08.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3893
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 08.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3893
Kuchga kirish sanasi
09.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUG‘I
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 8-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3893]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 22-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 22-iyundagi 22-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi faoliyatini olib borish, yuridik shaxslarni maxsus zona rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anonim kripto-aktiv — anonimlik prinsipi asosida ishlovchi (amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi ma’lumot yashirin bo‘lgan) kripto-aktiv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslantirilgan mulohaza — qonunchilikda belgilangan talablarga qo‘shimcha ravishda vakolatli organ tomonidan qo‘llaniladigan, ko‘rib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash. Asoslantirilgan mulohaza vakolatli organ tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim bo‘lgan boshqa axborotga asoslanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi (bundan buyon matnda maxsus zona deb yuritiladi) — ushbu Nizomga muvofiq mayning amalga oshirilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladigan “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi direksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
generatsiya qiluvchi uskunalar — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan uskunalar, vodorod elektr stansiyalari, shuningdek ushbu Nizomning 62-bandida nazarda tutilgan faoliyat doirasida uglevodorod xomashyosidan foydalanish hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mayner — mayning bilan shug‘ullanish maqsadida ruxsatnoma olgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mayning faoliyati (bundan buyon matnda mayning deb yuritiladi) — hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) — vakolatli organ tomonidan maynerga mayningni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mayning uskunalari — mayningni amalga oshirishga imkon beruvchi dasturiy-apparat va (yoki) texnik vositalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus zona rezidenti (bundan buyon matnda rezident deb yuritiladi) — maxsus zona rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma olgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus zona rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma deb yuritiladi) — Direksiya tomonidan berilgan yuridik shaxsning maxsus zona rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi benefitsiar mulkdor — rezidentni bevosita yoki bilvosita ta’sis etuvchi yoxud uning ustav jamg‘armasidagi (kapitalidagi) ulushlariga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yoxud yuridik shaxsga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazish — ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqidagi arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish bilan bog‘liq tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — maxsus zona rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashirin mayning — maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish orqali uchinchi shaxslarning hisoblash quvvatlarida, ularga bildirmagan holda yoki roziligisiz mayningni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Direksiya vakolatli organning ruxsatnomalar berish bo‘yicha ishchi organi hisoblanadi, shuningdek rezidentlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi, ularning hisobini yuritadi va arizalarning sifatli ko‘rib chiqilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ruxsatnoma va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Talabgor nomidan vakolatli bo‘lgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirishlar kiritish jarayonida ishtirok etadilar, shuningdek Direksiyaga arizalar va boshqa hujjatlarni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Rezident o‘ziga ruxsatnoma va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan paytdan boshlab mayningni amalga oshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ruxsatnoma va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani boshqa yuridik shaxsga berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Direksiya har oyda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va vakolatli organga maxsus zona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda mayningni amalga oshirish talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda mayningni amalga oshirish uchun talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) talabgorning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) mayningni faqat ro‘yxatga olingan paytda ko‘rsatilgan manzilda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) mayning uskunalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan alohida joy mavjud bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) mayning uskunalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan joyning sanitariya normalari va qoidalariga javob berishi hamda texnik xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda elektr energiyasi ta’minoti tizimining texnik sozligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) mayning yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda amalga oshirilgan taqdirda, iste’mol qilinadigan elektr energiyasi alohida hisoblanishini ta’minlash maqsadida Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasining bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni sodir etganlik uchun gumonlanayotgan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud sudlanganlik holati tugallanmagan shaxslar tomonidan rezidentni boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) rezidentning ustav kapitalida egasi va (yoki) yakuniy benefitsiar mulkdori sifatida quyidagi shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandning 6-kichik bandida ko‘rsatilgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar hamda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) yashirin mayning, anonim kripto-aktivlar mayningini hamda muqaddam muomalada bo‘lgan kripto-aktivlarni muomalaga kiritishga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi vakolatli organning talabiga muvofiq faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) maxsus zonada faoliyat yuritish uchun qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ajratmalarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabgor Direksiyaga quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan elektron shakldagi arizani taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) yuridik shaxsning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) mayning uskunalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan joy haqidagi ma’lumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi va bino-inshootning kadastr hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga va bino-inshootga bo‘lgan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) bank muassasasining nomi va yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatuvchi hisobraqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) murojaat qilishning maqsadi (rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tish va ruxsatnoma olish, ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani va (yoki) ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, ularning muddatini uzaytirish yoki ularga o‘zgartirishlar kiritish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq talabgorning rahbariyati (rahbar, uning o‘rinbosarlari) va ta’sischilari haqidagi ma’lumotlar. Bunda ta’sischilar haqidagi ma’lumotlar oxirgi benefitsiar mulkdorgacha (oxirgi benefitsiar mulkdor ham) ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) talabgorning rahbariyati (rahbar, uning o‘rinbosarlari) va ta’sischilari chet el fuqarolari bo‘lganda, ushbu Nizomning 8-bandi 6-kichik bandida ko‘rsatilgan jinoyatlar bo‘yicha belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan holda tegishli xorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganlik haqidagi ma’lumotnoma, shuningdek uning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) mayningni amalga oshirish uchun elektr energiyasi manbalari haqidagi quyidagi ma’lumotlar va hujjatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorga tegishli bo‘lgan generatsiya qiluvchi uskunalarning soni va turi, ular tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasining to‘liq hajmi, texnik tavsifi, generatsiya qiluvchi uskunalardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma nusxasi, generatsiya qiluvchi uskunaga bo‘lgan mulk huquqini, shuningdek egalik qilish va (yoki) foydalanish huquqini (shu jumladan, ijara yoki lizing shartnomalari asosida) tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar generatsiya qiluvchi uskuna talabgorga tegishli bo‘lmasa, elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasi va ishlab chiqariladigan elektr energiyasining umumiy hajmi haqida to‘liq ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) mayning uskunalari haqida ma’lumotlar (modeli, ishlab chiqaruvchining nomi, uskunalar soni, uskunaning texnik yo‘riqnomasiga muvofiq iste’mol qilinadigan elektr energiyasi hajmi, mayning uskunasiga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) mayning natijasida olinishi rejalashtirilayotgan kripto-aktivlar ro‘yxati va ushbu kripto-aktivlar bo‘yicha kripto-hamyonlarning manzillari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning 4 va 8 — 10-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar arizaga ilova qilinadi hamda ular o‘qish mumkin bo‘lgan yuqori sifatda “PDF”, “PNG” yoki “JPEG” formatlarda bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza topshirishda talabgor amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyatning ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan talablar va shartlarga muvofiqligini va ularga rioya qilinishini tasdiqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabgor arizasida elektron pochta manzilini ko‘rsatishi uning barcha xabarnoma va qarorlarni elektron hujjat shaklida olishga roziligi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsatnoma berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni yoxud ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan ariza, ma’lumotlar va hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tarkibi Direksiya rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ekspert komissiyasi o‘n besh kun ichida taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqadi va xulosa tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ekspert komissiyasi tomonidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda, Direksiya mazkur xulosani ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birgalikda ruxsatnoma berish uchun vakolatli organga yuboradi. Salbiy xulosa berilganda esa mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli organ o‘n kun ichida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida QR-kod (matritsali shtrix-kod) tushirilgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomani rasmiylashtirganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng, shu kunning o‘zida vakolatli organning axborot tizimida mayner uchun shaxsiy kabinet yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mayner tomonidan ruxsatnoma qog‘oz shaklida chop etilishi mumkin va u elektron shaklda berilgan hujjatga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma avtomatik rejimda arizada ko‘rsatilgan ruxsatnoma egasining elektron pochta manziliga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ruxsatnoma vakolatli organning axborot tizimiga va rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda hamma tanishib chiqishi uchun ochiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomaning haqiqiyligini vakolatli organning rasmiy veb-saytida tekshirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ quyidagi hollarda ruxsatnoma berishni rad etishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 9-bandida ruxsatnoma berish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri va (yoki) buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan talab hamda shartlarga muvofiq bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organning asoslantirilgan mulohazasi bo‘lganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa asoslarga ko‘ra ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng, Direksiya uch kun ichida talabgorni rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Direksiya tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta orqali talabgorni bu haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma Direksiya tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida QR-kod (matritsali shtrix-kod) tushirilgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rezidentning elektron pochta manziliga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rezident tomonidan ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma qog‘oz shaklida chop etilishi mumkin hamda qog‘oz ko‘rinishida chop etilgan guvohnoma elektron shaklda berilgan hujjatga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bilan birgalikda ro‘yxatdan o‘tgan rezident to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar Direksiyaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentning to‘liq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’sischilarning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushlari haqida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash, amal qilishini tugatish hamda bekor qilish asoslari va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning haqiqiyligini Direksiyaning rasmiy veb-saytida tekshirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar va (yoki) hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan talab va shartlarga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishning rad etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri va (yoki) buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa asoslarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizomning 22-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etib bo‘ladigan kamchiliklar mavjud bo‘lsa, Direksiya talabgorga ularni bartaraf etish uchun muddat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma bir kun ichida talabgorning elektron pochta manziliga elektron hujjat shaklida, taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor kamchiliklarni bartaraf etib, tegishli hujjatlarni qayta taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin ushbu muddat o‘ttiz ish kunidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida xabarnoma yuborilganda, ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati mazkur Nizomning 24-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat davomida to‘xtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmaganda yoki hujjatlar xabarnomada ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmaganda, Direksiya talabgorni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazishni kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma talabgorning arizasida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor ushbu sabablarni bartaraf etib, arizani qayta topshirishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va qayta ko‘rib chiqish uchun arizani to‘ldirishga haqli bo‘lgan muddat ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Talabgor tomonidan ariza belgilangan muddatda rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan holda qayta taqdim etilsa, uning arizasi Direksiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va qabul qilingan kundan boshlab uch kundan oshmagan muddatda ruxsatnoma berish masalasini ko‘rib chiqish uchun vakolatli organga yuboriladi hamda ariza mazkur bobda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan ariza qayta ko‘rib chiqilayotganda Direksiya tomonidan ilgari talabgorga bayon etilmagan rad etish sabablarining keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin talabgor tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi hamda Direksiya tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Direksiya har bir ro‘yxatdan o‘tgan rezident to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning bekor qilinishi haqidagi ma’lumotlarni bir ish kuni ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va vakolatli organga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, ularga o‘zgartirishlar kiritish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish elektron shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tadbirkorlik subyekti o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida Direksiyaning elektron pochtasi orqali tegishli ma’lumotlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va (yoki) hujjatlarni ilova qilgan holda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish haqida ariza berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlar va (yoki) hujjatlarni olganidan so‘ng, ularni bir kun ichida ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun vakolatli organga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Yangi vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomani ushbu Nizomning 33-bandida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun hujjatlar rezident tomonidan ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar rezident o‘z faoliyatini ilgari olingan ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnoma asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi haqidagi xabarnoma rezidentning arizasida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish rezidentning arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza ularning amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tartibda Direksiyaga taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ushbu Nizomning 3 va 4-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnoma rezidentning arizasiga asosan tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda o‘zgartirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) mayning amalga oshiriladigan manzil o‘zgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ilgari taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilganda (mayning uskunalarining modeli va miqdori, bog‘lanish uchun ma’lumotlar (elektron pochta manzili va telefon raqami), generatsiya qiluvchi uskunalar birliklari sonining ko‘payishi yoki kamayishi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaga o‘zgartirishlar kiritish ushbu Nizomning 3 va 4-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va ularni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident tomonidan ruxsat berish talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident tomonidan Direksiya yoki vakolatli organning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori unda ko‘rsatilgan muddatda bajarilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish Direksiya tomonidan o‘n kungacha bo‘lgan muddatga, sud tomonidan o‘n kundan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish vakolatli organ tomonidan o‘n kungacha bo‘lgan muddatga, sud tomonidan o‘n kunidan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Direksiya yoki vakolatli organ rezident tomonidan tegishlicha ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etish muddatini belgilashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ko‘rsatilgan muddat rezident tomonidan ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qarorni olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Direksiya yoki vakolatli organning tegishlicha ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori u qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay, to‘xtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari ko‘rsatilgan holda rezidentning elektron pochta manziliga yuboriladi. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi haqidagi ma’lumotlar tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan sabablar va kamchiliklar tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda, to‘xtatib turish muddatini uzaytirish yoki bekor qilish haqida tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organ sudga da’vo arizasi kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Rezident tomonidan ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, Direksiya yoki vakolatli organ ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani elektron pochta orqali olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tegishlicha ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini tiklash haqida qaror qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Direksiya yoki vakolatli organ ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini tiklash haqida qaror qabul qilingandan keyin bir ish kunidan oshmagan muddatda rezidentni elektron pochta orqali xabardor qiladi hamda bu haqidagi ma’lumotlarni tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Agar Direksiya yoki vakolatli organ tasdiqnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida tegishlicha ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini tiklash yoxud uni tiklashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, rezident ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organni elektron pochta orqali xabardor qilgan holda o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Rezident o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ariza bilan tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar rezident ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganidan keyin olti oy ichida ularning amal qilishini tiklash to‘g‘risida tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organga ariza bilan murojaat qilmasa, u holda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishi tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida Direksiyaning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, vakolatli organning rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus zona rezidentlarini ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident olti oy davomida Direksiyaga ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilmaganda (agar u ilgari Direksiyaga ularning amal qilishini ko‘rsatilgan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan hollarda Direksiya va vakolatli organ tomonidan ularning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan boshlab yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan boshlab, uning o‘zgartirilishi, shuningdek, qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident tomonidan ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar Direksiya yoki vakolatli organ yoxud sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaning rezidentni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi yoki vakolatli organning ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi fakti aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident tomonidan mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan talab va shartlarini muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda. Bunda, mazkur Nizomning 8-bandi 2 va 5 — 8-kichik bandlarida belgilangan talablar va shartlarning bajarilmaganligi bir marta qo‘pol ravishda buzilish hamda 1, 3, 4 va 9 — 11-kichik bandlarida belgilangan talablar va shartlarning bir yil davomida ikki va undan ortiq marta bajarilmaganligi muntazam ravishda buzilish deb hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomani bekor qilish ushbu Nizomning 55-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnoma ushbu Nizomning 55-bandi to‘rtinchi — yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya yoki vakolatli organ ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza yuborilgan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay, rezidentga elektron pochta orqali aniq qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda sudga ariza yuborish asoslarini yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnoma mazkur Nizomning 55-bandi yettinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, u rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Direksiya yoki vakolatli organ tegishlicha ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay, rezidentga elektron pochta orqali aniq qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda uni bekor qilish asoslarini yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan oshmagan muddatda bu haqdagi ma’lumotni Direksiyaning rasmiy veb-saytida joylashtiradi. Ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi ma’lumot vakolatli organning rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Rezidentlar tomonidan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Vakolatli organ rezident tomonidan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikka rioya etishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident tomonidan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshirishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘ycha vakilni xabardor etgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazishda yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha rezidentlardan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish natijalari asosida rezident tomonidan ruxsat berish talablari va shartlari buzilganligini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident zimmasiga aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday huquqbuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga muvofiq ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki ruxsatnomani bekor qilish masalasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish va (yoki) sudga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan mayningni amalga oshirish holatlari to‘g‘risidagi materiallarni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish uchun tegishli organlarga belgilangan tartibda yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishi tekshirilganda, vakolatli organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning biri rezidentga beriladi, ikkinchisi esa vakolatli organda qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Maxsus zona hududida mayningni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Maxsus zona hududida mayningni amalga oshirish uchun quyidagilardan foydalanishga ruxsat etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qayta tiklanuvchi energiya manbalarining barcha turlari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) vodorod elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) yagona elektr energetika tizimidan olinadigan elektr energiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) maxsus zona hududida joylashgan rentabelligi past, kam debitli, tugab borayotgan konlarni, shuningdek uglevodorodlarni yetkazib berishning transport tizimi mavjud bo‘lmagan yoki eskirgan konlarni kelgusida o‘zlashtirish, saqlash va jihozlash orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Maxsus zona rezidentlariga quyidagilarga ruxsat etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan mayningni amalga oshirish uchun foydalanish maqsadida rentabelligi past, kam debitli, qazib olish hajmi pasayayotgan, shuningdek uglevodorodlarni yetkazib berishning transport tizimi mavjud bo‘lmagan yoki eskirgan konlarni o‘zlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mayningni amalga oshirish natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik energiyasi hisobiga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda issiqxonalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Maxsus zona hududida quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashirin mayningni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anonim kripto-aktivlar mayningini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqaddam muomalada bo‘lgan kripto-aktivlarni muomalaga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilmagan manzil bo‘yicha mayningni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan mayningni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Mayning faqat rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha, yong‘in xavfsizligi talablari, sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Rezident quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mayning uskunalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan binoning elektr ta’minoti tizimining texnik sozligini va xavfsizligini ta’minlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topilgan kripto-aktivlarni sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar hisobini yuritishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi vakolatli organ va Direksiyaning talabiga binoan o‘z faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Rezident maxsus zonada faoliyatni amalga oshirganligi uchun har oyda Direksiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan miqdorda ajratmalar o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratmalarni hisoblash va undirish rezidentning arizasiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi ushbu Nizomning 52-bandiga muvofiq to‘xtatib turilgan davrga mutanosib ravishda to‘xtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Topilgan kripto-aktivlarni realizatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Topilgan kripto-aktivlar milliy kripto-birjalar yoki chet el platformalari orqali, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotiladi va (yoki) boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda topilgan keyinchalik milliy kripto-birjalar yoki chet el platformalari orqali, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish sharti bilan boshqa likvidliroq kripto-aktivlarga ayirboshlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Topilgan kripto-aktivlarni chet el platformalari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishda rezident:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar bilan shartnomalar tuzishga haqli emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el platformasining ro‘yxatdan o‘tgan yurisdiksiyasida litsenziyasi mavjudligini tekshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Topilgan kripto-aktivlarni realizatsiya qilishda quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarga sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Mayning natijasida olingan, shu jumladan boshqa yuqori likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlangan kripto-aktivlarni sotishdan tushgan tushum majburiy tarzda O‘zbekiston Respublikasidagi banklarning hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Direksiya yoki vakolatli organning ro‘yxatdan o‘tkazishni yoki ruxsatnoma berishni rad etish, ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlari, shuningdek Direksiya yoki vakolatli organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi, shuningdek uning rezidentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning rahbariyati (rahbar va uning o‘rinbosarlari) hamda ta’sischilari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’LUMOTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-jadval.

Talabgorning rahbariyati (rahbar va uning o‘rinbosarlari)

Lavozimi

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Fuqaroligi

JSHSHIR

(O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat

Hujjat turi

Seriya va raqami

Berilgan vaqti va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2-jadval

Talabgorning ta’sischilari

Familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxs nomi

Ulush hajmi

Fuqarolik

(jismoniy shaxslar uchun)

yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy

(yuridik shaxslar uchun)

JSHSHIR

(jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

yoki STIR

(yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasi

Hujjat turi

Seriyasi va raqami

Berilgan sanasi va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2026-y., 10/26/3893/0716-son)