| Lavozimlar nomi | Soni |
| | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 3 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 63 |
| Hammasi | 71 |
Andijon viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 3 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 59 |
| Hammasi | 67 |
Buxoro viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 48 |
| Hammasi | 55 |
Jizzax viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 1 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 38 |
| Hammasi | 44 |
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 50 |
| Hammasi | 57 |
Navoiy viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 1 |
| 1 toifali mashinistka | |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 35 |
| Hammasi | 41 |
Namangan viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 1 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 56 |
| Hammasi | 62 |
Samarqand viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 5 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 71 |
| Hammasi | 81 |
Surxondaryo viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 1 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 49 |
| Hammasi | 55 |
Sirdaryo viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 1 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 38 |
| Hammasi | 44 |
Toshkent viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 5 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 70 |
| Hammasi | 80 |
Farg‘ona viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 5 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 67 |
| Hammasi | 77 |
Xorazm viloyati bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 2 |
| 1 toifali mutaxassis | 1 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 41 |
| Hammasi | 47 |
Toshkent shahri bo‘yicha | |
| Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i | 1 |
| Nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari | 1 |
| Yetakchi mutaxassis | 3 |
| 1 toifali mutaxassis | 4 |
| 1 toifali mashinistka | 1 |
| Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlarining nazorat bo‘yicha inspektorlari | 33 |
| Hammasi | 43 |
| O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami | 824 |
| | |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.03.1994 yildagi 106-son
Kuchga kirish sanasi
01.03.1994
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.11.1995
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada davlat nazorati tizimini takomillashtirishga oid ba’zi tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 16 fevraldagi farmonini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 9-noyabrdagi 426-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati nazorat inspeksiyasi va uning joylardagi organlari moddiy bazasini mustahkamlash masalalari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada davlat nazorati tizimini takomillashtirishga oid ba’zi tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 16-fevraldagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va respublika shaharlari hokimliklari apparati tarkibida nazorat inspeksiyalarini ilovaga muvofiq tuzsinlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kenesiga apparatda nazorat inspeksiyasi tuzishni nazarda tutish tavsiya etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kenesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar nazorat inspeksiyalarini ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va tegishli mahalliy budjetlar hisobiga amalga oshiriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kenesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar nazorat inspeksiyalari xodimlari mehnatga haq to‘lash, moddiy-maishiy ta’minot hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kenesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bo‘limlari xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Ishlar Boshqarmasiga inspeksiyani ta’minlash uchun respublika budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining smeta va shtat jadvaliga muvofiq zarur mablag‘lar ajratsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va tegishli mahalliy budjetlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining nazorat inspeksiyalarini ta’minlash uchun zarur mablag‘larni bersin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorat qo‘mitasi tugatilishi munosabati bilan uning balansidagi mol-mulk, asbob-uskuna, mebel va inventar:
markaziy apparatdan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Ishlar Boshqarmasi balansiga;
Qoraqalpog‘iston Respublika davlat nazorati boshqarmasidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kenesi balansiga;
mahalliy organlardan — tegishli mahalliy hokimiyat organlari balansiga o‘tkazilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni nazorat inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kenesi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari nazorat inspeksiyalarining tarkibini qayta tuzish va kadrlar bilan butlashga oid tashkiliy tadbirlar majmuini bir oy muddatda ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari –– O‘zbekiston Respublikasining Moliya vaziri B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Nazorat inspeksiyasi zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 1-mart,
106-son
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari nazorat inspeksiyalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI