Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2024 26.08.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 483
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Milliy standarti, 26.08.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 483
Kuchga kirish sanasi
26.08.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

Vazirining oʻrinbosari

E.F. GADOYEV

20.08.1998-y.

41-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBI (BXMS № 2) “ASOSIY XOʻJALIK FAOLIYATIDAN TUSHGAN DAROMADLAR”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy standarti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-avgustda 483-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 132-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (2-sonli BHMS) “Asosiy xoʻjalik faoliyatidan daromadlar”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3542, 05.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos doirasida daromadlar hisobot davrida xususiy kapital egalari tomonidan qoʻyilma bilan bogʻliq koʻpayishdan tashqari xususiy kapitalni koʻpayishiga olib keladigan aktivlarning koʻpayishi yoki majburiyatlarning kamayishi koʻrinishidagi hisobot davrida iqtisodiy nafning koʻpayishi sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik faoliyatidan daromad asosiy, operatsion va moliyaviy faoliyatdan daromadlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur standartda daromad deganda xoʻjalik yurituvchi subyektning odatiy faoliyati davomida olingan daromadlar, shu jumladan mahsulot realizatsiyasidan (ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatish) daromadlar, olingan foizlar, dividendlar, royaltilar va boshqalar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur standartning maqsadi xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy xoʻjalik faoliyatidan daromadlarini va ularni hisobga olish tartibini belgilash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy xoʻjalik faoliyatidan daromadlarni hisobga olishda asosiy masala boʻlib daromadni tan olish vaqtini aniqlash hisoblanadi. Asosiy xoʻjalik faoliyatidan daromad xoʻjalik yurituvchi subyektga kelgusida iqtisodiy naf tushishi ehtimoli boʻlgan paytda, shuningdek bu nafni ishonchli va aniq oʻlchash mumkin boʻlganda aks ettiriladi. Bu standart mazkur mezonlar boʻyicha talablar bajariladigan va binobarin, asosiy xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromad eʼtirof etiladigan vaziyatni belgilab beradi. Shuningdek u mazkur mezonlarni qoʻllanish yuzasidan amaliy koʻrsatmalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amal qilish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur standart xoʻjalik faoliyatining quyidagi sohalaridan olingan daromadlarni hisobga olishda qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Foizlar, royaltilar va boshqa daromadlar olishga imkon beradigan aktivlarni foydalanish uchun boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektga berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tovarlarga xoʻjalik yurituvchi subyektlar sotish maqsadida ishlab chiqargan va qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar yoki qayta sotish maqsadida saqlanayotgan boshqa aktivlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xizmat koʻrsatish odatda subyektning shartnomada belgilab qoʻyilgan shartlarni kelishilgan davr davomida bajarishni oʻz ichiga oladi. Xizmatlar bir yoki bir necha davr davomida bajarilishi mumkin. Xizmat koʻrsatish boʻyicha ayrim bitimlar pudrat qurilishi bilan bevosita bogʻliq boʻladi, masalan, arxitektorlar va loyiha boshqaruvchilari xizmatiga doir bitimlar “Pudrat qurilishi” standarti talablariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning aktivlaridan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalanish quyidagi koʻrinishdagi daromadlarga olib keladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Pul mablagʻlari yoki pul ekvivalentlari yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektga qarashli boʻlgan summalardan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq sifatida namoyon boʻladigan foizlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Xoʻjalik yurituvchi subyektning uzoq muddatli aktivlaridan masalan, patentlar, savdo markalari, mualliflik huquqlari va kompyuter dasturlaridan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq sifatida namoyon boʻladigan royaltilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Ishtirokchilar (taʼsischilar) oʻrtasida ularning xususiy kapitaldagi ulushiga mutanosib ravishda foydani taqsimlashdan boshqa daromadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Standart quyidagilar natijasida yuzaga keladigan daromadlarga qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Lizing bitimlariga (BHMS “Lizing hisobi”ga qarang);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Investitsiyadan keladigan hisoblangan dividendlar va daromadlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Sugʻurta kompaniyalari bilan sugʻurta bitimlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlar joriy qiymatidagi oʻzgarishlar yoki ular sotilgan holatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5. Boshqa aylanma mablagʻlar qiymatidagi oʻzgarishlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.6. Qoramollar, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlarining tabiiy oʻsishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.7. Mineral rudalarini qazib olishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atamalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu standartda qoʻllaniladigan atamalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1. Asosiy xoʻjalik faoliyatidan daromadlar — xoʻjalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati davri davomida vujudga keladigan xususiy kapitalni koʻpayishiga olib keladigan tushum, bundan mulk egalarining xususiy kapitalga badali bilan bogʻliq boʻlgan koʻpayishlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2. Joriy narxlardagi qiymat — bu aktiv realizatsiya qilinishi yoki majburiyat toʻlanishi mumkin boʻlgan summa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Asosiy xoʻjalik faoliyatidan daromad xoʻjalik yurituvchi subyektning schyotiga faqat yalpi tushumlardan olingan yoki olinishi kerak boʻlgan tushumlardan iborat. Uchinchi shaxslar nomidan undiriladigan, xoʻjalik yurituvchi subyektga tushadigan va xususiy kapital koʻpayishiga olib kelmaydigan bilvosita soliqlar singari summalar asosiy xoʻjalik faoliyati daromadiga kiritilmaydi. Vositachilik faoliyatida yalpi tushumlar asosiy xoʻjalik faoliyatdan daromad hisoblanmaydi. Bunday hollarda vositachilik mukofotlari daromad hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromadni oʻlchash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Asosiy xoʻjalik faoliyatidan daromad joriy narxlarda olingan yoki olinishi kerak boʻlgan tushum (toʻlov) qiymati boʻyicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Koʻpchilik hollarda tushum pul mablagʻi yoki uning ekvivalentlari shaklida boʻladi. Daromad summasi — bu olingan yoki olinishi kerak boʻlgan pul mablagʻi yoki pul ekvivalentlaridan iborat. Biroq pul mablagʻlari yoki pul ekvivalentlari tushumi kechiktirilgan boʻlsa, u holda joriy narxdagi naf qiymati olingan yoki olinishi kerak boʻlgan qiymat pul mablagʻining nominal miqdoridan kam boʻlishi mumkin. Masalan, xoʻjalik yurituvchi subyekt xaridorga foizsiz kredit berishi yoki xaridor tomonidan sotilgan tovarga haq sifatida berilgan vekselni bozor narxidan kamroq foiz stavkasi boʻyicha akseptlashi mumkin. Bitimlar natijasida moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazishda toʻlangan mablagʻning joriy narxdagi qiymati vaqtinchalik foiz stavkasini qoʻllanib, boʻlajak barcha tushumlarni diskontlash yoʻli bilan aniqlanadi. Vaqtinchalik foiz stavkasi quyidagi tushunchalardan biri bilan aniq belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1. Kredit reytingi bir xil boʻlgan emitentning oʻxshash moliyaviy aktivlari boʻyicha ustuvor stavka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2. Tovarlarni sotish yoki xizmat koʻrsatish joriy narxiga moliyaviy vositaning nominal qiymatini diskontlaydigan foiz stavkasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy narxlardagi qiymat bilan toʻlovning nominal qiymati oʻrtasidagi farq mazkur BHMSning 20 va 21-bandlariga muvofiq foizlar boʻyicha daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agar tovar qiymati teng boʻlgan yoki oʻxshash tovarga almashtirilsa, bunday almashtirish daromad keltirmaydigan bitim hisoblanadi. Boshqa tovarlar yoki xizmatlarga almashtirish tarzida tovarlar sotilsa yoki xizmat koʻrsatilsa, yaʼni barter, daromad keltiradigan bitim sifatida qaraladi. Asosiy xoʻjalik faoliyatidan daromad joriy narxlarda olingan tovarlar yoki xizmatlar qiymatini oʻtkazilgan pul mablagʻi yoki pul ekvivalentlar summasiga tuzatilgani boʻyicha oʻlchanadi. Agar olingan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini joriy narxlarda aniq oʻlchash imkoni boʻlmasa, asosiy xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromad yuklab joʻnatilgan tovarlar yoki xizmatlar qiymatini oʻtkazilgan pul mablagʻi yoki pul ekvivalentlar summasiga tuzatilgani boʻyicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilgan bitimlar faktini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur standartda har bir alohida bitimga tan olish mezonlari qoʻllaniladi. Muayyan holatlarda bir bitimning alohida elementlariga tan olishning mezonlarini qoʻllanish zarur. Masalan, mahsulotni realizatsiya narxi sotishdan soʻnggi xizmat koʻrsatish uchun muayyan qiymatni oʻz ichiga oladigan boʻlsa, unda bu qiymat kechiktiriladi va xizmat koʻrsatilgan davr davomida asosiy xoʻjalik faoliyatidan daromad sifatida tan olinadi. Aksincha, bitimlar bir butun bitimning turkumlari deb qaralganda natijalari haqiqiy boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan ikki yoki undan ortiq bitimlarga tan olish mezonlari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagi shartlar bajarilganda tovarlarni realizatsiyasidan daromad tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tovarlarga egalik qilishning xatarlari va afzalliklarining salmoqli qismini xaridorga topshirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.2. Xoʻjalik yurituvchi subyekt odatda mulkka egalik qilish bilan bogʻliq boʻlgan darajadagi rahbarlik davomiyligini ham, sotilgan tovarlarni nazorat qilish samaradorligini ham saqlab qolmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.3. Daromad summasini yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholash mumkin boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.4. Xoʻjalik yurituvchi subyekt bitim bilan bogʻliq iqtisodiy naf olishi ehtimoli mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.5. Bitim bilan bogʻliq qabul qilingan yoki kutilayotgan xarajatlarni yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholash mumkin boʻlganda .
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Asosiy xoʻjalik faoliyatidan daromad faqat operatsiya bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy naf xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan olinadigan taqdirdagina tan olinadi. Daromadga kiritilgan summani undirish xususida noaniqlik vujudga kelgan taqdirda qaytarilmagan summa yoki olish mumkin boʻlmagan summa dastlab tan olingan daromad miqdorining oʻzgartirilishi sifatida emas, balki xarajat sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xizmat koʻrsatish (ishlarni bajarish) ni oʻz ichiga oladigan bitim natijasi aniq belgilash mumkin boʻlsa, bitim bilan bogʻliq daromad yillik moliyaviy hisobot tuzish vaqtida bitimning bajarilishi bosqichiga qarab tan olinadi. Bitim natijasi esa quyidagi shartlarni bajarish boʻyicha aniq belgilanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.1. Daromad summasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.2. Bitim bilan bogʻliq daromadlarning xoʻjalik yurituvchi subyektga tushishi ehtimoli mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.3. Bitimning tugallanish bosqichi buxgalteriya balansi hisobot sanasigacha yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.4. Bitimni bajarishda amalga oshirilgan xarajatlar va uni tugallash boʻyicha xarajatlar yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholanishi mumkin boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bitimning tugallanish bosqichiga qarab daromadlarning tan olish koʻpincha bitim necha foiz bajarilishi nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Bu usul boʻyicha daromadlar xizmatlar koʻrsatilgan hisobot davrida tan olinadi. Shu asosda daromadlarning tan olinishi bajarilgan ishlar hajmi va hisobot davri davomida faoliyat natijalari xususida foydali axborot olishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xizmat koʻrsatish (ishlarni bajarish) dan daromad faqat shu operatsiya bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy samara xoʻjalik yurituvchi subyektga kelib tushish ehtimoli mavjud boʻlganda tan olinadi. Daromadga kiritilgan summani undirish xususida noaniqlik vujudga kelgan taqdirda qaytarilmagan summa yoki olish mumkin boʻlmagan summa dastlab tan olingan daromad miqdorining oʻzgartirilishi sifatida emas, balki xarajat sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xoʻjalik yurituvchi subyekt quyidagi bandlar boʻyicha bitimda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan kelishuvga erishgandan soʻng ishonchli tarzda baholashi mumkin boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17.1. Tomonlarning xizmat koʻrsatishi va qabul qilishi xususida daʼvo qilish kuchiga ega boʻlgan huquqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17.2. Almashtirish koʻzda tutilayotgan toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17.3. Hisob-kitob usuli va shartlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun moliyaviy rejalashtirish va hisobotning samarali ichki tizimi ham boʻlishi zarur. Xoʻjalik yurituvchi subyekt xizmat koʻrsatish (ishlarni bajarish) borasida daromad baholarini qayta koʻrib chiqadi va zarur boʻlsa, unga tuzatish kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bitimning tugallanish bosqichi turli usullar bilan aniqlanishi mumkin. Xoʻjalik yurituvchi subyekt koʻrsatilgan xizmatlarni yuqori darajadagi ishonchlilik bilan oʻlchaydigan usuldan foydalanadi. Bitim tabiatiga koʻra quyidagi usullar mavjud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18.1. Bajarilgan ishlarni tahlil qilish usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18.2. Xizmat koʻrsatishning muayyan vaqtiga kelganda bitim boʻyicha xizmatning toʻla hajmiga nisbatan foizini aniqlash usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18.3. Bitim boʻyicha baholangan umumiy xarajatlarga nisbatan shu sanagacha qilingan xarajatlarning foizini aniqlash usuli. Shu sanagacha qilingan xarajatlarga mazkur sanagacha bajarilgan ishlarni aks ettiradigan xarajatlar kiradi. Bitim boʻyicha baholangan umumiy xarajatlarga esa bajarilgan yoki bajarilishi kerak boʻlgan xizmatlarni aks ettiruvchi xarajatlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq toʻlovlari hamda xaridorlardan olingan boʻnaklar qiymati boʻyicha daromadlar tan olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agar xizmat koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha bitimning natijalarini yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholash imkoni boʻlmasa, u xolda daromad faqat qoplanadigan amalga oshirilgan xarajatlar summasida tan olinadi. Agar bitim natijalarini yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholash imkoni boʻlmasa va qilingan xarajatlarning qoplanmasligi ehtimoli boʻlsa, daromadlar tan olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foizlar, royaltilar va dividendlar (boshqa daromadlar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Foizlar, royaltilar va boshqa daromadlar keltiruvchi aktivlarni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga foydalanishga berish natijasida olingan daromadlar quyidagi hollarda mazkur BHMSning 21-bandida koʻrsatilgan asosda tan olinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20.1. Bitim bilan bogʻliq daromadlarning xoʻjalik yurituvchi subyektga tushishi ehtimoli mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20.2. Daromad summasini yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholash mumkin boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Daromad quyidagi asosda tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21.1. Aktivdan olinadigan haqiqiy daromadni hisobga oladigan vaqtinchalik nisbat asosida foiz tan olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21.2. Kelishuv shartlariga muvofiq hisoblash asosida royalti tan olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21.3. Aksiyadorlarning toʻlovni olish huquqi belgilanganda dividendlar tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Daromad faqat operatsiya bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy naf xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan olinadigan taqdirdagina tan olinadi. Biroq, daromadga kiritilgan summani undirish xususida noaniqlik vujudga kelgan taqdirda qaytarilmagan summa yoki olish mumkin boʻlmagan summa dastlab tan olingan daromad miqdorining oʻzgartirilishi sifatida emas, balki xarajat sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotni taqdim etishda quyidagilarni yoritib beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23.1. Daromadni tan olish uchun qabul qilingan hisob siyosati, shu jumladan xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga olgan bitimlarning tugallanish bosqichlarini belgilash uchun qabul qilingan usullar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23.2. Daromadning hisobot davri davomida aks ettirilgan har bir muhim toifasi summasi, shu jumladan quyidagilardan olingan daromadlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23.2.1. Tovarlar sotishdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23.2.2. Xizmatlar koʻrsatishdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23.2.3. Foizlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23.2.4. Royaltidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23.2.5. Dividendlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23.3. Daromadning har bir muhim toifasiga kiritilgan tovarlar yoki xizmatlarni ayirboshlashdan olingan daromad miqdori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-sonli BHMSga muvofiq tovarlarni sotish va xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish)da daromadlarni tan olish boʻyicha
MISOLLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ilova koʻrgazmali tavsifga ega va standartning qismi hisoblanmaydi. Ilovaning maqsadi boʻlib turli tijorat vaziyatlarida tushuntirishlar tayyorlashga yordam berish uchun standartni qoʻllashni koʻrsatish hisoblanadi. Misollarda bitimning alohida tomonlariga eʼtibor berilgan, lekin ular daromadni tan olinishiga taʼsir etishga taalluqli boʻlgan barcha omillarning toʻliq muhokamasi boʻlmaydi. Misollarda daromadlar summasi aniq belgilanganligi nazarda tutiladi, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan olinadigan iqtisodiy foyda va xarajatlar hamda kutilayotgan xarajatlar aniq hisoblanishi mumkin. Misollar mazkur standartni oʻzgartirmaydi va uning chegarasidan chiqmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tovarni yetkazib berilishi kechiktirilayotgan bitim, yetkazib berish muddati xaridorning iltimosiga koʻra uzaytirilganda, bunda xaridor mulkka egalik qilish huquqiga ega boʻladi va schetlar boʻyicha majburiyatni qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad quyidagi shartlarda xaridor mulkka egalik qilish huquqiga ega boʻlganda tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Yetkazib berish amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Tovar mavjud boʻlib, sotishni tan olish paytida xaridorga yetkazib berishga tayyor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Xaridor tovarni yetkazib berish muddati kechiktirilishi shartlarini alohida tarzda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Oddiy toʻlov shartlarini qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad tovarlarni oʻz vaqtida yetkazib berish uchun faqat sotib olish yoki ishlab chiqarishga intilishning mavjudligida tan olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tovarlar quyidagi shartlarda ortib joʻnatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Oʻrnatish va texnik nazorat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad odatda xaridor joʻnatilgan tovarlarni qabul qilganda, shuningdek ularni oʻrnatish va texnik nazorat tugallanganda tan olinadi. Biroq, daromad tovarlarni xaridor tomonidan qabul qilinishi bilan darhol tan olinadi, agarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— oʻrnatish jarayoni mohiyatan oddiy, masalan, zavodda tekshirilgan telepriyomnikni oʻrnatishda uni faqat qutidan olish va antennaga hamda elektr tarmogʻiga ulash talab qilinadi xolos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— koʻzdan kechirish faqat shartnoma baholarini uzil-kesil belgilash maqsadidagina amalga oshiriladi, masalan, temir rudasi va shakarni yuklab joʻnatish va h.k.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Xaridor qaytarishning cheklangan huquqini kelishgan hollarda maʼqullash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tovarlarni qaytarishga oid noaniqlik mavjud boʻlsa, daromad joʻnatilgan tovarlarni xaridor tomonidan rasmiy qabul qilib olinganda yoki tovarlar yetkazib berilgan va rad etish muddati tugaganida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Konsignatsion sotish, unga muvofiq oluvchi (xaridor) yukni joʻnatuvchi (sotuvchi) nomidan tovarni sotish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oluvchi tomonidan tovar uchinchi shaxsga sotilganda daromad yuk joʻnatuvchi tomonidan tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Yetkazib berilganda toʻlov bilan sotish (undirilgan toʻlov).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad yetkazib berish amalga oshirilganda yoki sotuvchi yoxud uning vakili tomonidan pul mablagʻlari olinganda tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toʻlovni kechiktirish sharti bilan sotish, unga muvofiq xaridor tomonidan qisman toʻlash yoʻli bilan uzil-kesil hisob-kitob qilingandagina tovarlar yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday sotuv shartida daromad tovarlar yetkazib berilgandan soʻng tan olinadi. Biroq, bunday sotuv katta hajmda bajarilishi sharoitining mavjudligida, daromad oldindan toʻlov summalarining sezilarli qismi kelib tushganida va omborxonadagi mavjud tovarlar zaxira qilingan hamda xaridorga yetkazib berishga tayyor ekanligi sharti bilan tan olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur paytda mavjud boʻlmagan tovarlarni yetkazib berish uchun oldindan haq toʻlangan (yoki qisman toʻlangan) buyurtmalar. Masalan, tovarlar hali ishlab chiqarilmagan yoki mijozga uchinchi shaxs orqali yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad xaridorga tovar yetkazib berilganda tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sotish va qayta sotib olish boʻyicha kelishuvlar (svop bitimlaridan tashqari), unga muvofiq sotuvchi oʻsha tovarni keyinroq muddatda qayta sotib olishga rozi boʻladi yoki sotuvchi opsion qolgan (qayta sotib olishga) ega boʻladi yoxud xaridor sotuvchi tomonidan tovarni qayta sotib olishni talab qiladigan opsion putga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad, sotuvchi tomonidan xaridorga egalik qilish riskini va ragʻbatlantirishlarni berganligini aniqlash uchun kelishuv shartlarini tahlil qilish orqali tan olinadi va shundan soʻng daromad sifatida tan olinadi. Mulkka egalik qilishning yuridik huquqi berib yuborilganiga qaramay, sotuvchida egalik qilish riski va ragʻbatlantirishlar saqlanib qolgan hollarda, bitim moliyaviy shartnoma deb hisoblanadi va daromad olishga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qayta sotishni amalga oshiruvchi distribyutorlar, dilerlar va shunga oʻxshash vositachilar orqali sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday sotuvlardan daromad odatda egalik qilish tavakkalchiligi va manfaatdorligi berib yuborilganda tan olinadi. Lekin, xaridor vakil sifatida faoliyat koʻrsatsa, sotuv konsignatsion sotuv sifatida qaraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davriy nashrlarga va shunga oʻxshash mahsulotlarga obuna boʻlish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud nashrlar har bir davrda oʻzining narxini saqlab qolsa, daromad ushbu nashrlarni joʻnatilgan davr mobaynida toʻgʻri chiziqli usul asosida tan olinadi. Agar nashrlar turli hisobot davrida turli narxlarda boʻlsa, unda daromad joʻnatilgan nashrlar qiymatini sotilish narxining umumiy summasiga kiritilgan tovarlar barcha birligining umumiy baholangan qiymatiga nisbati boʻyicha tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish. Bunda tovarlarning qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan toʻlovlar bilan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotish narxiga taalluqli boʻlgan daromadlar, foizlardan tashqari sotish sanasida tan olinadi. Sotish narxi kiritilgan foiz stavkasi boʻyicha olinishi kerak boʻlgan toʻlovlarni diskontlash asosida aniqlanadi. Foizlar esa kiritilgan foiz stavkasini hisobga oluvchi vaqtga doir mutanosiblik asosida ularning olinishiga qarab daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Koʻchmas mulkni sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad odatda mulkka egalik qilish yuridik huquqi xaridorga oʻtganda tan olinadi. Lekin, baʼzi hollarda yuridik qoidalarga muvofiq mulkdagi ulushli foiz xaridorga mulkka boʻlgan yuridik huquq oʻtgunga qadar berilishi mumkin va shuning uchun egalik qilish tavakkalchiligi va manfaatdorligi ham shu jarayonda beriladi. Bunday hollarda sotuvchi tomonidan shartnomani tugallash boʻyicha koʻp harakatlar qoʻllash kerak emasligi sharti bilan daromadni tan olish maqsadga muvofiq boʻladi. Har qanday holda ham, sotuvchi mulkka egalik qilish ulushi va/yoki yuridik huquqini berganidan keyin har qanday xatti-harakatlar qoʻllashga majbur boʻlsa, daromad ushbu harakatlar sodir etib boʻlingandan soʻng tan olinadi. Bunga qurilishi tugallanmagan bino yoki har qanday boshqa inshoot misol boʻla oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baʼzi hollarda koʻchmas mulk sotuvchining ishtirok etishi sharti bilan hamda tavakkalchilik va manfaatdorlik berilmagan holda sotilishi mumkin. Masalan, opsion put va kol (sotib olish va sotish) kelishuvini oʻz ichiga olgan sotish va qayta sotib olish toʻgʻrisidagi kelishuv hamda sotuvchi maʼlum muddat davomida mulkka egalik qilish huquqini kafolatlaydigan yoki xaridorning qoʻshgan sarmoyasini maʼlum muddat mobaynida daromadli boʻlishini kafolatlaydigan kelishuvlar. Bunday hollarda sotuvchining davom etayotgan ishtirokining mohiyati va darajasi bitimni qanday hisobga olishni belgilaydi. Uni sotish sifatida yoki moliyalash, lizing sifatida yoxud foydani taqsimlash toʻgʻrisidagi har qanday boshqa kelishuv sifatida hisobga olish mumkin. Agar bitim sotish sifatida hisobga olinsa, unda sotuvchining davom etayotgan ishtiroki daromadni tan olishni kechiktirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi toʻlov mablagʻlarini va xaridorda toʻlovlarni yakunlashi boʻyicha majburiyati borligini ham hisobga olishi kerak. Masalan, boshlangʻich toʻlovlar yoki xaridor tomonidan davom ettirilayotgan toʻlovlarni hisobga olgan holda umumiy olingan toʻlovlar xaridorning toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari boʻyicha yetarli dalil boʻla olmaydi, daromad faqat haqiqatda olingan pul mablagʻlari miqdorida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻrnatish uchun toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Montaj (oʻrnatish) uchun toʻlov oʻrnatishning tugallash bosqichi koʻrsatilganda tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xizmatlar uchun toʻlovlar mahsulot narxiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarni sotish narxi oʻz ichiga sotishdan keyingi xizmatlar (masalan, dasturiy taʼminot sotilganda sotishdan keyingi xizmat koʻrsatishlar, mahsulot sifatini oshirishni taʼminlash) uchun maʼlum summani ham kiritgan boʻlsa, ushbu summa kelgusi davrga oʻtkaziladi va xizmatlar koʻrsatilgan davrda daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Reklama haqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositasi tomonidan vositachilik haqi omma oldida tegishli reklama yoki reklama roligi chiqarilganda tan olinadi. Ishlab chiqarish vositachilik haqi loyihani tugallash darajasi koʻrsatilganda tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sugʻurta agentliklarining vositachilik haqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta agentligi tomonidan olingan yoki olinishi kerak boʻlgan vositachilik haqi, agent tomonidan keyinchalik xizmat koʻrsatish talab etilmasa, agent tomonidan sugʻurta polisi kuchga kirgan yoki tiklangan kunidan keyin daromad deb tan olinadi. Biroq, agentdan polis amalda boʻlgan muddatda keyinchalik xizmat koʻrsatish talab qilinishi ehtimoli mavjud boʻlsa, vositachilik haq yoki uning qismi kechiktiriladi va polis kuchga ega boʻlgan davr mobaynida daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Moliyaviy xizmatlar uchun toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy xizmatlar uchun daromadni tan olish maʼlum miqdorda toʻlov belgilangan moliyaviy xizmatlarni koʻrsatish maqsadiga va u bilan bogʻliq boʻlgan har bir moliyaviy instrumentni hisobga olish asoslariga bogʻliq. Moliyaviy xizmatlar uchun toʻlovlar tavsifi koʻrsatilayotgan xizmatlarning mohiyati va asosini aks ettirmasligi mumkin. Shuning uchun moliyaviy instrumentning real daromadining ajralmas qismi boʻlgan toʻlovni xizmat koʻrsatishdan keyin ishlab topilgan toʻlov va maʼlum harakatlarni bajarganlik uchun toʻlovdan ajrata olish muhimdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Moliyaviy instrument real daromadining ajralmas qismi boʻlgan toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday turdagi toʻlov odatda real daromadga tuzatish sifatida qaraladi. Lekin, moliyaviy instrumentni boshlangʻich qiymati tan olingandan keyingi joriy narxlarda oʻlchash zarur boʻlganda, toʻlov daromad sifatida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan investitsiya sifatida saqlanadigan moliyaviy instrumentni yaratish yoki xarid qilish bilan bogʻliq xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan olingan toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu toʻlov qarz oluvchining moliyaviy holatini baholash, qimmatli qogʻozlar boʻyicha kafolat, garov va boshqa kelishuvlarni, instrument shartlarini muhokama qilish, hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish va bitimni tugallash kabi faoliyatlar uchun toʻlovlar toʻlashni oʻz ichiga oladi. Bu toʻlov tashkil etilib davom ettirilayotgan qatnashuvning ajralmas qismi hisoblanadi, natijada moliyaviy instrument kelib chiqadi va tegishli toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar bilan birga kechiktiriladi va real daromadlarga tuzatishlar sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) Ssudalar berish yoki sotib olish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan olingan qabul qilingan majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlari uchun toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar subyektning maʼlum kredit shartnomasini tuzishi ehtimoli mavjud boʻlsa, qabul qilingan majburiyatlar uchun olingan toʻlov moliyaviy instrumentni sotib olishda davom etayotgan ishtiroki uchun kompensatsiya hisoblanadi va tegishli toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar bilan birga kechiktiriladi va real daromadlarga tuzatishlar sifatida tan olinadi. Agar majburiyatning muddati oʻtgan boʻlsa va xoʻjalik yurituvchi subyekt ssudalar taqdim etmagan boʻlsa, unda toʻlov shartnomasining muddati tugashi bilan daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Koʻrsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) Ssudalar uchun xizmat koʻrsatishda undiriladigan toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ssuda uchun xizmat qilishda undiriladigan toʻlov xizmatlar koʻrsatib borilishiga qarab daromad sifatida tan olinadi. Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt ssuda bersa, lekin ushbu ssuda bilan xizmat koʻrsatish uchun odatda shunday xizmat turi uchun undiriladigan toʻlovga nisbatan birmuncha arzon toʻlovni saqlab qolsa, unda berilgan ssuda qiymatining bir qismi kechiktiriladi va xizmatlar koʻrsatib borilishiga qarab tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) Ssudalar berish yoki olish boʻyicha majburiyatni qabul qilganlik uchun toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kredit shartnomasini tuzishning kichik ehtimoli mavjud boʻlsa, majburiyat uchun toʻlov majburiyat amalda boʻlgan muddat mobaynida vaqtga doir mutanosiblik usuli asosida umumxoʻjalik faoliyatidan olingan daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) Oddiy faoliyatdan ahamiyatliroq boʻlgan maʼlum harakatlarni bajarish natijasida kelib chiqadigan toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov quyida keltirilgan misollarda koʻrsatilganidek maʼlum harakatlarni bajarish natijasida daromad sifatida tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) Mijozga aksiyalarni taqsim qilgani uchun vositachilik haqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vositachilik haqi aksiyalar taqsimlanganda daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) Ssudalarni qarzdor va investor orasida joylashtirganlik uchun mukofotlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofotlash ssudalar tashkil qilingandan soʻng daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) Sindikatlashtirilgan kredit uchun toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlum harakat tugashi bilan kelib chiqadigan toʻlov bilan faoliyatning kelgusi natijalariga yoki tavakkalchilik saqlab qolinganligiga tegishli boʻlgan toʻlovni farqlay olish kerak. Kreditni tashkil qiluvchi va oʻzi uchun ssuda paketining hech qanday qismini saqlab qolmaydigan (yoki boshqa ishtirokchilar kabi qiyosiy tavakkalchiliklar uchun real daromadning bir qismini saqlab qoluvchi) xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan sindikatlashtirilgan kredit uchun toʻlov sindikatlashtirilgan kreditga xizmat koʻrsatish uchun qoplash hisoblanadi. Toʻlovning bunday turi sindikatlashtirish tugallanishi koʻra daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lekin, agar xoʻjalik yurituvchi subyekt — sindikatlashtirish ishtirokchisi sindikatlashtirishning boshqa ishtirokchilari oladigan daromadga nisbatan kam boʻlgan qiyosiy tavakkalchilik uchun real daromad olgan holda ssuda paketining maʼlum bir qismini saqlab qolsa, unda sindikatlashtirish uchun olingan toʻlovlarning bir qismi saqlab qolingan tavakkalchilik bilan oʻzaro munosabatda boʻladi. Toʻlovlarning tegishli qismi kechiktiriladi va 14(a)-bandda koʻrsatilganidek investitsiyadan olinadigan real daromadga tuzatishlar kiritish shaklida daromad sifatida tan olinadi. Aksincha, xoʻjalik yurituvchi subyekt — sindikatlashtirish ishtirokchisi sindikatlashtirishning boshqa ishtirokchilari tomonidan ishlab topilgan daromadga nisbatan juda yuqori boʻlgan tavakkalchilikning qiyosiy darajasi bilan real daromad olgan holda ssuda paketining maʼlum bir qismini saqlab qolsa, unda real daromadning bir qismi sindikatlashtirilgan kredit uchun toʻlov bilan oʻzaro munosabatda boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Real daromadning tegishli qismi sindikatlashtirish tugashi bilan sindikatlashtirilgan kredit uchun toʻlovlarning bir qismi sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Abonement yigʻimlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanʼatkorlarning chiqishlari, banketlar va boshqa alohida hollardan tushum bunday tadbirlar roʻy berganda daromad sifatida tan olinadi. Qator tadbirlarga chiptalar (obunalar) sotilganda, toʻlov har bir tadbirda koʻrsatilgan xizmat hajmidan kelib chiqqan asosda har bir tadbir oʻrtasida taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻqitish uchun toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad oʻqitish davri mobaynida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Boshlangʻich, aʼzolikka qabul qilish va aʼzolik badallari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromadni tan olish koʻrsatiladigan xizmatlarning tavsifiga bogʻliq. Agar badallik toʻlovlari faqat aʼzolikni nazarda tutsa va barcha boshqa xizmatlar yoki mahsulotlar uchun alohida toʻlansa yoxud alohida yillik obuna boʻlish mavjud boʻlsa, badallar ularni olishda ahamiyatli noaniqliklar boʻlmaganda daromad sifatida tan olinadi. Agar badallar aʼzolarga turli xizmatlar koʻrsatilishi yoki aʼzolik davri mobaynida nashr qilish huquqini bersa yoxud aʼzo boʻlmaganlarga sotilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarga nisbatan pastroq narxlarda toʻlash huquqini bersa, ular beriladigan chegirmalarning kelib tushish vaqti, mohiyati va qiymatini aks ettirish asosida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Franshiza uchun toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Franshiza uchun toʻlov boshlangʻich va keyingi xizmatlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy aktivlar va nou-xau taʼminotini qoplashi mumkin. Mos ravishda franshiza uchun toʻlov uning undirilish maqsadini aks ettirishi asosida daromad sifatida tan olinadi. Quyida franshiza uchun toʻlovlarning tegishli usullari keltirilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Asbob-uskunalar va boshqa moddiy aktivlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy narxlarda sotilgan aktivlarning qiymatiga asoslangan summa barcha tovar yetkazib berilganda yoki mulkka egalik huquqi berilganda daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Dastlabki va keyingi xizmatlar koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davomiy xizmat koʻrsatish uchun toʻlovlar, ular dastlabki toʻlovlarning bir qismi yoki alohida toʻlov sifatida tan olinishidan qatʼi nazar, xizmat koʻrsatilishiga qarab daromad sifatida tan olinadi. Agar alohida toʻlov muvofiq boʻlgan foyda bilan birga davom ettirilayotgan xizmatni qoplamasa, davom etayotgan xizmatlar xarajatlarini qoplash va ular boʻyicha tegishli foydani taʼminlash uchun yetarli boʻlgan boshlangʻich toʻlovlarning bir qismi kechiktiriladi va xizmat koʻrsatilishiga qarab daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Franshiza boʻyicha kelishuv franshiza taqdim etuvchi kompaniyani boshqalarga qaraganda pastroq narxda yoki bunday sotuvlardan tegishli foyda bermaydigan narxlarda asbob-uskunalar, zaxiralar yoki boshqa moddiy aktivlar bilan taʼminlashni nazarda tutadi. Bunday hollarda boshlangʻich toʻlovlarning baholangan xarajatlarni qoplash va ushbu sotuvlardan maʼlum daromad olish uchun yetarli boʻlgan qismi kechiktiriladi va franshizani oluvchiga tovar sotiladigan muddat ichida tan olinadi. Boshlangʻich toʻlovlarning qoldigʻi franshiza taqdim etuvchi shaxsdan talab qilinadigan barcha boshlangʻich va boshqa majburiyatlarni (joyni tanlashda yordam koʻrsatish, xodimlarni oʻqitish, moliyalash va reklama kabi) bajarish tugallanganda tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqaviy franshizaga nisbatan kelishuv boʻyicha qabul qilingan boshlangʻich xizmatlar va boshqa majburiyatlar ushbu joylarda joylashgan qator ayrim korxonalarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Ushbu holda ushbu xizmatlarga tegishli toʻlov dastlabki koʻrsatilgan xizmatlar asosiy hajmining savdo korxonalarining soniga mutanosib ravishda daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar boshlangʻich toʻlov uzoq muddat davomida undirilsa va toʻliq undirilishi boʻyicha ahamiyatli boʻlgan noaniqlik boʻlsa, unda toʻlov (daromad) pul mablagʻlarini qisman kelib tushishiga qarab tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) Franshizani uzaytirganlik uchun toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishuv amalda boʻlgan davrda taqdim etilgan kelishuv bilan taʼminlangan uzaytirish huquqidan foydalanganlik uchun yoki boshqa xizmatlar uchun undiriladigan toʻlov xizmat koʻrsatilishiga yoki huquqdan foydalanishga qarab daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Vakillik shartnomasi boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatsiyalar franshiza taqdim etuvchi kompaniya va oluvchi kompaniya oʻrtasida sodir boʻlishi mumkin. Unda franshiza taqdim etuvchi kompaniya mohiyatiga koʻra oluvchi kompaniya uchun vakil sifatida ishtirok etadi. Masalan, franshiza taqdim etuvchi kompaniya kanselyariya mollarini buyurishi va ularni oluvchi kompaniyaga oʻzi uchun hech qanday foydasiz yetkazib berishni tashkil etishi mumkin. Bunday bitim daromad olishga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Isteʼmol dasturiy taʼminotini takomillashtirish uchun toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol dasturiy taʼminotini ishlab chiqqanlik uchun toʻlov dasturiy taʼminot yetkazib berilgandan soʻng unga texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlarni tugallash bosqichi va ishlab chiqishni tugallash bosqichi koʻrsatgan holda daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foizlar, royalti va dividendlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziya va royalti uchun toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektning aktivlaridan (savdo markalari, patentlar, dasturiy taʼminot, musiqa asarlari, yozuvlarning asli va badiiy filmlarga mualliflik huquqi kabi) foydalanganlik uchun toʻlanadigan litsenziya va royalti uchun toʻlov odatda bitimning mazmuni va shartlariga muvofiq tan olinadi. Amaliyot nuqtai nazaridan uni bitim amalda boʻlgan muddat mobaynida, masalan, litsenziya egasi maʼlum bir texnologiyadan maʼlum davr mobaynida foydalanish huquqiga ega boʻlganda, toʻgʻri chiziqli usul boʻyicha amalga oshirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatʼiy toʻlov yoki litsenziarga mazkur huquqlardan erkin foydalanish imkonini beradigan, litsenziat esa bajarilmagan hech qanday majburiyatga ega boʻlmagan, lekin, bekor qilinmagan shartnoma boʻyicha qoplanmagan kafolat uchun huquqni berish mohiyatan sotish hisoblanadi. Litsenziya taqdim etuvchida yetkazib berish amalga oshirilgandan soʻng hech qanday majburiyat boʻlmaganda dasturiy taʼminotdan foydalanish uchun litsenziya bitimi bunga misol boʻla oladi. Boshqa misol — badiiy filmni bozorlarda namoyish etish huquqining berilishi, unda litsenziat distribyutorlarni nazorat qilolmaydi va keyingi kassa daromadlari olishni kutmaydi. Bunday holda daromad sotish paytida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baʼzi bir hollarda litsenziya yoki royalti toʻlovlarini olish yoki olmaslik kelgusida boʻladigan hodisalarga bogʻliq boʻladi. Bunday hollarda daromad toʻlovlar yoki royaltini olish imkoniyati boʻlganda, odatda hodisa sodir boʻlgandan keyin tan olinadi.