18.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3835
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyrugʻi, 18.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3835
Kuchga kirish sanasi
01.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3835]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq 2026-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor A. BURXANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v. b. U. XUSAINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 14-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 10-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 15-apreldagi 90-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlaridagi (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarining (bundan buyon matnda ichki nazorat boʻlinmalari xodimlari deb yuritiladi) malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish ularning korrupsiya holatlarining oldini olish va manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish sohalaridagi bilimlarini mustahkamlash va yangilash hamda ularning kasbiy tayyorligi zimmasiga yuklangan vazifalari va funksiyalariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarini stajirovkadan oʻtkazish stajyorning tayinlanayotgan lavozimda oʻz vazifalari va funksiyalarini sifatli bajarishi, ushbu lavozimda samarali faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, qonunchilikda belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazish qonuniylik, tenglik, ochiqlik, xolislik, malakalilik va davriylik tamoyillari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlari har yili korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3565, 2024-yil 30-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat organlari va tashkilotlari ichki nazorat boʻlinmalari oʻz xodimlarining “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida malaka oshirish kurslarida qatnashishi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlari davlat organlari va tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvalga asosan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida tashkil etiladigan maxsus oʻquv kurslarida oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ichki nazorat boʻlinmalarining birinchi marta lavozimga tayinlangan xodimlarining stajirovka oʻtashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat organlari va tashkilotlari ichki nazorat boʻlinmasi xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxsni stajirovkadan oʻtkazishni soʻrab, u lavozimga tayinlangan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Agentlikka yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik murojaat kelib tushgandan soʻng, bir oy muddat ichida stajirovkani tashkil qilishi va uni oʻtash boʻyicha aniq muddatni koʻrsatgan holda davlat organi yoki tashkilotining rahbarini stajirovka boshlanishidan kamida bir hafta oldin yozma yoki elektron ravishda xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Stajyorni belgilangan muddatda stajirovkadan oʻtish uchun yuborish majburiyati davlat organlari va tashkilotlarining rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Stajirovkani tashkil qilish boʻyicha Agentlikning “Komplayens-nazorat” tizimini joriy etish va ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatini tartibga solish boshqarmasi va Kadrlar boʻlimi (bundan buyon matnda stajirovka boʻyicha ishchi organ deb yuritiladi) ishchi organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinma va tarkibiy tashkilotlaridagi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining stajirovkadan oʻtishini tashkil qilish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va kadrlar boʻlinmalari stajirovka boʻyicha ishchi organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat organlari va tashkilotlari ichki nazorat boʻlinmalarining birinchi marta lavozimga tayinlangan xodimlari quyidagi tartibda stajirovkadan oʻtadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi ichki nazorat boʻlinmalarining xodimlari — Agentlikda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boʻlinma va tarkibiy tashkilotlardagi ichki nazorat boʻlinmalarining xodimlari — davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat boʻlinmasi xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning kelgusida ushbu tashkilotning ichki nazorat boʻlinmasidagi lavozimi oʻzgarganda (hududiy boʻlinma va tarkibiy tashkilotlardan davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi ichki nazorat boʻlinmalariga ishga oʻtganda), shu jumladan, ushbu xodimlar davlat organlari va tashkilotlari qayta tashkil etilishi yoki tashkiliy boʻysunuvi oʻzgarishi munosabati bilan ichki nazorat boʻlinmasi masʼul lavozimlariga tayinlanganda yoxud boshqa davlat organi yoki tashkilotining ichki nazorat boʻlinmasi xodimi lavozimiga ishga oʻtganida qayta stajirovkadan oʻtishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Stajyorga metodik yordam koʻrsatish hamda uning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi ichki nazorat boʻlinmalarining xodimlari uchun Agentlikning malakali va tajribali mutaxassislari orasidan stajirovka rahbari tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boʻlinma va tarkibiy tashkilotlardagi ichki nazorat boʻlinmalarining xodimlari uchun davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi ichki nazorat boʻlinmalarining malakali va tajribali xodimlari orasidan stajirovka rahbari tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Stajirovka rahbari kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Stajirovka rahbari tomonidan har bir stajyor uchun bajariladigan ishlar mazmuni va muddati koʻrsatilgan stajirovkadan oʻtish rejasi ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stajirovkadan oʻtish rejasi stajirovka boʻyicha ishchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Stajirovkadan oʻtish rejasi ISO 37001:2025 “Korrupsiyaga qarshi xalqaro standart” talablari asosida ishlab chiqilib, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish va takomillashtirishning normativ-huquqiy asoslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish mexanizmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish (aniqlash va bartaraf etish) mexanizmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish choralari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Stajirovkadan oʻtish muddati ikki haftani tashkil etadi va stajirovkadan oʻtishdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Stajirovkadan oʻtishning birinchi kunida stajirovka rahbari stajyorni stajirovkadan oʻtish rejasi, muddatlari, ichki mehnat tartibi va kasb etikasi hamda texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari, shuningdek ish rejimining xususiyatlari bilan tanishtiradi hamda stajyorga stajirovkadan oʻtishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Stajirovka rahbari stajirovka davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajyorga stajirovkadan oʻtish rejasida belgilangan tadbirlarni bajarish bilan bogʻliq materiallardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajyorning kasbiy bilimi va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun unga tegishli tavsiyalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovkadan oʻtish rejasida belgilangan tadbirlarning bajarilishi va sifatini muntazam ravishda nazorat qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajyorning ish vaqtidan samarali foydalanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Stajyor stajirovkadan oʻtish davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovka boʻyicha uslubiy va koʻrsatma materiallar bilan tanishishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovkani tashkil etish va undan oʻtish bilan bogʻliq tadbirlarda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovkadan oʻtish rejasida nazarda tutilgan barcha tadbirlarni stajirovka uchun belgilangan muddat ichida, toʻliq hajmda va sifatli bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovkadan oʻtish yakunlari boʻyicha hisobot tayyorlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlarida oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Stajirovka boʻyicha ishchi organ xodimlari hamda stajirovka rahbari tomonidan stajyorga stajirovkadan oʻtish rejasi bilan bogʻliq boʻlmagan vazifa va topshiriqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Stajyor stajirovkadan oʻtish rejasida belgilangan tadbirlarni bajarib boʻlgach, u boʻyicha yozma yoki elektron hisobot tayyorlaydi. Hisobot stajyor tomonidan imzolanadi hamda stajirovka rahbari tomonidan qabul qilinadi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Stajirovka rahbari tomonidan hisobotni qabul qilishda stajyorning kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarini baholash uchun u bilan stajirovka boʻyicha ishchi organ xodimlari ishtirokida suhbat oʻtkaziladi va uning hisoboti muhokama qilinadi. Muhokama jarayonida stajyorga uning kasbi bilan bogʻliq boʻlgan vazifalarni amaliyotda qoʻllashga doir tavsiyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokama natijasi stajirovka boʻyicha ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladigan bayonnomada aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Stajirovka muddati tugaganidan keyin stajirovka rahbari tomonidan stajyorga nisbatan tavsifnoma tuziladi va unda stajyorning stajirovkadan oʻtish rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni qanchalik oʻzlashtirganligi, tartib-intizomi, stajirovka davomida u tomonidan egallangan kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsifnomada stajyorning Agentlik yoki tegishli davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganligi, stajirovkadan oʻtish rejasida koʻrsatilgan tadbirlarni toʻliq bajarmaganligi hamda stajirovkaga uzrli sabablarsiz kelmaganligi ham aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tavsifnoma stajirovka boʻyicha ishchi organ rahbari tomonidan imzolanadi hamda Agentlik yoki tegishli davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati tomonidan stajyorni yuborgan davlat organi yoki tashkilotiga elektron shaklda joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Stajyor stajirovkadan oʻtkazish masalalari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Attestatsiyani tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlari Agentlikda har uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining ular ishlayotgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ichki nazorat boʻlinmasi xodimi lavozimiga qabul qilingan shaxslar ishga qabul qilingan kundan boshlab bir yil mobaynida attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki nazorat boʻlinmasi xodimi lavozimiga qabul qilingan va mazkur Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) ega boʻlgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugagungacha ikki oy mobaynida attestatsiyadan oʻtishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolasi bor ayol yoki uch yoshgacha boʻlgan bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan ota (vasiy) hamda oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan ota-ona (ularning oʻrnini bosuvchi shaxs) (ushbu toifadagi xodimlar mazkur imtiyozli davr tugagandan soʻng olti oydan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oydan ortiq vaqt davomida davolanayotgan yoki harbiy yoxud muqobil xizmatni oʻtayotgan xodimlar (ushbu toifadagi xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishganidan soʻng olti oydan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan yoki bir oygacha boʻlgan muddatda mehnatga layoqatsizlik davrida boʻlgan xodimlar (ushbu toifadagi xodimlar xizmat tekshiruvi yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tugaganidan keyin attestatsiyadan umumiy tartibda oʻtkaziladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarida maʼmuriy-texnik lavozimda (boshqaruv xodimlaridan tashqari) ishlayotgan shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan muddatlarda ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun yuborish vazifasi davlat organlari va tashkilotlari rahbari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Agentlik direktorining buyrugʻi bilan uch yil muddatga attestatsiya komissiyasi shakllantiriladi hamda uning tarkibi kamida yetti nafar aʼzo va bir nafar komissiya kotibidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Attestatsiya komissiyasiga Agentlik direktorining tegishli oʻrinbosari raislik qiladi hamda uning tarkibiga Agentlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalari xodimlari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga, kelishuvga koʻra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy va oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida bilim, koʻnikma va tajribaga ega boʻlgan ekspert va mutaxassislar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Attestatsiya komissiyasi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat boʻlinmalarining attestatsiyadan oʻtishga talabgor boʻlgan xodimlarining (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) roʻyxat boʻyicha tarkibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini rais oʻrinbosari amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Agentlikning “Komplayens-nazorat” tizimini joriy etish va ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatini tartibga solish boshqarmasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi va u:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani oʻtkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda talabgorlarga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Talabgorlarning hujjatlarini koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat organlari va tashkilotlari ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma yoki elektron shakldagi xatni mazkur Nizomning 26-bandida belgilangan muddatlardan kamida bir oy oldin Agentlikka yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinishi mumkin boʻlgan hujjatlardan tashqari xatga Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda (roʻyxat raqami 3829, 2026-yil 6-may) ichki nazorat boʻlinmalari xodimlariga nisbatan belgilangan minimal malaka talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xat kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida Agentlik tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tegishli malaka oshirish kurslarida oʻqiganligi toʻgʻrisida belgilangan namunadagi sertifikatga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Talabgorning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tegishli malaka oshirish kurslarida malaka oshirmaganligi uni attestatsiyadan oʻtkazishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Bunda attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan talabgorni attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Attestatsiyadan oʻtkazishning rad etilishiga asos boʻlgan mazkur Nizomning 33-bandida belgilangan kamchilik bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda talabgorni attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xat takroran koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Attestatsiyadan oʻtkazishning rad etilishi uchun asos boʻlmagan taqdirda talabgor davlat organi yoki tashkilotining xati kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddat ichida attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Agentlik tomonidan attestatsiyaning oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida talabgorning ish joyi boʻyicha davlat organi yoki tashkilotiga attestatsiya oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn besh kun oldin bildirishnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining attestatsiyadan oʻtkazilishida ortiqcha vaqt va xarajatlarning oldini olish maqsadida ular Agentlik tomonidan maxsus elektron platforma orqali masofaviy shaklda attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Hujjatlari attestatsiyadan oʻtishga taqdim etilgan hamda attestatsiyaga uzrli sababga koʻra (kasalligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, mehnat taʼtili, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlishi sababli) kelmagan talabgorlar attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan talabgorlar boʻyicha ular ishlayotgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga bildirishnoma yuboriladi. Talabgor attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelmagan taqdirda attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash haqida qaror chiqarishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Attestatsiya komissiyasi, agar uning majlisida komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor ishlaydigan davlat organi yoki tashkilotining vakili attestatsiya komissiyasi majlisida maslahat ovozi bilan qatnashishi mumkin. Attestatsiya tugagandan keyin vakilning fikr-mulohazalari eshitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Attestatsiya komissiyasi majlisi komissiya aʼzolariga talabgorning hujjatlarini tanishtirishdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Attestatsiya ikki bosqichda — test sinovi va suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Talabgor bilan uning kasb faoliyatiga bogʻliq boʻlgan faoliyat yoʻnalishlari, milliy qonunchilik va sohaga oid xalqaro standartlar, korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilim va koʻnikmalar, shu jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish, korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka doir murojaatlar bilan ishlash kabi yoʻnalishlar boʻyicha test sinovi va suhbat oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Test sinovi 25 ta savoldan iborat boʻlib, har bir savol 2 ball bilan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovini topshirish uchun talabgorlarga 60 daqiqa vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Suhbat jarayoni umumiy 50 ballik tizim asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda suhbat savollari beshta savoldan iborat boʻlib, har bir savol komissiya aʼzolari tomonidan alohida baholanadi. Har bir komissiya aʼzosi tomonidan bir savol uchun eng koʻpi bilan 10 ball qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning suhbat jarayonida toʻplagan umumiy bali komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballar yigʻindisini komissiya aʼzolari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat jarayonida talabgorga korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlari uchun ularning kasbiy kompetensiyasiga hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga doir boʻlmagan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Suhbat savollari talabgor tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan suhbat savollari komissiya kotibi tomonidan printerda chop etiladi va (yoki elektron shaklda) talabgorga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Talabgorlarga javob berishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan talabgorga suhbat savollari yuzasidan aniqlashtiruvchi qoʻshimcha savollar berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Talabgor toʻplashi mumkin boʻlgan eng yuqori koʻrsatkich 100 ballni tashkil etadi. Talabgor attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan deb hisoblanishi uchun umumiy hisobda kamida 56 ball natija qayd etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi va suhbat jarayoni Internet jahon axborot tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini yaratgan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida uni oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi hamda ushbu videotasvir Agentlikda uch yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Test va suhbat savollarining taxminiy roʻyxati va attestatsiya komissiyasining ish reglamenti Agentlik tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida attestatsiya boshlanishidan kamida bir oy oldin eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Attestatsiya komissiyasi talabgorning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib, attestatsiyadan oʻtkazish yakuni boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorni attestatsiyadan oʻtgan deb eʼtirof etish va unga guvohnoma berish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etish haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining raisi hamda komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya natijalari ball qoʻyish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ichki nazorat boʻlinmasining attestatsiyadan oʻtgan xodimiga uch kun muddatda ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning amal qilish muddati — uch yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi hamda himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma uni identifikatsiya qilish imkoniyatini yaratish maqsadida QR-kod (matritsali shtrix kod) qoʻyilgan holatda rasmiylashtiriladi. Guvohnomalar reyestri Agentlik tomonidan ularning seriyasi, tartib raqami va amal qilish muddati koʻrsatilgan holda “E-anticor.uz” elektron platformasida avtomatik ravishda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Ichki nazorat boʻlinmasi xodimi attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etilgan taqdirda davlat organi yoki tashkiloti mazkur xodimni takroriy attestatsiyadan oʻtkazish uchun dastlabki attestatsiya oʻtkazilgan kundan kamida uch oy oʻtgach, biroq olti oydan kechikmay murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar talabgor takroriy attestatsiyadan oʻta olmasa yoki koʻrsatilgan muddatda takroriy attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilmasa, attestatsiya komissiyasi uning ish joyiga bildirishnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organi yoki tashkiloti rahbari bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn besh kun mobaynida xodimni mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida uch kun muddatda Agentlikni yozma yoki elektron ravishda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Guvohnomaning amal qilishi attestatsiya komissiyasining qaroriga koʻra, quyidagi asoslar boʻyicha muddatidan avval tugatilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim korrupsiyaga oid jinoyatlarni, shuningdek, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalanib olinganligi aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki nazorat boʻlinmasi xodimi unga berilgan guvohnomaning amal qilishini tugatish masalasini koʻrib chiqishda attestatsiya komissiyasi majlisida ishtirok etishi mumkin. Majlis oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida ichki nazorat boʻlinmasi xodimiga majlis oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin Agentlik tomonidan xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki nazorat boʻlinmasi xodimining attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashmasligi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga toʻsqinlik qilmaydi. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ichki nazorat boʻlinmasi xodimiga Agentlik tomonidan uch kun muddatda xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Attestatsiya komissiyasining qarorlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish Agentlik tomonidan ichki nazorat boʻlinmasi xodimining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar ichki nazorat boʻlinmasi xodimi oʻz faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Agentlik tomonidan qayta rasmiylashtirish vaqtida attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi lozim, bunda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ichki nazorat boʻlinmasi xodimining arizasiga koʻra, ushbu ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun ichida uning dublikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Dublikatni berishda ichki nazorat boʻlinmasi xodimiga Agentlik tomonidan “DUBLIKAT” belgisi qoʻyilgan attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Guvohnomaning qayta rasmiylashtirilishi va dublikati berilishi uchun attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Ichki nazorat boʻlinmasi xodimi boshqa davlat organi yoki tashkilotiga oʻtgan taqdirda agar uning guvohnomasi amal qilish muddati tugamagan boʻlsa, u qayta attestatsiyadan oʻtmasdan faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi xodimining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi

GUVOHNOMA

 

________ № __________________

(seriyasi)

Ushbu bilan ____________________________________________________________________________________________

(davlat organi yoki tashkiloti xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi)

_______________________________________________________________________________________________________

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida attestatsiyadan oʻtganligi tasdiqlanadi va u davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida ichki nazorat tuzilmasida ishlashi mumkin.

(yil, kun va oy)

 

Attestatsiya komissiyasi raisi:

QR kod

_______________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026 y., 10/26/3835/0507-son)