Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2018 02.02.1998 yildagi 54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

RESPUBLIKA “OILA” ILMIY-AMALIY MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taraqqiyotida, maʼnaviy barkamol va jismonan sogʻlom avlodni tarbiyalashda oilaning oʻrni muhim ekanligini hisobga olib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy anʼanalarni avaylab-asrash, ularni umumbashariy qadriyatlar bilan uygʻunlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yoʻli bilan oilalarning mustahkamligini taʼminlash, oila aʼzolarining huquqiy savodxonliklarini oshirish muammolarini ilmiy oʻrganishni va fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishni muvofiqlashtirish maqsadida, 1998-yilning Respublika Prezidenti tomonidan “Oila yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Toshkent davlat universiteti va Toshkent davlat pedagogika institutidagi oila muammolarini oʻrganish laboratoriyalari negizida tashkil qilinishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi koʻrsatib oʻtilgan laboratoriyalarning shtatlari va ish haqi fondini “Oila” ilmiy-amaliy markaziga bersinlar, jihozlarini balansdan balansga oʻtkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazining Nizomi va tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Markaz direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” jamgʻarmasi, “Ekosan” jamgʻarmasi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi faoliyatida ishtirok etishi haqidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilar Kengashining tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila va jamiyat, oila va mahalla munosabatlari bilan bogʻliq boy milliy anʼanalar, sermazmun milliy qadriyatlarning ildizlarini, ajdodlarimiz merosini oʻrganish va ommalashtirish;

milliy oilaviy tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning oʻrnini yuksaltirish va uning oilada uygʻunlashuvini taʼminlash;

oilaning pedagogik, psixologik, ijtimoiy-psixologik, etno-pedagogik, etno-psixologik muammolarini oʻrganish hamda rivojlanish istiqbollari boʻyicha taklif va tavsiyalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, demografik xususiyatlarini ilmiy asosda tadqiq etish;

oila, ayol va bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyini aks ettiruvchi statistik axborotlarni toʻplash va umumlashtirish;

oilani rejalashtirishni, uning salomatligining tibbiy-biologik asoslarini ilmiy-amaliy tadqiq etish, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni yaxshilash maqsadida nikoh uylari va salomatlik markazlari huzurida maxsus oʻquv-tarbiyaviy kurslarni tashkil etish;

oilaning huquqiy savodxonligini tubdan yaxshilash va himoyalash boʻyicha ilmiy-amaliy faoliyat koʻrsatish;

oilada bolaning qonuniy huquq va manfaatlarining himoya qilinishi, sogʻlom oʻsishi, maktabga tayyorlanishida ota-onalarning faoliyatlarini takomillashtirish hamda masʼuliyatlarini oshirish yuzasidan oʻquv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;

yosh avlodda maʼnaviyat, madaniyat, maʼrifatni yanada yuksaltirish orqali oilada barkamol avlodni tarbiyalashning eng samarali, maqbul usullarini izlash va ishlab chiqish;

oila va jamiyat muammolariga va ularning yechimiga oid oʻquv-uslubiy qoʻllanma, ilmiy-ommabop risolalar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yilning “Oila yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan belgilangan tadbirlar dasturining bajarilishi monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila va jamiyat muammolari sohasida xalqaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga oila muammolarini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda hamda oʻz faoliyati uchun zarur axborotlarni olishda koʻmaklashsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga oila manfaatlariga yoʻnaltirilgan dasturlarni bajarishda har tomonlama yordam koʻrsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi 1998-yilda va keyingi yillarda “Oila” ilmiy-amaliy markazining ilmiy izlanishlari mavzularini Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari tarkibida rejalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning oʻz ilmiy-amaliy dasturlarini joylarda shartnoma asosida amalga oshirishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Oʻzbekiston xorijiy davlatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oila” ilmiy-amaliy markazining oila va jamiyat muammolari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan amaliy aloqalar oʻrnatishiga koʻmaklashsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oila” ilmiy-amaliy markazini xalqaro tashkilotlar va chet davlatlardagi oila muammolariga oid ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy axborotlar bilan doimiy ravishda taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oila” ilmiy-amaliy markazi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadigan qonunlar va qarorlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar hamda idoralarning meʼyoriy va yoʻriqnoma hujjatlari majburiy tartibda tarqatiladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oila” ilmiy-amaliy markazi xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot institutlari va ularga tenglashtirilgach tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun oʻrnatilgan yagona tarif setkasi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha belgilangan razryadlar joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan hisob-kitoblarga binoan Markaz faoliyatini tashkil etish, kerakli jihozlar va kompyuter texnikasi xarid qilish uchun zarur mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Markazni zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi Markazga xizmat koʻrsatish uchun yengil avtomobil, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uning xarajatlari uchun zarur boʻlgan limit ajratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari Markaz faoliyatini muntazam yoritib borsinlar, oila va jamiyatning dolzarb masalalariga bagʻishlangan eshittirish va koʻrsatuvlar dasturlarini ushbu qarorga asoslangan holda qayta koʻrib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Oila” ilmiy-amaliy markaziga Furqat koʻchasidagi 1-uydan joy ajratsin va uni taʼmirlash masalalarini hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 2-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-son

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
2-fevraldagi 54-son qaroriga
1-ILOVA

“Oila” ilmiy-amaliy markazining

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. “Oila” ilmiy-amaliy markazi (bundan keyin matnda Markaz deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi oʻz-oʻzini boshqaradigan mustaqil tashkilot boʻlib, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadigan qonunlar va qarorlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda mazkur Nizom asosida olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Markaz yilning har choragida va oxirida yakuniy, shuningdek, soʻralgan vaqtlarda Oʻzbekistonda oilalarning holati, dolzarb muammolari, ularning yechimlari va oila istiqboli haqida Hukumatga rasmiy maʼlumotlar berib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasasida milliy va xorijiy valyutalarda hisob raqamiga, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga va boshqa ramziy ashyolarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Markaz Toshkent shahar, Furqat koʻchasi, 1-uyda joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Markazning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Markazning maqsadi oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy anʼanalarni avaylab-asrash, ularni umumbashariy qadriyatlar bilan uygʻunlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yoʻli bilan oilalarning mustahkamligini taʼminlash, oila aʼzolarining huquqiy savodxonliklarini oshirish muammolarini ilmiy oʻrganishni va fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishni muvofiqlashtirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila va jamiyat, oila va mahalla munosabatlari bilan bogʻliq boy milliy anʼanalar, sermazmun milliy qadriyatlarning ildizlarini, ajdodlarimiz merosini oʻrganish va ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy oilaviy tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning oʻrnini yuksaltirish va uning oilada uygʻunlashuvini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning pedagogik, psixologik, ijtimoiy-psixologik, etno-pedagogik, etno-psixologik muammolarini oʻrganish hamda rivojlantirish istiqbollari boʻyicha taklif va tavsiyalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, demografik xususiyatlarini ilmiy asosda tadqiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila, ayol va bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyini aks ettiruvchi statistik axborotlarni toʻplash va umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilani rejalashtirishni, uning salomatligining tibbiy-biologik asoslarini ilmiy-amaliy tadqiq etishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy dasturda belgilangan oila tomonidan maktabgacha taʼlim talablarini taʼminlashda ota-onalarga, oila aʼzolariga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni yaxshilash maqsadida nikoh uylari va salomatlik markazlari huzurida maxsus oʻquv-tarbiyaviy kurslarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning huquqiy savodxonligini tubdan yaxshilash va himoyalash boʻyicha ilmiy-amaliy faoliyat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilada bolaning qonuniy huquq va manfaatlarining himoya qilinishi, sogʻlom oʻsishi, maktabga tayyorlanishida ota-onalarning faoliyatlarini takomillashtirish hamda masʼuliyatlarini oshirish yuzasidan oʻquv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh avlodda maʼnaviyat, madaniyat, maʼrifatni yanada yuksaltirish orqali oilada barkamol avlodni tarbiyalashning eng samarali, maqbul usullarini izlash va ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila va jamiyat muammolariga va ularning yechimiga oid oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, ilmiy-ommabop risolalar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila va jamiyat muammolari sohasida xalqaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila farovonligi va kamoloti yoʻlida qabul qilingan Hukumat qarorlarida belgilangan chora-tadbirlarning respublika miqyosida hamda joylarda bajarilishiga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Markazning boshqaruv asoslari va tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Ishtirokchilar Kengashi Markazning rahbar organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Ishtirokchilar Kengashi Markazning hayʼat organi boʻlib, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasining raisi uning raisi etib tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. Kengashga oila muammolari va masalalari yuzasidan faoliyat koʻrsatayotgan vazirliklar, jamgʻarmalar, davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari aʼzo etib tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Ishtirokchilar Kengashining huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga oila manfaatlariga oid ilmiy-amaliy hamda uslubiy-oʻquv-tarbiyaviy dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan buyurtmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga homiy tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish va hamkorlik qilish, moliyaviy mablagʻlar, oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar uchun grantlar olish hamda chet el investitsiyalarini Markaz faoliyatiga jalb qilishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori lavozimiga nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorining oʻrinbosarlarini va ilmiy kotibini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ilmiy-uslubiy Kengashi nizomini va uning tarkibini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori tomonidan taqdim qilingan Markaz faoliyatining va Markaz huzuridagi ilmiy-uslubiy Kengashning yillik ish rejalarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori va ilmiy-uslubiy Kengashning yil choragi boʻyicha va yillik hisobotlarini muhokama qilish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun tuziladigan maqsadli dasturlarning joylardagi tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Markazga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori maqomiga koʻra ilmiy-tadqiqot institutlarining direktorlariga tenglashtiriladi. Markaz direktori oʻz faoliyati boʻyicha Ishtirokchilar Kengashi rahbariga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarining ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi, Markaz nomidan faoliyat koʻrsatadi, shu jumladan, uning moliyaviy-xoʻjalik ishlarini amalga oshiradi, Markaz nomidan bitimlar tuzadi, Markazning joriy, faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha vazifalarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktor oʻrinbosari va ilmiy kotib lavozimlariga nomzodlar, Ilmiy-uslubiy Kengash tarkibi boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Ishtirokchilar Kengashiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida Markazning barcha xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, amaldagi qonunlarga muvofiq xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi. Markazning Nizom doirasidagi barcha faoliyati uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Markazda ilmiy-uslubiy faoliyat bilan bogʻliq masalalarni hal qilish uchun direktor rahbarligida Ilmiy Kengash tuziladi. Ilmiy Kengash oʻz Nizomi asosida ishlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Markaz tizimi quyidagi boʻlimlardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— oila salomatligining tibbiy-biologik asoslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— oila psixologiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— oila maʼnaviyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— demografiya va oilaning ijtimoiy-iqtisodiy istiqboli asoslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— oila va huquq asoslari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlimlarga ilmiy darajali mutaxassislar mudirlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Markazning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Viloyatlarda oʻz hududiy boʻlimlarini va oila muammolari boʻyicha aholiga amaliy yordam beruvchi xoʻjalik hisobidagi guruhlar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Nizom maqsadlari doirasida respublika hududida va uning tashqarisida ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy anjumanlar va boshqa tadbirlar majmuini tayyorlash va oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Mavjud qonunchilik doirasida noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. Oila muammolarini oʻrganish yuzasidan tayyorlangan oʻquv-uslubiy va bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dasturlarini tahlil qilish va baholash uchun ekspert guruhlari tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.5. Markazning oʻz faoliyati doirasida oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirishi maqsadida vaqtinchalik ijodiy mehnat guruhlarini tuzish. Nizomdagi vazifalari doirasida “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun asosida taʼlim xizmatlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6. Nizom maqsadlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan tashqi faoliyat bilan shugʻullanish. Oʻzbekiston Respublikasi hududida, xorijiy mamlakatlarda oʻz vakolati doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar, boshqa yuridik hujjatlar tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.7. Ilmiy xodimlarning malakasini oshirish, chet ellarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, oʻzaro tajriba almashish hamda tashqi faoliyatni amalga oshirish maqsadida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Markazning moliyaviy taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Markaz faoliyatining moliyaviy asosini unga davlat tomonidan maqsadli ajratiladigan mablagʻlar, doimiy foydalanishga berilgan asosiy vositalar (fondlar), Nizom maqsadlari doirasida pullik xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarishdan olingan daromadlar, mamlakatimiz va xorijdagi turli tashkilot, jamgʻarma grantlari va fuqarolarning homiylik mablagʻlari tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish uchun turli davlat, jamoatchilik va xususiy jamgʻarmalardan ajratilgan yoki turli shartnoma, kontrakt, bitimlar asosida olingan mablagʻlar Markaz mulki hisoblanib, ulardan Markaz ixtiyoriy ravishda foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Markazning ilmiy va boshqa xodimlariga yagona tarif setkasiga muvofiq davlat budjeti hisobidan haq toʻlanadi. Markaz oʻz imkoniyatlari doirasida mustaqil ravishda oʻz xodimlarini turli ragʻbatlantirish shakllaridan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Markaz unga oʻz mulki sifatida yoki vaqtincha foydalanish uchun berilgan davlat fondlari, boshqa mol-mulklardan davlat topshiriqlari asosida va amaldagi qonunlar doirasida foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5. Markazning mustaqil xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari oʻz xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatlarini ushbu faoliyatlardan olingan daromad (foyda)lar hisobiga amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Markazning tugatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini tugatish yoki qayta tashkil etish Vazirlar Mahkamasining qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
2-fevraldagi 54-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oila” ilmiy-amaliy markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Jami: 26 kishi