ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | |||||
1. Oilada va taʼlim muassasalarida huquqiy tarbiyani va huquqiy madaniyatni yuksaltirish | |||||
1. | Bolalar oʻrtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida huquqiy mavzularga bagʻishlangan videoroliklar ishlab chiqish hamda ularni keng targʻib qilish. Mazkur videoroliklarda quyidagi mavzular yoritilishi nazarda tutiladi: atrof-muhitni muhofaza qilish va unga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish; taʼlim jarayonida darslarga muntazam qatnashish va oʻqishga masʼuliyatli yondashish; yoʻl harakati qoidalariga rioya etishning shaxsiy xavfsizlik va jamoat tartibini taʼminlashdagi ahamiyati; Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish; oilada, maktabda va jamoatda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglikka rioya qilish; huquqbuzarliklarning oldini olish, masʼuliyat va javobgarlik tushunchalari; bolalarning huquq va majburiyatlari, ularni bilish va ularga rioya etishning ahamiyati; sogʻlom ekologik muhitni taʼminlashda yoshlarning faol ishtiroki; milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashish, yot gʻoyalardan ehtiyot boʻlish va boshqa huquqiy mavzular. Videoroliklarni tayyorlash va ularni taʼlim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda boshqa kommunikatsiya vositalari orqali muntazam ravishda tarqatish. | Videoroliklar | 2026-yil davomida, har oyda ikki marta | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi |
2. | Oʻquvchilarning faolligini oshirish, ularning oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishiga koʻmaklashish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish: oʻquvchilarga motivatsiya berishga qaratilgan turli aksiyalar, uchrashuvlar, seminar-treninglar, ijodiy tanlovlar, master-klasslar va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etish; turli sohalarda (fan, texnologiya, sanʼat, sport, ijtimoiy faoliyat va boshqalar) yuksak natijalarga erishgan, yoshlar orasida namuna boʻla oladigan shaxslar ishtirokida ochiq muloqotlar, “ilhomlantiruvchi uchrashuvlar” oʻtkazish; ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali muvaffaqiyatli yoshlar hayoti, tajribasi va yutuqlari targʻib qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har yarim yilda bir marta | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
3. | Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish. Bunda: yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targʻibot tadbirlari dasturini ishlab chiqish; huquqshunoslik kasbining jozibadorligi va imijini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga faxr va iftixor tuygʻularini uygʻotish maqsadida taniqli huquqshunoslarning hayot yoʻllari va muvaffaqiyatini ibrat sifatida yoshlarga koʻrsatib beruvchi kontentlar (hujjatli film, videoroliklar, podkastlar) va klublar yaratish hamda yoshlar orasida keng targʻib qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | - | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Aholi oʻrtasida oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, uning salbiy oqibatlari yuzasidan jamoatchilikda huquqiy ong va ijtimoiy masʼuliyatni oshirish maqsadida “Oilani asrang — zoʻravonlikni toʻxtating!” shiori ostida ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy chellenjlar hamda ijtimoiy roliklar tanlovini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust, 2027-yil sentabr | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
5. | Yoshlar oʻrtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Yoshlar va qonun” tanlovini tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr, 2027-yil sentabr | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi |
6. | “Tengdosh — tengdoshga” tamoyili asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan “Islohotlarga daxldorman!” keng qamrovli targʻibot aksiyasini oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr, 2027-yil iyun | - | Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi |
7. | Bolalar uchun huquqiy, mantiqiy, koʻngilochar interaktiv portal — “bolahuquqlari.uz” faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrish. Jumladan: portalda bolalarning yoshi va qiziqishlariga mos, ularning huquqiy bilimlarini sinovdan oʻtkazish, mustahkamlash va chuqurlashtirishga xizmat qiluvchi interaktiv huquqiy oʻyinlar sonini oshirish; huquqiy mavzularda animatsion shakldagi videoroliklar ishlab chiqish va ularni portalga joylashtirish orqali kontent hajmi va sifati oshirish; portalda joylashtirilayotgan materiallar muntazam ravishda yangilanib, ularning shakl va mazmuni bolalar uchun tushunarli, qiziqarli va interaktiv boʻlishi taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | - | Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
8. | Bolalarda yoshligidan huquqiy ong, qonunlarga hurmat va odob-axloq meʼyorlariga rioya qilish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida taʼlim va tarbiyaga oid, shuningdek, maʼnaviy mazmundagi animatsion media mahsulotlarni tayyorlash. Tayyorlangan animatsion media mahsulotlarni televideniye, internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar, taʼlim muassasalari va bolalar uchun moʻljallangan onlayn platformalarda muntazam ravishda tarqatib borish. | Media-reja | 2026-2027-yillar media-rejaga | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, (kelishuv asosida) |
9. | Yoshlarning intellektual salohiyatini, bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida ular oʻrtasida “Intellektual marafon” loyihasini tashkil etish. Bunda quyidagilarni qamrab olish: “Zukko kitobxon” tanlovini tashkil etish; “Zakovat” intellektual tanlovini tashkil etish; “Huquq va mantiq chizigʻi” test tanlovini tashkil etish; shaxmat va shashka musobaqalarini oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, amaliy chora-tadbir asosida | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
10. | Taʼlim muassasalarida oʻquvchilar qalbida vatanparvarlik va fuqarolik masʼuliyati tuygʻularini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshga mos huquq va burchlar mazmunini anglatish, shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarga sadoqat ruhini shakllantirishga qaratilgan ochiq darslar hamda oʻquv mashgʻulotlarini tizimli va uzluksiz tashkil etish. | Ochiq darslar, | 2026-2027 oʻquv yili davomida | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
11. | Yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, Konstitutsiyaga hurmat va sadoqat tuygʻularini mustahkamlash maqsadida “Qonun oldida barchamiz tengmiz” mavzusida barcha umumtaʼlim maktablarini qamrab oluvchi ijodiy insholar tanlovini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-2027 oʻquv yili davomida | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
12. | Yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish, huquq va burchlari toʻgʻrisida chuqur tushuncha hosil qilishiga koʻmaklashish maqsadida taʼlim muassasalarida ularni faollikka, bilim olishga va masʼuliyatga chorlovchi “Huquqiy bilimlar oyligi”ni oʻtkazish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr, 2027-yil dekabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
13. | Oilaviy ajrimlar, oila muhitidagi notinchlik va zoʻravonlik holatlarining huquqiy oqibatlari hamda ularning farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsirini yorituvchi ijtimoiy videoroliklar tayyorlash. Ushbu videoroliklarni Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va uning tizimidagi telekanallar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda efirga uzatish. | Ijtimoiy videorolik | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | - | Oʻzbekiston MTRK, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
14. | Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni huquqiy savodxon, ijtimoiy faol va masʼuliyatli shaxslar etib tarbiyalash maqsadida huquqiy targʻibotning zamonaviy va interaktiv shakllaridan biri boʻlgan “Street Law” loyihasini ommalashtirish choralarini koʻrish. Loyiha doirasida oʻquvchi-yoshlar, talabalar, yosh mutaxassislar ishtirokida: hayotiy voqealarga asoslangan amaliy huquqiy mashgʻulotlar va muhokamalar tashkil etish; sud jarayoni taqlidlari (imitatsiyasi) orqali yoshlarning qonunlarga hurmatini shakllantirish; huquqiy maslahatlar, dolzarb mavzularda ochiq muloqotlar va treninglar oʻtkazish; huquqshunoslar, advokatlar, sudyalar va boshqa mutaxassislar ishtirokida tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | - | Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi |
15. | Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali oilaviy ajrimning salbiy oqibatlari, farzandlar kelajagi hamda ota-onalarning huquqiy masʼuliyati haqida tizimli targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. Bunda: oilaviy nizolar, ajrimning salbiy oqibatlari, ajrimdan keyingi farzandning huquqiy maqomi kabi mavzularga bagʻishlangan turkum koʻrsatuvlar, tok-shoular, ochiq debatlar va ijtimoiy-vatanparvarlik ruhidagi videolavhalar tayyorlash hamda televideniye, radio va ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam efirga uzatish; psixolog, huquqshunos, sudya, imomlar va hayotiy tajribaga ega insonlar ishtirokida oilaviy ajrim oldida turgan oilalar uchun maslahat xususiyatidagi ochiq videomuloqotlar, suhbatlar va tavsiyalarni tayyorlab eʼlon qilish; ommabop platformalarda #oilaqadriyat, #ajrim_yechim_emas, #farzand_manfaati kabi heshteglar ostida ijtimoiy kampaniyalar, chellenjlar, maxsus sahifalar va foydalanuvchilarni jalb etuvchi kontentlar orqali keng auditoriyaga taʼsirchan axborot yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston MTRK |
2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish | |||||
16. | “Onlayn-mahalla” platformasi orqali “Mahalla yettiligi” tomonidan kiritilgan aholining turli qatlamlarida eng koʻp uchrayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularning sabablari va oqibatlarini chuqur oʻrganish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har yarim yilda bir marta | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida), manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | Mahallalarda aholi orasida uchrayotgan dolzarb muammolar — migratsiya, moddiy yordam olish, yer munosabatlari, uy-joy bilan taʼminlash, kommunal xizmatlar, mavjud imtiyozlar, aliment undirish, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqa ijtimoiy-huquqiy masalalar yuzasidan aholining huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida axborot-targʻibot materiallarini tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlar hamda turli platformalarga joylashtirish. | Tarqatma targʻibot materiallari | 2026-2027-yillar davomida, har yarim yilda bir marta | - | Adliya vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida), manfaatdor vazirlik va idoralar |
18. | Aholining huquqiy muammolarini joyida hal etish va fuqarolarga toʻgʻri huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida “Mahalla yettiligi” aʼzolarining faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, mahallalarda eng koʻp uchraydigan huquqiy muammolarga oid manzilli va amaliy targʻibot materiallari toʻplamini tayyorlash. Bunda quyidagi ishlarni amalga oshirish nazarda tutiladi: mahallalarda eng koʻp uchrayotgan huquqiy muammolar holatini tizimli tahlil qilish; mavjud muammolarni turlarga ajratgan holda umumlashtirish; videoroliklar va boshqa turdagi targʻibot materiallarini tayyorlash; tayyorlangan targʻibot materiallarini “Mahalla yettiligi” aʼzolarining faoliyat yoʻnalishlariga mos tarzda tarqatish, ularning amaliy ish jarayonida foydalanishini taʼminlash; ishlab chiqilgan materiallarni mahalliy ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va axborot resurslari orqali muntazam yoritib borish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil aprel, 2027-yil mart | - | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida), Adliya vazirligi |
19. | “Mahalla huquqshunosi” loyihasini amalga oshirish. Loyiha doirasida quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutiladi: “Mahalla yettiligi” aʼzolarining huquqiy bilimi va koʻnikmalarini uzluksiz rivojlantirish maqsadida Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari tomonidan qisqa muddatli, bepul oʻquv kurslarini tashkil etish; “Mahalla yettiligi” aʼzolariga mahalla faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, shuningdek, aholining kundalik muammolarini hal etish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ularni nizolarni muqobil hal etish (mediatorlik) koʻnikmalariga oʻrgatish; mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlash va “Mahalla yettiligi” aʼzolarining amaliy takliflari asosida oʻquv dasturlarini muntazam ravishda qayta koʻrib chiqish va yangilab borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil avgust | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
3. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | |||||
20. | Jamiyat va davlat hayotining turli sohalariga taalluqli muhim qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilari hamda fuqarolarga sodda, tushunarli va tezkor tarzda yetkazib borish maqsadida “Qonunchilikdagi yangiliklar” rukni ostida huquqiy videoroliklar tayyorlash. Tayyorlangan videoroliklar ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar va axborot portallari orqali muntazam ravishda keng jamoatchilikka yetkazish. | Huquqiy videoroliklar | 2026-2027-yillar davomida, har haftada bir marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
21. | Davlat fuqarolik xizmatchilari oʻrtasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi, ularning huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilish mexanizmlari hamda bu boradagi qonunchilik talablariga rioya etishning ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan targʻibot materiallarini tayyorlash. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | - | Adliya vazirligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi |
22. | Davlat fuqarolik xizmatchilari oʻrtasida “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyinini oʻtkazish. | Intellektual oʻyin | 2026-yil noyabr, 2027-yil oktabr | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi, “Zakovat” NNT (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar |
23. | Har bir davlat organi va tashkilotida xodimlarning huquqiy ongi, axloqiy madaniyati hamda korrupsiyaga qarshi murosasizlik ruhini yanada oshirish maqsadida “Huquqiy madaniyat oyligi”, “Odob-axloq oyligi” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarini tizimli ravishda tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr, 2027-yil noyabr | - | Vazirlik va idoralar |
24. | Mahalliy davlat organlari xodimlariga jamiyat va davlat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan “Hokimlik soatlari” tadbirlarini tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda ikki marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
4. Aholining barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini yuksaltirish | |||||
25. | Aholining raqamli savodxonligini oshirish, ularni davlat xizmatlaridan masofadan, qulay va tezkor tarzda foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishini taʼminlash maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), va boshqa elektron tizimlarning imkoniyatlari, xizmatlar roʻyxati va foydalanish tartibi haqida keng jamoatchilikka maʼlumot beruvchi media mahsulotlar — videoroliklar, animatsiyalar tayyorlash va ularni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, Davlat xizmatlari markazlarida targʻib qilish ishlarini yoʻlga qoʻyish. | Manzilli targʻibot tadbirlari | 2026-yil aprel-may | - | Adliya vazirligi |
26. | Hududlarda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan manzilli va taʼsirchan targʻibot ishlarini tashkil etish. “Qizil toifa”ga mansub hamda kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan mahallalarda yashovchi voyaga yetmaganlar, xotin-qizlar, tarbiyasi ogʻir yoshlar, shuningdek, probatsiya hisobida boʻlgan shaxslarga alohida eʼtibor qaratish. Har bir viloyat, tuman (shahar) va mahalla kesimida sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning soni, turlari hamda ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilish va ushbu maʼlumotlar asosida jinoyatlarning oldini olish, ularning salbiy huquqiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan infografikalar tayyorlash. | Kompleks targʻibot tadbirlari | 2026-yil aprel-may, 2027-yil fevral-mart | - | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida) |
27. | Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va himoya qilish, tadbirkorlarga huquqiy yordam koʻrsatish, intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini taʼminlash, kontrafakt mahsulotlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, mualliflik sohasida, jumladan, plagiatga qarshi kurashish maqsadida “Kontrafaktsiz oy” respublika targʻibot oyligini tashkil etish. | Kompleks targʻibot tadbirlari | 2026-yil aprel | - | Adliya vazirligi |
28. | Qurilish faoliyatini amalga oshirishda zarur boʻlgan ruxsatnomalarni olish tartibi, shuningdek, uy-joy sotib olayotganda fuqarolar eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan asosiy huquqiy jihatlar boʻyicha aholiga sodda va tushunarli tilda maʼlumot berishga qaratilgan targʻibot materiallari toʻplamini tayyorlash. Tayyorlangan videoroliklar va boshqa targʻibot materiallarini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, mahalliy telekanallar hamda davlat organlarining rasmiy axborot resurslari orqali tizimli va muntazam tarzda yoritib borish. | Media-reja | 2026-yil iyun | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi |
29. | “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini aholiga sodda tilda yetkazish, shu jumladan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni qonuniy tartibda rasmiylashtirish jarayonini izchil tushuntirishga qaratilgan targʻibot materiallari toʻplamini tayyorlash. Mazkur materiallarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy telekanallar orqali muntazam, tizimli tarzda keng yoritib borish. | Media mahsulotlar | 2026-yil iyul | - | Kadastr agentligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
30. | Firibgarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda: firibgarlikka oid huquqbuzarliklarning joriy holatini tahlil qilish; firibgarlikning eng koʻp uchraydigan turlarini aniqlash; firibgarlik koʻp sodir etiladigan hududlar, shaxslar toifasini, yosh kategoriyalarini oʻrganish; firibgarlikning oldini olish boʻyicha eng samarali vositalarni, shu jumladan xorij tajribasini tahlil qilgan holda oʻrganish; firibgarlik jinoyatini oldini olish va uning salbiy huquqiy oqibatlari haqida aholining, ayniqsa yoshlarning xabardorligini oshirish maqsadida, tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar asosida ijtimoiy videoroliklar, infografikalar hamda boshqa turdagi media mahsulotlar ishlab chiqish va ularni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam yoritib borishni tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | - | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
31. | Turizm sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga, tadbirkorlarga qisqa va sodda tilda tayyorlangan videoroliklar ishlab chiqish. Mazkur videoroliklarda turizm faoliyatini yuritish bilan bogʻliq asosiy tartib-taomillar, litsenziyalash, roʻyxatdan oʻtkazish, soliqqa oid yengilliklar, yer ajratish, infratuzilma rivojlantirish, davlat tomonidan koʻrsatiladigan yordamlar va boshqa huquqiy asoslar yoritilishini taʼminlash. Tayyorlangan materiallarni ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari, maxsus veb-resurslar va tegishli davlat idoralarining rasmiy axborot platformalari orqali muntazam yoritib borish. | Media-reja | 2026-yil sentabr | - | Turizm qoʻmitasi |
32. | Haydovchilar va yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarida yoʻl harakati qoidalari, xavfsizlik talablariga rioya qilish, yoʻl harakati madaniyatini oshirish, sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, haydovchi va piyodalar oʻrtasidagi oʻzaro hurmatni shakllantirish qaratilgan tematik media mahsulotlar — ijtimoiy roliklar, infografikalar, qisqa lavhalar, audio va video chiqishlar tayyorlash hamda ularni telekanallar, radio, ijtimoiy tarmoqlar, tashqi reklama vositalari (bannerlar, ekranlar) orqali ommalashtirish ishlarini tashkil etish. | Media mahsulotlar | 2026-yil oktabr, 2027-yil mart | - | Ichki ishlar vazirligi |
33. | Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy loyihalar va xayriya aksiyalarini oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr, 2027-yil sentabr | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi |
34. | Nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksa yoshdagi fuqarolarning jamiyat hayotida toʻlaqonli ishtirok etishini taʼminlash, ularning huquq va erkinliklari, ijtimoiy himoya va imtiyozlari toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini keng targʻib etishga qaratilgan media mahsulotlarni tayyorlash. Tayyorlangan media mahsulotlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam tarqatib borish, shu orqali aholining keng qatlamlari orasida insonparvarlik qadriyatlarini targʻib etish. | Media-reja | 2026-2027-yillar davomida, media-rejaga asosan | - | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
35. | Elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish, energiya tejovchi texnologiyalarni kundalik hayotga keng joriy etishning iqtisodiy va ekologik afzalliklarini aholiga keng tushuntirish maqsadida media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash. Ushbu media-reja doirasida quyosh panellari va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishning iqtisodiy va ekologik afzalliklarini yorituvchi turli koʻrinishdagi media mahsulotlar tayyorlash. Tayyorlangan materiallarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat idoralari binolari, taʼlim muassasalari, bozorlar, transport bekatlari kabi aholining gavjum joylarida tizimli ravishda namoyish etish. | Media-reja | 2026-2027-yillar davomida, media-rejaga asosan | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Energetika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar |
36. | Aholining Konstitutsiyaga oid bilimlarini kuchaytirish va sinovdan oʻtkazish maqsadida qatnashish ixtiyoriy boʻlgan umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish. | Tanlov | 2026-yil dekabr, 2027-yil dekabr | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
37. | Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga fuqarolarni davolanishga yoʻllash tartibi, shuningdek, kam taʼminlangan va kambagʻal oilalar toifasiga mansub shaxslarga berilgan imtiyozlar haqida aholining barcha qatlamlarini xabardor qilishga qaratilgan media mahsulotlarni tayyorlash hamda ushbu materiallarni ijtimoiy tarmoqlar, tibbiyot muassasalari, mahallalar va aholi gavjum joylarda muntazam ravishda namoyish etilishini taʼminlash. | Media mahsulotlar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
38. | Fuqarolarning tabiatga hurmat hissini shakllantirish, aholining ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirish, global rivojlanish va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq ekologik muammolarning oldini olish hamda bartaraf etishda fuqarolar ishtirokini taʼminlash, ekologik huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, Kompleks chora-tadbirlar asosida | - | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oʻzbekiston MTRK |
39. | Aholiga kundalik hayotda eng koʻp zarur boʻladigan huquq va majburiyatlar boʻyicha tushunchalarni oddiy, sodda va xalqchil tilda yetkazish maqsadida kompleks huquqiy targʻibot materiallari paketini ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil davomida, har oyda ikki marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
40. | Aholining turli qatlamlari uchun zarur boʻlgan huquqiy maʼlumotlarni sodda shaklda tushuntirish boʻyicha “10 savolga 10 javob, muhim 5 qoida” ruknlari doirasida turkum videoroliklar tayyorlash. | Huquqiy videoroliklar | 2026-yil davomida, har oyda ikki marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
41. | Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, shu jumladan, yoshlar, xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan oilalar va ishsiz fuqarolar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ijtimoiy imtiyozlar, moddiy yordam turlari, nafaqalar, ishsizlikdan himoyalanish mexanizmlari, vaqtinchalik ish bilan taʼminlash imkoniyatlari hamda ijtimoiy yordam olish tartibi haqida aholining xabardorligini oshirish maqsadida kompleks media mahsulotlar tayyorlash va keng ommaga yetkazish. | Kompleks targʻibot tadbirlari | 2026-2027-yillar davomida, har oyda ikki marta | - | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
42. | Aholi oʻrtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf etish, fuqarolarda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlarga olib keluvchi illat ekaniga oid toʻgʻri dunyoqarashni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan kompleks targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda ikki marta | - | Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar |
43. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga hamda “1008” ishonch telefoniga fuqarolar va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish, ularning mazmuni va dolzarbligidan kelib chiqib targʻibot materiallarini tayyorlash, ularni tegishli masʼul davlat organlariga manzilli yetkazish orqali aholiga amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har yarim yilda bir marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
44. | Xorijiy davlatlarda mehnat qilish istagida boʻlgan fuqarolar, ayniqsa yoshlar oʻrtasida qonuniy mehnat migratsiyasining huquqiy asoslari, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishning belgilangan tartibi, faoliyat yuritish uchun ruxsatnomalar va vizalarni rasmiylashtirish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng tushuntirish ishlarini olib borish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda ikki marta | - | Migratsiya agentligi, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
45. | Fuqarolar oʻrtasida yuzaga keladigan oʻzaro muammolarni faqat qonunda belgilangan huquqiy vositalar orqali hal etish, nizolarni zoʻravonlik, tahdid, bosim yoki oʻzboshimchalik yoʻli bilan emas, balki madaniyatli muloqot va qonuniy tartibda hal qilish madaniyatini targʻib etishga qaratilgan videoroliklar, infografikalar va ijtimoiy tarmoqlar uchun vizual kontentlarni tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam tarqatib borish. Mazkur media mahsulotlarda oʻzgalarning shaʼni, qadr-qimmati, shaxsiy hayoti, mulki va erkinliklariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, shuningdek huquqbuzarlik va oʻzboshimchalik oqibatlari, ularning maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida fuqarolarga sodda va tushunarli tarzda maʼlumot berish. | Kompleks targʻibot tadbirlari | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
46. | Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida uchraydigan huquqbuzarliklar, jumladan, odam savdosi, firibgarlik holatlari va majburiy mehnatga jalb etilish kabi xavf-xatarlar toʻgʻrisida aholiga, ayniqsa yoshlarga ogohlantiruvchi va tushuntiruvchi axborotlar taqdim etish, ularda huquqiy ong, hushyorlik va xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targʻibot materiallarini tayyorlash va manzilli tarqatish. | Kompleks targʻibot tadbirlari | 2026-2027-yillar davomida, har oyda ikki marta | - | Migratsiya agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
47. | Yil yakunlari boʻyicha aholining eng dolzarb huquqiy muammolari va amaliy savollarini oʻzida aks ettirgan murojaatlar tahlili asosida “TOP-100 huquqiy tavsiya va maslahatlar” toʻplamini shakllantirish hamda uni aholining huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi turli koʻrinishdagi media mahsulotlar (videoroliklar, infografikalar, animatsiyalar, podkastlar va elektron qoʻllanmalar) tarzida tayyorlash. Tayyorlangan media mahsulotlarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va davlat xizmatlari markazlari orqali keng jamoatchilikka yetkazish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr, 2027-yil noyabr | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
48. | Mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning huquqiy xabardorligini oshirish va huquqbuzarliklarga qarshi samarali profilaktika choralarini kuchaytirish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil davomida, kompleks chora-tadbirlar asosida | - | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
49. | Aholining, ayniqsa, yosh avlodning ongida turli buzgʻunchi gʻoyalarga, jumladan, ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, axloqiy buzuqlik va boshqa ijtimoiy xavfli illatlarga nisbatan mafkuraviy barqarorlikni mustahkamlash, ularning bu kabi tahdidlarga qarshi mustahkam ichki immunitetini shakllantirish hamda sogʻlom dunyoqarash va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishga qaratilgan kompleks va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida har oyda bir marta | - | Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (kelishuv asosida) |
50. | Yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga sodda, tushunarli va ishonchli shaklda yetkazishga qaratilgan media materiallarni tayyorlash. Mazkur materiallarni ishlab chiqish jarayonida qonun hujjatini bevosita ishlab chiqqan davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari, shuningdek, ushbu hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazgan masʼul xodimlarni jalb etgan holda, ular tomonidan hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad, kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy natijalar, amaliy ahamiyatni batafsil yoritish. Tayyorlangan videoroliklar, intervyular, podkastlar va boshqa turdagi media mahsulotlarni “AdliyaTV” internet sahifasiga muntazam joylab borish orqali qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga yetkazish. | Media mahsulotlar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
51. | Aholi oʻrtasida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash jamiyat taraqqiyoti, davlat budjeti barqarorligi hamda ijtimoiy sohalarning uzluksiz rivojlanishida muhim omil ekanini keng jamoatchilikka tushuntirish, shuningdek, fuqarolarda moliyaviy masʼuliyat va toʻlov madaniyatini shakllantirishga qaratilgan media mahsulotlarni (videoroliklar, animatsiyalar, infografikalar) tayyorlash. | Media-reja | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | Soliq qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
52. | Aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, bu boradagi davlat dasturlari, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga doir tashabbuslar, kredit va subsidiya mexanizmlari hamda qonunchilikda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari toʻgʻrisida aniq va manzilli targʻibot ishlarini tashkil qilish. | Manzilli targʻibot tadbirlari | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Adliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish | |||||
53. | “Advice.uz” huquqiy axborot portali va “Gender-madad” platformasining faoliyatini muntazam ravishda yuritish, ularning kontentini qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda yangilab borishni taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun — avgust | - | Adliya vazirligi |
54. | Ijtimoiy tarmoqlar orqali, shu jumladan, “Huquqiy axborot” Telegram kanalida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan, kanalda berib borilayotgan maʼlumotlar asosida huquqiy test savollarini oʻz ichiga olgan onlayn “Sovrinli viktorina” oʻtkazish. | Onlayn viktorina | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi |
55. | Aholining kundalik hayotidagi muammolariga jonli javob berish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali aholini qiziqtirgan masalalar boʻyicha soha mutaxassislari ishtirokida ovozli suhbatlar (audiopodkast) oʻtkazish. | Ovozli suhbatlar (audiopodkast) | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
56. | “test.adliya.uz” platformasi orqali aholining huquqiy bilimlarini doimiy ravishda sinovdan oʻtkazib borish. | Test sinovlari | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | - | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
57. | “Qurilishda qonuniylik” nomli mobil ilovani ishlab chiqish, uning funksional imkoniyatlari orqali aholiga qurilish sohasiga oid qonunchilik normalarini tushuntirish, shu jumladan ruxsat beruvchi hujjatlar, qurilish tartib-taomillari, shartnomaviy munosabatlar va boshqa muhim jihatlar yuzasidan oʻquv qoʻllanmalar, videoroliklar, test va savol-javoblar, shuningdek grafik asosdagi oʻyinlar orqali interaktiv tarzda maʼlumotlar yetkazilishini taʼminlash. Ilovada foydalanuvchilarga qurilish sohasiga oid huquqiy savollarga tezkor, aniq va sodda shaklda javob berish imkonini beruvchi sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan huquqiy yordam chat-botini yaratish. Mobil ilovaga noqonuniy qurilishlar va qurilishda yoʻl qoʻyilayotgan huquqbuzarliklar haqida axborot berish imkoniyatini (foto, video va manzil kiritish orqali) joriy etish, bu orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda tegishli tashkilotlarga maʼlumotlarni avtomatik ravishda yetkazish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. | Mobil ilova | 2027-yil may | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish | |||||
58. | Yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi borasidagi tushunchalarni mustahkamlash hamda zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik hissini uygʻotishga qaratilgan axborot materiallarini tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalarida ravishda efirga uzatib borish. | Ijtimoiy roliklar | 2026-2027-yillar davomida, har oyda bir marta | - | Ichki ishlar vazirligi, Kinematografiya agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston MTRK |
59. | Aholining huquqiy savodxonligini oshirish va huquqiy bilimlarni ommalashtirish maqsadida keng auditoriyaga ega markaziy telekanallar efirida namoyish qilinayotgan koʻrsatuvlar orasida 30 soniyalik huquqiy mavzularda test lavhalarini muntazam tarzda efirga uzatib borish. Qisqa videolavhalarda fuqarolarning kundalik hayotida uchrashi mumkin boʻlgan huquqiy holatlarga oid savollar va ularning toʻgʻri javoblarini sodda, tushunarli va qiziqarli uslubda yoritish. | Teleloyiha | 2027-yil davomida, har oyda ikki marta | - | Oʻzbekiston MTRK, Adliya vazirligi |
60. | Kundalik hayotda uchraydigan huquqiy muammolarni erkin va samimiy tarzda muhokama qilishga qaratilgan koʻrsatuvini huquqshunoslar ishtirokida tayyorlab, televideniye orqali namoyish etish. | Teleloyiha | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | Adliya vazirligi, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
61. | Bolalarda huquqiy ong va odob-axloq madaniyatini shakllantirish, ularning yoshiga mos tarzda asosiy huquqiy bilimlarni singdirish maqsadida turli koʻrinishdagi teleloyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. | Teleloyihalar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
62. | Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, yuridik bilimlarga qiziqishni kuchaytirish maqsadida muntazam ravishda “Huquqiy radioviktorina” tashkil etish hamda ishtirokchilar orasidan gʻoliblarni aniqlash va ularni ragʻbatlantirib borish. | Radio viktorina | 2026-yil davomida, har oyda bir marta | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi, Oʻzbekiston MTRK |
63. | Toʻylar, oilaviy marosimlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylagan holda soddalik va tejamkorlikni targʻib etish, yoshlar ongida masʼuliyatli isteʼmol madaniyatini shakllantirishga qaratilgan telekoʻrsatuvlar va ijtimoiy videoroliklar tayyorlash. Mazkur media mahsulotlarda oilaviy hayotga oid anʼanalar, marosimlarda meʼyor va odobni saqlash, ortiqcha dabdaba va raqobatga berilmaslikning ijtimoiy ahamiyati yoritish. | Teleloyihalar | 2026-yil davomida, har oyda bir marta | - | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
64. | Aholining qonunchilik hujjatlaridagi yangiliklar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlardan xabardorligini oshirish maqsadida “Huquqiy axborot” radio loyihasini yoʻlga qoʻyish. | Radio loyihalar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | Adliya vazirligi, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
65. | Huquqiy bilimlarni keng ommaga tushunarli tarzda yetkazish uchun ijtimoiy tarmoqlar va televideniyeda “Huquqiy eslatma” ruknida 1 daqiqa davom etadigan videoroliklar tayyorlab, muntazam eʼlon qilib borish. | Teleloyiha | 2026-2027-yillar davomida, doimiy | - | Adliya vazirligi, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
66. | Televideniye orqali efirga uzatilayotgan yangiliklar vaqtida ekranning pastki qismida fuqarolar uchun amaliy huquqiy tavsiyalarni va qonunchilikdagi yangiliklarni subtitrlar (titrlar) koʻrinishida berib borish. | Teleloyiha | 2026-2027-yillar davomida, doimiy | - | Oʻzbekiston MTRK, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
67. | Aholi orasida uchrayotgan dolzarb muammolar — migratsiya, ijtimoiy yordam olish, yer munosabatlari, uy-joy bilan taʼminlash, kommunal xizmatlar, qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, aliment undirish, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqa ijtimoiy-huquqiy masalalar yuzasidan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan koʻrsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish. | Koʻrsatuvlar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
68. | Jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning shaxsiy rivojlanish hamda jamiyat taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishiga oid teledasturlar tayyorlash va efirga uzatish. | Teledasturlar | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda ikki marta | - | Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida), Ichki ishlar vazirligi |
IV. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish | |||||
69. | Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, huquq-tartibot barqarorligini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy madaniyatning oʻrnini va taʼsir doirasini chuqur tahlil qilishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2026-yil sentabr | - | Ichki ishlar vazirligi |
70. | Aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga oid ilmiy-nazariy asoslarni chuqur oʻrganish boʻyicha fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2026-yil noyabr | - | Adliya vazirligi |
71. | Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oʻrganish uchun soʻrovnomalar oʻtkazish. | Soʻrovnoma | 2026-yil dekabr, 2027-yil iyun | - | “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (kelishuv asosida), Adliya vazirligi |
72. | Barcha darajadagi taʼlim muassasalarida huquqiy taʼlim va tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etish maqsadida ilgʻor pedagogik yondashuvlarga asoslangan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish. | Uslubiy qoʻllanma | 2026-yil noyabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
73. | Turli hududlarda aholining huquqiy madaniyat darajasidagi tafovutlarni oʻrganish, ularning sabablarini aniqlash va mavjud nomutanosibliklarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan yechimlarni ishlab chiqish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2026-yil dekabr | - | Adliya vazirligi, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (kelishuv asosida) |
74. | Xorijiy mamlakatlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ilgʻor tajribalarni qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar asosida chuqur oʻrganish hamda ularni Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2027-yil yanvar | - | Adliya vazirligi |
75. | Huquqiy madaniyat darajasini kompleks baholash imkonini beruvchi zamonaviy metodologiyalarni ishlab chiqish, jumladan, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda muntazam monitoring va tahlil tizimini yaratish. | Tahliliy materiallar | 2027-yil yanvar | Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
76. | Huquqiy targʻibot faoliyatining taʼsirchanligini oshirish maqsadida inson tafakkuri, emotsional idroki va xulq-atvoriga taʼsir koʻrsatuvchi zamonaviy ilmiy yondashuvlar — jumladan, neyropsixologiya va kognitiv fanlar asosida ishlab chiqilgan metodlarni oʻrganish, ularning natijalari asosida amaliy takliflar ishlab chiqish va targʻibot strategiyalarini takomillashtirish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2027-yil fevral | - | Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
77. | Aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda anʼanaviy hamda zamonaviy usullarning oʻziga xos jihatlarini ilmiy jihatdan chuqur oʻrganish, xususan, ijtimoiy tarmoqlar, sunʼiy intellekt, mobil ilovalar va raqamli platformalarning ushbu jarayondagi oʻrnini tahlil qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2027-yil mart | - | Adliya vazirligi |
78. | Aholining turli ijtimoiy guruhlari (yoshlar, ayollar, tadbirkorlar va boshqalar) oʻrtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishning samarali usullarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini ilmiy nashrlarda eʼlon qilish choralarini koʻrish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar | 2027-yil aprel | - | Adliya vazirligi |
79. | Turli yosh guruhlari hamda ijtimoiy qatlamlarda huquqiy madaniyatning rivojlanish holati va dinamikasini tahlil qilish maqsadida sotsiologik va psixologik yoʻnalishdagi chuqurlashtirilgan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish. | Ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy tahlillar, soʻrovnomalar | 2027-yil iyul | - | Adliya vazirligi, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (kelishuv asosida) |
80. | Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda, “Huquqiy axborot” Telegram kanalida huquqiy axborotni yetkazish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazish va soʻrovnoma natijasiga koʻra manzilli axborot tarqatishni yoʻlga qoʻyish. | Soʻrovnoma | 2026-2027-yillar davomida, har chorakda bir marta | - | Adliya vazirligi |