1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 22-sentabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2026-yil 2-oktabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda zamonaviy boshqaruv prinsiplarini joriy etish orqali davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga, davlat organlari mansabdor shaxslarining masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirishga, ular oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlarni mustaqil hamda toʻlaqonli amalga oshirishi uchun zarur huquqiy kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga huquqni qoʻllash amaliyoti tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, ayrim toifadagi shaxslar oʻz xizmat vazifalarini toʻsqinliksiz bajarishi uchun ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatiga gʻayriqonuniy aralashuvlarning oldini olish hamda daxlsizlik huquqini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlarini qonun hujjatlarida mustahkamlash zaruriyati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilib, daxlsizlikka, immunitetga oid munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solinmoqda, ularning oʻziga xos xususiyatlari, qoʻllanilish doirasi va tartibi belgilanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun daxlsizlik va immunitet institutlarini qoʻllashning yagona va aniq huquqiy mexanizmlarini shakllantirishga, qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 10-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan qoida qonunga muvofiq daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan alohida tartibga rioya etgan holda qoʻllaniladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) XVI bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“XVI bob. Odil sudlovni amalga oshirishga va huquqni muhofaza qilishning qonuniy tartibiga qarshi jinoyatlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) quyidagi mazmundagi 2303-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2303-modda. Daxlsizlikka va immunitetga oid kafolatlarni buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga yoki qonuniga muvofiq daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxsni bila turib qonunga xilof ravishda ushlab turish, majburiy keltirish, unga nisbatan tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruv, tergov harakatlarini yoki ularning huquqlari va erkinliklarini cheklaydigan boshqa har qanday protsessual majburlov choralarini amalga oshirish, shuningdek bunday harakatlar sodir etish toʻgʻrisida buyruq yoki topshiriq berish, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsha harakatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) takroran;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) dalillarni soxtalashtirgan yoki ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qamoqqa olish yoki jinoiy javobgarlikka tortish orqali sodir etilgan boʻlsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar “Immunitetga ega boʻlgan ajnabiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 15-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarini yuritishning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeks bilan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 16-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hech kimga qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari imtiyoz berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 84-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“71) daxlsizlikka ega boʻlgan shaxsni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish rad qilingan boʻlsa”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 321-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab va yetarli asoslar mavjud boʻlganda, hujjatlar tegishliligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuroriga, viloyat, Toshkent shahar prokuroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuroriga va ularga tenglashtirilgan prokurorga yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandidagi “hollarda toʻxtatiladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5) jinoyat sodir etgan shaxsni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan rozilik berish haqida soʻrov yuborilgan hollarda toʻxtatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Daxlsizlikka ega boʻlgan quyidagi shaxslarga nisbatan yuritilgan jinoyat ishlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ushbu Kodeks 5463-moddasi birinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Kodeks 5463-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9 va 12-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudloviga tegishlidir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) quyidagi mazmundagi 591-bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“591-bob. DAXLSIZLIKKA, IMMUNITETGA EGA BOʻLGAN SHAXSLARGA NISBATAN ISH YURITISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5462-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ish yuritish qoidalarining qoʻllanilish doirasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bob qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslar bir necha asoslarga koʻra daxlsizlik, immunitet huquqiga ega boʻlgan taqdirda, ularning manfaatini koʻproq himoya qiladigan asos qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5463-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining deputatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalari, sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan — sobiq sudyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) prokurorlar, tergovchilar va surishtiruvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) xizmat vazifasini bajarish chogʻida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari (xodimlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) advokatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashi deputatining daxlsizlik huquqi u qaysi viloyat, tuman yoki shahar deputati boʻlsa, oʻsha viloyat, tuman yoki shahar hududida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5464-modda. Immunitetga ega boʻlgan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar immunitetga ega boʻlgan shaxslar deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻi, farzandlari va ota-onasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish hamda vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori, sodir etgan harakati yoki harakatsizligi, bildirgan fikri yoxud bergan koʻrsatmasi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining deputatlari — ovoz berish chogʻida fikr bildirganligi yoki nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda oʻz vakolatlarini amalga oshirishi bilan bogʻliq boshqa harakatlari uchun, shu jumladan vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalari, sobiq sudyalari (sudya sifatida ishlagan davri uchun) — odil sudlovni amalga oshirish borasidagi vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori yoxud bildirgan fikri yuzasidan, bundan oldindan bila turib adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish hollari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
surishtiruv, tergov harakatlarini yoki boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat ishini qoʻzgʻatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularni ishda jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatida jalb qilishga (bundan jabrlanuvchi, qonuniy vakil yoki fuqaroviy daʼvogar sifatida oʻz roziligi bilan jalb etilgan hollar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turish chorasini, ehtiyot chorasini yoki boshqa protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Immunitet Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mansabdor shaxslariga va ularning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻiga, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga) nisbatan ular mazkur lavozimdan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin ham umrbod amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimining immuniteti u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5465-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish va ularni jinoiy javobgarlikka tortish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga nisbatan, jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga hamda sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalariga, shuningdek sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolariga, davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimlariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) prokurorlar, tergovchilar va surishtiruvchilarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) advokatlarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qoʻzgʻatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini — tegishli palataning roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimini, jumladan u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — uning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatini, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatini — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalarini hamda sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarni — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalarini, shuningdek sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarni — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzolarini — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolarini — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda) — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining va uning oʻrinbosarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5466-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni majburiy keltirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeks 5463-moddasi birinchi qismining 1 — 5, 7, 8, 9 va 12-bandlarida koʻrsatilgan daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni majburiy keltirishga faqat ularga nisbatan belgilangan tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan va ularni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatni majburiy keltirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5467-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni ushlab turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar ushlab turilishi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organga olib kelinishi mumkin emas, bundan ushbu Kodeks 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha uch soatgacha ushlab turish hollari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka ega boʻlgan quyidagi shaxslarni ushlab turish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga va Senati aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga nisbatan, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatiga nisbatan — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilariga (xodimlariga), advokatlarga nisbatan — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimini, shu jumladan u bilan mehnat shartnomasi tugatilganidan yoki xizmatdan boʻshatilganidan keyin ikki yil ichida sobiq xodimini ushlab turishga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori xabardor etilgan holda, belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5468-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga va Senati aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatiga nisbatan — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yoxud yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga asosan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan, shuningdek sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalariga, shuningdek sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga nisbatan (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda) — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) prokurorlar, tergovchilar va surishtiruvchilarga nisbatan — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining va uning oʻrinbosarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) nisbatan — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) advokatlarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga koʻra belgilangan tartibda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimiga, shu jumladan u bilan mehnat shartnomasi tugatilganidan yoki xizmatdan boʻshatilganidan keyin ikki yil ichida sobiq xodimiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori xabardor etilgan holda, belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5469-modda. Rozilik olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatishga, ularni jinoiy javobgarlikka tortishga yoki ularga nisbatan protsessual majburlov choralarini qoʻllashga va ushbu Kodeksning 54610-moddasida nazarda tutilgan tergov harakatlarini oʻtkazishga rozilik olish toʻgʻrisidagi taqdimnoma daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatishga vakolatli prokuror tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur taqdimnomada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) daxlsizlik huquqiga ega boʻlgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) qilmishning holatlari va dastlabki huquqiy tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) qonunda oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq harakati yoki harakatsizligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi belgilangan shaxslarga nisbatan — qilmish ularning oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq emasligini koʻrsatuvchi asoslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) oʻtkazilishi zarur boʻlgan protsessual harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) qoʻllanilishi taklif etilayotgan protsessual majburlov choralari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rozilikda jinoyat ishini qoʻzgʻatish va javobgarlikka tortish uchun asoslar, oʻtkazilishiga ruxsat berilgan tergov harakatlari va majburlov choralarining doirasi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsning xatti-harakatlarini rozilikda nazarda tutilmagan ogʻirroq jazo belgilangan modda yoxud qoʻshimcha modda bilan malakalash uchun alohida rozilik olinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54610-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tergov harakatlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeks 5463-moddasi birinchi qismining 1 — 5, 7, 8, 9 va 12-bandlarida koʻrsatilgan daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirishga, ularni koʻzdan kechirishga, ularda tintuv oʻtkazishga yoki ulardan ashyoni olishga, telefondagi soʻzlashuvlarini eshitishga, mazkur shaxslarni shaxsan koʻzdan kechirishga va shaxsiy tintuv qilishga, shuningdek ularning xat-xabarlarini, ularga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirishga, olib qoʻyishga yoxud olishga faqat mazkur shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan va ularni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilganidan keyin hamda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining va uning oʻrinbosarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning ruxsati yoki sudning qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, ularda tintuv oʻtkazish yoki ulardan ashyoni olish, mazkur shaxslarning telefondagi soʻzlashuvlarini eshitish, ularni koʻzdan kechirish va shaxsiy tintuv qilish, shuningdek ularning xat-xabarlarini, ularga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish yoxud olish faqat tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yozma ruxsati yoki sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimini, shu jumladan sobiq xodimini u bilan mehnat shartnomasi tugatilganidan yoki xizmatdan boʻshatilganidan keyin ikki yil ichida guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilishga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori xabardor etilgan holda, belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, shaxsiy yoki foydalanishidagi transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, ularda tintuv oʻtkazish yoki ularni olib qoʻyish, uning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarini eshitish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, advokatni koʻzdan kechirish va shaxsiy tintuvdan oʻtkazish, xuddi shuningdek uning pochta-telegraf joʻnatmalarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish yoki olib qoʻyish, advokatni majburiy keltirish, ushlab turish tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi yoki sudning qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur moddaning qoidalari ushbu Kodeks 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54611-modda. Daxlsizlikni va immunitetni buzishning protsessual oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bobda belgilangan talablarni buzgan holda qabul qilingan protsessual qarorlar hamda harakatlar qonunga xilof deb hisoblanadi va bekor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan toʻplangan dalillar, agar ular belgilangan talablarni buzgan holda olingan boʻlsa, nomaqbul deb topiladi va ayblov asosiga qoʻyilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddada nazarda tutilgan oqibatlar faqat daxlsizlik yoki immunitet huquqi buzilgan shaxsga nisbatan amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlik va immunitet talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda jinoyat ishini yuritish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) nomaqbul dalillarni ish materiallaridan chiqarib tashlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) qonunga xilof protsessual majburlov chorasini bekor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) jinoyat ishi tegishli vakolatga ega boʻlmagan shaxs tomonidan qoʻzgʻatilgan yoki yozma rozilik mavjud boʻlmagan taqdirda ishni tugatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxsning javobgarligi masalasini hal qilish uchun taqdimnoma yoki xususiy ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54612-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarning oila aʼzolariga nisbatan daxlsizlik huquqining tatbiq etilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bobda nazarda tutilgan daxlsizlik kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlarining oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻiga, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga) nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda ularga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish, tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov harakatlarini amalga oshirish hamda protsessual majburlov choralarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 9-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi masalasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 161-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“161-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortishga faqat ushbu Kodeksning XXIII3 bobida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Immunitetga ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllash mumkin emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 271-modda quyidagi mazmundagi 82-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“82) daxlsizlikka ega boʻlgan shaxsni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik berish rad etilgan boʻlsa”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) quyidagi mazmundagi XXIII3 bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“XXIII3 bob. DAXLSIZLIKKA, IMMUNITETGA EGA BOʻLGAN SHAXSLARGA NISBATAN ISH YURITISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31310-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ish yuritish qoidalarining qoʻllanilish doirasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ish yuritish ushbu bobda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslar bir necha asoslarga koʻra daxlsizlik, immunitet huquqiga ega boʻlgan taqdirda, ularning manfaatini koʻproq himoya qiladigan asos qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31311-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining deputatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalari, sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan — sobiq sudyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzolari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashi deputatining daxlsizlik huquqi u qaysi viloyat, tuman yoki shahar deputati boʻlsa, oʻsha viloyat, tuman yoki shahar hududida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31312-modda. Immunitetga ega boʻlgan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar immunitetga ega boʻlgan shaxslar deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻi, farzandlari va ota-onasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori, sodir etgan harakati yoki harakatsizligi, bildirgan fikri yoxud bergan koʻrsatmasi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining deputatlari — ovoz berish chogʻida fikr bildirganligi yoki nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda oʻz vakolatlarini amalga oshirishi bilan bogʻliq boshqa harakatlari uchun, shu jumladan vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalari, sobiq sudyalari (sudya sifatida ishlagan davri uchun) — odil sudlovni amalga oshirish borasidagi vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori yoxud bildirgan fikri yuzasidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori, sodir etgan harakati yoki harakatsizligi, bildirgan fikri yoxud bergan koʻrsatmalari uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Immunitet Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mansabdor shaxslariga va ularning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻi, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga) nisbatan ular mazkur lavozimdan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin ham umrbod amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimining immuniteti u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31313-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolarini — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlarini, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatini, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatini — tegishli prokurorning taqdimnomasiga asosan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan (mazkur hududda sodir etgan huquqbuzarlik uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda) — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) sudyani — tegishli sudyalar malaka hayʼatining xulosasi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzosini — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan taqdirda, ish yuritish umumiy tartibda davom ettirilib, ishlarni yuritishni taʼminlash choralarini qoʻllash uchun qoʻshimcha rozilik talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31314-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni taʼminlash choralarini qoʻllash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzosini — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlarini, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatini, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatini — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda) — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, bu haqda ushlab turish uchun asos boʻlgan hujjatlarning koʻchirma nusxalari ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga u ushlangan paytdan eʼtiboran uch soatdan kechiktirmasdan xabar qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeks 31311-moddasi birinchi qismining 1 — 6 va 9-bandlarida hamda 31312-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni shaxsan koʻrikdan oʻtkazishga, ularning ashyolarini, transport vositalarini koʻzdan kechirishga hamda ashyolari va hujjatlarni olib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 689-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda; 2026-yil, № 8, 927-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“151-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tezkor-qidiruv tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mansabdor shaxslariga va ularning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻiga, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish hamda vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori, sodir etgan harakati yoki harakatsizligi, bildirgan fikri yoxud bergan koʻrsatmasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga nisbatan tezkor-qidiruv faoliyati amalga oshirilmaydi, shu jumladan tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga nisbatan ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi yuzasidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishga, shu jumladan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi asosida, ularning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻiga, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga) nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining yozma roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin. Ushbu rozilikda u qaysi shaxs va holat yuzasidan berilayotganligi, oʻtkaziladigan tadbirning turi, asoslari, muddati va vakolatli organ koʻrsatiladi. Mazkur talablarni buzgan holda olingan natijalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan qoidalar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mansabdor shaxsiga nisbatan u mazkur lavozimdan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin ham umrbod, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimiga nisbatan esa u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalariga, sobiq sudyalariga (sudya sifatida ishlagan davri uchun) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzolariga nisbatan turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga boʻlgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisidagi axborotni olishdan iborat tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishga, shu jumladan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularning telefondagi soʻzlashuvlarini eshitish, ularning xat-xabarlarini koʻzdan kechirish bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbirlari belgilangan tartibda faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tezkor-qidiruv tadbirlarini ushbu Qonunning 151-moddasida belgilangan tartibga amal qilmagan holda oʻtkazishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-iyulda qabul qilingan “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1161-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2026-yil, № 7, 750-modda) 2-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mansabdor shaxslari va boshqaruv xodimlarining oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlari, harakatlari yoxud harakatsizligi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi, ushbu mansabdor shaxslar va boshqaruv xodimlariga nisbatan regress huquqi qoʻllanilmaydi hamda zararning oʻrnini qoplash tartibi alohida qonun bilan belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1182-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 03/26/1182/1034-son)