Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.10.1998 yildagi 432-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AVTOMOBIL OYNASI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil oynasi ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzavtosanoat” uyushmasining Fargʻona 2-uysozlik kombinati bazasida, loyiha boʻyicha yillik quvvati 200 mingta avtokomplektni tashkil qiladigan va 2001-yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladigan, avtomobil oynasi ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi bilan Italiyaning “Tekint” kompaniyasi oʻrtasida avtomobillarning old tomoni oynasi qalinligi 4 mm boʻlgan tripleks, yon va orqa tomoni oynasi qalinligi 3 dan 4 millimetrgacha boʻlgan toblangan oyna ishlab chiqarish boʻyicha texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan qiymati 43,5 mln Germaniya markasi boʻlgan kontrakt imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt qiymatining 37 mln Germaniya markasi miqdoridagi 85 foizi Italiyaning “SAChE” kompaniyasi sugʻurta qoplamasi ostida Italiyaning “Natsional del Lavoro” banki krediti hisobiga qayta moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt qiymatining 6,5 mln Germaniya markasi miqdoridagi 15 foizi, shuningdek bank komissiyasi hamda “Natsional del Lavoro” bankining jalb etiladigan krediti boʻyicha boshqa xarajatlar “Asaka” banki krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlarni va ular boʻyicha foizlar 1, 2-ilovalarga* muvofiq “Oʻzavtosanoat” uyushmasining oʻz mablagʻlari hisobiga qoplansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Avtomobil oynasi ishlab chiqarish boʻyicha yangidan tashkil etiladigan korxonani qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha bosh buyurtmachi etib “Oʻzavtosanoat” uyushmasi, bosh pudratchi etib “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi, bosh loyihachi etib “Oʻzogʻirsanoat” aksiyadorlik jamiyati belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzavtosanoat” uyushmasiga 1999-yil 1-iyulgacha korxonani loyihalashni va ishchi chizmalar boʻyicha qurishni ayni bir paytda amalga oshirishiga istisno tartibida ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi avtomobil oynasi ishlab chiqarish boʻyicha texnologik asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar yetkazib berish yuzasidan kontraktlarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Italiyaning “SAChE” kompaniyasi sugʻurta qoplamasi ostida Italiyaning “Natsional del Lavoro” banki bilan kredit bitimi tuzsin va olingan kreditlarni “Oʻzavtosanoat” uyushmasiga belgilangan tartibda qayta moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Italiyaning “Natsional del Lavoro” banki va Italiyaning “SAChE” kompaniyasi oldidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtosanoat” uyushmasining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” banki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolatlar berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan beriladigan kafolatlar boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzavtosanoat” uyushmasining avtomobil oynasi ishlab chiqarish boʻyicha tashkil qilinayotgan korxonasiga, “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi sifatida, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-noyabrdagi 509-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi avtomobil oynasi ishlab chiqarish boʻyicha loyihani belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzavtosanoat” uyushmasi buyurtmanomalariga binoan ushbu loyiha doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, ularni konsullik yigʻimlaridan ozod qilgan holda, kelish vizalari rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzavtosanoat” uyushmasining yangidan tashkil etilayotgan korxonasi buyurtmanomalariga binoan xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda, vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, turar joyi boʻyicha milliy pasportlari roʻyxatdan oʻtkazilishini va roʻyxatdan oʻtkazilganlik muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Oʻzavtosanoat” uyushmasining yangidan tashkil qilinayotgan korxonasi buyurtmanomalariga binoan kelayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish haqini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha toʻlash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 8-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
432-son