Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2001 04.11.1997 yildagi 502-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA” 1996-YIL 26 NOYABRDAGI 419-SON VA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI” HAQIDA 1997-YIL 12-MARTDAGI 136-SON QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 6-yanvardagi PF-1693-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish haqida 1997-yil 3-noyabrdagi PF-1879-son Farmonini bajarish yuzasidan va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasini iqtisodiy islohotlarning zamonaviy bosqichlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatining Yangi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarorining 11-bandini oʻzgartirilib, belgilansinki, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida 6 nafar vazir oʻrinbosari, shu jumladan 3 nafar birinchi oʻrinbosar lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirning iqtisodiyot va qishloq xoʻjaligida islohotlar masalalariga mutasaddi boʻlgan birinchi oʻrinbosariga qoʻshimcha ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulot ishlab chiqaruvchilarining “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi bilan mustahkam oʻzaro hamkorligini taʼminlash va ularning samarali ishlashini tashkil etish uchun javobgarlik yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ixtiyoriga berilgan Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) ayni vaqtda vazirning qishloq xoʻjaligidagi ilmiy-texnika taraqqiyoti va texnologiya siyosati masalalariga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosari hisoblangan bosh direktor boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tayinlanadigan bosh direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari lavozimlari joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markazda ilmiy-texnika kengashi tashkil etiladi. Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri uning raisi, Markazning bosh direktori rais oʻrinbosari hisoblanadi. Kengash tarkibiga lavozimiga koʻra bosh direktor oʻrinbosarlari va Markazning bosh ilmiy kotibi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi, Fanlar akademiyasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – agrosanoat kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi, Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshligʻi, shuningdek yetakchi olimlar va mutaxassislar kiradi. Ilmiy-texnika kengashi aʼzolarining shaxsiy tarkibi (tarkibga lavozimga koʻra kiruvchi shaxslardan tashqari) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-martdagi 136-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga uchinchi ilovaning 12 va 23-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 4-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
502-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 4-noyabrdagi 502-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish