09.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3771
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining qarori, 09.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3771
Kuchga kirish sanasi
10.02.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3771]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda xavfsizlikni taʼminlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais A. RAFIQOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atom energiyasi agentligi direktori A. AXMEDXADJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 7-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi birinchi vitse-prezidenti SH. SAGDULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 12-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 19-yanvardagi 33-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda xavfsizlikni taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda xavfsizlikni taʼminlashga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish bosqichi — atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish loyihasida belgilangan holatga erishishga qaratilgan, muayyan vaqt oraligʻida amalga oshiriladigan tashkiliy hamda texnik chora-tadbirlar va yechimlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasi — atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish loyihasida belgilangan, ushbu blok hamda unga qarashli binolar va inshootlarni oʻz ichiga olgan hudud (atom elektr stansiyasining boshqa (ishlab turgan) bloklari bilan umumiy boʻlgan binolari, inshootlari, tizimlari va elementlari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun masʼul etib tayinlangan hamda oʻz kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir boʻlgan yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishga tayyorlash hamda uni ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha faoliyat atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini asoslash boʻyicha hisobot yoki ushbu hisobot asosida ishlab chiqilgan atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish dasturi, atom elektr stansiyasi bloki uskunalari va tizimlarini demontaj qilish ishlarining dasturi va jadvaliga, shuningdek atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha loyiha hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan ekspluatatsiyadan chiqarish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot quyidagi choralarni koʻrishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajariladigan ishlar sifatini taʼminlash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini xavfsiz ekspluatatsiyadan chiqarish uchun zarur boʻlgan uskunalar, tizimlar, binolar va inshootlarning ishga yaroqliligini taʼminlash hamda ularni soz holatda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish ishlarini bajaruvchi xodimlarni tanlash, ularning tayyorgarligi va malaka darajasini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda ishlarning xavfsizligini, shuningdek ularni hisobga olish va nazorat qilishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Koʻp blokli atom elektr stansiyasi maydonchasida joylashtirilgan atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha ishlar ushbu maydonchada joylashgan boshqa (ishlab turgan) atom elektr stansiyasi bloklarining xavfsizligiga taʼsir koʻrsatmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom elektr stansiyasi blokining loyihaviy xizmat muddati tugashidan kamida 5 yil oldin atom elektr stansiyasi blokini xavfsiz ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Atom elektr stansiyasi blokini xavfsiz ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha konsepsiya quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishning mumkin boʻlgan variantlari tavsiflanishi va taqqoslanishi, bunda ushbu blok ekspluatatsiyasi toʻxtatilgandan keyingi radiatsiyaviy vaziyat prognozi hamda ekspluatatsiyadan chiqarish yakunida erishilishi rejalashtirilgan taxminiy (maqsadli) holatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan tanlangan ekspluatatsiyadan chiqarish varianti, uni tanlash talablari hamda tanlovning asoslarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiyadan chiqarish uchun toʻxtatilgan atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiyadagi konfiguratsiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilarning umumiy miqdori (hajmi va faolligi), turi, toifasi va sinflarini baholash natijalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishga tayyorlash va ekspluatatsiyadan chiqarish tadbirlar roʻyxati, tavsifi va bajarilish muddatini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda xavfsizlikni taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish jarayonida ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasidagi radiatsiyaviy fonning qiymatini toʻgʻri baholash maqsadida, uni joylashtirishdan oldingi davrga tegishli radiatsiyaviy fon maʼlumotlari olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini asoslash boʻyicha hisobot ishlab chiqilishi lozim. Hisobotda quyidagi texnik va tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokining konstruksiyalari, tizimlari va elementlari uchun qoʻllaniladigan materiallar hamda ularni tayyorlash boʻyicha talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiya qilish davrida tizimlar, elementlar va xonalarning radionuklidlar bilan yuzaki ifloslanishini eng kam darajaga tushirishga qaratilgan texnologik yechimlar va usullar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish davrida dezaktivatsiya va demontaj ishlarining texnik yechimlari, shu jumladan uskunani butunligicha yoki yirik qismlar bilan demontaj qilish hamda uni keyinchalik parchalash va (yoki) dezaktivatsiya maydonchalariga koʻchirish talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan blok tizimlari va elementlarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
blok binolari va inshootlarning qurilish konstruksiyalari uchun yuk koʻtarish qobiliyatiga oid talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish muddati davomida, shuningdek ekspluatatsiyadan chiqarish ishlari jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yuklamalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish davrida ishlaydigan hamda ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tizimlar va elementlarning ishchanligi, shu jumladan resurs tugaganda uskunalar va tizim elementlarini almashtirish orqali ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashga oid talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasida hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilarni qayta ishlash va (yoki) konditsiyalash hamda saqlash uchun moʻljallangan qurilmalar va omborxonalarni joylashtirish mumkin boʻlgan joylar belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha ishlarni bajarishda blokning asosiy tizimlari va elementlarini demontaj qilish va (yoki) dezaktivatsiya qilish texnologiyalari oldindan tanlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibiga qoʻyiladigan talablar (ekspluatatsiyadan chiqarishga tayyorgarlik koʻrish va uni amalga oshirish ishlarini rejalashtirish hamda bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni qayd etish, toʻplash, saqlash va taqdim etish vositalari hamda usullari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasining blokini ekspluatatsiyadan chiqarish jarayonida radiatsiyaviy xavfsizlikni asoslash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda yuz berishi mumkin boʻlgan avariyalarning tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsiyaviy nazoratda qoʻllaniladigan oʻlchov vositalari, metrologik va uslubiy taʼminoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda fizik himoya tizimini asoslash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom elektr stansiyasi blokining “hayotiy” davrida atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish dasturi va loyihasini ishlab chiqish uchun xavfsizlikni taʼminlashga oid quyidagi maʼlumotlarni toʻplashi va saqlashni taʼminlashi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokining tizimlari, elementlari va xonalarining radionuklidlar bilan ifloslanish darajasini baholash toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokining binolari, inshootlari, tizimlari va elementlarining texnik holatini oʻrganish hamda qoldiq resursini tekshiruvlar natijalari toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki xonalaridagi hamda ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasidagi radiatsiyaviy vaziyat, shuningdek ushbu blok toʻxtatilgandan keyin ekspluatatsiyadan chiqarish uchun sanitariya-muhofaza zonasi va kuzatuv zonasi toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish jarayonida hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilarni joylashtirish maqsadida ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasidagi radioaktiv chiqindilarni saqlash punktlari va omborxonalarining mavjud (boʻsh) hajmlari toʻgʻrisidagi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish dasturini ishlab chiqishi lozim. Ushbu dastur quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini uzil-kesil toʻxtatilishigacha boʻlgan davrda ekspluatatsiyadan chiqarishga tayyorlash boʻyicha tadbirlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishga tayyorlash jarayonini (mazkur jarayon blok uzil-kesil toʻxtatilgan paytdan boshlab ekspluatatsiyadan chiqarish ishlari boshlanguniga qadar boʻlgan davr).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki uskunalari, tizimlari va qurilish konstruksiyalarini demontaj qilish va dezaktivatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takroran foydalaniladigan materiallar bilan muomala qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsiyaviy nazorat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jisman himoya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish jarayonida foydalaniladigan uskunalar, tizimlar, binolar va inshootlarni soz holatda saqlash, shuningdek ularning resurslari tugaganda hamda taʼmirlash imkonsiz yoki maqsadga muvofiq boʻlmaganda ularni almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokining uskunalari, tizimlari va qurilish konstruksiyalarini konservatsiya qilish hamda yuqori faollikka ega uskunalardan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot quyidagilarni taʼminlashi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokidan barcha yadroviy materiallar, shu jumladan yangi yadroviy yoqilgʻi va ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini chiqarib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasi doirasida yadroviy yoqilgʻini maxsus uskunalar va transport vositalaridan foydalangan holda oldindan yoʻnalishlar boʻyicha tashishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki uskunalari va texnologik tizimlaridan radioaktiv moddalarni olib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishga tayyorlash ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan hajmda atom elektr stansiyasi blokining binolari, inshootlari, tizimlari va elementlarini dezaktivatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokidan foydalanish davrida unda toʻplangan radioaktiv chiqindilarni qayta ishlash va konditsiyalash, ularni radioaktiv chiqindilar saqlanadigan omborga joylashtirish va (yoki) saqlash yoki koʻmib tashlash uchun ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasi chegarasidan tashqariga transportda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stantsiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish loyihasini ishlab chiqish uchun atom elektr stantsiyasi blokini kompleks muhandislik va radiatsiya tekshiruvidan oʻtkazish, olingan natijalar boʻyicha hisobot tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qoidalarning 3-bobiga muvofiq atom elektr stansiyasi blokini kompleks muhandislik va radiatsiyaviy tekshiruvidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks muhandislik va radiatsiya tekshiruvi natijalari hisobga olingan holda atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish dasturini yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlangan atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish varianti boʻyicha atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish loyihasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish loyihasi va dasturi asosida atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda xavfsizlikni asoslash boʻyicha hisobotni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish jarayonida sifatni taʼminlash boʻyicha dasturni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish jarayonida avariya sodir boʻlganda xodimlarni (ishchi-xizmatchilarni) himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qoidalarning mazkur bandida koʻrsatilgan tadbirlar va ishlarni bajarish muddatlari atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish dasturida belgilanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Issiqlik ajratuvchi elementlar buzilishi hamda boʻlinadigan materiallarning texnologik tizimlarga, konstruksiya elementlariga yoki issiqlik ajratuvchi elementlarni saqlash havzasiga tushishi oqibatida yuz bergan avariyadan soʻng atom elektr stansiyasi bloki toʻxtatilgan taqdirda, ushbu blokni yadroviy xavfsiz holatga keltirish avariya oqibatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish dasturiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kompleks muhandislik va radiatsiya tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan tekshiruvning maqsadlari, vazifalari va hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvni oʻtkazishda qoʻllanilgan oʻlchash usullari hamda texnik vositalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv jarayonida nazorat qilingan parametrlar va tavsiflar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks muhandislik va radiatsiya tekshiruvi davomida olingan natijalar hamda xulosalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish loyihasida atom elektr stansiyasi blokini xavfsiz tarzda ekspluatatsiyadan chiqarishni taʼminlovchi chora-tadbirlar nazarda tutilishi hamda unda quyidagilar keltirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish bosqichlarining tavsifi hamda bosqichlarni bajarish ketma-ketligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasining chegaralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki ekspluatatsiyadan chiqarilgandan keyingi yakuniy holatning tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp blokli atom elektr stansiyasida atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha ishlarning ekspluatatsiya qilinayotgan boshqa atom elektr stansiyasi bloklariga taʼsir koʻrsatishi ehtimolini bartaraf etuvchi chora-tadbirlar (mazkur chora-tadbirlarni ishlab chiqish atom elektr stansiyasi loyihasini ishlab chiquvchi ishtirokida amalga oshirilishi kerak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha texnik va tashkiliy yechimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki xonalarida, ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasida, sanitariya-muhofaza zonasida va kuzatuv zonasida dozimetrik nazorat hamda radiatsiyaviy vaziyatni nazorat qilish hajmi, shuningdek radiatsiyaviy nazoratning texnik vositalariga qoʻyiladigan talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarib tashlanadigan radioaktiv chiqindilar, shu jumladan ikkilamchi radioaktiv chiqindilar boʻyicha ularning miqdori (hajmi va faolligi), radionuklid tarkibi va sinfi, shuningdek radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun konteynerlarning turi va qancha miqdorda kerakligiga oid talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shamollatish tizimi (ventilyatsiya), gazni tozalash, changni bostirish va oqava suvlarni chiqarib yuborish tizimlarining texnik tavsiflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish bosqichi yakunlangandan keyin atom elektr stansiyasi blokining holati (erishiladigan holat tavsifi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish paytida xodimlar nurlanishining minimallashtirish talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishda sanoat, ekologik va portlash xavfsizligiga oid talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasidagi radioaktiv ifloslanishni bartaraf etish natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi taʼsirlardan himoya qilish usullari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stantsiyasi bloki xodimlarini radiatsiyaviy avariya haqida ogohlantirish va xabardor qilish usullari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha ishlar yakunlangandan soʻng, loyihada belgilangan yakuniy holat hamda kelgusida ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasidan rejalashtirilayotgan foydalanish sharoitida saqlanib qolishi mumkin boʻlgan ionlashtiruvchi nurlanishning texnogen manbalari bilan bogʻliq holda xodimlar va aholining nurlanish dozalarini prognoz baholash natijalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishning har bir bosqichi yakunlangandan soʻng ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan blokning amaldagi holati ekspluatatsiyadan chiqarish loyihasida belgilangan reja holatiga muvofiqligi tekshirilib, quyidagilar boʻyicha tahlil oʻtkazilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini qoʻshimcha muhandislik va radiatsiya tekshiruvidan oʻtkazish zarurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish dasturini va loyihasini yangilash zarurati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishning barcha bosqichlarida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi blokining nazorat qilinadigan kirish zonasi chegaralari belgilanishi, shuningdek qoʻriqlash signalizatsiyasi vositalaridan foydalanish va xodimlarning ushbu zonaga ruxsatsiz kirishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish jarayonida har bir bosqich yakunlangandan soʻng rasmiylashtiriladigan maʼlumotlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilgan texnologiyalar, demontaj va dezaktivatsiya qilish usullari va texnik vositalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsiyaviy xavfli ishlarning har bir turi uchun xodimlarning olgan individual va jamoaviy nurlanish dozalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki xonalaridagi va ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasidagi radiatsiyaviy vaziyatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish loyihasida nazarda tutilgan qoʻshimcha muhandislik toʻsiqlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Atom elektr stansiyasini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot blokni ekspluatatsiyadan chiqarishning har bir bosqichi boshlanishidan oldin quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha nazorat darajalarini belgilashi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki xonalaridagi ishchi yuzalar hamda havo muhitining radionuklidlar bilan ifloslanish darajasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish jarayonida atrof-muhitga radioaktiv moddalarning chiqarilishi va tashlanishi boʻyicha ruxsat etilgan (nazorat) darajalarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarishning barcha bosqichlarida radiatsiyaviy nazoratning hajmi, usullari va texnik vositalari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablariga muvofiq belgilanishi va quyidagilar amalga oshirilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish ishlarini bajarayotgan xodimlarning individual dozimetrik nazorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik toʻsiqlarining butunligi va ishga yaroqliligi nazorati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tashqi nurlanish dozasining quvvati va (yoki) havodagi radionuklidlarning hajmiy faolligi nazorat darajalaridan oshishi ehtimoli mavjud boʻlgan joylarda atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish ishlari bajarilganda, nazorat darajasi oshganligi haqida xabar beruvchi tovush va yorugʻlik signalizatsiyasiga ega radiatsiyaviy nazorat vositalari oʻrnatilishi va ular soz holatda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish jarayonida hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishda Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning xavfsizlik talablariga (roʻyxat raqami 3694, 2025-yil 28-oktabr) rioya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-yanvardagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha ishlarni bajarishda, bajaruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasi oshirilishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi blokida avariya sodir boʻlganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiyadan chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun masʼul tarkibiy boʻlinma tomonidan atom elektr stansiyasining maʼmuriy rahbariyati darhol xabardor qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirayotgan boʻlinmaning maʼmuriy rahbariyati avariyaning rivojlanishini toʻxtatishi, xodimlar va aholining nurlanish dozalarini, shuningdek nurlanishga uchragan shaxslar sonini hamda atom elektr stansiyasi bloki xonalari va atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishini eng kam darajaga keltirish choralarini koʻrishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Atom elektr stansiyasi blokini kompleks muhandislik va radiatsiyaviy tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Atom elektr stansiyasi blokining kompleks muhandislik va radiatsiyaviy tekshiruvi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha hujjatlarini oʻrganish hamda ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan blokda amalga oshirilgan yechimlarning loyiha yechimlariga muvofiqligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish konstruksiyalari, tizimlar va asbob-uskunalardan ekspluatatsiyadan chiqarish jarayonida foydalanishni asoslash maqsadida blokning ekspluatatsiya hujjatlarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki xonalari ichida va tashqarisida radiatsiyaviy vaziyatni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish konstruksiyalari, tizimlari va uskunalarining holatini uskunalar yordamida tekshiruvdan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Atom elektr stansiyasi blokining binolari va inshootlarining muhandislik tekshiruvi natijalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki, shuningdek unga tegishli binolar va inshootlarning tavsifini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki qurilish konstruksiyalarining tekshiruv oʻtkazilgan paytdagi haqiqiy texnik holati va ularning qoldiq resursi boʻyicha baholashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokini joylashtirish boʻyicha qabul qilingan texnik yechimlar roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr, issiqlik, gaz, havo va suv taʼminotining asosiy sxemalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki ishlab chiqarish binolari, inshootlari va xonalari oʻrtasidagi texnologik hamda transport aloqalarining sxemalari va xususiyatlarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Atom elektr stansiyasi blokining ishlab chiqarish xonalarining muhandislik tekshiruvi natijalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki belgilari, shuningdek qatʼiy va erkin rejim zonalari boʻyicha xonalarning raqamlari va nomlari koʻrsatilgan toʻliq roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonaning tavsiflarini (geometrik oʻlchamlari, xona toifasi, portlash va yongʻin xavfi sinfi, elektr xavfsizligi sinfi, havo almashinuvi darajasi, pol, shift va devor qoplamalarining tavsiflari, tirqishlar tavsiflari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarda joylashtirilgan yoki binolar orqali tranzit oʻtuvchi asbob-uskunalar, qurilmalar, tizimlar hamda kommunikatsiyalar roʻyxati va ularning texnik va massa-gabarit tavsiflarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish paytida uskunalar, qurilmalar va tizimlarning amaldagi texnik holati hamda ularning qoldiq xizmat muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Radiatsiyaviy vaziyat toʻgʻrisidagi axborot quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gamma-nurlanish dozalarining quvvatlari, atom elektr stansiyasi bloki xonalaridagi alfa- va beta-zarrachalar oqimlarining zichliklari, atom elektr stansiyasi bloki xonalari havosidagi radioaktiv aerozollar va gazlarning konsentratsiyalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki binolari va inshootlaridan tashqaridagi gamma-nurlanish dozalari quvvatlari, ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasi hududining va atom elektr stansiyasi bloki binolari va inshootlari tashqi sirtlarining radioaktiv ifloslanish darajalari, shuningdek atmosferadagi radioaktiv aerozollar va gazlar konsentratsiyalarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Atom elektr stansiyasi blokini radiatsiyaviy tekshirish natijalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasi, sirtlar (devorlar, tomlar) va qoplamalar turi, radionuklidlar tarkibi, ularning faolligi koʻrsatilgan holda radioaktiv ifloslanishga uchragan obyektlari (atom elektr stansiyasi bloki binolari va inshootlari) roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omborlarda toʻplangan suyuq radioaktiv chiqindilar hajmlari, ularning solishtirma va integral faolligi, radionuklid va kimyoviy tarkibi, agregat holatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻplangan qattiq radioaktiv chiqindilar hajmlari, ularning solishtirma va umumiy faolligi, radionuklid tarkibi, kimyoviy tarkibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokida mavjud boʻlgan qattiq va suyuq radioaktiv chiqindilar omborlarining toʻldirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dozalar quvvati va nurlanish maydonlari kartogrammalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunikatsiyalar, omborxonalarning qurilish va himoya inshootlarining boʻlinish mahsulotlari hamda boshqa radionuklidlar bilan ifloslanganlik darajasini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Blok xonalarida radiatsiyaviy tekshiruv oʻtkazilgandan soʻng atom elektr stansiyasida quyidagilar aniqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi bloki binolaridagi radioaktiv ifloslanish zonalari va ularning chegaralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qilinadigan foydalanish zonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarda joylashgan yoki binolar orqali tranzit tarzda oʻtuvchi uskunalar, tizimlar va qurilish konstruksiyalarining yuzasi radioaktiv modda bilan ifloslanish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskunalar va qurilish konstruksiyalari materiallarining tashqi sirtdan ichkariga qarab radionuklidlar bilan ifloslanish darajalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalar ichidagi radioaktiv choʻkindilarning hajmi va nuklidlar tarkibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Radiatsiyaviy tekshiruvdan soʻng ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasida quyidagilar aniqlanishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi hududidagi yer osti va yer usti suvlaridagi radionuklidlarning konsentratsiyasi va tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi hududi tuprogʻidagi radionuklidlarning konsentratsiyasi va tarkibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Atom elektr stansiyasining blokini ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha ishlarni yakunlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish ishlari atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyadan chiqarish loyihasida belgilangan yakuniy holatga erishilganligi tasdiqlangandan keyingina tugallangan hisoblanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Atom elektr stansiyasi bloki ekspluatatsiyadan chiqarilgandan keyingi yakuniy holatga erishilganligini asoslash maqsadida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom elektr stansiyasi blokini yakuniy tekshiruvdan oʻtkazishi hamda yakuniy tekshiruv natijalari boʻyicha hisobotni ishlab chiqishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Yakuniy tekshiruv natijalari boʻyicha hisobotda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy tekshiruvni oʻtkazishda foydalanilgan oʻlchov usullari va texnik vositalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy tekshiruv davomida olingan natijalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan atom elektr stansiyasi bloki maydonchasida qolgan ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining koʻp omilli taʼsirida xodimlar va aholining prognoz qilinayotgan nurlanish dozalarini baholash natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom elektr stansiyasi blokining amaldagi holati ekspluatatsiyadan chiqarish loyihasida koʻrsatilgan atom elektr stansiyasi bloki ekspluatatsiyadan chiqarilgandan keyingi yakuniy holatga muvofiqligini asoslash natijalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur Qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026 y., 10/26/3771/0129-son)