Konseptual asosning 5-bandida nazarda tutilgan maʼlumot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning iqtisodiy resurslari, ushbu tashkilotga nisbatan talab qilish huquqlari hamda mazkur resurslar va talab qilish huquqlaridagi oʻzgarishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot rahbariyati va boshqaruv organi tomonidan tashkilotning iqtisodiy resurslaridan foydalanish boʻyicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarning qay darajada oqilona va samarali bajarilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Moliyaviy hisobot iqtisodiy hodisalarni aks ettirishda koʻp hollarda baholashlar, mulohazalar va modellarga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konseptual asos bunday baholashlar, mulohazalar va modellar negizidagi tamoyillarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar mazkur Konseptual asosning asosiy jihatlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy hisobotning maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy hisobotning sifat tavsiflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot beruvchi tashkilot tushunchasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy hisobotlarning elementlarini taʼriflash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy hisobotlarning elementlarini tan olish (bundan buyon matnda tan olish deb yuritiladi), baholash, hisobdan chiqarish, taqdim etish hamda maʼlumotlarni yoritib berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotning iqtisodiy resurslari va ushbu tashkilotga nisbatan talab qilish huquqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotdan iborat boʻlgan hisobot beruvchi tashkilotning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotning iqtisodiy resurslari va ushbu tashkilotga nisbatan talab qilish huquqlarini oʻzgartiradigan operatsiyalar va boshqa hodisalarning taʼsirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar foydalanuvchilar tomonidan tashkilotning kelgusi sof pul oqimlarining summasi, muddati va noaniqligi boʻyicha oʻz baholariga asoslangan holda qarorlar qabul qilish va kutilmalarni shakllantirishda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotning rahbariyati tomonidan ushbu tashkilotning iqtisodiy resurslaridan foydalanish boʻyicha oʻz masʼuliyati qay darajada oqilona va samarali bajarilganligini koʻrsatadi. Bu esa oʻz navbatida foydalanuvchilarga mazkur resurslarni masʼuliyatli boshqarish boʻyicha hisobot beruvchi tashkilotning rahbariyati faoliyatini baholashga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Foydali moliyaviy maʼlumotning sifat tavsiflari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Moliyaviy maʼlumot foydali boʻlishi uchun oʻrinli boʻlishi hamda oʻzi aks ettirishi lozim boʻlgan maʼlumotni haqqoniy (ishonchli) taqdim etishi lozim. Moliyaviy maʼlumotning qiyoslanuvchanligi, tekshiriluvchanligi, oʻz vaqtida taqdim etilganligi hamda tushunarliligi uning foydaliligini oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fundamental sifat tavsiflari oʻrinlilik va haqqoniy (ishonchli) taqdim etishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qiyoslanuvchanlik, tekshiriluvchanlik, oʻz vaqtida taqdim etish va tushunarlilik oʻrinli va haqqoniy (ishonchli) taqdim etishni taʼminlaydigan hamda maʼlumotning foydaliligini oshiradigan sifat tavsiflari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan bir operatsiyani taqdim etishning ikki xil usuli mavjud boʻlsa hamda har ikki usul ham operatsiya boʻyicha maʼlumotni oʻrinli va haqqoniy (ishonchli) taqdim qilsa, maʼlumotning foydaliligini oshiradigan sifat tavsiflari bunday operatsiyani ikki xil usuldan qay biri orqali aks ettirish lozimligini aniqlashga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maʼlumotning foydaliligini oshiradigan sifat tavsiflari imkon qadar toʻliq qoʻllanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar maʼlumot oʻrinli boʻlmasa yoki oʻzi aks ettirishi lozim boʻlgan maʼlumotni haqqoniy taqdim etmasa, maʼlumotning foydaliligini oshiradigan sifat tavsiflari alohida yoki guruh sifatida maʼlumotni foydali qila olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-§. Oʻrinlilik

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻrinli moliyaviy maʼlumot foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga taʼsir koʻrsata oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar moliyaviy maʼlumot prognoz qiymati yoki tasdiqlash qiymati yoxud har ikkisiga ega boʻlsa, u qarorlarga ahamiyatli taʼsir koʻrsata oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar foydalanuvchilar tomonidan moliyaviy maʼlumotdan kelgusi natijalarni prognoz qilish uchun foydalanish mumkin boʻlsa, u prognoz qiymatiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar moliyaviy maʼlumot ilgari amalga oshirilgan baholashlar toʻgʻrisida mulohaza qilish (ularni tasdiqlash yoki oʻzgartirish) imkonini bersa, u tasdiqlash qiymatiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agar moliyaviy maʼlumotni tushirib qoldirish, notoʻgʻri koʻrsatish yoki yetarli darajada ochiqlamaslik (yashirish) umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlarning asosiy foydalanuvchilari tomonidan muayyan hisobot beruvchi tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan taʼminlaydigan moliyaviy hisobot asosida qabul qilinadigan qarorlarga sezilarli tarzda taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, bunday maʼlumot muhim hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, muhimlik maʼlum bir tashkilotning hisoboti kontekstidagi maʼlumot taalluqli boʻlgan moddalarning tavsifi yoki qiymati yoxud har ikkisidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan oʻrinlilikning tashkilotga xos boʻlgan jihati hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Haqqoniy (ishonchli) taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Moliyaviy maʼlumot foydali boʻlishi uchun oʻrinli iqtisodiy hodisalarni namoyon qilishdan tashqari oʻzi aks ettirishi lozim boʻlgan iqtisodiy hodisalarning mohiyatini toʻgʻri va haqqoniy (ishonchli) taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy hodisaning mohiyati va uning huquqiy shakli bir xil boʻladi. Agar ular farq qilsa, faqat huquqiy shakli toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etish iqtisodiy hodisani haqqoniy (ishonchli) taqdim etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Moliyaviy maʼlumotni haqqoniy (ishonchli) taqdim etishni taʼminlash maqsadida mazkur maʼlumot toʻliq, betaraf va xatolardan xoli tarzda aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Toʻliq aks ettirish foydalanuvchining aks ettirilayotgan iqtisodiy hodisani, shu jumladan barcha izohlar (tushuntirishlar) va tavsiflarni tushunishi uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotni oʻz ichiga olish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Betaraf aks ettirish moliyaviy maʼlumotni tanlash yoki taqdim etishda noxolislik boʻlmasligini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Betaraflik ehtiyotkorlik (“prudence”) bilan mustahkamlanadi. Ehtiyotkorlik noaniq sharoitlarda mulohazalardan foydalanishda ehtiyotkor boʻlishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ehtiyotkorlikni qoʻllash aktivlar va daromadlarni oshirib koʻrsatmaslik hamda majburiyatlar va xarajatlarni kamaytirib koʻrsatmaslikni anglatadi. Ehtiyotkorlikni qoʻllash orqali aktivlar yoki daromadlarning kamaytirilishiga yoxud majburiyatlar yoki xarajatlarning oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan notoʻgʻri aks ettirishlar kelgusi davrlarda daromadlar yoki xarajatlarning oshirib yoki kamaytirib koʻrsatilishiga olib kelishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xatolardan xoli boʻlish iqtisodiy hodisaning tavsifida xatolar yoki maʼlumotning tushirib qoldirilishi mavjud emasligini hamda taqdim etilgan maʼlumotni olish uchun foydalanilgan jarayon xatosiz tanlangani va qoʻllanganini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Qiyoslanuvchanlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Moliyaviy maʼlumot foydali va mazmunli boʻlishi uchun hisobot beruvchi tashkilotning bir hisobot davridagi maʼlumoti boshqa hisobot davridagi maʼlumoti bilan yoki boshqa tashkilotning shu kabi maʼlumoti bilan qiyoslanadigan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qiyoslanuvchanlik foydalanuvchilarga moddalar oʻrtasidagi oʻxshash va farqli jihatlarni aniqlash hamda tushunish imkonini beradigan sifat tavsifi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izchillik aynan bir xil moddalarga nisbatan bitta tashkilot doirasida turli davrlarda yoki turli tashkilotlarga nisbatan bir davrda aynan bir xil usullardan foydalanishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir xil iqtisodiy hodisaga muqobil hisobga olish usullari qoʻllangan taqdirda qiyoslanuvchanlik kamayadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Tekshiriluvchanlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tekshiriluvchanlik maʼlumot oʻzi aks ettirishi lozim boʻlgan iqtisodiy hodisani haqqoniy (ishonchli) taqdim etishiga foydalanuvchilarni ishontirishga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar biror maʼlumotdan xabardor shaxslar hamda ushbu maʼlumot boʻyicha turli mustaqil kuzatuvchilar aniq kelishuvga kela olmasa, biroq ushbu maʼlumot tekshiriluvchan boʻlsa, ular maʼlumotning haqqoniy (ishonchli) ekanligi boʻyicha umumiy fikrga kela oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Miqdoriy maʼlumot tekshiriluvchan boʻlishi uchun yagona mumkin boʻlgan hisob bahosini namoyon etishi shart emas. Mumkin boʻlgan qiymatlar koʻlami va ular bilan bogʻliq ehtimolliklar ham tekshiriluvchan boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Oʻz vaqtida taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻz vaqtida taqdim etish qaror qabul qiluvchi shaxslar ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga taʼsir koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlgan paytda maʼlumotga ega boʻlishini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotning foydaliligi, qoida tariqasida, uning muddati oʻtgan sari kamayib boradi. Ayrim maʼlumotlar muayyan foydalanuvchilar uchun trendlarni aniqlash va baholash maqsadida hisobot davri yakunlangandan keyin ham uzoq vaqt davomida oʻz vaqtida taqdim etilgan deb hisoblanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Tushunarlilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Maʼlumotlar tushunarli boʻlishi uchun ular tasniflangan, tizimlashtirilgan hamda aniq va qisqa taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

4-bob. Moliyaviy hisobotlar va hisobot beruvchi tashkilot

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi va tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi hisobot beruvchi tashkilotning iqtisodiy resurslarini masʼuliyatli boshqarish boʻyicha ushbu tashkilot rahbariyatining faoliyatini hamda hisobot beruvchi tashkilotning kelgusidagi sof pul mablagʻlari kirimining ehtimolini baholashda moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun foydali boʻladigan hisobot beruvchi tashkilotning aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi moliyaviy maʼlumotni taqdim etishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Konseptual asosning 27-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar quyidagilar orqali taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital tan olinadigan moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) daromadlar va xarajatlar tan olinadigan moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot(lar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumot taqdim etiladigan va yoritib beriladigan hisobotlar va izohlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tan olingan aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar va xarajatlar, shu jumladan ularning tavsifi va ushbu tan olingan aktivlar va majburiyatlar asosida yuzaga keladigan risklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tan olinmagan aktivlar va majburiyatlar, shu jumladan ularning tavsifi va ular asosida yuzaga keladigan risklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul oqimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning xususiy kapitaliga nisbatan talab qilish huquqlari egalarining badallari va ushbu shaxslarga taqsimotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan yoki yoritib berilgan summalarni baholashda foydalanilgan usullar, farazlar va mulohazalar, shuningdek ushbu usullar, farazlar va mulohazalardagi oʻzgarishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Moliyaviy hisobotlar mavjud yoki potensial investorlar, qarz beruvchilar yoxud boshqa kreditorlarning nuqtayi nazaridan emas, umumiy holatdagi hisobot beruvchi tashkilotning nuqtayi nazaridan koʻrib chiqiladigan operatsiyalar va boshqa hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Hisobot davri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Moliyaviy hisobotlar muayyan vaqt davriga (hisobot davriga) nisbatan tayyorlanadi va quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrining oxirgi sanasida yoki hisobot davri mobaynida mavjud boʻlgan aktivlar va majburiyatlar, shu jumladan, tan olinmagan aktivlar va majburiyatlar hamda xususiy kapital toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davri uchun daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga ulardagi oʻzgarishlar va trendlarni aniqlash va baholashga yordam berish maqsadida kamida bitta oldingi davr uchun qiyosiy maʼlumotni taqdim etadi, bundan MHMSni birinchi marta qoʻllash uchun boshqacha tartib talab etilgan yoki ruxsat berilgan holatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kelgusi operatsiyalar va boshqa kelgusi hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumot (prognoz maʼlumot) quyidagi shartlar asosida moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot beruvchi tashkilotning hisobot davri oxiridagi yoki hisobot davri mobaynidagi aktivlari va majburiyatlari, shu jumladan, tan olinmagan aktiv va majburiyatlari yoki hisobot davriga oid daromadlari va xarajatlari, shuningdek xususiy kapitaliga doir maʼlumotga tegishli boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun foydali boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilot rahbariyatining ushbu tashkilotga nisbatan kutilmalari va strategiyasi toʻgʻrisidagi tushuntirish materiallari kabi boshqa turdagi prognoz maʼlumotlarni oʻz ichiga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Faoliyatning uzluksizligi farazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, hisobot beruvchi tashkilot oʻz faoliyatini uzluksiz amalga oshirishi va yaqin kelajakda uni amalga oshirishda davom ettirishi toʻgʻrisidagi faraz asosida tayyorlanadi. Bunda, hisobot beruvchi tashkilotning oʻz faoliyatini tugatish yoki oʻzining tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatish niyati va zarurati mavjud emasligi faraz qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda tashkilotning oʻz faoliyatini tugatish yoki oʻzining tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatish niyati yoki zarurati mavjud boʻlsa, moliyaviy hisobotlarni faoliyatning uzluksizligi farazidan boshqa asosda tayyorlash talab qilinishi mumkin. Bunda, moliyaviy hisobotlarda foydalanilgan asos tavsiflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Hisobot beruvchi tashkilot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Hisobot beruvchi tashkilot — bu moliyaviy hisobotlarni tayyorlashi shart boʻlgan yoki uni tayyorlash toʻgʻrisida mustaqil qaror qabul qiladigan tashkilot. Hisobot beruvchi tashkilot bitta tashkilotni yoki bir nechta tashkilotlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Bitta tashkilot (bosh tashkilot) boshqa tashkilot (shuʼba tashkilot) ustidan nazoratga ega boʻlishi mumkin. Agar hisobot beruvchi tashkilot bosh tashkilotni hamda uning shuʼba tashkilotini oʻz ichiga olsa, ushbu hisobot beruvchi tashkilotning moliyaviy hisobotlari konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hisobot beruvchi tashkilot faqat bosh tashkilotning oʻzidan iborat boʻlsa, ushbu hisobot beruvchi tashkilotning moliyaviy hisobotlari konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobot boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Agar hisobot beruvchi tashkilot “bosh tashkilot-shuʼba tashkilot” munosabatlari bilan bogʻlanmagan ikki yoki undan ortiq tashkilotlarni oʻz ichiga olsa, hisobot beruvchi tashkilotning ushbu moliyaviy hisobotlari kombinatsiyalashgan moliyaviy hisobot boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Konsolidatsiyalashgan va konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar yagona hisobot beruvchi tashkilot sifatida bosh tashkilot va uning shuʼba tashkilotlarining aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etadi. Mazkur maʼlumot bosh tashkilotning mavjud va potensial investorlari, qarz beruvchilari va boshqa kreditorlari uchun bosh tashkilotga kelgusidagi sof pul mablagʻlari kirimining ehtimolini baholashda foydali hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar muayyan shuʼba tashkilotning aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida alohida maʼlumot taqdim etish uchun moʻljallanmagan. Shuʼba tashkilotning moliyaviy hisobotlari bunday maʼlumotni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Bosh tashkilotning konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobotlari faqat bosh tashkilotning aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish uchun moʻljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobotlarda taqdim etiladigan maʼlumot, qoida tariqasida, bosh tashkilotning mavjud va potensial investorlari, qarz beruvchilari va boshqa kreditorlarining maʼlumotga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmaydi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish talab etiladigan hollarda konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobot konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning oʻrnini bosa olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh tashkilotdan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarga qoʻshimcha ravishda konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash talab etilishi yoki bosh tashkilot ularni oʻz ixtiyoriga koʻra tayyorlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Moliyaviy hisobotlarning elementlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy natijalarni va boshqa xoʻjalik operatsiyalarini “moliyaviy hisobotlarning elementlari” deb nomlanuvchi iqtisodiy tavsiflarga muvofiq alohida moddalarga guruhlab aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobot beruvchi tashkilotning moliyaviy holatini aniqlash bilan bogʻliq elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlar hisobot beruvchi tashkilot faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bogʻliq elementlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Aktivlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Aktivlar — tashkilot tomonidan oldingi hodisalar natijasida nazorat qilinadigan mavjud iqtisodiy resurs. Iqtisodiy resurs bu iqtisodiy naflar yaratish potensialiga ega boʻlgan huquq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Iqtisodiy naflar yaratish potensialiga ega huquqlar turli shakllarga ega boʻlishi mumkin, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotga nisbatan boshqa tomonning majburiyatiga muvofiq keladigan huquqlar. Bunga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarini olish huquqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar yoki xizmatlarni olish huquqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy resurslarni boshqa tomon bilan manfaatli shartlarda ayirboshlash huquqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tomonning iqtisodiy resursni oʻtkazish majburiyatidan kelib chiqadigan muayyan kelgusi hodisa roʻy bergan taqdirda olinadigan nafga boʻlgan huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotga nisbatan boshqa tomonning majburiyatiga muvofiq kelmaydigan huquqlar. Bunga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy vositalarning obyektlari yoki zaxiralar kabi jismoniy obyektlarga boʻlgan huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulkdan foydalanish huquqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Iqtisodiy naflar yaratish potensialiga ega aksariyat huquqlar shartnoma shartlari, qonunchilik talablari yoki shularga oʻxshash vositalar orqali yuzaga keladi. Masalan, tashkilot jismoniy obyektga egalik qilish yoki uni ijaraga olish, qarz instrumenti yoki ulushli instrumentga egalik qilish yoxud roʻyxatdan oʻtkazilgan patentga egalik qilish orqali iqtisodiy naflar yaratish potensialiga ega huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot quyidagi usullar orqali ham iqtisodiy naflar yaratish potensialiga ega huquqlarga ega boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omma uchun ochiq boʻlmagan nou-xauni sotib olish yoki yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot beruvchi tashkilotga nisbatan boshqa tomonning odatiy amaliyoti, eʼlon qilingan siyosati yoki aniq bayonotlariga zid ravishda harakat qilish uchun amaliy imkoniyat mavjud boʻlmagan holatda boshqa tomonda yuzaga keladigan majburiyat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ayrim tovarlar yoki xizmatlar bir paytda olinadi va isteʼmol qilinadi. Bunda, tashkilotning bunday tovarlar yoki xizmatlar bilan bogʻliq iqtisodiy naflarni olishga boʻlgan huquqi tashkilot tomonidan ushbu tovarlar yoki xizmatlarni isteʼmol qilish paytiga qadar qisqa muddat mobaynida mavjud boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tashkilotning iqtisodiy naflar yaratish potensialiga ega barcha huquqlari ham ushbu tashkilotning aktivlari hisoblanmaydi. Bunday huquqlar tashkilotning aktivlari hisoblanishi uchun quyidagi ikkita shartga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqlar barcha boshqa tomonlar uchun mavjud iqtisodiy naflar keltirishidan tashqari tashkilot uchun iqtisodiy naflar keltirish potensialiga ega boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot tomonidan nazorat qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahamiyatli sarflarsiz barcha tomonlar foydalanishi uchun mavjud iqtisodiy naflar yaratish potensialiga ega huquqlar (masalan, hamma foydalanishi mumkin boʻlgan yoʻl yoki nou-xaudan foydalanish huquqi) ularga ega boʻlgan tashkilot uchun aktivlar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Iqtisodiy resurs tashkilotga huquqlar berish yoki quyidagi harakatlardan bittasi yoki bir nechtasini amalga oshirish imkoniyatini taʼminlash hisobiga tashkilot uchun iqtisodiy naflar yaratishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shartnomaviy pul oqimlarini yoki boshqa iqtisodiy resursni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hisobot beruvchi tashkilotga nisbatan boshqa tomon bilan foydali shartlarda iqtisodiy resurslarni ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagilar orqali pul mablagʻlarining kirimini taʼminlash yoki pul mablagʻlarining chiqimini oldini olish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur iqtisodiy resursdan alohida tarzda yoki boshqa iqtisodiy resurslar bilan birgalikda tovarlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur iqtisodiy resursdan boshqa iqtisodiy resurslar qiymatini oshirish uchun foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur iqtisodiy resursni boshqa tomonga ijaraga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) mazkur iqtisodiy resursni sotish natijasida pul mablagʻlarini yoki boshqa iqtisodiy resurslarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) mazkur iqtisodiy resursni oʻtkazish yoʻli bilan majburiyatni soʻndirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Mazkur Konseptual asosning 46-bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq nazorat iqtisodiy resursni tashkilot bilan bogʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazoratning mavjudligini baholash tashkilot tomonidan hisobga olinishi lozim boʻlgan iqtisodiy resursni identifikatsiyalashga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Agar tashkilot iqtisodiy resursdan foydalanish usulini boshqarish va iqtisodiy resurs keltirishi mumkin boʻlgan iqtisodiy naflarni olish boʻyicha joriy imkoniyatga ega boʻlsa, tashkilot iqtisodiy resursni nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat tashkilotga nisbatan boshqa tomonlarning iqtisodiy resursdan foydalanish usulini boshqarishi va ushbu iqtisodiy resursdan iqtisodiy naflar olishiga toʻsqinlik qilish boʻyicha joriy imkoniyatni oʻz ichiga oladi. Agar bir tomon iqtisodiy resursni nazorat qilsa, hech qanday boshqa tomon uni nazorat qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Agar tashkilot iqtisodiy resursdan oʻz faoliyatida foydalanish yoki boshqa tomonga iqtisodiy resursdan oʻz faoliyatida foydalanishga ruxsat berish huquqiga ega boʻlsa, tashkilot iqtisodiy resursdan foydalanish usulini boshqarish boʻyicha joriy imkoniyatga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Majburiyatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Majburiyatlar — tashkilotning oldingi hodisalar natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy resursni oʻtkazish boʻyicha mavjud javobgarligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Majburiyat mavjud boʻlishi uchun quyidagi uchta mezonlarning barchasi bajarilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotda javobgarlik mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur javobgarlik iqtisodiy resursni oʻtkazishdan iborat boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur javobgarlik oldingi hodisalar natijasida yuzaga kelgan boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Javobgarlik tashkilot uni oldini olishga amaliy imkoniyati boʻlmagan burch (masʼuliyat) hisoblanadi hamda har doim boshqa tomon(lar) oldida yuzaga keladi. Bunda, boshqa tomon(lar) jismoniy shaxs, tashkilot, jismoniy shaxslar (tashkilotlar) guruhi yoki jamiyat boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgarlik qaysi tomon(lar)ning oldida yuzaga kelganligini aniq bilish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Aksariyat javobgarliklar shartnoma, qonunchilik talablari yoki shularga oʻxshash vositalarning mavjudligi tufayli yuzaga keladi hamda tashkilotning javobgarligi boʻyicha manfaatdor tomon(lar) yuridik jihatdan himoyalangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashkilotda shakllangan doimiy amaliyot, eʼlon qilingan siyosat yoki aniq bayonotlarga nomuvofiq harakat qilishning amaliy imkoniyati mavjud boʻlmasa, tashkilotning bunday doimiy amaliyoti, eʼlon qilingan siyosati yoki aniq bayonotlari tufayli ham javobgarliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda yuzaga keladigan javobgarlik konstruktiv javobgarlik hisoblanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Iqtisodiy resursni oʻtkazish javobgarligi mezoniga javob berish uchun javobgarlik tashkilotdan iqtisodiy resursni boshqa tomon(lar)ga oʻtkazishni talab qilish potensialiga ega boʻlishi lozim. Bunday potensial mavjud boʻlishi uchun tashkilotdan iqtisodiy resursni oʻtkazish talab etilishi aniq yoki yuqori ehtimolli boʻlishi shart emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy resursni oʻtkazish faqat kelgusida yuz berishi noaniq boʻlgan muayyan hodisa sodir boʻlgan taqdirda talab etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Iqtisodiy resursni oʻtkazish javobgarliklariga quyidagilar misol boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarini toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni oʻtkazish yoki xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy resurslarni boshqa tomon bilan foydali boʻlmagan shartlarda ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy resursni muayyan noaniq kelgusi hodisa roʻy bergan taqdirda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar moliyaviy instrument tashkilotga iqtisodiy resursni oʻtkazish majburiyatini yuklasa, bunday moliyaviy instrumentni chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Iqtisodiy resursni uni olish huquqiga ega boʻlgan tomonga oʻtkazish javobgarligini bajarish oʻrniga tashkilot quyidagi qaror(lar)ni qabul qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
javobgarlikni undan ozod qilish toʻgʻrisida muzokaralar olib borish yoʻli bilan soʻndirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
javobgarlikni uchinchi tomonga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy resursni oʻtkazish boʻyicha javobgarlikni yangi bitim tuzish yoʻli bilan boshqa javobgarlikka almashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Agar tashkilot tomonidan iqtisodiy naflar olinganligi yoki boshqa harakat amalga oshirilganligi natijasida tashkilot iqtisodiy resursni oʻtkazsa yoki oʻtkazishiga toʻgʻri kelsa, mavjud javobgarlik oldingi hodisalar natijasida yuzaga kelgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Olingan iqtisodiy naflarga tovarlar yoki xizmatlarni kiritish mumkin. Bajarilgan harakat tadbirkorlik faoliyatining muayyan turini amalga oshirish yoki muayyan bozorda operatsiyalarni amalga oshirishni oʻz ichiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar iqtisodiy naflarni olish yoki harakatlarni bajarish muayyan vaqt mobaynida roʻy bersa, mavjud javobgarlik ushbu vaqt davomida shakllanishi (jamgʻarilishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Aktiv va majburiyatga nisbatan hisob birligi hamda ijro etiladigan shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Hisob birligi tan olish mezonlari va baholash tamoyillari qoʻllanadigan huquq yoki huquqlar guruhi, javobgarlik yoki javobgarliklar guruhi yoxud huquqlar va javobgarliklar guruhidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Aktiv yoki majburiyatga nisbatan hisob birligini tanlash ushbu aktiv yoki majburiyatga hamda ularga bogʻliq daromadlar va xarajatlarga nisbatan tan olish mezonlari va baholash tamoyillari qay tarzda qoʻllanishini koʻrib chiqishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tan olish maqsadlarida bir hisob birligini va baholash maqsadlarida boshqa hisob birligini tanlash ham maqsadga muvofiq boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Ijro etiladigan shartnoma tomonlarning hech biri shartnomada belgilangan javobgarliklarni bajarmagan yoki ikkala tomon ham oʻz javobgarliklarini teng tarzda qisman bajargan shartnoma yoki shartnomaning bir qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Ijro etiladigan shartnoma iqtisodiy resurslarni ayirboshlash boʻyicha jamlangan huquq va javobgarlikni belgilaydi. Ushbu jamlangan huquq va javobgarlik yagona aktiv yoki majburiyatni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ayirboshlash shartlari hozirgi vaqtda foydali hisoblansa, tashkilot aktivga ega, ayirboshlash shartlari hozirgi vaqtda foydali hisoblanmasa, tashkilot majburiyatga ega boʻladi. Bunday aktiv yoki majburiyatni moliyaviy hisobotlarga kiritish mazkur aktiv yoki majburiyat uchun tanlangan tan olish mezonlari va baholash asoslariga, shu jumladan, agar qoʻllash mumkin boʻlsa, shartnomaning zarar keltiruvchanligini tekshirishga bogʻliq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Xususiy kapital
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Xususiy kapital tashkilotning barcha majburiyatlari chegirilgandan keyin uning aktivlaridagi qoldiq ulush hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Tashkilotning xususiy kapitaliga nisbatan talab qilish huquqlari tashkilotning barcha majburiyatlari chegirilgandan keyin uning aktivlaridagi qoldiq ulushga nisbatan talab qilish huquqlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotning xususiy kapitaliga nisbatan talab qilish huquqlari majburiyat taʼrifiga javob bermaydigan tashkilotga nisbatan talab qilish huquqlaridir. Bunday talab qilish huquqlari shartnoma, qonunchilik talablari yoki shularga oʻxshash vositalar asosida yuzaga kelishi mumkin hamda majburiyat taʼrifiga javob bermaydigan darajada quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot tomonidan chiqarilgan turli xil aksiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning xususiy kapitaliga nisbatan boshqa talab qilish huquqini chiqarish boʻyicha ayrim javobgarliklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Tashkilotning xususiy kapitaliga nisbatan talab qilish huquqlarining turli sinflari (oddiy aksiya, imtiyozli aksiya va boshqalar) ularning egalariga turli huquqlarni, shu jumladan tashkilotdan quyidagilarning barchasi yoki bir qismini olish huquqini taqdim etishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dividendlar, agar tashkilot muayyan shartlarga javob beradigan egalarga dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning xususiy kapitaliga nisbatan talab qilish huquqlarini realizatsiya qilishdan tashkilot tugatilganda toʻliq miqdorda yoxud boshqa hodisalar munosabati bilan qisman pul mablagʻlari kirimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning xususiy kapitaliga nisbatan boshqa talab qilish huquqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Daromadlar va xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Daromadlar xususiy kapitalga nisbatan talab qilish huquqlari egalarining badallari bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda xususiy kapitalning oshishiga olib keladigan aktivlarning oshishi yoki majburiyatlarning kamayishidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Xarajatlar xususiy kapitalga nisbatan talab qilish huquqlari egalariga taqsimotlar bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda xususiy kapitalning kamayishiga olib keladigan aktivlarning kamayishi yoki majburiyatlarning oshishidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Mazkur Konseptual asosning 67 va 68-bandlarida keltirilgan daromadlar va xarajatlarning taʼriflariga asosan xususiy kapitalga nisbatan talab qilish huquqlari egalarining badallari daromadlar hamda xususiy kapitalga nisbatan talab qilish huquqlari egalariga taqsimotlar xarajatlar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Daromadlar va xarajatlar tashkilot faoliyatining moliyaviy natijalari bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy hisobotlar elementlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Turli operatsiyalar va boshqa hodisalar turli tavsiflarga ega daromadlar va xarajatlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Bunda, turli tavsiflarga ega daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisida maʼlumotni alohida taqdim etish moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga tashkilot faoliyatining moliyaviy natijalarini tushunishga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Moliyaviy hisobotlar elementlarini tan olish va hisobdan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Tan olish jarayoni va mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Tan olish moliyaviy hisobotlar elementlaridan birining (aktiv, majburiyat, xususiy kapital, daromadlar yoki xarajatlar) taʼrifini qanoatlantiradigan moddani moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot yoki moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot(lar)ga kiritish uchun identifikatsiyalash jarayonidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tan olish moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot yoki moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot(lar)dan birida moddani alohida yoki boshqa moddalar bilan birga soʻz bilan taʼriflash va pul summasi orqali aks ettirishni, shuningdek pul summasini mazkur hisobotning bir yoki bir nechta yakuniy koʻrsatkichlariga kiritishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda aktiv, majburiyat yoki xususiy kapitalning tan olinadigan qiymati “balans qiymati” deb ataladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot yoki moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot(lar) tashkilotning tan olingan aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, daromadlari va xarajatlarini moliyaviy maʼlumotning qiyoslanuvchan va tushunarli boʻlishiga qaratilgan tuzilmaviy umumlashtiruvchi shakllar yordamida aks ettiradi. Bunday umumlashtiruvchi shakllar tuzilmasining muhim xususiyati hisobotda tan olingan summalarning yakuniy koʻrsatkichlarga kiritilishi hamda qoʻllash mumkin boʻlgan hollarda ushbu hisobotda tan olingan moddalarning oʻzaro bogʻlovchi oraliq yakuniy koʻrsatkichlarga kiritilishi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Tan olish moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot(lar) elementlari oʻrtasida bogʻlanishni quyidagi tarzda taʼminlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda hisobot davri boshida va oxirida aktivlarning umumiy qiymati majburiyatlarning umumiy qiymati chegirib tashlangan holda xususiy kapitalning umumiy qiymatiga teng boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davri uchun xususiy kapitaldagi tan olingan oʻzgarishlar moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot(lar)da tan olingan xarajatlar chegirilgan daromadlar hamda xususiy kapitalga nisbatan talab qilish huquqlari egalari foydasiga taqsimotlarni chegirgan holda xususiy kapitalga nisbatan talab qilish huquqlari egalari amalga oshirgan badallarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Bir modda yoki uning balans qiymatidagi oʻzgarishni tan olish bir yoki bir nechta boshqa moddalarni yoxud ularning balans qiymatlaridagi oʻzgarishlarni tan olish yoki hisobdan chiqarishni talab qilganligi sababli moliyaviy hisobotlar oʻzaro bogʻliq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromadlarni tan olish quyidagilardan biri bilan bir vaqtda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivni dastlabki tan olish yoki aktivning balans qiymatining oshishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatni hisobdan chiqarish yoki majburiyatning balans qiymatining kamayishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarajatlarni tan olish quyidagilardan biri bilan bir vaqtda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatni dastlabki tan olish yoki majburiyatning balans qiymatining oshishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivni hisobdan chiqarish yoki aktivning balans qiymatining kamayishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda faqat aktiv, majburiyat yoki xususiy kapital taʼrifiga javob beradigan moddalar tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot(lar)da faqat daromadlar yoki xarajatlar taʼrifiga javob beradigan moddalar tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan elementlardan birining taʼrifiga javob beradigan modda tan olinmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Tan olish mezonlariga javob beradigan moddani tan olmaslik boʻyicha xatolikni amaldagi hisob siyosatini yoritib berish yoki izohlar yoxud tushuntirish maʼlumotlari orqali tuzatib boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun, qoida tariqasida, oʻrinli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan aktiv yoki majburiyatni tan olish hamda buning natijasida yuzaga keladigan daromadlar, xarajatlar yoki xususiy kapitaldagi oʻzgarishlarni tan olish oʻrinli maʼlumotni taʼminlamasligi mumkin. Bunday vaziyat aktiv yoki majburiyatning mavjudligi noaniq boʻlganda yoxud aktiv yoki majburiyat mavjud boʻlgan holda iqtisodiy naflar kelishi yoki chiqib ketishi ehtimolligi past boʻlganda yuz berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, tan olish natijasida taqdim etiladigan maʼlumot oʻrinliligi toʻgʻrisidagi xulosaga boshqa omillar ham taʼsir qilishi mumkinligi sababli mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan omillardan birining yoki har ikkisining mavjudligi bunday maʼlumot oʻrinli emas degan xulosaga avtomatik ravishda olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Ayrim hollarda aktiv yoki majburiyatning mavjudligi noaniq boʻlishi mumkin. Iqtisodiy naflarning kirib kelishi yoki chiqib ketishi ehtimolining pastligi hamda ehtimoliy natijalar koʻlamining nihoyatda kengligi bilan birga kuzatilishi mumkin boʻlgan bunday noaniqlik muayyan aktiv yoki majburiyatni tan olish oʻrinli maʼlumotni taqdim etmasligini anglatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot aktiv yoki majburiyatni tan olgan yoki tan olmagan boʻlishidan qatʼi nazar moliyaviy hisobotlarda ushbu aktiv yoki majburiyat bilan bogʻliq noaniqliklar toʻgʻrisida tushuntirish maʼlumotlarini taqdim etishi zarur boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Agar muayyan aktiv yoki majburiyatni tan olish oʻrinli maʼlumotni taqdim etishdan tashqari bunday aktiv yoki majburiyat hamda ularning natijasida yuzaga keladigan daromadlar, xarajatlar yoki xususiy kapital oʻzgarishining haqqoniy (ishonchli) taqdim etilishini taʼminlasa, bunday aktiv yoki majburiyatni tan olish oʻrinli hisoblanadi. Haqqoniy (ishonchli) taqdim etilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi masala mazkur aktiv yoki majburiyat bilan bogʻliq baholash noaniqliklarining darajasi yoki boshqa omillarga bogʻliq boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Aktiv yoki majburiyatni tan olish uchun uning qiymatini baholash lozim. Baholashlar koʻp hollarda taxminiy hisoblashlarga asoslanadi hamda shu sababli baholash noaniqligiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asoslangan hisob baholaridan foydalanish moliyaviy maʼlumotni tayyorlashning muhim qismi hisoblanadi hamda agar bunday hisob baholari aniq va toʻgʻri tavsiflansa hamda tushuntirilsa, maʼlumotning foydaliligiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Tan olish mezonlariga javob bermaydigan modda keyinchalik yuzaga kelgan holatlar yoki hodisalar natijasida tan olish mezonlariga javob berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Aktiv yoki majburiyatning tan olinishi yoki olinmasligidan qatʼi nazar ularni haqqoniy (ishonchli) taqdim etish mazkur aktiv yoki majburiyatning mavjudligi yoki bahosi yoxud ushbu aktiv yoki majburiyat bilan bogʻliq yakuniy natija (ushbu aktiv yoki majburiyat boʻyicha yuzaga keladigan iqtisodiy naflarning kirimi yoki chiqimi summasi yoxud muddatlari) bilan bogʻliq noaniqliklar toʻgʻrisidagi tushuntirish maʼlumotlarining kiritilishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Moliyaviy hisobotlarning elementlarini hisobdan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Moliyaviy hisobotlarning elementlarini hisobdan chiqarish (bundan buyon matnda hisobdan chiqarish deb yuritiladi) ilgari tan olingan aktiv yoki majburiyatni toʻliq yoki qisman tashkilotning moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotidan chiqarishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobdan chiqarish, qoida tariqasida, moliyaviy hisobotlarning elementi aktiv yoki majburiyatning taʼrifiga ortiq javob bermagan paytda roʻy beradi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlarga nisbatan hisobdan chiqarish, qoida tariqasida, tashkilot ilgari tan olingan aktiv boʻyicha toʻliq yoki qisman nazoratni yoʻqotgan paytda roʻy beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatlarga nisbatan hisobdan chiqarish, qoida tariqasida, tashkilotda ilgari tan olingan majburiyat boʻyicha toʻliq yoki qisman javobgarlik ortiq mavjud boʻlmagan paytda roʻy beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Hisobdan chiqarishni aks ettirishga talablar quyidagi ikkita jihatni haqqoniy (ishonchli) taqdim etishga qaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobdan chiqarishga olib kelgan operatsiya yoki boshqa hodisadan keyin saqlanib qolgan aktivlar va majburiyatlar (shu jumladan, mazkur operatsiya yoki boshqa hodisa doirasida xarid qilingan, qabul qilingan yoki yaratilgan aktivlar yoki majburiyatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya yoki boshqa hodisa natijasida tashkilotning aktivlari va majburiyatlaridagi oʻzgarishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Quyidagilar orqali moliyaviy hisobotlarning elementlari hisobdan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amal qilish muddati oʻtgan yoki isteʼmol qilingan, olingan, bajarilgan yoki oʻtkazilgan aktivlar yoki majburiyatlarni hisobdan chiqarish, shuningdek hisobdan chiqarish natijasida yuzaga keladigan daromadlar yoki xarajatlarni tan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlanib qolgan aktivlar yoki majburiyatlarni tan olishni davom ettirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Oʻtkazilgan komponentni hisobdan chiqarish natijasida saqlangan komponentga nisbatan hech qanday daromadlar yoki xarajatlar tan olinmaydi, bundan hisobdan chiqarish saqlangan komponentga nisbatan qoʻllanadigan baholash talablaridagi oʻzgarishga olib keladigan hollar mustasno. Bunda, quyidagi bir yoki bir nechta tartiblar qoʻllanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda har qanday saqlangan komponentni alohida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot(lar)da oʻtkazilgan komponentni hisobdan chiqarish natijasida tan olingan har qanday daromadlar va xarajatlarni alohida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tushuntirish maʼlumotlarini taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Moliyaviy hisobotlar elementlarini baholash asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Moliyaviy hisobotlarda tan olinadigan elementlar pulda ifodalangan holda oʻlchanadi. Bu esa tegishli baholash asosini tanlashni talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Baholash asosi baholanayotgan moddaning aniqlangan xususiyatidir (masalan, boshlangʻich qiymat, haqqoniy qiymat, aktivning foydalanish qiymati yoki majburiyatni bajarish qiymati). Aktiv yoki majburiyatga nisbatan baholash asosini qoʻllash mazkur aktiv yoki majburiyat, shuningdek ular bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar qiymatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlar uchun turli baholash asoslari oʻrinli boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Boshlangʻich qiymat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Boshlangʻich qiymat boʻyicha baholash aktivlar, majburiyatlar va ular bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlarni yuzaga keltiradigan operatsiya yoki boshqa hodisa narxidan (hech boʻlmaganda qisman) kelib chiqadigan maʼlumotga asoslangan holda ushbu aktivlar, majburiyatlar va ular bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar haqida pulda ifodalangan maʼlumotni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshlangʻich qiymat joriy qiymatdan farqli tarzda qiymatdagi oʻzgarishlarni aks ettirmaydi, bundan oʻzgarishlar aktivning qadrsizlanishi yoki majburiyatning zarar keltiruvchi boʻlib qolishi (“onerous liability”) bilan bogʻliq hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Aktivni xarid qilish yoki yaratish paytidagi boshlangʻich qiymat aktivni xarid qilish yoki yaratishda amalga oshirilgan va quyidagilarni oʻz ichiga oladigan sarflarning qiymati hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu aktivni xarid qilish yoki yaratish maqsadida toʻlangan tovon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyalar boʻyicha sarflar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiyat yuzaga kelgan yoki qabul qilingan paytdagi boshlangʻich qiymat majburiyatni zimmaga olish uchun olingan tovon qiymatidan operatsiya sarflari chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Aktivning boshlangʻich qiymati (qoʻllash mumkin boʻlgan hollarda) vaqt oʻtishi bilan quyidagilarni aks ettirish maqsadida yangilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur aktiv hosil qiladigan iqtisodiy resursning toʻliq yoki qisman isteʼmol qilinishi (eskirish yoki amortizatsiya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivni toʻliq yoki qisman qoplagan holda olingan toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivning boshlangʻich qiymati toʻliq yoki qisman qoplanmaydigan boʻlishiga (qadrsizlanishiga) olib keladigan hodisalarning taʼsiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli moliyalashtirish komponentini aks ettirish uchun aktivga nisbatan foizlar hisoblash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Majburiyatning boshlangʻich qiymati (qoʻllash mumkin boʻlgan hollarda) vaqt oʻtishi bilan quyidagilarni aks ettirish maqsadida yangilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatni toʻliq yoki qisman bajarish (masalan, majburiyatni toʻliq yoki qisman soʻndiruvchi toʻlovlar amalga oshirilishi yoki tovarni yetkazib berish majburiyatining bajarilishi orqali);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatni bajarish uchun zarur iqtisodiy resurslarni oʻtkazish javobgarligi qiymatini ushbu majburiyat zarar keltiruvchi boʻlib qolishiga olib keladigan darajada oshiradigan hodisalarning taʼsiri. Agar majburiyatning boshlangʻich qiymati uni bajarish boʻyicha javobgarlikni aks ettirish uchun ortiq yetarli boʻlmay qolsa, majburiyat zarar keltiruvchi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli moliyalashtirish komponentini aks ettirish uchun majburiyatga nisbatan foizlarni hisoblash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Boshlangʻich qiymat boʻyicha baholash asosini moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarga nisbatan qoʻllash usullaridan biri ularni amortizatsiyalangan qiymat boʻyicha baholash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning amortizatsiyalangan qiymati dastlabki tan olish paytida belgilangan stavkani qoʻllagan holda diskontlangan kelgusi pul oqimlari boʻyicha hisob bahosini aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgaruvchan foiz stavkali instrumentlar holatida diskontlash stavkasi mazkur oʻzgaruvchan stavkaning oʻzgarishini aks ettirish uchun yangilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning amortizatsiyalangan qiymati vaqt oʻtishi bilan foizlarni hisoblash, moliyaviy aktivning qadrsizlanishi hamda pul mablagʻlarining kelib tushishi yoki toʻlanishi kabi keyingi oʻzgarishlarni aks ettirish uchun yangilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Joriy qiymat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Joriy qiymat boʻyicha baholash aktivlar, majburiyatlar va ular bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi pul ifodalangan maʼlumotni baholash sanasida mavjud shartlarni aks ettirish maqsadida yangilangan maʼlumotdan foydalangan holda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy qiymat boʻyicha baholash asoslari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqqoniy qiymat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlar uchun foydalanish qiymati hamda majburiyatlar uchun bajarish qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrnini qoplashning joriy qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Haqqoniy qiymat baholash sanasida bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishdan olinishi yoki majburiyatni oʻtkazish uchun toʻlanishi mumkin boʻlgan narxdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haqqoniy qiymat aktiv yoki majburiyatni yuzaga keltiradigan operatsiya yoki boshqa hodisadan shakllanmasligi sababli aktivni xarid qilishdagi operatsiya boʻyicha sarflar qiymatiga oshirilmaydi hamda majburiyatni qabul qilishda amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha sarflar qiymatiga kamaytirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Foydalanish qiymati — tashkilot tomonidan aktivdan foydalanish va aktivni yakuniy hisobdan chiqarish natijasida olinishi kutilayotgan pul oqimlari yoki boshqa iqtisodiy naflarning diskontlangan qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bajarish qiymati (majburiyatni bajarish qiymati) — oʻz majburiyatini bajarish hisobiga tashkilot oʻtkazishi lozim boʻlgan pul oqimlari yoki boshqa iqtisodiy resurslarning diskontlangan qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanish qiymati va bajarish qiymati kelgusi pul oqimlariga asoslanganligi sababli aktivni xarid qilish yoki majburiyatni qabul qilishda amalga oshirilgan operatsiya boʻyicha sarflarni oʻz ichiga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Aktivning oʻrnini qoplashning joriy qiymati baholash sanasidagi ekvivalent aktivning qiymati boʻlib, mazkur sanada toʻlanishi mumkin boʻlgan tovon qiymati va ushbu sanada amalga oshirilishi mumkin boʻlgan operatsiya boʻyicha sarflarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiyatning oʻrnini qoplashning joriy qiymati baholash sanasida ekvivalent majburiyat uchun olinishi mumkin boʻlgan tovon qiymatidan mazkur sanada amalga oshirilishi mumkin boʻlgan operatsiya boʻyicha sarflar chegirib tashlangan holda aniqlanadigan qiymatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Moliyaviy hisobotlar elementlarini muayyan baholash asosini taʼminlaydigan maʼlumot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Baholash asosini tanlashda mazkur baholash asosidan foydalanish natijasida moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot(lar)da taqdim etiladigan maʼlumotning xususiyatini hisobga olish muhim hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Boshlangʻich qiymat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Boshlangʻich qiymatni baholashda operatsiya narxidan va aktiv yoki majburiyatning yuzaga kelishiga olib kelgan operatsiya yoki boshqa hodisadan olingan maʼlumotdan foydalanilishi sababli ushbu aktiv yoki majburiyatni boshlangʻich qiymati boʻyicha baholash natijasida taqdim etiladigan maʼlumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun oʻrinli boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshlangʻich qiymat aktivning isteʼmol qilinishi va qadrsizlanishini aks ettirish uchun kamaytirilishi sababli tashkilot tomonidan boshlangʻich qiymat boʻyicha baholanadigan aktiv boʻyicha qoplash kutilayotgan summa kamida uning balans qiymatiga teng boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiyatning boshlangʻich qiymati ushbu majburiyat yuki ogʻirlashganda oshishi sababli majburiyatni bajarish uchun zarur iqtisodiy resurslarni oʻtkazish javobgarligi qiymati mazkur majburiyatning balans qiymatidan oshmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Joriy qiymat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Haqqoniy qiymat bozor ishtirokchilarining kelgusi pul oqimlari summalari, ushbu summalarning yuzaga kelish muddatlari hamda noaniqliklarga nisbatan joriy kutilmalarni aks ettirishi sababli aktiv yoki majburiyatni haqqoniy qiymat boʻyicha baholash natijasida taqdim etiladigan maʼlumot prognoz qiymatga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Foydalanish qiymati aktivdan foydalanish va yakuniy hisobdan chiqarish natijasida yuzaga keladigan baholangan pul oqimlarining diskontlangan qiymati toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi. Mazkur maʼlumot kelgusida sof pul mablagʻlari tushishi potensialini baholashda foydalanilishi mumkinligi sababli prognoz qiymatiga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Bajarish qiymati muayyan majburiyatni bajarish uchun zarur baholangan pul oqimlarining joriy qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bajarish qiymati, ayniqsa, majburiyat boshqa tomonga oʻtkazilishi yoki kelishuv orqali hisob-kitob qilinishi oʻrniga bevosita bajariladigan hollarda prognozlash qiymatiga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Foydalanish qiymati yoki bajarish qiymatining yangilangan hisob baholari kelgusi pul oqimlarining summasi, muddati va noaniqligi boʻyicha hisob baholari toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan birgalikda ushbu qiymatlar boʻyicha oldingi hisob baholarini tasdiqlash imkonini berishi sababli foydalanish qiymati yoki bajarish qiymatining yangilangan hisob baholari tasdiqlash qiymatiga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Oʻrnini qoplashning joriy qiymati baholash sanasida shunga oʻxshash aktivni xarid qilish yoki yaratish mumkin boʻlgan narxni yoxud shunga oʻxshash majburiyatni oʻziga olganlik uchun olinishi mumkin boʻlgan tovonni aks ettirganligi sababli oʻrnini qoplashning joriy qiymati boʻyicha baholanadigan aktivlar va majburiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumot oʻrinli boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Baholash asosini tanlashda inobatga olish zarur boʻlgan omillar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Aktiv yoki majburiyat va ular bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar uchun baholash asosini tanlashda mazkur baholash asosidan foydalanish natijasida moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot(lar)da taqdim etiladigan maʼlumotning xususiyatini, shuningdek boshqa omillarni hisobga olish muhim hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Baholash asosini tanlash, qoida tariqasida, bitta omil bilan aniqlanmaydi. Har bir omilning nisbiy ahamiyati aniq holatlarga bogʻliq boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Baholash asosidan foydalanish natijasida taqdim etiladigan maʼlumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun foydali boʻlishi lozim. Mazkur maqsadda maʼlumot oʻrinli boʻlishi va oʻzi aks ettirishi lozim boʻlgan maʼlumotni haqqoniy (ishonchli) taqdim etishi lozim. Taqdim etiladigan maʼlumot imkon darajasida qiyoslanuvchan, tekshiriluvchan, oʻz vaqtida taqdim etiladigan va tushunarli boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Oʻrinlilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Aktiv yoki majburiyat hamda ular bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlarga nisbatan foydalaniladigan baholash asosi orqali taqdim etiladigan maʼlumotning oʻrinliligi quyidagilarga bogʻliq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktiv yoki majburiyatning xususiyatlari, shu jumladan pul oqimlarining oʻzgaruvchanligi hamda aktiv yoki majburiyatning qiymati bozor omillari yoki boshqa risklarga taʼsirchan ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktiv yoki majburiyat qay tarzda kelgusi pul oqimlarini keltirishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Agar aktiv yoki majburiyatning qiymati bozor omillari yoki boshqa risklarga taʼsirchan boʻlsa, uning boshlangʻich qiymati uning joriy qiymatidan ahamiyatli darajada farq qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qiymatning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, boshlangʻich qiymat oʻrinli maʼlumotni taqdim etmasligi mumkin. Masalan, amortizatsiyalangan qiymat derivativlar hisoblanadigan moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyat toʻgʻrisida oʻrinli maʼlumot taqdim eta olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Bevosita pul oqimlarini hosil qiladigan aktivlar va majburiyatlar uchun eng oʻrinli maʼlumotni taqdim etadigan baholash asosi kelgusi pul oqimlarining miqdori, muddatlari va noaniqligiga oid joriy baholarni oʻz ichiga oladigan joriy qiymat boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bevosita pul oqimlarini yuzaga keltirmaydigan aktivlar va majburiyatlar uchun oʻrinlilik va haqqoniy (ishonchli) taqdim etish tamoyillari ular qoʻllanadigan faktlar va holatlar darajasida inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Agar tashkilotning iqtisodiy faoliyati shartnomada nazarda tutilgan pul oqimlarini olish maqsadida moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni boshqarishni nazarda tutsa, amortizatsiyalangan qiymat aktivlar boʻyicha olingan foizlar va majburiyatlar boʻyicha toʻlangan foizlar oʻrtasidagi farqni aniqlash uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan oʻrinli maʼlumotni taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Haqqoniy (ishonchli) taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Oʻzaro bogʻliq aktivlar va majburiyatlar uchun bir xil baholash asoslaridan foydalanish ayrim hollarda moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga turli baholash asoslaridan foydalangan holda taqdim etilishi mumkin boʻlgan maʼlumotga qaraganda koʻproq foydali maʼlumotni taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Agar bahoni faol bozorda narxlarni bevosita kuzatish yoʻli bilan aniqlashning imkoni boʻlmasa hamda buning oʻrniga taxminiy hisoblanishi zarur boʻlsa, baholash noaniqligi yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan baholash asosi bilan bogʻliq baholash noaniqligining darajasi ushbu baholash asosi orqali taqdim etilgan maʼlumot tashkilotning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini haqqoniy (ishonchli) taqdim etishi yoki etmasligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash noaniqligining yuqori darajasi oʻrinli maʼlumotni taqdim etadigan baholash asosidan foydalanishga toʻsqinlik qilmaydi. Ayrim hollarda baholash noaniqligining darajasi ushbu baholash asosi orqali taqdim etilgan maʼlumot yetarlicha haqqoniy (ishonchli) taqdim etmasligi mumkin boʻladigan darajada yuqori boʻladi. Bunday hollarda oʻrinli maʼlumot taqdim etishi mumkin boʻlgan boshqa baholash asosini tanlash imkoniyati koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Baholash noaniqliklari natijalar boʻyicha hamda mavjudlik boʻyicha noaniqliklardan farq qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijalar boʻyicha noaniqliklar aktiv yoki majburiyat bilan bogʻliq iqtisodiy naflarning kirimi yoki hisobdan chiqarilish qiymati yoki muddatlariga nisbatan noaniqliklar mavjud boʻlgan hollarda yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjudlik boʻyicha noaniqliklar aktiv yoki majburiyat mavjud boʻlishiga nisbatan noaniqliklar roʻy bergan hollarda yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3-§. Maʼlumotning foydaliligini oshiruvchi sifat tavsiflari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Baholash asosini tanlashga maʼlumotning foydaliligini oshiruvchi qiyoslanuvchanlik, tushunarlilik va tekshiriluvchanlik kabi sifat tavsiflari taʼsir koʻrsatadi. Oʻz vaqtida taqdim etish maʼlumotning foydaliligini oshiruvchi sifat tavsifi sifatida baholashga bevosita taʼsir koʻrsatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Bir xil moddalarga nisbatan bir xil baholash asoslarini izchil ravishda qoʻllash hisobot beruvchi tashkilot ichida davrlar boʻyicha yoki bir davrda turli tashkilotlar oʻrtasida moliyaviy hisobotlarning qiyoslanuvchanligini oshirishga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Baholash asosining oʻzgarishi moliyaviy hisobotlarning tushunarliligini kamaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar boshqa omillar tushunarlilikning pasayishidan ustun boʻlsa hamda oʻzgarish nisbatan oʻrinliroq maʼlumot taqdim etilishiga olib kelsa, oʻzgarish oʻzini oqlashi mumkin. Bunday oʻzgarish amalga oshirilgan hollarda moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga bunday oʻzgarishlar taʼsirini tushuntirish imkonini beradigan maʼlumot zarur boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Tushunarlilik foydalaniladigan turli xil baholash asoslarining soni hamda ularning vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi yoki oʻzgarmasligiga qisman bogʻliq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar moliyaviy hisobotlar toʻplamida qanchalik koʻp baholash asoslaridan foydalanilsa, maʼlumot shunchalik murakkab boʻladi hamda tushunarliligi kamayadi, shuningdek moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning yakuniy yoki oraliq koʻrsatkichlari esa kamroq maʼlumotga ega boʻladi. Agar foydali maʼlumot taqdim etish uchun zarur boʻlsa, koʻproq baholash asoslaridan foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Tekshiriluvchanlik bevosita (masalan, narxlarni kuzatish orqali) yoki bilvosita (masalan, modelda foydalaniladigan kiruvchi maʼlumotlarni tekshirish orqali) mustaqil ravishda tasdiqlash imkonini beruvchi baholash asoslaridan foydalanish orqali oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bahoni tekshirishning imkoni boʻlmasa, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga mazkur baho qay tarzda aniqlanganligi boʻyicha tushuntirish maʼlumoti talab etilishi mumkin. Bunday hollarda boshqa baholash asosidan foydalanilganligini koʻrsatish zarur boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Xususiy kapitalni baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Xususiy kapitalning umumiy balans qiymati (xususiy kapitalning umumiy qiymati) bevosita baholanmaydi. Uning qiymati barcha tan olingan majburiyatlarning umumiy balans qiymati chegirilgan barcha tan olingan aktivlarning umumiy balans qiymatiga teng.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Xususiy kapitalning umumiy qiymati bevosita baholanmasligiga qaramasdan xususiy kapitalning ayrim sinflari va komponentlarining balans qiymatini bevosita baholash oʻrinli boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Maʼlumotni taqdim etish va yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Hisobot beruvchi tashkilot oʻz aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻzining moliyaviy hisobotlarida taqdim etadi va yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Moliyaviy hisobotlar orqali samarali aloqa maʼlumotni yanada oʻrinli qiladi hamda tashkilotning aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, daromadlari va xarajatlarini haqqoniy (ishonchli) taqdim etishga koʻmaklashadi, shuningdek moliyaviy hisobotlarda maʼlumotning tushunarliligi va qiyosiyligi oshadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy hisobotlar orqali samarali aloqa uchun quyidagilar talab qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼtiborni qoidalardan koʻra maʼlumotni taqdim etish va yoritib berish maqsadlari va tamoyillariga qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotni oʻxshash moddalarni guruhlash va oʻzaro oʻxshash boʻlmagan moddalarni ajratishga imkon beradigan tarzda tasniflash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keraksiz tafsilotlarni kiritish yoki ortiqcha jamlash oqibatida maʼlumotning yetarli darajada ochiqlanmasligiga (yashirilishiga) olib kelmaydigan tarzda maʼlumotni jamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Moliyaviy hisobotlar orqali samarali aloqa quyidagi tamoyillarni inobatga olish orqali ham taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim hollarda namunaga aylangan standart tavsiflardan koʻra tashkilotga xos boʻlgan maʼlumotlar foydaliroq hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotni moliyaviy hisobotlarning turli qismlarida takrorlash, qoida tariqasida, zarur hisoblanmaydi hamda bu moliyaviy hisobotlarning tushunarliligini kamaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Tasniflash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Tasniflash maʼlumotni taqdim etish va yoritib berish maqsadlarida aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar va xarajatlar moddalarini ularning umumiy xususiyatlarini hisobga olgan holda muayyan sinflarga taqsimlash jarayonidir. Bunday xususiyatlar moddaning tavsifi, tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatidagi roli (funksiyasi), uni baholash usuli va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Oʻzaro oʻxshash boʻlmagan aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar yoki xarajatlarni bitta sinfga kiritish oʻrinli maʼlumotni yashirishi, maʼlumotning tushunarliligini va qiyoslanuvchanligini kamaytirishi hamda oʻzi aks ettirishi lozim boʻlgan maʼlumotni haqqoniy (ishonchli) taqdim etmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Tasniflash aktiv yoki majburiyat uchun tanlangan hisob birligiga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hollarda aktiv yoki majburiyatni turli xususiyatlarga ega boʻlgan komponentlarga ajratib, ularni alohida tasniflash maqsadga muvofiq boʻlishi mumkin. Bunda, komponentlarning alohida tasniflanishi natijasida moliyaviy maʼlumotning foydaliligi oshsa, bunday yondashuv maqbul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Daromadlar va xarajatlar tasniflanadi hamda quyidagilarning birida yoritib beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning foyda yoki zarar qismida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning boshqa umumlashgan daromad qismida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning foyda yoki zarar qismi tashkilotning hisobot davridagi moliyaviy natijalari haqidagi asosiy maʼlumot manbayi hisoblanganligi sababli tashkilot, qoida tariqasida, barcha daromad va xarajatlarni ushbu qismda aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad va xarajatlar moddalari faqat MHMSda aniq ruxsat etilgan yoki talab etilgan holatlarda boshqa umumlashgan daromad tarkibida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Agar, qoida tariqasida, bir davrda boshqa umumlashgan daromad tarkibiga kiritilgan daromadlar va xarajatlarni kelgusi davrlardan birida hisobotning foyda yoki zarar qismiga qayta tasniflash natijasida hisobotning foyda yoki zarar qismi ushbu kelgusi davr uchun korxonaning moliyaviy natijalari haqida yanada oʻrinli yoki haqqoniy (ishonchli) maʼlumot taqdim etsa, bunday qayta tasniflash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MHMSda boshqa umumlashgan daromad tarkibida hisobga olingan daromad va xarajatlarni keyinchalik qayta tasniflash ruxsat etilgan yoki talab qilingan holatlar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Oʻzaro hisob-kitob

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Tashkilot tomonidan aktiv va majburiyat alohida hisob birligi sifatida tan olinganda va baholanganda, shuningdek ular moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda birlashtirilgan holda yagona netto qiymatda aks ettirilganda oʻzaro hisob-kitob roʻy beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzaro hisob-kitob farqli moddalarni birgalikda tasniflaganligi sababli muayyan MHMSda talab etilgan yoki ruxsat etilgan hollardan tashqari hollarda oʻrinli hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xususiy kapitalni tasniflash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Agar tashkilotning xususiy kapitaliga nisbatan talab qilish huquqlari turli xususiyatlarga ega boʻlsa, foydali maʼlumot taqdim etish uchun mazkur talab qilish huquqlarini alohida tasniflash zarur boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Agar xususiy kapital komponentlarining ayrimlariga nisbatan qonunchilik talablari qoʻllanilsa, foydali maʼlumot taqdim etish uchun ushbu komponentlarni alohida tasniflash zarur boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Jamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Jamlash umumiy xususiyatlarga ega va ayni bir sinfga kiruvchi aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar yoki xarajatlar moddalarini birlashtirish jarayonidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Jamlash katta hajmdagi tafsilotlarni umumlashtirish hisobiga maʼlumotning foydaliligini oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamlash jarayonida ushbu maʼlumotlarning bir qismi yetarli darajada ochiqlanmasligi (yashirilishi) ehtimoli mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahamiyatsiz tafsilotlarning katta hajmi yoki ortiqcha jamlash natijasida oʻrinli maʼlumot yetarli darajada ochiqlanmay (yashirinib) qolmasligi uchun jamlashda muvozanatni taʼminlash zarur.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026 y., 10/26/3854/0584-son)