Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.1997 23.12.1993 yildagi 608-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.1997
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARI MOL-MULKINING
DAVLAT MAJBURIY SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-martdagi 125-son “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkini tabiiy ofatlar va boshqa qutilmagan hodisalar oqibatidan koʻproq darajada sugʻurtaviy himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(qarorning muqaddimasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab xoʻjaliklararo tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasining barcha vazirliklari va idoralarining qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasi joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjaliklararo tashkilotlar, qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari tomonidan oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili (bogʻlar va uzumzorlar hosilidan tashqari) qurgʻoqchilik, issiqlik yetishmasligi, ortiqcha namgarchilik, zax bosib chirish, ayoz, sovuq urishi, doʻl, jala, boʻron, dovul, suv toshqini, suvsizlik yoki sugʻorish manbalarida suvning kamayib ketishi, mazkur joy uchun xos boʻlmagan ob-havo yoki boshqa tabiiy sharoitlar natijasida, shuningdek, oʻsimliklar kasalliklari, zararkunandalari hamda yongʻin tufayli nobud boʻlishi yoxud zararlanishi hodisasidan;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 oylik va undan katta yoshdagi qoramollar, qoʻy va echkilar, 4 oylik va undan katta yoshdagi choʻchqalar, 1 yoshlik va undan katta yoshdagi yilqilar, tuyalar, xachirlar, eshaklar — tabiiy ofatlar, yuqumli kasalliklar, elektr toki urishi va yongʻin natijasida nobud boʻlish (harom oʻlish, majburan soʻyish yoki yoʻq qilish) hodisasidan davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi kerak. Nasldorlik guvohnomasi boʻlgan hayvonlar yuqumli kasalliklar va boshqa koʻngilsiz voqealar tufayli nobud boʻlish hodisasidan ham sugʻurta qilingan hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 oylik va undan katta yoshdagi uy parrandalari, moʻynali hayvonlar, 4 oylik va undan katta yoshdagi quyonlar hamda asalari oilalari — tabiiy ofatlar, yuqumli kasalliklar va yongʻindan nobud boʻlish (harom oʻlish, majburan soʻyish yoki yoʻq qilish) hodisasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar, baliq ovlash va transport kemalari, boshqa mulklar—suv toshqini, boʻron, dovul, jala, doʻl, odatdagidan koʻra koʻp qor yogʻishi, oʻpirilish, koʻchki, yer osti suvlari taʼsir qilishi, sel, yashin urishi, zilzila, yer choʻkishi, yongʻin, portlash va falokatlar natijasida vayron boʻlish yoki shikastlanish hodisasidan, qurgʻoqchilik, ayoz, oʻsimliklar kasalliklari hamda zararkunandalari tufayli nobud boʻlishi hodisasidan, poʻrtana, tuman, muz qatlami natijasida zararlanish, sayozlikka botib qolish hodisasidan davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi uchun sugʻurta toʻlovlari qishloq xoʻjaligi korxonalarining hisobga olish va hisobot maʼlumotlari asosida davlat sugʻurta organlari tomonidan bir yilda ikki marta hisoblab chiqiladi va quyidagi muddatlarda toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 foizi — 1-iyungacha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 foizi — 1-sentabrgacha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40 foizi — 1-noyabrgacha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganda kechiktirilgan har bir kun uchun 0,05 foiz miqdorida jarima (penya) undirib olinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasiga doir sugʻurta toʻlovlari stavkalarining miqdori 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mol-mulkning muayyan turi boʻyicha uch yil mobaynida sugʻurta qoplamasi toʻlanmagan qishloq xoʻjaligi korxonalariga sugʻurta toʻlovlari boʻyicha 10 foiz, toʻrt yil mobaynida toʻlanmagan boʻlsa — 20 foiz, besh va undan ortiq yil davomida toʻlanmagan boʻlsa — 30 foiz miqdorida imtiyozlar berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkini sugʻurta qilish boʻyicha Respublika zaxira jamgʻarmasi quyidagilar hisobidan hosil qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasiga doir toʻlovlardan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha daromadlarning xarajatlardan ortiq boʻlgan qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari respublika davlat sugʻurta Bosh boshqarmasining maxsus hisobida saqlanadi va qishloq xoʻjaligi korxonalariga sugʻurta qoplamasi toʻlash uchun mablagʻlar yetishmaganda undan foydalaniladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasiga oid toʻlovlardan ajratmalar quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta qilinishi kerak boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlari, hayvonlari va boshqa mulkning nobud boʻlishi va zararlanishining oldini olish tadbirlari uchun — 1 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sugʻurta organlari ishini yuritish, ommaviy-tushuntirish ishlarini olib borish va qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining sugʻurtasini oʻtkazish boʻyicha boshqa xarajatlar uchun — 4 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda ushbu qarorni qoʻllanish boʻyicha Yoʻriqnomani hamda sugʻurtalangan mol-mulkning nobud boʻlishi va shikastlanishining oldini olish tadbirlari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2-ilovaga muvofiq normativ hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
608-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 23-dekabrdagi 608-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy
sugʻurtasiga doir sugʻurta toʻlovlari stavkalari miqdori
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎I. Qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilining sugʻurta boʻyicha:‎

(qiymatiga nisbatan foizlari)

‎‎kuzgi don ekinlari‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Andijon, Namangan viloyatlarida‎ — 4,0‎
Buxoro, Navoiy viloyatlarida‎ — 6,0‎
Jizzax, Toshkent viloyatlarida‎ — 7,0‎
Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida‎ — 9,0‎
qolgan viloyatlarda‎ — 10,0‎

‎‎bahorgi don va dukkakli don ekinlari (sholidan tashqari):

Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida‎ — 6,0‎
Qashqadaryo, Surxodaryo, Fargʻona viloyatlarida‎ — 8,0‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qolgan viloyatlarda‎ — 10,0‎

‎‎sholi:‎

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlarida‎ — 2,0‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm viloyatida‎ — 3,0‎
Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlarida ‎ — 5,0‎
Surxondaryo viloyatida‎ — 7,0‎
qolgan viloyatlarda‎ — 8,0‎

gʻoʻza (texnika ekinlaridan tashqari):

�argʻona viloyatida‎ — 1,8‎
Buxoro viloyatida‎ — 2,8‎
Navoiy, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida‎ — 4,0‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida‎ — 5,0‎
Jizzax viloyatida‎ — 6,0‎
Samarqand viloyatida‎ — 9,0‎
qolgan viloyatlarda‎ — 3,0‎

‎‎texnika ekinlari:‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida‎ — 1,0‎
Namangan viloyatida‎ — 2,0‎
Navoiy viloyatida‎ — 3,0‎
Fargʻona, Xorazm viloyatlarida‎ — 9,0‎
qolgan viloyatlarda‎ — 4,0‎

‎‎kartoshka, sabzovat va poliz ekinlari hamda ularning urugʻlari (yopiq joyda oʻstiriladigan ekinlardan tashqari):

Namangan, Surxondaryo viloyatlarida‎ — 5,0‎
Jizzax, Samarqand viloyatlarida‎ — 7,0‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro, Toshkent, Fargʻona viloyatlarida‎ — 9,0‎
qolgan viloyatlarda‎ — 6,0‎

yopiq joyda oʻstiriladigan ekinlar:

Xorazm viloyatida‎ — 2,0‎
Jizzax, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida‎ — 4,0‎
qolgan viloyatlarda‎ — 1,0‎

‎‎ozuqabop ekinlar va ularning urugʻlari (silos, koʻk ozuqa uchun yetishtiriladigan makkajoʻxoridan hamda silosbop ekinlardan tashqari):‎

Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida‎ — 4,0‎
qolgan viloyatlarda‎ — 3,0

‎‎silos, koʻk ozuqa uchun yetishtiriladigan makkajoʻxori va silosbop ekinlar:‎

Jizzax, Namangan viloyatlarida‎ — 3,0‎
Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida‎ — 5,0‎
Qashqadaryo viloyatida‎ — 6,0‎
Xorazm viloyatida‎ — 8,0‎
Buxoro, Navoiy viloyatlarida‎ — 10,0‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasida‎ — 11,0‎
qolgan viloyatlarda‎ — 7,0‎
koʻchatxonalar boʻyicha — hamma yerda‎ — 2,0 foiz‎

‎‎II. Qishloq xoʻjaligi hayvonlari, uy parrandalari, quyonlar, moʻynali hayvonlar, asalari oilalari sugʻurta boʻyicha — ularning shu yilning 1-yanvaridagi balansda boʻlgan (yoʻqlama qilish) toʻliq narxiga nisbatan quyidagi foizlarda (ish hayvonlarini sugʻurta qilishda — amortizatsiyani hisobga olgan holda):‎

‎‎qoramol:‎

Andijon, Xorazm viloyatlarida‎ — 1,0‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, qolgan viloyatlarda‎ — 0,5‎

choʻchqalar:

Andijon, Xorazm viloyatlarida‎ — 1,0‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Namangan, Fargʻona viloyatlarida‎ — 0,5‎
qolgan viloyatlarda‎ — 0,3‎

‎‎qoʻy va echkilar:‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro, Jizzax, Navoiy viloyatlarida‎ — 3,0‎
Andijon, Namangan viloyatlarida‎ — 2,0‎

‎‎yilqilar:‎

Andijon, Xorazm viloyatlari‎ — 1,0‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlarida‎ — 0,5‎
qolgan viloyatlarda‎ — 0,3‎

‎‎tuya, eshak va xachirlar:‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlari‎ — 0,5‎
qolgan viloyatlarda‎ — 0,3‎

‎‎uy parrandalari:

Qashqadaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida‎ — 0,5‎
Fargʻona, Xorazm viloyatlarida‎ — 2,0‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasida va qolgan viloyatlarda‎ — 1,0‎

‎‎asalari oilalari:‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Andijon, Toshkent, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida‎ — 2,0‎
Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida‎ — 1,0‎
qolgan viloyatlarida‎ — 0,5‎

‎‎moʻynali hayvonlar va quyonlar:‎

Toshkent, Xorazm viloyatlarida‎ — 2,0‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasida va qolgan viloyatlarda‎ — 1,0‎

‎‎III. Binolar, inshootlar va boshqa mol-mulk sugʻurtasi boʻyicha — amortizatsiyani hisobga olgan holda ularning shu yilning 1-yanvaridagi balansdagi (yoʻqlama qilish) toʻliq narxiga nisbatan, mahsulot, xomashyo v materiallar sugʻurta boʻyicha esa — ularning balansdagi (yoʻqlama qilish) toʻliq narxiga nisbatan quyidagi foizlarda:‎

‎‎binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, kuch, ish mashinalari va boshqa mashinalar, transport vositalari, asbob-uskunalar hamda anjomlar:

Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida‎ — 1,0‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlarida‎ — 0,4‎
Jizzax, Samarqand viloyatlarida‎ — 0,2‎
qolgan viloyatlarda‎ — 0,3‎

‎‎mahsulot, xomashyo va materiallar:‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm viloyatida‎ — 0,6‎
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida‎ — 0,5‎
qolgan viloyatlarda‎ — 0,4‎

‎‎koʻp yillik dov-daraxtlar:

Qoraqalpogʻsiton Respublikasida, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida‎ — 1,0‎
Andijon, Namangan, Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida‎ — 0,5‎
qolgan viloyatlarda‎ — 0,3‎
Ov, transport kemalari va boshqa kemalar, ov qurollari sugʻurtasi boʻyicha hamma yerda‎ — 0,4‎
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-avgustdagi 329-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 23-dekabrdagi 608-son qaroriga
2-I L O V A
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz kuchini yoʻqotgan normativ hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Tabiiy ofatlar va boshqa noqulay ob-havo sharoitlari natijasida sovxozlar va boshqa davlat qishloq xoʻjaligi korxonalari koʻrgan zararni qoplash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1978-yil 1-iyundagi 499-son qarori yuzasidan 1978-yil 12-iyuldagi 397-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat korxonalarining mulkini davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida” 1978-yil 10-oktabrdagi 596-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 10-oktabrdagi 596-son qarori bilan tasdiqlangan, sugʻurta qilinishi kerak boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlari va hayvonlar, binolar, inshootlar, mol-mulkning nobud boʻlishi va zararlanishining oldini olish boʻyicha tadbirlari roʻyxatini toʻldirish va oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1979-yil 13-sentabrdagi 648-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining SSSR Ministrlar Sovetining “Kolxozlar, shuningdek, sovxozlar va SSSR Davlat agrosanoat komiteti sistemasidagi boshqa davlat qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlardan ajratmalar miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1980-yil 6-noyabrdagi 995-son qarori yuzasidan 1980-yil 19-noyabrdagi 776-son qarori (OʻzSSR QT, 1980-y., 11-son, 41-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Sugʻurta toʻlovlaridan ajratmalar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan sugʻurta qilinishi kerak boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlari va hayvonlar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkning nobud boʻlishi hamda zararlanishining oldini olish tadbirlarining roʻyxatini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1986-yil 14-apreldagi 190-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kolxozlarning mol-mulklarini davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazish toʻgʻrisida” 1990-yil 17-oktabrdagi 334-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar stavkalarining miqdorlari va toʻlash muddatlari toʻgʻrisida” 1991-yil 10-yanvardagi 2-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada dehqon (fermer) xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1991-yil 30-dekabrdagi 315-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshi.