09.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3850
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 09.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3850
Kuchga kirish sanasi
01.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3850]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq 2026-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 7-maydagi 17-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatlarni litsenziyalash, litsenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-bob. Umumiy qoidalar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslantirilgan mulohaza — qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda litsenziyalovchi organ tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash. Asoslantirilgan mulohaza litsenziyalovchi organ tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim boʻlgan boshqa axborotga asoslanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi — litsenziyalovchi organning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatlarni litsenziyalashni masofaviy shaklda amalga oshirish uchun moʻljallangan maxsus elektron tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
benefitsiar mulkdor — qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyat tashkilotchisiga bevosita yoki bilvosita taʼsis etuvchi yoxud uning ustav jamgʻarmasidagi (kapitalidagi) ulushlariga (aksiyalariga) bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yoxud ushbu shaxsga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi — ishonchli boshqaruvchining oʻziga egalik qilish uchun topshirilgan va boshqa shaxsga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qogʻozlarni, qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablagʻlarini boshqa shaxsning yoki u koʻrsatgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab, oʻz nomidan ishonchli boshqaruvni belgilangan muddat mobaynida amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya vositachisi — mijozning topshirigʻiga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar hamda operasiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgori — litsenziyani olish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatni litsenziyalash litsenziyalovchi organ tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik shaxslarga cheklanmagan muddatga namunaviy litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatidagi professional faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun litsenziyalovchi organ tomonidan alohida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuridik shaxs bir vaqtning oʻzida mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun bir nechta litsenziyalarga ega boʻlish va ular asosida faoliyat yuritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirish huquqi litsenziya berilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Litsenziyani boshqa yuridik shaxsga oʻtkazish, shu jumladan faoliyatni amalga oshirish huquqini berish, litsenziyaga boʻlgan huquqlarni shartnoma orqali berish va (yoki) ulardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan banklar qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirishga haqlidirlar. Bunda banklar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurta tashkilotlari qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Bunda sugʻurta tashkilotlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar va sugʻurta tashkilotlari mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirishda mazkur Nizomda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2-bob. Litsenziya talablari va shartlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirishga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) litsenziya faoliyatining har bir turi boʻyicha pul mablagʻi koʻrinishida shakllantirilgan ustav kapitalining eng kam miqdori toʻgʻrisidagi quyidagi talablarga muvofiqligini taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-iyuldan boshlab — bazaviy hisoblash miqdorining (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) 3 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yil 1-iyuldan boshlab — BHMning 4 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2028-yil 1-iyuldan boshlab — BHMning 6 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda litsenziyalanadigan professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishda ustav kapitalining eng kam miqdori toʻgʻrisidagi talablar jamlangan holda qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) litsenziya talabgorining ustav kapitali va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlari yetarliligini, shuningdek, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan majburiy normativlarga muvofiqligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) dasturiy taʼminot va texnik vositalarning investitsiya vositachilarining dasturiy-texnik komplekslariga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi hamda qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilari, fond birjasi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) bilan elektron oʻzaro hamkorlikka tayyorligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariyning xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qimmatli qogʻozlar bilan operasiyalarning ichki hisobini yuritish vazifasi yuklatilgan kamida bitta xodimning boʻlishi hamda ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan kamida bitta xodim (nazoratchi) mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari boʻlishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi ijro etuvchi organ vazifasini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi, fond birjasi, kredit, sugʻurta yoki auditorlik tashkilotining taʼsischilari boʻlgan shaxslarning aybi bilan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi sababli, mazkur yuridik shaxsning faoliyat turini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasi amal qilishi toʻxtatilgan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki oʻtalmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) litsenziatning mutaxassislari, mansabdor shaxslari va nazoratchisining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan malaka talablariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) oʻzining dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda, mualliflik huquqini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) atayin notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatish (taqdim etish) yoʻli bilan vakolatli organ va investorlarni chalgʻitmaslik, qimmatli qogʻozlar bozorida narxlarga doir manipulyatsiya qilishga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) quyidagi shaxslar litsenziya egasi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdor sifatida litsenziya egasining ustav kapitalida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandning “j” kichik bandida koʻrsatilganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashovchi, joylashgan yoki roʻyxatdan oʻtgan shaxslar, shuningdek shu davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) litsenziya egasining ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, norezidentlarga realizasiya qilishni litsenziyalovchi organ bilan kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) litsenziatning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) almashishini litsenziyalovchi organ bilan kelishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3-bob. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni axborot tizimi orqali taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikasiya raqami (STIR), faoliyatni amalga oshirish joyi, elektron pochta manzili, bankning nomi va bankdagi hisobvaragʻi, litsenziyalanadigan faoliyatning turi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish yoki qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilish toʻgʻrisidagi roziligi aks ettirilgan ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) litsenziya talabgorining mulki, boshqaruv va shaxsiy tarkibiy tuzilmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) litsenziya talabgorining rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va taʼsischi haqidagi mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan maʼlumotlar. Bunda, taʼsischilar haqidagi maʼlumotlar oxirgi benefitsiar mulkdorgacha (oxirgi benefitsiar mulkdor ham) koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) litsenziya talabgorining rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari chet el fuqarolari boʻlganda, mazkur Nizomning 10-bandi “j” kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan holda tegishli xorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) litsenziya talabgorining mutaxassislari, mansabdor shaxslari va nazoratchisining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan malaka talablariga muvofiqligi haqidagi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ariza berilgan sanada ustav kapitalining eng kam miqdori har bir litsenziyalanadigan faoliyatning turi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-iyuldan boshlab — BHMning 3000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yil 1-iyuldan boshlab — BHMning 4000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2028-yil 1-iyuldan boshlab — BHMning 6000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda pul mablagʻi koʻrinishidagi hisob-kitobi shakllantirilganligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda litsenziyalanadigan professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishda ustav kapitalining eng kam miqdori toʻgʻrisidagi talablar jamlangan holda qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot bilan birgalikda buxgalteriya balansi nusxasi (talabgor oxirgi hisobot sanasidan keyin tashkil etilgan hollardan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) depozitar operasiyalarni amalga oshirish uchun dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan depozitar operasiyalarni amalga oshirish boʻyicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanish uchun mualliflik litsenziyasi shartnomasining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) depozitar operasiyalarni amalga oshirish boʻyicha dasturiy taʼminotning texnik tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) depozitar operasiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan texnik vositalarning tavsiflari koʻrsatilgan holdagi roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) dasturiy taʼminot va texnik vositalarning investitsiya vositachilarining dasturiy-texnik komplekslariga qoʻyiladigan belgilangan talablarga muvofiqligi hamda qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilari, fond birjasi va Markaziy depozitariy bilan elektron oʻzaro hamkorlikka tayyorligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariyning xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fond bozori axborot-resurs markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan litsenziya talabgorining Yagona dasturiy texnik kompleksidan foydalanish uchun imzolangan shartnoma nusxasi taqdim etilganda litsenziya talabgoridan investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Litsenziya talabgorining rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlganda, litsenziyalovchi organ mazkur Nizomning 10-bandi “j” kichik bandida nazarda tutilgan holatlarni oʻzi mustaqil tarzda tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oʻzi mustaqil oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar litsenziya talabgorining rahbari tomonidan tasdiqlanishi (imzolanishi) shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar va maʼlumotlar oʻqish mumkin boʻlgan yuqori sifatda “PDF”, “PNG” yoki “JPEG” formatlarda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni axborot tizimi orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar har kuni 24 soat davomida yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda, navbatdagi ish kuni litsenziyalovchi organ tomonidan ariza qabul qilingan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qabul qilingan arizalar toʻgʻrisidagi maʼlumot litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

4-bob. Arizani koʻrib chiqish, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya olish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi qabul qilingan kundan eʼtiboran yigirma ish kuni ichida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga koʻra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni axborot tizimi orqali mustaqil ravishda olishi, shuningdek litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini belgilaydigan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Arizaga kiritilgan maʼlumotlar axborot tizimi orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza quyidagi hollarda avtomatik tarzda qabul qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi axborot tizimi orqali aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalar elektron reyestrida (bundan buyon matnda litsenziyalar reyestri deb yuritiladi) litsenziya talabgorining ayni bir xil faoliyat boʻyicha kiritilgan va amalda boʻlgan litsenziyasi mavjud boʻlgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining ayni bir xil faoliyati muayyan muddatga toʻxtatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining tegishli faoliyat bilan shugʻullanishi sudning qaroriga (hukmiga) asosan muayyan muddatga taqiqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tarkibi litsenziyalovchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan ekspert komissiyasi oʻn besh ish kunidan oshmaydigan muddat ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda ular asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida toʻrt ish kuni ichida litsenziya berish toʻgʻrisida yoki ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan holatlarda litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Litsenziya QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi hamda litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda berilgan litsenziya manfaatdor shaxslar tomonidan qogʻozda chop etilishi mumkin. Bunda, qogʻozda chop etilgan litsenziyalar elektron shaklda berilgan litsenziyalarga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning litsenziya talabgori tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining litsenziya talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish taqiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining rahbari va (yoki) taʼsischilarining mazkur Nizomning 10-bandi “j” kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlarda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumonlanayotganligi haqida maʼlumotlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organning asoslantirilgan mulohazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizomning 23-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, litsenziyalovchi organ ularni bartaraf etish uchun litsenziya talabgoriga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgoriga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek litsenziya talabgori koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda, litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda, litsenziyani berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va litsenziya talabgori mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, litsenziyani berish yoxud uni berishni rad etish litsenziya talabgorining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan oshmaydigan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgoriga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi hamda mazkur Nizomning 23-bandi oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan yoki mazkur Nizomning 29-bandiga muvofiq hujjatlarni takroran koʻrib chiqish natijasida litsenziya berish rad etilganidan soʻng litsenziya talabgori tomonidan berilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va litsenziyalovchi organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlardan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Berilgan litsenziyalar haqidagi maʼlumot litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladigan litsenziyalar reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish tartibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Litsenziat — yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kunida litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ayni bir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari qoʻshib yuborilgan taqdirda litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar litsenziat tomonidan mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda berish litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida unda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda litsenziyalovchi organ tashabbusi bilan toʻxtatib turilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish litsenziyalovchi organ yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalovchi organ tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga, sud tomonidan esa oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilashi shart. Bunda, koʻrsatilgan muddat litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Belgilangan muddat ichida litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabab va kamchiliklar bartaraf qilinmasa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatini uzaytirish boʻyicha yoki litsenziyani bekor qilish haqida sudga daʼvo ariza kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, litsenziat bu haqida litsenziyalovchi organga tasdiqnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma litsenziyalovchi organ tomonidan maʼlumotlarni tahlil qilish yoki zaruratga koʻra kamchiliklar bartaraf etilganligini joyiga chiqqan holda qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrganish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tahlil yoki oʻrganishlar natijasida litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilganligi aniqlangan taqdirda, litsenziyalovchi organ kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Agar litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash haqida yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisida uch ish kuni ichida qaror qabul qilmasa, litsenziat mazkur muddat oʻtgandan soʻng litsenziyalovchi organni xabardor qilgan holda oʻz faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Litsenziat oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga toʻxtatib turish haqida litsenziyalovchi organga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar litsenziat litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganidan keyin olti oy ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza bilan murojaat etmagan boʻlsa, litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi axborot tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalash tartibi bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida murojaat berilib, mazkur xatboshida nazarda tutilgan muddat davomida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga murojaat qilinmagan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishi ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos boʻyicha toʻxtatilgan taqdirda litsenziyalovchi organ bu haqida litsenziatga bir ish kuni ichida xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat litsenziyaning amal qilishini ixtiyoriy ravishda bekor qilish toʻgʻrisida murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda, qoʻshib yuborilishi mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishiga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organning litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan mazkur Nizomning 10-bandida belgilangan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda. Bunda, mazkur Nizomning 10-bandi “b”, “d”, “j”, “z” va “l” kichik bandlarida belgilangan talablar va shartlarning bajarilmaganligi bir marta qoʻpol ravishda buzilish hamda “a”, “v”, “g”, “i”, “k”, “m” va “n” kichik bandlarida belgilangan talablar va shartlarning bir yil davomida ikki va undan ortiq marta bajarilmaganligi muntazam ravishda buzilish deb hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bir yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi. Mazkur talab litsenziatning muassasasi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Litsenziyani bekor qilish mazkur Nizomning 49-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda litsenziyalovchi organning qarori asosida besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya mazkur Nizomning 49-bandi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga litsenziyani bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslari va qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda xabar yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Litsenziya ushbu Nizomning 49-bandi yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan taqdirda, u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Litsenziyaning amal qilishini bekor qilish yoki qayta tiklash toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng litsenziyalovchi organ ushbu maʼlumotni bir ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organning qarori ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga litsenziyani bekor qilish asoslari va qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ bekor qilingan litsenziya toʻgʻrisidagi axborotni bir ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

7-bob. Ayrim litsenziya talablari va shartlarini amalga oshirishning maxsus tartibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Litsenziat litsenziyalovchi organ bilan quyidagilarni kelishishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya egasining ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan norezidentlarga realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) almashishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Mazkur Nizomning 54-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlarda litsenziat litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni axborot tizimi orqali taqdim etishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikasiya raqami (STIR), elektron pochta manzili, bankning nomi va bankdagi hisobvaragʻi, arizani toʻldirish sababi (ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan norezidentlarga realizatsiya qilish yoki rahbariyatni (direktor va uning oʻrinbosari) almashtirishni kelishish ) aks ettirilgan ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) litsenziatning ustav kapitalidagi ulushini sotib olish niyatida boʻlgan potensial oluvchi — jismoniy shaxs haqidagi maʼlumotlar (F.I.O., shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami, JSHSHIR). Chet el fuqarolari uchun ushbu bandning “g” kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda taqdim etilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) litsenziatning ustav kapitalidagi ulushni sotib olish niyatida boʻlgan potensial oluvchi — yuridik shaxsning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari haqida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlar. Bunda, taʼsischilar haqidagi maʼlumotlar oxirgi benefitsiar mulkdorga (oxirgi benefitsiar mulkdor ham) qadar koʻrsatilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) litsenziatning ustav kapitali ulushni potensial oluvchi — yuridik shaxsning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari chet el fuqarolari boʻlganda, mazkur Nizomning 10-bandi “j” kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan holda tegishli xorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Litsenziyalovchi organ arizani qabul qilgan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda kelishish yoki kelishishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur Nizomning 54-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslar litsenziya talablari va shartlariga muvofiq boʻlgan taqdirda, litsenziyalovchi organ tomonidan ularni kelishish haqida qaror qabul qilinadi. Agar ular litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emas deb topilganda, ularni kelishish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

8-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Litsenziyalovchi organ litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatni litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv natijalari asosida litsenziat yoʻl qoʻygan litsenziya talablari va shartlarining aniq qoidabuzarliklarni koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, shuningdek, sudga litsenziyaning amal qilishini olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish tashabbusi bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha yuridik shaxslarga jarima qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, uni majburiy undirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi orqali masofaviy nazorat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud boʻlgan taqdirda va qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistik axborotlarni va litsenziatdan soʻrab olinadigan maʼlumotlarni tahlil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Litsenziyalovchi organ masofaviy nazoratni axborot tizimi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda litsenziatning xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek, boshqa vakolatli organlar va idoralardan olingan axborotlar asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofaviy nazoratni amalga oshirishda litsenziyalar reyestriga kiritilgan litsenziatning litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari toʻgʻrisida axborot tizimi orqali avtomatik ravishda keladigan xabarlar litsenziyalovchi organning shaxsiy kabinetiga kelib tushadi. Ushbu xabar orqali litsenziyalovchi organ litsenziatning faoliyatini tahlil qiladi va oʻrganadi. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha litsenziatga koʻrsatma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat masofaviy nazorat asosida litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan koʻrsatmada bayon etilgan talablarni oʻn ish kuni ichida bajarishi va bu haqida litsenziyalovchi organga xabar berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatma litsenziat tomonidan oʻz vaqtida ijro etilmaganda yoki bajarilishi taʼminlanmaganda, litsenziyalovchi organ “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida uning faoliyatini tekshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Litsenziatning faoliyatini joyiga chiqqan holda tekshirish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xavfni tahlil etish” tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini joyiga chiqqan holda tekshirish oʻn kungacha boʻlgan muddatda oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshirishdan bosh tortish litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻladigan harakat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

9-bob. Litsenziyalar reyestrini yuritish tartibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Litsenziyalovchi organ litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, litsenziyalanadigan faoliyat turi, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot resursining (tizimning, platformaning) domen nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish, amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, amal qilishini tugatish hamda bekor qilish asoslari va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Litsenziyalar reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

10-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Litsenziat litsenziya talab va shartlarining bajarilganligi yuzasidan litsenziyalovchi organga soxta, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Litsenziyalovchi organning litsenziyani berishni rad etish, amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish haqidagi qarorlari, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatida professional faoliyatni litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Litsenziya talabgori

Litsenziya olish uchun ariza va tegishli hujjatlarni tayyorlaydi hamda litsenziyalovchi organga yuboradi.

oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Ariza va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

yigirma ish kuni ichida

Litsenziyalovchi organ

1. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar koʻrib chiqiladi hamda litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlanadi.

oʻn besh ish kuni ichida

2. Ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

toʻrt ish kuni ichida

3. Litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganligi yuzasidan litsenziya talabgorini xabardor qiladi.

bir ish kuni ichida

3-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Litsenziya berish uchun zarur hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, agar ushbu kamchiliklarni bartaraf etish mumkin boʻlsa, litsenziya talabgoriga kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.

bir ish kuni ichida

4-bosqich

Litsenziya talabgori

Kamchiliklarni bartaraf etgan holda tegishli hujjatlarni litsenziyalovchi organga taqdim etadi.

xabarnomada koʻrsatilgan muddatda

5-bosqich

Litsenziya talabgori

Litsenziya berish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.

rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatda

6-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Litsenziya talabgori tomonidan takroran taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

besh ish kuni ichida

7-bosqich

Litsenziat

1. Tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza beradi.

2. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ayni bir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlari qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza beradi.

roʻyxatdan oʻtgandan soʻng bir ish kuni ichida

8-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza va tegishli hujjatlar taqdim qilinganda litsenziyani qayta rasmiylashtiradi va bu haqida litsenziyalarning reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

besh ish kuni ichida

9-bosqich

Litsenziat

Litsenziat litsenziyaning amal qilishini ixtiyoriy ravishda bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, litsenziyaning amal qilishini ixtiyoriy ravishda bekor qilish toʻgʻrisida ariza beradi.

qaror qabul qilingandan soʻng

10-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Litsenziyaning amal qilishi bekor qilinganligi haqida litsenziyalar elektron reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

besh ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari haqidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-jadval

Litsenziya talabgorining rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari)

Lavozim

Familiyasi, ismi va otasining ismi

Fuqarolik

JSHSHIR

(Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat

Hujjat turi

Seriyasi va raqami

Berilgan sanasi va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2-jadval

Litsenziya talabgorining taʼsischilari

Familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi

Ulush hajmi

Fuqarolik

(jismoniy shaxslar uchun)

yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy

(yuridik shaxslar uchun)

JSHSHIR

(jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

yoki STIR

(yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Hujjat turi

Seriyasi va raqami

Berilgan sanasi va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ustav kapitalidagi ulushini potensial sotib oluvchi – yuridik shaxsning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari haqidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-jadval

Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ustav kapitalidagi ulushini potensial sotib oluvchi — yuridik shaxs rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari)

Lavozim

Familiyasi, ismi va otasining ismi

Fuqarolik

JSHSHIR

(Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat

Hujjat turi

Seriyasi va raqami

Berilgan sanasi va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2-jadval

Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ustav kapitalidagi ulushini potensial sotib oluvchi — yuridik shaxsning taʼsischilari

Familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi

Ulush hajmi

Fuqarolik

(jismoniy shaxslar uchun)

yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joyi

(yuridik shaxslar uchun)

JSHSHIR

(jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

yoki STIR

(yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Hujjat turi

Seriyasi va raqami

Berilgan sanasi va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 10/26/3850/0574-son)