Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 04.08.1993 yildagi 391-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI VA OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARI FEDERATSIYASI KENGAShINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI IJTIMOIY SUGʻURTA JAMGʻARMASINING TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy taʼminot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarining toʻgʻri va samarali sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sobiq SSSR Pensiya fondining Oʻzbekiston Respublika boʻlimi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etilsin. Unga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tizimidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha, farzand tugʻilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni toʻlashga yoʻnaltiriladigan davlat ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan maqsadlardagi ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarini qabul qilish-topshirish 1994-yilning 1-yanvardagi holatiga koʻra amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamgʻarmasi Oʻzbekiston respublika boʻlimining hududiy filiallari negizida Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi vakilligining Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalarini, respublika shaharlari va tumanlarida esa jamgʻarma vakilligining boʻlimlarini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma vakilligi Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma hududiy boʻlinmalari vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyanomasiga binoan, Jamgʻarmaning shaharlar va tumanlar boʻyicha vakillari esa hududiy boʻlinma vakilining tavsiyanomasiga binoan Jamgʻarma boshqaruvi tomonidan tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mustaqil davlat moliya-kredit muassasasi hisoblanadi. Jamgʻarmaning pul mablagʻlari davlat budjeti, boshqa jamgʻarmalar tarkibiga kirmaydi va musodara qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy sugʻurta huquqlarini toʻla hajmda roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sugʻurta boʻyicha pensiya va nafaqalarning kafolatli va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlovchi shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro aloqalarni amalga oshirish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi chet el tajribasini oʻrganish va undan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu vazifalarning bajarilishiga quyidagi yoʻllar bilan erishiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy sugʻurtasiga moʻljallangan mablagʻlarni yigʻish va jamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensiyalarni, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha, farzand tugʻilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni toʻlash va davlat ijtimoiy sugʻurtasining boshqa maqsadlardagi xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz-oʻzini mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplari asosida Jamgʻarma mablagʻlarini koʻpaytirishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va shirkatlarning, idoraviy qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, belgilangan meʼyorlar boʻyicha ish haqi fondiga nisbatan foizlarda toʻlanadigan, zaruriyat tugʻilganda davlat budjeti mablagʻlaridan toʻldiriladigan sugʻurta badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda mehnat faoliyati bilan, shu jumladan, yakka (jamoa) ijara shartlarida yoki shaxsiy dehqon xoʻjaligida shugʻullanayotgan shaxslarning sugʻurta badallari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, korxonalar va jamoat tashkilotlari, ularning tijorat faoliyatidan olingan daromadlarini ham qoʻshganda badallari, shuningdek, boshqa tushumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, 1994-yil muassasalar, tashkilotlar va shirkatlar, idoraviy qarashliligidan, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, shartnoma asosida yollaydigan tartibda faoliyati bilan, shu jumladan, yakka (jamoa) ijara shartlarida yoki shaxsiy dehqon xoʻjaligida shugʻullanayotgan shaxslar mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan nafaqalarni toʻlash uchun Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga sugʻurta badallari yoʻnaltiradilar, mehnatkashlarni, ularning oila aʼzolarini sanatoriya-kurortlarda davolash, bolalarni sogʻlomlashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga oʻtkaziladigan boshqa mablagʻlar bundan mustasno,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlari yoshi boʻyicha imtiyozli pensiya huquqiga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlar sugʻurta badallari bilan bir qatorda mehnatga haq toʻlashga moʻljallangan mablagʻlardan amaldagi qonun hujjatlarida belgilanmagan miqdorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻlar oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga rahbarlik boshqaruv va uning doimiy ishlovchi organi ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi. Jamgʻarma boshqaruvi tartibiga doimiy asosda Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining rahbarlari va Jamgʻarma ijro etuvchi direktori kiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma boshqaruvining raisi va ijro etuvchi direktor Jamgʻarma boshqaruvining tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boshqaruvining raisi moddiy-maishiy taʼminot, tibbiyot xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalari raislariga, lavozim boʻyicha Jamgʻarma boshqaruvi raisining oʻrinbosari hisoblanadigan ijro etuvchi direktor esa Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalari raislarining oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarma boshqaruvining soni 9 kishidan iborat qilib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi barcha organlarining cheklangan soni 3-ilovaga* muvofiq 1237 nafardan, shu jumladan, Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi 45 nafardan iborat qilib tasdiqlansin
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmani, uning ijro etuvchi direksiyasini va Jamgʻarmaning hududiy ijro etuvchi organlarini saqlash xarajatlarini ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi 3 oy muddatda Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sugʻurta badallarini oʻtkazish normativlarini va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar toʻlash tartibini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “SSJI Pensiya fondining Oʻzbekiston jumhuriyat boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 14-yanvardagi 9-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil sentyabr oyida koʻrib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining raisi B. ALLAMURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 4-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
391-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 4-avgustdagi 391-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi davlat ijtimoiy sugʻurtasi pul mablagʻlarini boshqarish davlat organi hisoblanadi, mehnatkashlar, ularning oila aʼzolarini sanatoriya-kurortlarda davolash, bolalarni sogʻlomlashtirish uchun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga oʻtkaziladigan mablagʻlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy-huquqiy tomondan Jamgʻarma mustaqil moliya kredit tizimi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining mablagʻlari davlat budjeti tarkibiga kirmaydi hamda musodara qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta
Jamgʻarmasining vazifalari va xizmatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning davlat tomonidan belgilangan Ijtimoiy taʼminot hamda davlat ijtimoiy sugʻurta huquqlarini toʻla hajmda roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sugʻurta boʻyicha pensiya va nafaqalarning kafolatlari hamda oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlovchi shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy yoʻnalishlarni shakllantirish va ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarining foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro aloqalarni amalga oshirish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi chet el tajribasini oʻrganish va undan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan vazifalarni bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensiya taʼminotiga, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha, farzand tugʻilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni toʻlashga yoʻnaltiriladigan sugʻurta badallarini yigʻish va jamlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan davlat pensiyalari va nafaqalarini mablagʻ bilan taʼminlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz-oʻzini mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplari asosida jamgʻarma mablagʻlarini koʻpaytirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ijtimoiy sugʻurtasiga, pensiya taʼminotiga ajratiladigan sugʻurta badallari miqdorlari, shuningdek, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqishni amalga oshiradi va koʻrib chiqish uchun ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni, shuningdek, soliq organlari bilan birgalikda sugʻurta badallarining jamgʻarmaga oʻz vaqtida va toʻliq tushishi ustidan nazoratni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma ishida oshkoralikni, shu jumladan, Jamgʻarma budjetining ijrosini har yili eʼlon qilish yoʻli bilan moliyaviy oshkoralikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga sugʻurta badallari yigʻish va uni hisobga olish, shuningdek, Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi alohida yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ijtimoiy
sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamgʻarma budjeti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, muassasalar, jamoa va davlat xoʻjaliklari, shirkatlar va respublika hududida joylashgan, ularning idoraviy qarashligidan, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlarning, shuningdek, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan, yakka (jamoa) ijara shartlarida shaxsiy dehqon xoʻjaligida shugʻullanayotgan fuqarolar va ayrim fuqarolarni shartnoma asosida yollaydigan shaxslarning sugʻurta badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning majburiy badallari va Jamgʻarmaning tijorat, xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlari, shuningdek, boshqa tushumlar hisobiga shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonalar, jamoa va davlat xoʻjaliklari, shirkatlar va respublika hududida joylashgan, ularning idoraviy qarashliligidan, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan ijara yoki shaxsiy dehqon xoʻjaligida shugʻullanadigan fuqarolar, shuningdek, ayrim fuqarolarni shartnoma asosida yollaydigan shaxslar Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga sugʻurta badallari yoʻnaltiradilar, mehnatkashlarni, ularning oila aʼzolarini sanatoriya kurortlarda davolash, bolalarni sogʻlomlashtirish uchun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga oʻtkaziladigan mablagʻlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijtimoiy sugʻurtaga sugʻurta badallarini toʻlash, boshqa toʻlovlarni oʻtkazish, jamgʻarma mablagʻlarini tegishli schyotlarga oʻtkazib qoʻyish, ularni hisoblash va ulardan foydalanish jamgʻarma boshqaruvi, Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarmaning mablagʻlari quyidagi tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga davlat pensiyalari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha, farzand tugʻilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni toʻlashga, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga, davlatlararo va xalqaro shartnomalarga binoan davlat ijtimoiy sugʻurtasining boshqa maqsadlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarma joriy faoliyatini, moddiy-texnika taʼminotini mablagʻ bilan taʼminlashga va boshqaruv organlarini saqlashga, Jamgʻarma mulkini yaratishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma vazifalariga javob beruvchi respublika, mintaqaviy va maqsadli dasturlarni amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning maxsus mukofotlarini taʼsis etishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta
jamgʻarmasi budjetini ishlab chiqish, tasdiqlash va
mablagʻlarni sarflash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi budjetining loyihasi Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi, Jamgʻarma boshqaruvi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijtimoiy sugʻurta Jamgʻarmasi hududiy boʻlinmalari va vakillik boʻlimlari budjetlari loyihalari shakllanish manbalari va xarajatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlarining xarajatlari jamgʻarma boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Budjetlarning tasdiqlangan koʻrsatkichlarini bajarish Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamgʻarma vakilligining tegishli boʻlinmalari, shaharlar va tumanlarda jamgʻarma vakilligining boʻlimlari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamgʻarma vakilligi boʻlinmalari mablagʻlarining taqchilligi belgilangan tartibda Jamgʻarma boshqaruvining qaroriga binoan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning hisobot yilida ishlatilmay qolgan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy
sugʻurta jamgʻarmasining boshqaruv organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamgʻarma boshqaruvi va uning ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarma boshqaruv organlari hisoblanadi. Ular Jamgʻarma vakilligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari, shaharlar va tumanlardagi vakillik boʻlimlari faoliyatiga rahbarlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi oʻz faoliyatida bevosita Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi, Jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilliklar boʻlinmalari esa Jamgʻarma boshqaruviga hisob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma boshqaruvi tarkibiga hal qiluvchi ovoz huquqi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashidan, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashidan, Ijtimoiy taʼminot vazirligidan, Moliya vazirligidan, Markaziy bankdan rais (vazir) yoki uning oʻrinbosari darajasidagi bittadan vakolatli vakil kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruvga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boshqaruvi raisi boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarma budjetida nazarda tutilgan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun toʻliq javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarmaning istiqboldagi va joriy vazifalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli respublika organlari bilan birgalikda ijtimoiy sugʻurtaga ajratiladigan badallar miqdorlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish, shu jumladan, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi xodimlarini saqlash meʼyorlarini va tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarma mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma budjeti loyihasini va xarajatlar smetasini, budjetning ijro etilishi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmani, xodimlar sonini va xarajatlar smetasini, shu jumladan, ijro etuvchi direksiya va Jamgʻarma boʻlinmalarining mehnat haqi fondini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma ijro etuvchi direktorining oʻrinbosarlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tavsiyanomasiga binoan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boʻlinmalarining vakillarini tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarma faoliyati masalalari boʻyicha zarur nizomlar va yoʻriqnomalarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamoat tashkilotlari bilan, shuningdek, chet el va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda jamgʻarma nomidan vakillik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-iqtisodiy ishlarni (jarima, penya) amalga oshirishdan olingan mablagʻlar hisobiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi xodimlarining ijtimoiy-madaniy-maishiy fondini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarma boshqaruvining ijro etish – boshqarish va nazorat vazifalarini hamda tezkor rahbarlikni taʼminlash uchun Jamgʻarma boshqaruvi qarori bilan jamgʻarmaning doimiy ishlovchi direksiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boshqaruvi yigʻilishi bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. U boshqaruv aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashganda qaror qabul qilishga haqlidir. Qarorlar qatnashayotgan boshqaruv aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korxonalar, jamoa va davlat xoʻjaliklari, shirkatlar, idoraviy qarashliligidan, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar, shuningdek, fuqarolarni shartnoma asosida yollaydigan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan, shu jumladan, yakka (jamoa) ijara shartlarida yoki shaxsiy dehqon xoʻjaligida shugʻullanayotgan shaxslar jamgʻarma vakillariga jamgʻarmaning faoliyatiga taalluqli hujjatlarni va maʼlumotlarni taqdim etishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy
sugʻurta jamgʻarmasining huquqiy mavqeyi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, vakillikning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalari yuridik shaxs hisoblanadilar, oʻz muhriga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi Toshkent shahrida joylashgan.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1993-y., 8-son, 30-modda; 1996-y., 12-son, 37-modda)