O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TELEVIDENIYE VA RADIO ESHITTIRISH DASTURLARINI UZATISH HAMDA TARQATISH XIZMATLARINI KO‘RSATISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 15-sentabrda 1409-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, radioeshittirish va televideniye dasturlarini uzatish, tarqatish, tashkil qilish va shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida buyuraman:
1. “O‘zbekiston Respublikasi televideniye va radioeshittirish dasturlarini uzatish hamda tarqatish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan 10 kun muddat o‘tgandan keyin kuchga kirishi belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan hamda radioeshittirish va televideniye dasturlarini tarqatish, uzatish, tashkil qilish va shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatlarida ushbu Nizom qoidalariga qat’iy rioya qilishlari belgilab qo‘yilsin.
Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
25.08.2004y.,
286-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 415-modda; 2013-y., 34-son, 459-modda)