Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.1994 yildagi 629-son
Kuchga kirish sanasi
29.12.1994
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 29.12.1994 sanasi holatiga | Hujjat 19.04.2000 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
YUNESKO IShLARI BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY KOMISSIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA | YUNESKO IShLARI BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY KOMISSIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA |
Taʼlim, fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy va ilmiy axborotlarni ommalashtirish YUNESKO doirasida Oʻzbekistonning maʼnaviy aloqalarini kengaytirish, shuningdek, YUNESKO Ustaviga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Taʼlim, fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy va ilmiy axborotlarni ommalashtirish YUNESKO doirasida Oʻzbekistonning maʼnaviy aloqalarini kengaytirish, shuningdek, YUNESKO Ustaviga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. Vazirlar Mahkamasi huzurida YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi (bundan keyin Milliy komissiya deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq tarkibida tashkil etilsin. | 1. Vazirlar Mahkamasi huzurida YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi (bundan keyin Milliy komissiya deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq tarkibida tashkil etilsin. |
* Ilova berilmaydi. | * Ilova berilmaydi. |
2. Milliy komissiya toʻgʻrisidagi Nizom va uning tuzilmasi tasdiqlansin (2 va 3-ilovalar). | 2. Milliy komissiya toʻgʻrisidagi Nizom va uning tuzilmasi tasdiqlansin (2 va 3-ilovalar). |
3. Milliy komissiyasining ijro etuvchi organi sifatida Milliy komissiya kotibiyati tashkil etilsin. | 3. Milliy komissiyasining ijro etuvchi organi sifatida Milliy komissiya kotibiyati tashkil etilsin. |
Milliy komissiya kotibiyati xodimlarining cheklangan soni 4 nafardan iborat etib belgilansin, kotibiyatning shtatlar jadvali Milliy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanishi belgilab qoʻyilsin. | Milliy komissiya kotibiyati xodimlarining cheklangan soni 4 nafardan iborat etib belgilansin, kotibiyatning shtatlar jadvali Milliy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanishi belgilab qoʻyilsin. |
4. Milliy komissiya kotibiyati Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosiga joylashtirilsin: Buyuk Ipak yoʻli, 54a-uy. | 4. Milliy komissiya kotibiyati Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosiga joylashtirilsin: Buyuk Ipak yoʻli, 54a-uy. |
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Milliy komissiya kotibiyatini mablagʻ taʼminlash uchun respublika budjetidan zarur ajratmalarni nazarda tutsin. | 5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Milliy komissiya kotibiyatini mablagʻ taʼminlash uchun respublika budjetidan zarur ajratmalarni nazarda tutsin. |
6. Aloqa vazirligi belgilangan tartibda, Milliy komissiya kotibiyatining buyurtmanomasiga binoan, zarur telefon va telegraf aloqa kanallarini ajratsin. | 6. Aloqa vazirligi belgilangan tartibda, Milliy komissiya kotibiyatining buyurtmanomasiga binoan, zarur telefon va telegraf aloqa kanallarini ajratsin. |
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin. | 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin. |
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV | Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1994-yil 29-dekabr, | 1994-yil 29-dekabr, |
629-son | 629-son |
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi toʻgʻrisida | YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi toʻgʻrisida |
NIZOM | NIZOM |
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, bundan keyin Komissiya deb ataladi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan hukumat tashkiloti hisoblanadi. | YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, bundan keyin Komissiya deb ataladi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan hukumat tashkiloti hisoblanadi. |
Komissiya oʻz ishlarini YUNESKO ustav qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va amaldagi qonunchiligi asosida tashkil etadi. | Komissiya oʻz ishlarini YUNESKO ustav qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va amaldagi qonunchiligi asosida tashkil etadi. |
Komissiya yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz muhriga ega boʻladi. | Komissiya yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz muhriga ega boʻladi. |
I. Komissiyasining vazifalari va funksiyalari | I. Komissiyasining vazifalari va funksiyalari |
1. Respublika vazirliklari va idoralarining Oʻzbekiston Respublikasida YUNESKO dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish Komissiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. | 1. Respublika vazirliklari va idoralarining Oʻzbekiston Respublikasida YUNESKO dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish Komissiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. |
2. Quyidagilar Komissiya faoliyati va xalqaro hamkorligining asosiy sohalari hisoblanadi: | 2. Quyidagilar Komissiya faoliyati va xalqaro hamkorligining asosiy sohalari hisoblanadi: |
taʼlim; | taʼlim; |
gumanitar, tabiiy fanlar; | gumanitar, tabiiy fanlar; |
madaniyat; | madaniyat; |
ommaviy axborot va kommunikatsiyalar. | ommaviy axborot va kommunikatsiyalar. |
3. Komissiya zimmasiga quyidagi asosiy funksiyalar yuklatiladi: | 3. Komissiya zimmasiga quyidagi asosiy funksiyalar yuklatiladi: |
YUNESKO tadbirlarida va loyihalarida Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tashkilotlari va mutaxassislarining qatnashishi toʻgʻrisida YUNESKOning kotibiyatiga hamda mintaqaviy boʻlinmalariga takliflar tayyorlash va kiritish; | YUNESKO tadbirlarida va loyihalarida Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tashkilotlari va mutaxassislarining qatnashishi toʻgʻrisida YUNESKOning kotibiyatiga hamda mintaqaviy boʻlinmalariga takliflar tayyorlash va kiritish; |
taʼlim, fan, madaniyat va axborot sohasida mintaqaviy, submintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha YUNESKOning mintaqaviy byurosi va markazlari bilan muntazam konsultatsiyalar oʻtkazish; | taʼlim, fan, madaniyat va axborot sohasida mintaqaviy, submintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha YUNESKOning mintaqaviy byurosi va markazlari bilan muntazam konsultatsiyalar oʻtkazish; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida YUNESKO tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazishda qatnashish; | Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida YUNESKO tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazishda qatnashish; |
YUNESKO tomonidan chaqiriladigan Bosh konferensiya hamda boshqa hukumatlararo kengashlarni tayyorlashga va oʻtkazishga koʻmaklashish; | YUNESKO tomonidan chaqiriladigan Bosh konferensiya hamda boshqa hukumatlararo kengashlarni tayyorlashga va oʻtkazishga koʻmaklashish; |
YUNESKO dasturlarini ishlab chiqish va bajarishda Oʻzbekiston Respublikasining milliy, hukumat va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarining ishtirokini ragʻbatlashtirish; | YUNESKO dasturlarini ishlab chiqish va bajarishda Oʻzbekiston Respublikasining milliy, hukumat va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarining ishtirokini ragʻbatlashtirish; |
YUNESKO kotibiyatida va mintaqaviy boʻlinmalarida ishlash uchun respublika mutaxassislari rezervini shakllantirish. | YUNESKO kotibiyatida va mintaqaviy boʻlinmalarida ishlash uchun respublika mutaxassislari rezervini shakllantirish. |
II. Komissiya tarkibi | II. Komissiya tarkibi |
4. Komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar. | 4. Komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar. |
5. Komissiya tarkibiga vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va muassasalar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, shuningdek, atoqli fan, madaniyat va taʼlim arboblari kiritiladi. | 5. Komissiya tarkibiga vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va muassasalar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, shuningdek, atoqli fan, madaniyat va taʼlim arboblari kiritiladi. |
III. Komissiya ishlarini tashkil etish | III. Komissiya ishlarini tashkil etish |
6. Komissiyaning umumiy majlisi yiliga 1-marta oʻtkaziladi, bunda Komissiya raisining va masʼul kotibining Komissiya ishchi guruhlari va kotibiyatining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari tinglanadi, Komissiyaning istiqbolidagi faoliyati muhokama qilinadi hamda kotibiyatning va Komissiyaning kelgusi davrdagi ish rejalari tasdiqlanadi. | 6. Komissiyaning umumiy majlisi yiliga 1-marta oʻtkaziladi, bunda Komissiya raisining va masʼul kotibining Komissiya ishchi guruhlari va kotibiyatining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari tinglanadi, Komissiyaning istiqbolidagi faoliyati muhokama qilinadi hamda kotibiyatning va Komissiyaning kelgusi davrdagi ish rejalari tasdiqlanadi. |
7. Komissiyaning umumiy majlislari oʻrtasidagi davrda barcha ishlarga YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya rayosati rahbarlik qiladi. | 7. Komissiyaning umumiy majlislari oʻrtasidagi davrda barcha ishlarga YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya rayosati rahbarlik qiladi. |
8. Rayosat yilning har choragida kamida bir marta majlis oʻtkazadi. | 8. Rayosat yilning har choragida kamida bir marta majlis oʻtkazadi. |
9. Rayosat tarkibi Komissiyaning birinchi umumiy tashkiliy majlisida saylanadi. | 9. Rayosat tarkibi Komissiyaning birinchi umumiy tashkiliy majlisida saylanadi. |
10. Masʼul kotib boshqaradigan kotibiyat Komissiyaning doimiy ishlaydigan ijro etuvchi organi hisoblanadi. | 10. Masʼul kotib boshqaradigan kotibiyat Komissiyaning doimiy ishlaydigan ijro etuvchi organi hisoblanadi. |
IV. Komissiya kotibiyatining funksiyalari | IV. Komissiya kotibiyatining funksiyalari |
11. Komissiya kotibiyati zimmasiga quyidagi funksiyalar yuklatiladi: | 11. Komissiya kotibiyati zimmasiga quyidagi funksiyalar yuklatiladi: |
YUNESKO kotibiyati, YUNESKO huzuridagi konsultativ maqomga ega boʻlgan komissiyalar va YUNESKOga aʼzo davlatlarning Milliy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirib borish; | YUNESKO kotibiyati, YUNESKO huzuridagi konsultativ maqomga ega boʻlgan komissiyalar va YUNESKOga aʼzo davlatlarning Milliy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirib borish; |
Komissiyaning, uning ishchi organlarining ish rejalarini tayyorlashni va ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash; | Komissiyaning, uning ishchi organlarining ish rejalarini tayyorlashni va ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash; |
YUNESKOning vaqtli nashrlarida respublika fuqarolari, tashkilotlari, muassasalarining fan, taʼlim va madaniyat masalalari boʻyicha asarlari va boshqa materiallarini chop etishga koʻmaklashish; | YUNESKOning vaqtli nashrlarida respublika fuqarolari, tashkilotlari, muassasalarining fan, taʼlim va madaniyat masalalari boʻyicha asarlari va boshqa materiallarini chop etishga koʻmaklashish; |
YUNESKO homiyligida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirni tayyorlash va amalga oshirishda tashkilotlarga yordam koʻrsatish; | YUNESKO homiyligida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirni tayyorlash va amalga oshirishda tashkilotlarga yordam koʻrsatish; |
respublika tashkilotlarining takliflari asosida Fan, madaniyat va taʼlim boʻyicha dasturlarni tayyorlash va ularni Komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritish; | respublika tashkilotlarining takliflari asosida Fan, madaniyat va taʼlim boʻyicha dasturlarni tayyorlash va ularni Komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritish; |
YUNESKO tadbirlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash; | YUNESKO tadbirlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash; |
YUNESKO kotibiyatida va uning mintaqaviy boʻlinmalarida ishlash uchun ekspertlar sifatida respublika mutaxassislarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash. | YUNESKO kotibiyatida va uning mintaqaviy boʻlinmalarida ishlash uchun ekspertlar sifatida respublika mutaxassislarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash. |
V. Komissiyaning moliyaviy mablagʻlari | V. Komissiyaning moliyaviy mablagʻlari |
12. Komissiyaning moliyaviy mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllanadi: | 12. Komissiyaning moliyaviy mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllanadi: |
YUNESKO kotibiyatining mablagʻlari; | YUNESKO kotibiyatining mablagʻlari; |
Komissiya kotibiyatini taʼminlashga ajratiladigan budjet mablagʻlari; | Komissiya kotibiyatini taʼminlashga ajratiladigan budjet mablagʻlari; |
korxonalar, bank tashkilotlari, tijorat tuzilmalari va shu kabilardan tushumlar; | korxonalar, bank tashkilotlari, tijorat tuzilmalari va shu kabilardan tushumlar; |
YUNESKO yoʻli bilan oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etish natijasida olinadigan tushumlar. | YUNESKO yoʻli bilan oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etish natijasida olinadigan tushumlar. |
13. Komissiyaning pul mablagʻlarini uning raisi tasarruf etadi. | 13. Komissiyaning pul mablagʻlarini uning raisi tasarruf etadi. |
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining | YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining |
tuzilmasi | tuzilmasi |