29.07.2026 yildagi 412-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda oʻquvchilarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, oʻquvchilarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalar uchun zamonaviy toʻgarak yoʻnalishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning raqamli texnologiyalarga, jumladan oʻyinlar yaratish va animatsiya sohasiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 29-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
412-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 412-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish konsepsiyasining 8-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IT oromgohlari. Bunday oromgohlar axborot texnologiyalariga qiziqishi yuqori boʻlgan 10 — 14 yoshgacha bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi uchun yoʻnaltirilib, unda matematika va informatika fanlari chuqurlashtirilgan tarzda oʻrgatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Madaniy muloqot va bagʻrikenglik” yoshlar oromgohlari. Bunday oromgohlar yosh avlodda boshqa madaniyat va anʼanalarga nisbatan hurmat va ochiq munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi, turli millat vakillariga mansub faol va bilimdon yoshlarning yozgi bolalar lagerlarida birgalikda dam olishi, jamoaviy faoliyatlarda ishtirok etishi hamda oʻzaro tajriba almashishi uchun shart-sharoit yaratiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“81. Har bir hududda bittadan “Kelajak” markazlarida oʻyinlar yaratish va animatsiya sohasida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilsin. Bunda toʻgarak xonalarini jihozlash “Kelajak” markazlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovaning 7-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoshlarni sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar va kreativ industriyaga qiziqishini uygʻotish, oʻyinlar yaratish va animatsiya sohasida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2026-y., 09/26/412/0798-son)