08.07.2026 yildagi PQ-257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq “Raqamli hukumat” tizimini rivojlantirishda yagona platformaviy yondashuvni hamda davlat axborot tizimlarining idoralararo integratsiyasi va texnologik muvofiqligini ta’minlash, ularning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik darajasini oshirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining raqamli yechimlarini yaratish va rivojlantirish xarajatlarini maqbullashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma (keyingi o‘rinlarda — Platforma)ni joriy etishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2028-yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta ma’muriy funksiyasini raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2030-yil yakuniga qadar Platforma ma’lumotlari va namunaviy servislar asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sun’iy intellekt asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) qog‘oz shaklidagi hujjat aylanishidan voz kechish, vazirlik va idoralarni qog‘ozsiz ish yuritishga hamda idoralararo elektron hamkorlikka o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) kamida 100 ta tahliliy modullarning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning joriy tahlili asosida ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish amaliyotini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. “Raqamli hukumat” tizimini rivojlantirishda platformaviy yondashuvni ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Platforma quyidagilarni ta’minlashga xizmat qiluvchi “Raqamli hukumat” tizimining texnologik elementi hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ularning kiberxavfsizligini ta’minlashda yagona arxitektura, standartlar, texnologik va tashkiliy yondashuvlarni qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislardan foydalanish orqali davlat axborot tizimlarini ishlab chiqishni tezlashtirish, standartlashtirish va xarajatlarni qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat ma’lumotlarini markazlashgan holda boshqarish, shu jumladan, ma’lumotlarni yig‘ish, tasniflash, zaxiralash, saqlash va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) davlat xizmatlarini ko‘rsatishda to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qabul qilish uchun to‘lov infratuzilmasi faoliyatini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-avgustga qadar raqamli hukumat va davlat ma’lumotlarini boshqarish sohasidagi yetakchi xalqaro konsultantlarni konseptual va texnologik yechimlarni mustaqil ekspertiza qilish, shuningdek, ilg‘or xalqaro tajriba va standartlarni inobatga olgan holda Platformaning loyiha-texnik va arxitektura hujjatlarini ishlab chiqishga jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-dekabrga qadar Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Platformada ma’lumotlar almashinuvi, xavfsizlik va davlat raqamli servislarini ishlab chiqish bo‘yicha yagona texnologik standartlarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2027-yil 1-iyulga qadar Platformaning ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat axborot tizimlarida shakllantiriladigan ma’lumotlar davlat axborot resursi deb e’tirof etiladi va ushbu ma’lumotlar Platforma doirasida boshqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) davlat axborot tizimlari Platforma doirasida uning namunaviy raqamli komponentlaridan foydalangan holda yaratiladi va rivojlantiriladi, bundan davlat sirini, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan va bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan hamda harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning axborot tizimlarini ishlab chiqish mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yangi davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va amaldagi tizimlarni modernizatsiya qilish hamda davlat axborot tizimlarining idoralararo hamkorligi va integratsiyasi Platformaning namunaviy servislari va komponentlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Platformaning funksionalini takrorlovchi davlat axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Platforma doirasida davlat axborot tizimlari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasida belgilangan tartibda xulosa olish sharti bilan yaratiladi va rivojlantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Platformani yaratish va faoliyatini yuritish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Raqamli texnologiyalar vazirligiga — Platformani rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, standartlar va texnologik talablarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash vakolati berilsin hamda ularga qat’iy rioya etilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifasi yuklansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markaziga — Platformaning arxitektura yaxlitligini, unda yagona standartlarning qo‘llanilishini hamda davlat axborot tizimlarini Platformaga o‘tkazishni ta’minlash vazifasi yuklansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) davlat organlari va tashkilotlariga — davlat axborot tizimlarini Platformaning namunaviy raqamli servislari va komponentlaridan foydalangan holda ishlab chiqish, ma’muriy funksiyalarni raqamlashtirish, kompozit elektron davlat xizmatlarni va qog‘ozsiz ishlash modelini joriy etish vazifasi yuklansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — Yagona integrator) — Platformaning texnik operatori va tizimli integratori hisoblanadi hamda Platformani ishlab chiqish, joriy etish, ekspluatatsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash ishlarini amalga oshiradi, Platformaning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026 — 2028-yillarda Yagona integratsiyalashgan raqamli platformaning tarkibiga kiruvchi davlat axborot tizimlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat organlari tomonidan ichki hujjat aylanmasi, qarorlar qabul qilish va kelishish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish Platforma va uning raqamli komponentlaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini osonlashtirish maqsadida ochiq integratsiya (Open API) tamoyili joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, 2026-yil 1-avgustdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Platforma doirasida ishlab chiqiladigan va modernizatsiya qilinadigan davlat axborot tizimlarining ma’lumotlarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash faqat davlat bulutli infratuzilmasi va (yoki) “Raqamli hukumat” tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazida amalga oshiriladi, bundan davlat siri, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar, harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning axborot tizimlari, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga javob beruvchi davlat ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Platforma doirasida amalga oshiriladigan davlat axborot tizimlarini geozaxiralash va uzluksiz ishlashini ta’minlash faqat davlat ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tijorat banklari, birjalar, to‘lov va kredit tashkilotlariga Markaziy bankning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasidagi talablariga rioya qilgan holda davlat ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining texnik quvvatlaridan foydalanishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining hamda ular muassisligidagi korxonalarning yangi axborot tizimlarini ishlab chiqish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini yaratish yoki server uskunalarini xarid qilish loyihalari “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yangi axborot tizimlari Platforma faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilingunga qadar amaldagi tartibda ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) “Raqamli hukumat” tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga belgilangan tartibda Yagona kiberxavfsizlik uzelining zaxira bog‘lamasi va Yagona kiberxavfsizlik operatorining agregatsiya qurilmalari joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Hududlarda raqamli boshqaruv tizimini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining vaziyatlar markazida inson omilini istisno etgan holda hududning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini real vaqt rejimida boshqarish imkonini beruvchi “Aqlli tuman” platformasi joriy etilganligi hamda ijobiy natijalar ko‘rsatganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini “Aqlli tuman” platformasi asosida takomillashtirsin hamda unda quyidagilarni inobatga olsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini monitoring va tahlil qilish, jumladan, aholi murojaatlari tahlili, iqtisodiy va investitsiya ko‘rsatkichlari, ekologik holati, qurilish va kommunal xizmatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar hamda geofazoviy ma’lumotlar, hududiy obyektlar va xarita qatlamlarini yagona raqamli maydonda jamlash va tahlil qilish imkonini beruvchi “Rahbar paneli” moduli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mahallalar kesimida aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanish holatini aniqlash orqali fuqarolarning yashash darajasi va farovonligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash imkonini beruvchi “Inson qadri indeksi” moduli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) davlat organlari, xo‘jalik jamiyatlari, boshqa idora va tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari kesimida sohaga oid obyektlar, ularning joylashuvi, ma’muriy-hududiy chegaralari, manzil va atribut ma’lumotlari hamda boshqa manbalardagi statistik ma’lumotlarni yagona raqamli xarita asosida jamlash, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi geoportal;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlovchi, tuman, mahalla va sohalar kesimida vaziyatni real vaqt rejimida aks ettiruvchi, rahbariyat so‘rovlari bo‘yicha tezkor ma’lumot, xulosa va takliflarni shakllantiruvchi “Hokimning virtual assistenti” moduli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini 2026-yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida, 2027-2028-yillarda respublikaning qolgan tuman va shaharlarida bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining egasi hisoblanadi, uning maqsadli yo‘nalishlari va funksional rivojlanishini belgilaydi hamda hududlarda joriy etilishi, davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro integratsiya qilinishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Yagona integrator “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) axborot tizimlarining hududlarda to‘liq joriy etilishi, ularning texnik-dasturiy hamda o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etish, shuningdek, dasturiy kompleksning uzluksiz faoliyat yuritishi va bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazalarini “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiya qilish, o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda axborot tizimlarining kiberxavfsizligini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi komponentlari funksionalini takrorlovchi davlat axborot tizimlarini yaratish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida ishlatiladigan server quvvatlari, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash resurslari, shu jumladan, sun’iy intellekt texnologiyalari asosidagi tahlil, prognozlash va “Hokimning virtual assistenti” modulining ishlashini ta’minlash uchun zarur grafik protsessor (GPU) resurslari belgilangan tartibda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish, takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash, server quvvatlari, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash resurslari, shu jumladan, sun’iy intellekt modullari uchun ajratilgan grafik protsessor (GPU) resurslaridan foydalanish bo‘yicha Yagona integrator bilan oylik abonent to‘lovi asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish doirasida tashkil etiladigan vaziyatlar markazlarida axborot xavfsizligi, jismoniy muhofaza, kirish-chiqishni nazorat qilish, videokuzatuv, tashrif buyuruvchilarni ro‘yxatga olish va xodimlarning vakolatlarini cheklash bo‘yicha maxsus rejim joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish uchun zarur bo‘lgan vaziyatlar markazi zallari, operator xonalarini qurilish-montaj va texnik ta’minlash ishlari, loyihalashtirish, aloqa kanallari, videodevorlar, ishchi o‘rinlar va boshqa dasturiy-apparat majmualari bilan jihozlash tegishli mahalliy hokimliklar tomonidan o‘z mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va ma’lumotlar hamda ularni taqdim etish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish bo‘yicha vazifalar taqsimoti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash, shu jumladan, axborot tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlari Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hamda budjet tashkilotlarida ushbu maqsad uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-257-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Ijrochilar

I. Tashkiliy chora-tadbirlar va normativ-huquqiy tartibga solish

1.

Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani (keyingi o‘rinlarda — Platforma) loyihalash ishlariga Jahon banki bilan birgalikda yetakchi xalqaro maslahatchilarni (Big4) jalb etish.

1. Xalqaro konsalting tashkilotlari (Big 4) ekspertlarini jalb etish.

2026-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

2. Platformani yaratish va rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini tayyorlash.

3. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

4. Platformani yaratish loyihasini amalga oshirish hamda ilg‘or tajribalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish bo‘yicha ekspert tavsiyalarini tayyorlash.

2027-yil yanvar

2.

Platformaning loyihani boshqarish bo‘yicha loyiha ofisini va asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) shakllantirish.

1. Loyihani boshqarish ofisini tashkil etish, uning tuzilmasini tasdiqlash va nizomini ishlab chiqish.

2. Asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) belgilash.

2026-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

3.

Platformani ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoalarni shakllantirish hamda treninglarni tashkil etish.

1. Jamoalarni shakllantirish (DevOps mutaxassislari, tahlilchilar, arxitektorlar, axborot xavfsizligi mutaxassislari, dasturchilar va boshqalar).

2026-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Malakali ekspertlarni jalb etgan holda treninglar tashkil etish, shuningdek, mavzuga oid seminarlar va konferensiyalarda ishtirok etish.

2027-yil yanvar

4.

Platforma faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish. Bunda jismoniy shaxslarning raqamli profilini, davlat organlari va tashkilotlarini qog‘ozsiz ishlash modeliga bosqichma-bosqich o‘tkazish va raqamli yetukligini baholash tartibini ham inobatga olish.

2. Nizom loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

5.

Platforma bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalarni ishlab chiqish.

1. Platformada davlat axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Platformaga joylashtiriladigan davlat axborot tizimlari uchun nosozliklarga chidamlilik, zaxira nusxalash va tiklash darajasiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

6.

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan IP-manzillarni “taklif so‘rovi” tartib-taomili asosida xarid qilish.

1. Kompaniyalarga IP-manzillar xaridi bo‘yicha so‘rov yuborish.

2. Shartnoma imzolash va G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidan ro‘yxatdan o‘tkazish.

3. Taklif asosida imzolangan shartnoma bo‘yicha 100 foiz oldindan to‘lovni amalga oshirish.

2026-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

7.

Davlat axborot tizimlari va raqamli servislarni Platforma talablariga muvofiqlashtirish hamda belgilangan muddatlarda bosqichma-bosqich Platformaga o‘tkazishni ta’minlash.

1. Mavjud axborot tizimlarini inventarizatsiya qilish va ularni Platforma talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritish.

2026-yil dekabr

Vazirlik va idoralar

2. Platforma talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga taqdim etilgan takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil yanvar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3. Platformaning namunaviy komponentlari va servislaridan foydalangan holda bosqichma-bosqich migratsiyani amalga oshirish.

2027-2028-yillar

Vazirlik va idoralar

8.

Ma’muriy funksiyalar va davlat xizmatlarini raqamlashtirish, qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish, shu jumladan, ularni proaktiv va kompozit shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Ma’muriy funksiyalar va xizmatlarni tahlil qilish hamda ortiqcha bosqichlarni qisqartirish va raqamli formatga o‘tkazish.

2. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun proaktiv va kompozit xizmatlar modelini bosqichma-bosqich joriy qilish.

2026 — 2028-yillar

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

9.

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatini joriy etish.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat yuborish va portal orqali natijasini elektron shaklda olish imkoniyatini yaratish.

2. Tegishli davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan barcha murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rganish, nazorat qilish va tahlil qilish imkoniyatini, shu jumladan, holatni onlayn kuzatish imkonini beruvchi maxsus “Rahbar paneli”ni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga integratsiya qilish.

3. Davlat organlari va tashkilotlariga loyiha va tashabbuslar bo‘yicha takliflarni elektron shaklda kiritish imkoniyati yaratish.

2026-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi, vazirlik va idoralar

10.

Murojaatlarning yagona klassifikatorini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Barcha davlat organlari va tashkilotlarida bir xil amaliyotni shakllantirish, tahlillarning aniq va sifatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidagi mavjud tasniflar asosida murojaatlarning yagona klassifikatorini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlariga joriy qilish hamda doimiy yangilab borish.

2026-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Strategik rivojlantirish va islohotlar agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

11.

Davlat axborot tizimlarini tabiiy, texnogen va boshqa favqulodda vaziyatlardan maksimal darajada himoya qilishni nazarda tutuvchi geografik rezervlash loyihasi bo‘yicha takliflar tayyorlash.

1. Himoyalangan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish.

2. Milliy himoyalangan ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurish uchun mahalliy geografik va jismoniy shart-sharoitlarni o‘rganish va tahlil qilish.

3. Himoyalangan ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Mudofaa vazirligi

II. Infratuzilmani tayyorlash hamda Platformani ishlab chiqish

12.

Platformaning texnik infratuzilmasini tekshirish va tayyorlash.

1. Zarur hisoblash resurslarini aniqlash va ajratish.

2. Bulutli yoki gibrid infratuzilmani joriy etish.

3. Ma’lumotlarning zaxira nusxasini saqlashni yo‘lga qo‘yish.

4. Ma’lumotlarni uzatish va saqlash uchun ishonchli aloqa kanallarini ta’minlash.

2026-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

13.

Platforma komponentlari va modullarini ishlab chiqish.

1. Komponentlar va modullarga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilish.

2. Pilot loyiha tarkibi va mazmunini aniqlash.

3. Loyihalash, dizayn va foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish.

4. Komponentlar va modullarni bosqichma-bosqich ishlab chiqish, testdan o‘tkazish va takomillashtirish.

2027-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi

14.

Raqamli yechimlar va innovatsion servislarni sinovdan o‘tkazish hamda keyinchalik kengaytirish uchun Platformada test muhitini (sandbox) yaratish.

1. Komponentlar va modullarga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilish.

2. Loyihalash, dizayn va foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish.

2027-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi

15.

Tovarlar va xizmatlarning Yagona milliy tasniflash tizimini ishlab chiqish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil noyabr

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

III. Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash

16.

Platformaning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha talablarni ishlab chiqish.

1. Ehtimoliy hujum modelini aniqlash hamda uning asosida axborot va kiberxavfsizlikka tahdidlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Kompyuter hodisalariga javob berish, foydalanuvchi va tizim ma’lumotlarini zaxiralash, kirishni boshqarish, lavozim yo‘riqnomalari, integratsiya, ma’lumotlarni himoyalash va boshqa masalalar bo‘yicha hujjatlarni (yo‘riqnomalar, reglamentlar) ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

Davlat xavfsizlik xizmati,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

17.

Platformada ma’lumotlarni himoyalash va kiberhujumlarning oldini olish tizimini joriy etish.

1. Platformaning muhim (kritik) elementlariga kirishni chegaralash tizimlarini joriy etish.

2. Hujumlarni aniqlash va oldini olish tizimlari, xavfsizlikka oid muhim hodisalarni loglash va xabardor qilish, tarmoq ekranlari, shifrlash va ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish, aloqa kanallarini himoyalash va boshqa vositalarni joriy etish.

3. Axborot xavfsizligi monitoringi markazi (SOC) faoliyatini tashkil etish va 24/7 rejimida doimiy monitoringni yo‘lga qo‘yish.

2027-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati

18.

Platformada axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini joriy etish.

1. Qayta ishlanadigan ma’lumotlarni maxfiylik darajasi bo‘yicha tasniflash.

2. Platformaning kriptografik himoya tizimini yaratish uchun texnik hujjatlarni tayyorlash.

3. Dasturiy va apparat-dasturiy axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish uchun “UNICON.UZ fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish.

4. “UNICON.UZ fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish.

2027-yil iyun

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati

19.

Platforma va uning komponentlarini axborot hamda kiberxavfsizlik talablari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish.

Axborot va kiberxavfsizlik talablari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish uchun vakolatli organ bilan shartnoma tuzish.

2027-yil iyun

Davlat xavfsizlik xizmati,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

20.

Platformaning axborot xavfsizligini nazorat qilish va auditdan o‘tkazish.

1. Axborot xavfsizligi auditi metodikasini ishlab chiqish va kelishish.

2. Axborot xavfsizligini ta’minlash va auditdan o‘tkazish bo‘yicha yillik rejani tayyorlash hamda amalga oshirish.

3. Xalqaro standartlarga muvofiqlikni baholash (ISO 27001, GDPR va boshqalar).

2027-yil iyun

Davlat xavfsizlik xizmati,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

21.

Platformaning axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik hamda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha belgilangan talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

1. Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik bo‘yicha yagona talablar va standartlarga muvofiqlikni ta’minlash.

2. Axborot tizimlarini joriy etishda belgilangan tartibda ekspertiza va auditdan o‘tkazish.

Doimiy

Vazirlik va idoralar

22.

“Raqamli hukumat” tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazini muhandislik himoya inshooti bilan jihozlash hamda katta miqdordagi so‘rov yuborish orqali amalga oshiriladigan kiberhujumga (DDOS hujumlar) qarshi dasturiy-apparat kompleksi bilan jihozlash.

1. “Raqamli hukumat” tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazini muhandislik himoya inshooti bilan jihozlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ehtimoliy ijrochi (loyiha va pudrat tashkiloti)larga so‘rovlar yuborish.

2. Loyiha va pudrat tashkiloti tanlovini eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan o‘tkazish.

2027-yil iyun

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

23.

Kiberxavfsizlik hamda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish tizimini rivojlantirish borasida amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

Davlat xavfsizlik xizmati,

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil oktabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

24.

Kiberxavfsizlik yo‘nalishida malakali kadrlar yetishtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

Davlat xavfsizlik xizmati,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil oktabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

25.

Davlat axborot tizimlari foydalanuvchilariga markazlashgan tarzda uchinchi shaxslarga ERIdan foydalanish huquqini berish, bekor qilish va monitoring qilish imkoniyatini yaratish.

1. Xalqaro tajriba, jumladan, Finlyandiya tajribasini o‘rganish.

2026-yil sentabr

Soliq qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Mavjud axborot tizimlarini takomillashtirish yoki yangi axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritish.

2026-yil noyabr

3. Texnik imkoniyat yaratish.

2027-yil mart

26.

Davlat axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarining arxitekturasini hamda xavfsizligini tahlil qilish, ularning kodlaridagi zaifliklarini tekshirish, aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi sun’iy intellektga asoslangan agent dasturini ishlab chiqish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2026-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

2. Sun’iy intellektga asoslangan agent dasturini ishlab chiqish va tajriba-sinov tariqasida ishga tushirish.

2027-yil yanvar

3. Tajriba-sinov natijasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritish.

2027-yil aprel

27.

Vazirlik va idoralar tomonidan joriy etilgan axborot tizimlarining mavjud to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyasini “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsion platformasi orqali amalga oshirish choralarini ko‘rish.

1. Mavjud to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyalar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va tahlil qilish.

2026-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,

Davlat xavfsizlik xizmati,

vazirlik va idoralar

2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyalar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2027-yil fevral

3. Tahlil natijalariga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyalarni “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsion platformasi orqali o‘tkazish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlash va bosqichma-bosqich o‘tkazish.

Reja-grafik asosida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan mazkur “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosi monitoring qilib, zarur hollarda, unga o‘zgartirish kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2028-yillarda Yagona integratsiyalashgan raqamli platformaning tarkibiga kiruvchi davlat axborot tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2.

“Raqamli hukumat” tizimining foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimi

3.

“Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi

4.

“Raqamli hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi

5.

“Raqamli hukumat” tizimining Yagona billing tizimi

6.

“Raqamli hukumat” tizimining Yagona to‘lov shlyuzi

7.

“Raqamli hukumat” tizimining Yagona xabarnomalar tizimi

8.

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi

9.

Ochiq ma’lumotlar portali

10.

“ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi

11.

Jismoniy shaxslarning yagona reyestri

12.

Yuridik shaxslarning yagona reyestri

13.

Fuqaroning yagona raqamli profili

14.

Yuridik shaxsning yagona raqamli profili

15.

Klassifikatorlar va ma’lumotnomalarning yagona reyestri

16.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimi “E-qaror”

17.

Davlat organlari uchun raqamli mahsulotlar va xizmatlar marketpleysi

18.

Davlat organlari uchun xizmat sifatida dasturiy ta’minot (SaaS) asosidagi namunaviy yechimlar platformasi

19.

Namunaviy xizmat sifatida platforma (PaaS) servislar va dasturlash, xavfsizlik hamda ekspluatatsiyani birlashtiruvchi (DevSecOps) konveyerlar platformasi

20.

Muntazam jarayonlarni sun’iy intellekt asosida avtomatlashtirish va intellektual yordamchilar platformasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi Platformaga integratsiya qilinadigan davlat axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari grafigini tasdiqlaydi, ijrosini nazorat qiladi hamda zarur hollarda, unga o‘zgartirish kiritib borishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbasi

Mas’ul ijrochilar

1.

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish uchun zarur situatsion zallar, operator xonalari va ishchi o‘rinlarini tashkil etish, shu jumladan, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlari, aloqa kanallari, videodevorlar, kompyuter texnikasi, tarmoq uskunalari va boshqa dasturiy-apparat majmualari bilan jihozlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahri — 2026-yil dekabr

Respublikaning qolgan tuman va shaharlarida — 2027-2028-yillarda grafik asosida

Tegishli mahalliy budjetlar, hokimliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2.

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi texnik topshirig‘ini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning kiberxavfsizlik va axborot tizimiga muvofiqligini ta’minlash, kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish.

2026-yil noyabr

-

“UZINFOCOM” MCHJ,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kiberxavfsizlik markazi

3.

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibini belgilovchi namunaviy reglamentni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil avgust

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4.

“Raqamli hokimlik” dasturiy majmuasini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining reja-jadvalini tasdiqlash va uni barcha tumanlarda ishga tushirishni ta’minlash.

Bunda respublikaning barcha hududlarida mahalliy hokimliklarning mas’ul xodimlari uchun o‘quv-treninglar tashkil etish.

2027-2028-yillarda

Tegishli mahalliy budjetlar, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,

tuman (shahar) hokimliklari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“UZINFOCOM” MCHJ

5.

Hududlar kesimida barcha geofazoviy ma’lumotlarga ishlov berish hamda ularni tahlil qilish orqali mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashuvchi geoportal modulini “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida joriy etish.

2028-yil dekabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kadastr agentligi,

Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

“UZINFOCOM” MCHJ

6.

Mahallalar kesimida aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanish darajasini aniqlash orqali fuqarolarning yashash darajasi va farovonligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash imkonini beruvchi “Inson qadri indeksi” modulini joriy etish.

2027-yil dekabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

“UZINFOCOM” MCHJ

7.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun Davlat chegarasini kesib o‘tganligi bo‘yicha ma’lumotlarni yashash manzili kesimida “Raqamli mahalla” ATga avtomatik taqdim etish (push ma’lumot) mexanizmlarini joriy etish.

2026-yil dekabr

-

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi,

Migratsiya agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

8.

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga kelib tushgan xabarlarning mas’ul organ va tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va hal etilishini har haftada o‘tkaziladigan hokimlik soatlarida tanqidiy muhokama qilib borish.

Doimiy

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

9.

Respublikaning barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksida ishlash bo‘yicha o‘qitish yuzasidan seminarlar tashkil etish.

Grafik asosida

-

“UZINFOCOM” MCHJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklar

10.

Yagona raqamli muloqot nuqtasi orqali o‘zaro hamkorlik qilish, hududiy muammolar bo‘yicha tezkor murojaat yuborish, fotosurat va geolokatsiya ma’lumotlarini ilova qilish, murojaatlar ijrosini kuzatish, javoblar olish, tezkor xizmatlardan foydalanish hamda hududga oid muhim xabarnomalarni qabul qilish imkonini beruvchi “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida mobil ilova ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

“UZINFOCOM” MCHJ,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari hamda xulosalari, bayonnomalari, taqdimnomalarini “E-qaror” axborot tizimiga kiritilishini ta’minlash.

2026-yil sentabr

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va ma’lumotlar hamda ularni taqdim etish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mas’ul idora

Taqdim etiladigan ma’lumotlar mazmuni

Muddati

I. Iqtisodiyot, moliya, soliq va savdo

1.

Markaziy bank

Bank va moliyaviy xizmatlar, kreditlar, muammoli kreditlar, qarz yuklamasi va moliyaviy faollik bo‘yicha hududiy ko‘rsatkichlar.

2026-yil sentabr

Kreditlar holati, muddatli to‘lov, bank xizmatlaridan foydalanish va tadbirkorlik subyektlari moliyaviy faolligi ko‘rsatkichlari tuman/shahar va davr kesimida.

2027-yil yanvar

Hududlar kesimida kredit, lizing, aylanma mablag‘, imtiyozli moliyalashtirish bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar.

2027-yil fevral

2.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari, subsidiyalar, tashabbusli budjet, davlat dasturlari va hududiy biznes-rejalar ijrosi.

2026-yil sentabr

Yillik/choraklik maqsadli ko‘rsatkichlar, KPI va ijro holati kesimidagi ma’lumotlar.

Sanoat, xizmatlar, qurilish, savdo va hududiy iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognoz, trend, xavf va resurs ehtiyojlarini baholash uchun zarur ko‘rsatkichlar.

2027-yil dekabr

3.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

“Onlayn-mahalla”, mehnat bozori, bandlik, ishsizlik, vakansiyalar, kasbiy o‘qitish, ishga joylashtirish, mehnat migratsiyasi va mahallabay dasturlar ko‘rsatkichlari.

2026-yil sentabr

Kambag‘allikdan chiqarish dasturlari, mikroloyihalar, kreditlash, oilalar bilan ishlash natijalari va hududiy ijtimoiy xavf guruhlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

4.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiya loyihalari, eksport ko‘rsatkichlari, sanoat zonalari, yirik, o‘rta va kichik sanoat korxonalari, ishlab chiqarish quvvati, mahsulot turlari, ish o‘rinlari, muammolar va ehtiyojlar.

2026-yil sentabr

Korxona pasporti: nomi, STIR, faoliyat turi, manzil, geojoylashuv (koordinata), tarmoq, quvvat, bandlik, eksport.

Sanoat zonasi maydoni, rezidentlar, bo‘sh maydonlar, cheklovlar, imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash choralari.

2026-yil oktabr

5.

Bojxona qo‘mitasi

Eksport va import hajmi, tovarlar, yo‘nalishlar, davlatlar, korxonalar, bojxona rasmiylashtiruvi, muammoli eksportyorlar va tashqi savdo dinamikasi.

2026-yil sentabr

Davlat chegarasi va bojxona postlari orqali kirib kelgan va chiqib ketgan transport vositalari, yuklar, tovarlar, bojxona rasmiylashtiruvi holati, postlar kesimida o‘tkazuvchanlik, navbat va yuklama ko‘rsatkichlari hamda jismoniy shaxslar harakati bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

Korxona, hudud, tarmoq va davr kesimida logistika va tashqi savdo tendensiyalari ma’lumotlari.

6.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

Tashqi reklama obyektlari, reklama hududlari, pasportlar, arizalar, ruxsat holati, reklamadan xoli hududlar va joylashuv ma’lumotlari.

2026-yil sentabr

Savdo va xizmat ko‘rsatish faolligi, iste’molchilar murojaatlari, narxlar va bozor raqobatiga oid umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar.

2026-yil dekabr

7.

Soliq qo‘mitasi

Soliq tushumlari, qarzdorlik, soliq turlari, onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari, ijara munosabatlari, bozorlar nazorati va yashirin iqtisodiyotga oid ko‘rsatkichlar.

2026-yil sentabr

Korxonalarning STIR, faoliyat turi, aylanma, soliq tushumlari, eksport/importga bog‘liq soliq ko‘rsatkichlari va hududiy faollik ma’lumotlari.

Savdo, xizmat ko‘rsatish, ijara, o‘zini o‘zi band qilganlar va soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha mahallabay tahlil ma’lumotlari.

8.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

Davlat aktivlari, bo‘sh turgan obyektlar, yer uchastkalari, elektron auksion lotlari, savdo holati, boshlang‘ich va yakuniy qiymat, manzil va joylashuv ma’lumotlari.

2026-yil sentabr

Investorlar va mahalliy hokimliklar uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan obyektlar reyestri, obyekt pasporti, infratuzilmaga yaqinligi va huquqiy maqomi bo‘yicha ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

9.

Savdo-sanoat palatasi

Tadbirkorlik subyektlari, ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar, eksportyorlar, biznes muammolari, so‘rovnoma natijalari, kredit, xomashyo, uskuna, logistika va bozorga chiqish ehtiyojlari.

2027-yil dekabr

10.

“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

Birja savdolari, davlat xaridlari, bitimlar, buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar, tovar guruhlari, narx dinamikasi va hududiy savdo faolligi bo‘yicha ma’lumotlar.

2026-yil sentabr

II. Davlat boshqaruvi, raqamli infratuzilma va xavfsizlik

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga (pm.gov.uz) kelib tushgan murojaatlar, kategoriyalar, hudud, ijro holati, muddati o‘tgan murojaatlar, mas’ul tashkilot va natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

12.

Bosh prokuratura

Yashirin iqtisodiyot, bozorlar nazorati, noqonuniy tadbirkorlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi va topshiriqlar ijrosiga oid umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar.

2026-yil sentabr

13.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

Ijro hujjatlari, qarzdorlik, undiruv holati, aliment, kommunal to‘lovlar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ijro ishlari holati, hudud, mahalla, qarzdorlik turi, summa, ijro bosqichi va natijalar bo‘yicha ma’lumotlar.

2026-yil oktabr

14.

Markaziy saylov komissiyasi

Saylov okruglari, okrug chegaralari, deputatlar, deputat biriktirilgan hududlar, aholi bilan ishlash ko‘rsatkichlari, mahalliy kengashlar va hududiy vakillik organlari bo‘yicha ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

15.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Favqulodda vaziyatlar, 112/101 xabarlari, yong‘inlar, qutqaruv qismlari, xizmat ko‘rsatish hududlari, resurslar, tezkor xabarlar, jabrlanganlar va zarar qiymati.

2026-yil sentabr

Seysmik, sel, suv toshqini, ko‘chki, yong‘in xavfi yuqori hududlar va aholini ogohlantirish uchun zarur ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

16.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Davlat xizmatlari (my.gov.uz), aholi murojaatlari, elektron hukumat integratsiyalari, idoralararo ma’lumot almashinuvi va raqamli infratuzilmaga oid ma’lumotlar.

2026-yil sentabr

17.

Adliya vazirligi

FHDY ma’lumotlari: tug‘ilish, vafot etish, nikoh, ajrim va demografik ko‘rsatkichlar.

2026-yil sentabr

Aholi dinamikasi, oila tarkibi, xizmatlar qamrovi va hududiy xizmat obyektlari bo‘yicha ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

18.

Milliy statistika qo‘mitasi

Hududiy statistika, aholi, korxonalar, ishlab chiqarish, qurilish, savdo, xizmatlar, sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa makro ko‘rsatkichlar.

2026-yil sentabr

19.

Ichki ishlar vazirligi

Migratsiya va fuqarolik, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘l-transport hodisalari, ma’muriy va jinoiy-huquqiy statistika, profilaktika inspektorlari, SOS xabarlari, qo‘riqlash obyektlari va himoya orderlari.

2026-yil sentabr

Yo‘l infratuzilmasi, chorrahalar, svetoforlar, kameralar, radarlar, piyodalar o‘tish joylari, xavfli nuqtalar va jamoat xavfsizligi obyektlari bo‘yicha joylashuv ma’lumotlari.

2026-yil dekabr

112/102 xabarlari, aholi murojaatlari, topshiriqlar ijrosi, huquqbuzarliklar dinamikasi va mahalla/ko‘cha/obyekt kesimida tahliliy ma’lumotlar.

2026-yil sentabr

Yo‘l harakatini tashkil etish va intellektual transport infratuzilmasi bo‘yicha ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

O‘zbekistonga kirib kelgan va chiqib ketgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yagona axborot tizimi bo‘yicha ma’lumotlar.

20.

Milliy gvardiya

Jamoat xavfsizligi, patrul yo‘nalishlari, qo‘riqlanadigan obyektlar, ommaviy tadbirlar xavfsizligi, tezkor chaqiruvlar va xizmat kuchlari joylashuvi bo‘yicha ma’lumotlar.

2026-yil sentabr

21.

“O‘zarxiv” agentligi

Hududiy boshqaruv, tarixiy ma’lumotlar, arxiv hujjatlari va davlat organlari faoliyatiga oid zarur arxiv ma’lumotlari.

2026-yil oktabr

Tarixiy va boshqaruv tahlili uchun raqamlashtirilgan hujjatlar, reyestrlar va ma’lumotnomalar.

2026-yil dekabr

22.

“O‘zbekkosmos” agentligi

Yer resurslari, qishloq xo‘jaligi yerlari, ekologik holat, o‘rmon fondi, chiqindi hududlari, suv obyektlari va qurilish holati bo‘yicha kosmik monitoring ma’lumotlari.

2026-yil dekabr

Noqonuniy qurilish, yerdan samarasiz foydalanish, yashil hududlar, sanoat zonalari va infratuzilma holatini masofadan monitoring qilish uchun geotasvirlar va tahlil natijalari.

23.

Kadastr agentligi

Kadastr obyektlari, ko‘chmas mulk, yer uchastkalari, ma’muriy-hududiy birliklar, mahallalar, ko‘chalar, sektorlar, chegaralar, manzillar, noqonuniy qurilish va yerdan foydalanish holati.

2026-yil dekabr

Hudud chegaralari, obyekt konturlari, kadastr raqami, manzili, maydoni, huquqiy maqomi, foydalanish turi, obyekt holati va koordinatalar.

Muhandislik-kommunal obyektlar, strategik obyektlar, davlat kadastrlari va boshqa idoralar taqdim etadigan geografik ma’lumotlarni (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar), yagona raqamli xaritaga bog‘lash uchun identifikatorlar va klassifikatorlar.

24.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Hududiy biznes-rejalar, investitsiya loyihalari, sanoat zonalari, mahalliy korxonalar, ishchi guruh so‘rovnomalari, muammolar reyestri va mahalliy qarorlar ijrosi.

2026-yil sentabr

Subsidiyalar va tashabbusli budjet bo‘yicha ma’lumotlar.

Aholi murojaatlari bo‘yicha ma’lumotlar.

“Raqamli mahalla” tizimi ma’lumotlari.

Ma’muriy-hududiy birliklar, mahallalar va ko‘chalar bo‘yicha ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

Davlat xizmatlari va hududiy xizmat obyektlari haqida ma’lumotlar.

Yo‘l harakatini tashkil etish va intellektual transport infratuzilmasi bo‘yicha ma’lumotlar.

25.

Tuman (shahar) hokimliklari

Bosh rejalar, “qizil chiziqlar”, renovatsiya hududlari, ko‘chalar, mahalliy xizmat obyektlari, ijtimoiy obyektlar, tashqi reklama, yer/bino takliflari va mahalliy infratuzilma ma’lumotlari.

2026-yil sentabr

Mahalliy inventarizatsiya natijalari.

26.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

“Raqamli mahalla” tizimi, mahalla pasporti, aholi, oila, xonadon, “mahalla yettiligi”, ijtimoiy obyektlar, mahalla reytingi va mahalliy muammolar.

2026-yil sentabr

Mahalla kesimidagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, aholi murojaatlari, hududiy tahlil va ijro monitoringi uchun ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

III. Transport va aloqa

27.

Transport vazirligi

Jamoat transporti, yo‘nalishlar, bekatlar, grafiklar, transport vositalari, GPS-treking, yo‘lovchi oqimi, o‘rtacha tezlik va xizmat qamrovi, yo‘nalishlar, transport infratuzilmasi va harakat zichligi bo‘yicha ma’lumotlari.

2026-yil sentabr

28.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Temir yo‘l infratuzilmasi, vokzal va bekatlar, yo‘lovchi oqimi, qatnovlar, yo‘nalishlar, yuk va yo‘lovchitashish ko‘rsatkichlari.

2026-yil sentabr

29.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, yo‘l qoplamasi holati, ta’mirlash rejalari, yo‘l belgilari, yoritish, xavfli uchastkalar va yo‘l infratuzilmasi obyektlari.

2026-yil sentabr

Yo‘l toifasi, uzunligi, kengligi, yuk ko‘tarish cheklovlari, logistika yo‘laklari va obyektlarga kirish yo‘llari va geografik ma’lumotlari.

2026-yil dekabr

30.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ

Pochta bo‘linmalari, xizmat ko‘rsatish nuqtalari, manzil, ish vaqti, xizmat turlari, qamrov hududi va joylashuv ma’lumotlari (koordinatalar va poligonlar).

2026-yil dekabr

IV. Energetika va kommunal xo‘jalik

31.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Boshqaruv servis kompaniyalari, ko‘p kvartirali uylar, liftlar, uy-joy fondi, aholi murojaatlari, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari va kommunal xizmatlar holati.

2026-yil sentabr

Shaharsozlik, bosh reja, “qizil chiziqlar”, renovatsiya hududlari, qurilish ruxsatnomalari, nazorat natijalari va qurilish obyektlari geografik ma’lumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar).

2026-yil dekabr

Ko‘p qavatli uylar holati, boshqaruv servis kompaniyasi qamrovi, xizmat sifati, avariyalar va ta’mirlash ishlari ma’lumotlari.

2026-yil dekabr

32.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

Qurilish obyektlari, davlat nazorati natijalari, ruxsatnomalar, loyiha-smeta hujjatlari, obyekt holati, muddati o‘tgan qurilishlar va qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

2026-yil sentabr

Shaharsozlik, qurilish xavflari, hudud, muddat va mas’ul tashkilot kesimida tahlil ma’lumotlari.

2026-yil dekabr

33.

“Hududgazta’minot” AJ

Tabiiy va suyultirilgan gaz iste’moli, billing, to‘lovlar, qarzdorlik, 104/112 xabarlari, aholi murojaatlari, suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berish, kechikishlar va gaz to‘ldirish shoxobchalari.

2026-yil sentabr

Gaz infratuzilmasi bo‘yicha geografik ma’lumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar): gaz taqsimlash punktlari, gaz quvurlari, yuqori, o‘rta va past bosimli tarmoqlar, klapanlar, hisoblagichlar, gaz taqsimlash hududlari va texnik holat ma’lumotlari va joylashuvi.

2026-yil dekabr

Korxonalar kesimida gazga ulanish nuqtasi, bosim, sarf, mavjud quvvat, ehtiyoj, cheklov va avariyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

34.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Elektr energiyasi iste’moli, billing, to‘lovlar, qarzdorlik, hisoblagichlar, aholi murojaatlari, uzilishlar, avariyalar, me’yordan ortiq iste’mol, quyosh panellari va tarmoqqa uzatilgan energiya.

2026-yil sentabr

Elektr infratuzilmasi bo‘yicha geografik ma’lumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar): podstansiyalar, transformator punktlari, elektr uzatish liniyalari, kabel liniyalari, taqsimlash punktlari, hisoblagichlar, xizmat zonalari va texnik holat ma’lumotlari va joylashuvi.

2026-yil dekabr

Elektr quvvati, ulanish nuqtasi, mavjud/talab etiladigan quvvat, cheklovlar va avariyaviy holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

35.

“O‘ztransgaz” AJ

Magistral gaz quvurlari, gaz taqsimlash stansiyalari, yuqori bosimli tarmoqlar, uzatish nuqtalari, bosim, harorat, sarf, quvur diametri, uzunligi, texnik holati va muhofaza hududlari.

2026-yil dekabr

36.

“O‘zsuvta’minot” AJ

Ichimlik suvi va kanalizatsiya iste’moli, billing, to‘lovlar, qarzdorlik, suv o‘lchagichlar, avariyalar, suv sifati, limitlar va aholi murojaatlari.

2026-yil sentabr

Suv va kanalizatsiya bo‘yicha geografik ma’lumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar): suv quvurlari, magistral va ichki tarmoqlar, nasos stansiyalari, suv omborlari, suv tozalash inshootlari, kanalizatsiya kollektorlari, quduqlar va chiqarish nuqtalari ma’lumotlari va joylashuvi.

2026-yil dekabr

Korxonalar kesimida suv/oqova suv ulanish nuqtalari, mavjud quvvat, sarf, limit, texnik cheklov va avariyaviy holatlar.

2026-yil dekabr

37.

“Issiqlikta’minot” AJ

Issiqlik ta’minoti, issiq suv, billing, to‘lovlar, qarzdorlik, avariyalar, aholi murojaatlari, qozonxonalar, issiqlik markazlari va xizmat ko‘rsatish hududlari.

2026-yil sentabr

Issiqlik infratuzilmasi bo‘yicha geografik ma’lumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar): issiqlik quvurlari, qozonxonalar, markaziy va individual issiqlik punktlari, ulanish nuqtalari, texnik holat va tarmoq quvvati.

38.

“Veolia Energy” MCHJ XK

Issiqlik ta’minoti, issiq suv, billing, to‘lovlar, qarzdorlik, avariyalar, aholi murojaatlari, qozonxonalar, issiqlik markazlari va xizmat ko‘rsatish hududlari.

Issiqlik infratuzilmasi bo‘yicha geografik ma’lumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar): issiqlik quvurlari, qozonxonalar, markaziy va individual issiqlik punktlari, ulanish nuqtalari, texnik holat va tarmoq quvvati.

V. Qishloq va suv xo‘jaligi, ekologiya va tabiiy xavflar

39.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi yerlari, ekinlar, fermer va klasterlar, hosildorlik, agromonitoring, sun’iy yo‘ldosh va dronlar yordamida o‘simliklar va ekinlar holatini masofadan turib baholash (NDVI/SIPI), irrigatsiya holati, mavsumiy ishlar va mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari.

2026-yil sentabr

Agrosanoat korxonalari, qayta ishlash quvvatlari, xomashyo bazasi va hududiy imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

40.

Suv xo‘jaligi vazirligi

Irrigatsiya va drenaj tarmoqlari, kanallar, ariqlar, nasos stansiyalari, aholi murojaatlari, gidropostlar, suv resurslari, limitlar, suv olish nuqtalari va muhofaza hududlari.

2026-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi, ekologiya, shaharsozlik, suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha geografik ma’lumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar).

41.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

Ekologik nazorat, havo va suv sifati, chiqindilar, sanoat chiqindilari va chiqindilarni ko‘mish joylari, muhofaza qilinadigan hududlar, ekologik xavflar va aholi murojaatlari.

2026-yil sentabr

“Yashil makon”, daraxtlar, yashil hududlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, sanoat korxonalari ekologik ko‘rsatkichlari.

42.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

Chiqindilarni boshqarish, “Toza makon” ma’lumotlari, billing, to‘lovlar, qarzdorlik, konteyner maydonlari, chiqindi yig‘ish grafiklari, maxsus texnikalar GPS harakati, poligonlar, qayta ishlash obyektlari va aholi murojaatlari.

2026-yil sentabr

43.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Ob-havo, harorat, namlik, yog‘ingarchilik, shamol, atmosfera bosimi, PM2.5, PM10, havo sifati indeksi (AQI), xavfli meteo hodisalar va prognozlar.

2026-yil sentabr

44.

Fanlar akademiyasi

Seysmologiya, seysmik xavf, makroseysmik ko‘rsatkichlar, epitsentr, magnituda, chuqurlik, grunt xususiyatlari va tabiiy xavfli hududlar ma’lumotlari.

2026-yil sentabr

VI. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya

45.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Tibbiyot muassasalari, xodimlar, tez tibbiy yordam 112/103 chaqiruvlar, xizmat ko‘rsatish vaqti, kasallanish, elektron retsept ma’lumotlari.

2026-yil dekabr

Tibbiy xizmat qamrovi, muassasalar quvvati, hududiy kasallanish dinamikasi, tezkor chaqiruvlar va aholi murojaatlari ma’lumotlari.

Onkologiya, yuqumli kasalliklar va sanitariya-epidemiologiya bo‘yicha ma’lumotlar.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va maxsus tibbiy hisoblar bo‘yicha ma’lumotlar.

Tug‘ilish, vafot etish bo‘yicha ma’lumotlar.

46.

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Dorixonalar, farmatsevtika obyektlari, ta’minoti va litsenziya ma’lumotlari, manzil, ish rejimi, xizmat ko‘rsatish hududi ma’lumotlari.

2026-yil dekabr

47.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Ayollar dasturlari, “Ayollar daftari”, qo‘llab-quvvatlash choralari, bandlik, ijtimoiy himoya, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya bilan bog‘liq umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar.

2026-yil sentabr

48.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy himoya reyestrlari, ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy xizmatlar, nafaqalar va qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha ma’lumotlar.

2026-yil sentabr

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va maxsus tibbiy hisoblar bo‘yicha ma’lumotlar.

2026-yil oktabr

49.

Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar dasturlari, “Yoshlar daftari”, “Yoshlar balansi”, imtiyozlar, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, yoshlar toifalari, muammolar, qo‘llab-quvvatlash choralari va natijalar, sport va ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari.

2026-yil sentabr

50.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Pensiya oluvchilar, pensiya turlari, to‘lovlar, hududiy taqsimot, qarzdorlik/to‘xtatilish holatlari va pensiya ta’minoti bo‘yicha umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar.

2026-yil sentabr

VII. Ta’lim va sport

51.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, o‘quvchilar, o‘qituvchilar, sig‘im, davomat, reyting, ta’lim sifati, infratuzilma, kamera va xavfsizlik ko‘rsatkichlari.

2026-yil sentabr

52.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oliy ta’lim, kasbiy ta’lim va akademik litseylar, talabalar, o‘qituvchilar, talabalar turar joylari, yo‘nalishlar, mutaxassisliklar, kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlari, sig‘im, davomat, reyting, ta’lim sifati, infratuzilma, kamera va xavfsizlik ko‘rsatkichlari.

2026-yil sentabr

Kadrlar salohiyati, mutaxassisliklar, ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan bog‘lashga zarur ma’lumotlar.

2026-yil dekabr

53.

Sport vazirligi

Sport muassasalari, sportchilar, murabbiylar, guruhlar, davomat, musobaqalar, sport obyektlari holati, sig‘imi va joylashuv ma’lumotlari.

2026-yil sentabr

VIII. Madaniyat, turizm va din

54.

Turizm qo‘mitasi

Turistik oqim, ichki va xorijiy turistlar, joylashtirish obyektlari, mehmonxonalar, gidlar, turoperatorlar, turistik yig‘imlar, marshrutlar va xizmatlar sifati.

2026-yil sentabr

Turizm obyektlari, sig‘im, yuklama, mavsumiylik, manzil va joylashuv ma’lumotlari.

55.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Diniy obyektlar, masjidlar, ziyoratgohlar, diniy ta’lim va diniy-ma’rifiy obyektlar bo‘yicha reyestr, manzil, mas’ul tashkilot va joylashuv ma’lumotlari.

2027-yil dekabr

56.

Madaniy meros agentligi

Madaniy meros obyektlari, arxitektura va arxeologiya yodgorliklari, monumental san’at, reyestr ma’lumotlari, muhofaza hududlari, obyekt holati va joylashuv ma’lumotlari.

2026-yil sentabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish jarayonida hududlar ehtiyojlaridan kelib chiqib, mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari o‘z vakolati doirasida tegishli axborot tizimlari, ma’lumotlar, shu jumladan, geografik ma’lumotlar (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar) belgilangan tartibda taqdim etish uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ma’lumotlar mavjud bo‘lgan eng quyi ma’muriy-hududiy birlik, obyekt, korxona yoki infratuzilma elementi darajasida, hudud nomi, ma’muriy-hududiy tuzilmalarni (obyektlarni) belgilash tizimi (MHTBT) yoki boshqa yagona identifikator, davr, ko‘rsatkich qiymati, manzil, koordinatalar va zarur atributlar bilan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIFALAR TAQSIMOTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish doirasida mas’ul etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Raqamli texnologiyalar vazirligi — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining hududlarda joriy etilishi va faoliyati yo‘lga qo‘yilishini tashkil etish, davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlar bazalarining “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiya qilinishini muvofiqlashtirish, shuningdek, server quvvatlari, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash resurslari, sun’iy intellekt texnologiyalari asosidagi tahlil, prognozlash va “Hokimning virtual assistenti” modulining ishlashini ta’minlash uchun zarur grafik protsessor (GPU) resurslarini ajratish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksidan foydalanish bilan bog‘liq oylik abonent to‘lovi uchun zarur mablag‘larning 2027-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining egasi sifatida uning maqsadli yo‘nalishlari, funksional rivojlanishi, hududlarda joriy etilishi, davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini umumiy muvofiqlashtirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining hududlarda joriy etilishi va faoliyati yo‘lga qo‘yilishini dasturiy ta’minlash, uning uzluksiz ishlashi va takomillashtirib borilishini tashkil etish, o‘quv seminarlarini o‘tkazish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari taqdim etgan ma’lumotlar bazalarining “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiyasini tashkil etish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) davlat organlari va tashkilotlari — o‘zlariga tegishli axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va elektron axborot resurslarini belgilangan muddat va talablarga muvofiq “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiya qilish, zarur texnik ma’lumotlar, API, veb-servislar, ma’lumotlar tuzilmasi, ma’lumotnomalar, identifikatorlar va boshqa axborot resurslarini Yagona integratorning texnik talablariga muvofiq taqdim etish hamda ma’lumotlarning to‘liq, ishonchli va uzluksiz almashinuvini ta’minlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini tegishli hududda joriy etish uchun zarur situatsion zallar, operator xonalari, aloqa kanallari va boshqa texnik infratuzilmani tashkil etish, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini olib borish hamda dasturiy-apparat majmualari bilan jihozlashni ta’minlash, shuningdek, “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi orqali kelib tushgan xabarlar, murojaatlar va topshiriqlarning belgilangan tartibda tuman (shahar) darajasida yoki mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va hal etilishini nazorat qilish hamda har chorakda kelib tushayotgan xabarlar va ularning ijrosini tanqidiy muhokama qilib borish uchun.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2026-y., 07/26/257/0717-son)