Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 08.11.2005 yildagi PQ-216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2006 YILGI INVESTITSIYa DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika iqtisodiyotida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini avj oldirish va ishlab chiqarishni xususiylashtirish, modernizatsiyalash, texnik jihatdan qayta qurollantirish va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirish, ishchi kuchi koʻp boʻlgan mintaqalarda yangi ish joylarini yaratish, Oʻzbekiston iqtisodiyotini barqaror va dinamik tarzda rivojlantirishga erishish uchun xorijiy kredit mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Investitsiya dasturi asosiy parametrlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga topshirish prognozi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin. Ularda investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan yangilashga, ishga tushiriladigan obyektlar qurilishini nihoyasiga yetkazish va tugallanmagan qurilishlar hajmini qisqartirishga jamlanishi nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2 ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2006-yilgi markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari 3-ilovaga muvofiq*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3 ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari Respublika maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2006-yilgi markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari 3a-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-a ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2006 va 2007-yillarda avtomobil yoʻllari qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4 va 4-a ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2006-yilgi investitsiya loyihalarining aniq dasturi 5-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5 ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2006-yilgi investitsiya loyihalarining aniq dasturi 6-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6 ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati 7-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 7 ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar — buyurtmachilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yilning 1-dekabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda 2006-yilda yangidan boshlanadigan obyektlar boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini hamda pudrat tashkilotlari bilan birgalikda 2006-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan holatga koʻra keyingi yilga oʻtuvchi obyektlarning qoldiq qiymatini qayta hisoblab chiqishni taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlariga, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi banklarga rasmiylashtirish hamda moliyalashni ochish maqsadida taqdim qilish uchun tanlov savdolarining natijalariga koʻra yangidan boshlanadigan obyektlar boʻyicha belgilangan muddatlarda pudrat shartnomalari tuzilishini taʼminlasinlar va qurilishlarning titul roʻyxatlarini tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yilning 15-dekabrigacha 2006-yilgi qurilishlarning uzil-kesil aniq roʻyxatlarini kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda obyektlar boʻyicha 2006-yilgi qurilishlarning buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan aniq roʻyxatlarini koʻrib chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida muhokama qilish va maʼqullash uchun oʻz takliflarini bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006-yilning 1-yanvarigacha 2006-yilgi investitsiya dasturi boʻyicha qaror qabul qilsin, bunda qurilishi tugallanmagan obyektlarni qisqartirishga va mablagʻlarni yuqori darajada tayyor holda ishga tushiriladigan obyektlarga jamlashga, ularning oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishi uchun buyurtmachilar va pudratchilarning masʼuliyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati, shahar qurilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoida va standartlariga investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan davr mobaynida rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnoma majburiyatlari ijrosi monitoringi olib borilishini, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi muddatlari va shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yilning har choragi yakunlari boʻyicha monitoring natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot berib turilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi yirik va muhim strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining qoʻshma taqdimnomasi boʻyicha 2006-yil mobaynida tasdiqlangan Investitsiya dasturining umumiy parametrlari doirasida investitsiya loyihalarining aniq dasturiga va ayrim buyurtmachilar boʻyicha kapital mablagʻlar limitlariga aniqliklar kiritish, shu jumladan investitsiya loyihalarini yigʻma roʻyxatdan aniq dastur qismiga yoki aniq dasturdan yigʻma roʻyxatga oʻtkazish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan limitlar doirasida oʻtkazilgan tanlov savdolari hamda ayrim qurilish va obyektlar boʻyicha mablagʻlarning amalda oʻzlashtirilishini hisobga olgan holda buyurtmachilar qurilishlarining aniq roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, markazlashtirilgan kapital mablagʻlar hisobidan bajariladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida loyiha yoki ekspert tashkilotining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan qoʻshimcha hajmdagi ish va xarajatlar aniqlangan taqdirda mazkur loyihani ishlab chiqish yoki ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlangan pulning hammasi ana shu tashkilotlardan davlat budjeti daromadiga olib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan kapital qurilishda narxlarning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin va bajarilayotgan ishlarning natijalarini har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib tursin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Golishev va N.M. Xanov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 8-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ–216-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 340-modda; 2006-y., 10-son, 73-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 3-son, 151-modda; 8-son, 471-modda)