Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017 01.12.1998 yildagi 504-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AHOLINI ISh BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JARIMALAR SOLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 34-son, 333-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF–4782-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ–2498-son qarori”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 1-maydagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 34-son, 333-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima solish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2-ilova) tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qaroriga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda) va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan oʻzgartirish va qoʻshimchalar 1-bandining “d” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
504-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 34-son, 333-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oila manfaatlarini taʼminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar Davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 27-yanvardagi 45-son qaroriga muvofiq va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun talablari ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nizom aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga jarimalar solish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini buzganlik uchun, idoraviy boʻysunishi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, barcha ish beruvchilar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat va ularning bajarilishini huquqiy vositalar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari davlat mehnat huquq inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat mehnat huquq inspektorlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejalari asosida soliq (moliya) organlari oʻtkazadigan ayni bir vaqtdagi rejali kompleks tekshirishlar davomida, qoidaga koʻra, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning bajarilishini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalari bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda nazorat tekshirishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tekshirish oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni va boshqa axborotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini bartaraf etish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda jarimalar solish.
(5-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 50, 51 va 229-moddalariga muvofiq mansabdor shaxslarga quyidagi hollarda va quyidagi miqdorlarda jarima solinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan fuqarolarni u yerda boʻsh ish joylari (boʻsh lavozimlar) boʻlgani holda ishga olishdan asossiz bosh tortganlik uchun — eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majbur qilganlik uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, — eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) boʻsh ish joylari (boʻsh lavozimlar)ni yashirganlik uchun — eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) har bir xodimning oʻrni boʻshayotganligi toʻgʻrisidagi (uning kasbi, mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini koʻrsatgan holda) axborotlarni oʻz vaqtida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etmaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ajratmalarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda.
(6-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan undirilgan jarimalar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarimalar summasining 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat mehnat huquq inspektorlari “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga jarima solishda quyidagi harakatlarni amalga oshiradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qonun buzilganligi haqida bayonnoma tuzadilar. Bayonnomada uning tuzilgan sanasi va joyi, davlat mehnat huquq inspektorining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, ish joyining nomi, qonun buzilishi holatlarining mazmuni, bunga aybdor boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari va ushbu tushuntirishlarni koʻrib chiqish natijalari, tekshirish davomida oʻrganilgan hujjatlar, aybdor shaxs qabul qilingan qaror bilan tanishtirilganligi haqidagi maʼlumotlar hamda unga qaror ustidan shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish berilganligi koʻrsatiladi. Bayonnoma davlat mehnat huquq inspektori tomonidan imzolanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qonunni buzganlik uchun jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar. Qarorda u qabul qilingan sana, qonun buzilishi sodir etilgan korxona (tashkilot, muassasa)ning nomi hamda ish beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, qonun talablari buzilgan holatlar, jarima solish uchun asos boʻlgan qonun va meʼyoriy hujjat nomi, jarima solinayotgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, solinayotgan jarima miqdori, jarima oʻtkazilishi lozim boʻlgan bank muassasasi va hisob raqami, qaror bajarilganligi toʻgʻrisida Davlat mehnat huquq inspeksiyasiga maʼlumot berish lozimligi koʻrsatiladi. Qaror davlat mehnat huquq inspektori tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qonun buzilganligi haqida bayonnoma va jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uch nusxada tuziladi. Ularning birinchi nusxalari —jarima solingan shaxsga, ikkinchi nusxalari — ish beruvchiga, agar jarima ish beruvchiga solinayotgan boʻlsa — u boʻysunadigan yuqori tashkilotga beriladi. Uchinchi nusxalari davlat mehnat huquq inspektorida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jarima solish jarayonida paydo boʻladigan huquqiy munosabatlar, shu jumladan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish (protest berish), shikoyat (protest)ni koʻrib chiqish, chiqarilgan qaror ijrosini toʻxtatib turish, qaror ijrosi boʻyicha ish yuritish va boshqalar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.