07.05.1993 yildagi 841-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VALYUTANI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning yangi tahriri Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 556-II-son “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun ichki xoʻjalik oboroti va xalqaro kredit-hisob-kitob munosabatlarida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish prinsiplarini, valyutani tartibga solish va valyuta resurslarini boshqarishda davlat idoralarining vakolatlarini, yuridik va jismoniy shaxslar hamda xorijiy davlatlarning valyuta boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishdagi huquqlari va burchlarini, valyutani nazorat qilish asoslarini va Oʻzbekiston Respublikasida valyutani tartibga solishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Asosiy tushunchalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi “soʻm”dir.
(1-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 29-sentabrdagi 2022-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Valyuta boyliklari” jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar – chet el valyutasidagi fond boyliklari (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar – har qanday koʻrinish va holatdagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), metallar shunday metallardan ishlangan zargarlik buyumlari va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy qimmatbaho toshlar – sayqal berilgan va sayqal berilmagan shakldagi olmos, laʼl, zumrad, yoqut, aleksandrit, shuningdek marvarid, shunday toshlardan ishlangan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Chet el valyutasi” jumlasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli ajnabiy davlatda muomalada boʻlgan va qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknot koʻrinishdagi chet el pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, ammo Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilariga almashtirilishi lozim boʻlgan chet el pul belgilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
schyotlarda va omonatlarda boʻlgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablagʻlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Rezidentlar” jumlasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida muqim yashash joyi boʻlgan, shu jumladan vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tuzilgan va roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar, shu jumladan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining immunitetga va diplomatiya imtiyozlariga ega boʻlgan xorijdagi diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi korxona va tashkilotlarining chet eldagi xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan oʻzga vakolatxonalari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Norezidentlar” jumlasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda muqim yashash joyi boʻlgan, shu jumladan vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisida joylashgan boʻlib, ajnabiy davlatlarning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan va shu qonunlar asosida faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining korxona va tashkilotlari ishtirokidagi yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlib, immunitetga va diplomatiya imtiyozlariga ega boʻlgan chet el diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, shuningdek xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan oʻzga tashkilot va firmalarning vakolatxonalari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Valyuta operatsiyalari” jumlasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta boyliklariga nisbatan boʻlgan egalik huquqining oʻtishi bilan bogʻliq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda chet el valyutasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining pul birligidan toʻlov vositasi sifatida foydalanish bilan bogʻliq operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta boyliklarini xorijdan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va joʻnatish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan xorijga olib chiqish va joʻnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro koʻlamda pul oʻtkazish ishlarini amalga oshirish kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Valyuta operatsiyalari joriy operatsiyalarga va kapitalning harakati bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Joriy valyuta operatsiyalari” jumlasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mollarni eksport va import qilish, valyuta boyliklarining oldi-sotdisi boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, intellektual mulkka boʻlgan huquqni roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq, hisob-kitoblari toʻlov muddatini kechiktirmaslik sharti bilan amalga oshiriladigan, zayom mablagʻlari berilishi yoki jalb etilishini nazarda tutmaydigan operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank omonatlari, kreditlari, investitsiyalar va boshqa moliya operatsiyalaridan foizlar, dividendlar hamda oʻzga daromadlarni xorijga va xorijdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo bilan bogʻliq boʻlmagan mablagʻlarni, shu jumladan ish haqi, pensiya, aliment, meros pullarni oʻtkazish, shuningdek shunga oʻxshash boshqa operatsiyalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari” jumlasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalar, shu jumladan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar berish va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni jalb etish hamda ularni schyotlarga va omonatlarga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlar amalga oshiriladigan yoki egalik huquqi muayyan muddatdan keyin valyuta boyliklariga oʻtadigan moliyaviy operatsiyalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Vakil qilingan banklar” jumlasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, aksiyadorlik-tijorat, tijorat, kooperativ va xususiy banklar, shu jumladan chet el kapitali ishtirokidagi banklar, valyuta operatsiyalarini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasini olgan chet el banklari (filiallari, vakolatxonalari) kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi pul birligi bilan boʻladigan operatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida yagona qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi pul birligining xarid qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan yagona pul-kredit siyosati oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Rezidentlar oʻrtasidagi munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi har qanday talab va majburiyatlarning toʻlovi uchun cheklovsiz qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi, basharti, uning manbai xorijdan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan yoki oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasining oʻzida qonuniy asosda olingan chet el valyutasidagi mablagʻlardan iborat boʻlsa, norezidentlarning mulk obyekti boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuridik shaxs boʻlmish norezidentlar oʻrtasida valyuta operatsiyalarini, shuningdek har qanday bitimlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining pul birligida olib boriladigan hisob-kitoblar tartibini va bu yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi pul birligida bank muassasalarida schyotlar ochishi tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uqtirib oʻtilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi pul birligidan foydalanib bitimlar tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartib buzilgan boʻlsa, tuzilgan bitimlar va qilingan hisob-kitoblar haqiqiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Rezidentlar va norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi pul birligini hamda bu birlikda ifodalangan qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasidan chetga olib chiqishi va joʻnatishi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda belgilab qoʻyadigan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xududida chet el valyutasida amalga oshiriladigan operatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlaridan foydalanish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan kelishib olgan holda belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jismoniy shaxs boʻlmish rezidentlarga Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasida ish haqi va boshqa ragʻbatlantirish toʻlovlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Ushbu Qonunning 1-moddasi 4-bandining toʻrtinchi xatboshisida sanab oʻtilgan rezidentlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi pul birligiga nisbatan kursi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi pul birligiga nisbatan kursini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining valyuta bozori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chet el valyutasi sotib olish va sotish valyuta bozorida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el valyutasini sotib olish Oʻzbekiston Respublikasi valyuta bozorida ham, boshqa mamlakatlarning valyuta bozorlarida ham amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Valyuta bozoridagi operatsiyalar vakolat berilgan banklar orqali chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi pul birligiga nisbatan boʻlgan talab va takliflarning kundalik nisbati asosida qaror topadigan bozor kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Rezidentlar oʻrtasida, shuningdek rezidentlar va norezidentlar oʻrtasida vakolat berilgan banklarni chetlab oʻtib amalga oshiriladigan chet el valyutasini sotib olish va sotishga doir bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOʻLIM. VALYUTANI TARTIBGA SOLISh HAMDA VALYUTA RESURSLARINI BOShQARIShDA MOLIYA VA BANK TIZIMINING VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta munosabatlari sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi valyuta-moliya siyosatining asosiy prinsiplarini shakllantirishda ishtirok etadi, respublika toʻlov balansini, Respublika valyuta fondi valyuta mablagʻlari kirimi va chiqimining, istiqbolga oid taxminlarini ishlab chiqadi, valyuta boyliklarining oqilona taqsimlanishini taʼminlaydi hamda ulardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanilishi ustidan nazorat qiladi, shuningdek Hukumat topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralarini boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta munosabatlari sohasidagi vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasida valyutani tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta resurslarini shakllantiradi va oʻz balansida boʻlgan valyuta resurslarini, oltin-valyuta zaxiralarini boshqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasi hamda unda ifodalangan qimmatli qogʻozlar muomala qiladigan sohani va muomala qilish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar bajarishi shart boʻlgan meʼyoriy hujjatlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta bozorida chet el valyutasi oldi-sotdisi yuzasidan banklararo operatsiyalarni oʻtkazish tartibini oʻrnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi valyuta operatsiyalarini bajaradi, shu jumladan oʻz huquqlarining bir qismini vakolat berilgan banklarga oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlar va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasi hamda chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazilishi qoidalarini, shuningdek norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi va unda ifodalangan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazilishi qoidalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlarga tegishli chet el valyutasi va unda ifodalangan qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasiga albatta oʻtkazish, olib kirish va joʻnatish tartibini, shuningdek rezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi banklarda chet el valyutasidagi schyotlarni ochishi shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining valyuta bozorini tartibga solib turadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar va oʻzga kredit muassasalariga valyuta operatsiyalari oʻtkazish uchun ruxsatnomalar berishning umumiy qoidalarini belgilaydi, bunday ruxsatnomalar beradi, shuningdek ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta operatsiyalari boʻyicha, shu jumladan vakolat berilgan banklarning valyuta operatsiyalari boʻyicha hujjatlar yuritishning, hisobga olishning va hisobotlarning yagona shaklini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan xalqaro qoidalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida statistika maʼlumotlarini tayyorlaydi va eʼlon qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda, shuningdek “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolat berilgan banklar roʻyxatini yuritadi va eʼlon qilib turadi. Valyuta operatsiyalari oʻtkazish uchun berilgan ruxsatnomalar “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek vakolat berilgan banklar ruxsatnomalarning shartlarini, amaldagi qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining meʼyoriy hujjatlarini buzgani taqdirda qaytarib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda vakolat berilgan banklarning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Valyuta operatsiyalari oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ruxsatnoma olgan tijorat banklari va boshqa banklar vakolat berilgan banklar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki oʻz maqomiga koʻra vakolat berilgan bank hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolat berilgan banklar zimmasiga mijozlarning valyuta toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etishlari ustidan va oʻtkazgan operatsiyalari toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etishlari ustidan nazorat qilib borish vazifasi yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOʻLIM. VALYUTA BOYLIKLARIGA EGA BOʻLISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI TASARRUF ETISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Valyuta boyliklariga egalik huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida valyuta boyliklari rezidentlarning ham, norezidentlarning ham mulki boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta boyliklariga egalik huquqi boshqa mulk obyektlariga egalik huquqi kabi davlat tomonidan kafolatlanadi va himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlarga, shuningdek marvaridga egalik qilish, ularni tasarruf etish, shuningdek ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Respublika valyuta fondlarini tarkib toptirish va uning mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika valyuta fondi respublika iqtisodiyotining ehtiyojlarini qondirish, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi qarzini uzish majburiyatlarini bajarish, xalqaro toʻlovlarni markazlashgan tarzda amalga oshirish, davlatning ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarini roʻyobga chiqarish maqsadida valyuta resurslarini chet el valyutasidagi mablagʻlar va boshqa valyuta boyliklari koʻrinishida jamlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika valyuta fondi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda chet el valyutasida olingan daromadga solinadigan soliq hamda chet el valyutasidagi boshqa toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat taqozosi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan chet el valyutasi sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan olingan chet el kreditlari va boshqa manbalar hisobiga tarkib topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta resurslarini tarkib toptirish va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi pul birligining xarid qobiliyatini barqaror saqlab turish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining kredit resurslariga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasidagi mablagʻlar va boshqa valyuta boyliklari koʻrinishida valyuta resurslari jamlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta resurslari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda chet el valyutasida olingan daromadning bir qismini sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xorijiy mamlakatlarning valyuta bozorlaridan chet el valyutasi sotib olish, valyuta kreditlari, boshqa manbalar hisobiga tarkib topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Korxona va tashkilotlarning valyuta mablagʻlarini tarkib toptirish va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona va tashkilotlarning valyuta mablagʻlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqa tadbirkorlik faoliyatidan chet el valyutasida olingan daromad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasini va chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta kreditlari koʻrinishida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa shakllarda olinadigan mablagʻlar hisobiga tarkib topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona va tashkilotlarning valyuta mablagʻlari vakolat berilgan banklarning valyuta schyotlari va omonatlarida saqlanadi hamda ulardan ana shu korxona va tashkilotlar mustaqil ravishda foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonalar va tashkilotlar qoʻshma dasturlarni amalga oshirish uchun oʻzlarining valyuta mablagʻlarini ixtiyoriy ravishda pay asosida birlashtirishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Jismoniy shaxs boʻlmish rezidentlar va norezidentlarning valyuta mablagʻlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxs boʻlmish rezidentlar va norezidentlar oʻz mulkida Oʻzbekiston Respublikasiga chet ellardan olib kelingan, oʻtkazilgan yoki yuborilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan yoki sotib olingan valyuta boyliklari boʻlishiga, bu boyliklarni vakolat berilgan banklardagi schyotlarda yoki omonatlarda saqlash hamda ulardan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida taqiqlanmagan tartibda foydalanishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOʻLIM. VALYUTA MUNOSABATLARI SUBYEKTLARINING ChET EL VALYUTASIDAGI OPERATSIYALARNI AMALGA OShIRIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Rezidentlarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Rezidentlar joriy valyuta operatsiyalarini cheklovsiz amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Rezidentlar bojxona qoidalariga rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga valyuta boyliklarini cheklovsiz oʻtkazish, olib kirish va joʻnatish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rezidentlarga tegishli chet el valyutasini va chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasiga majburiy oʻtkazish, olib kirish va joʻnatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rezidentlarga tegishli qimmatbaho metallar, tabiiy qimmatbaho toshlar, shuningdek marvaridni Oʻzbekiston Respublikasiga majburiy olib kirish va joʻnatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Rezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi pul birligida sotish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yuridik shaxs boʻlmish rezidentlar oʻzlariga tegishli valyuta mablagʻlaridan ishlab chiqarish va oʻz mehnat jamoalarini ijtimoiy-madaniy rivojlantirish maqsadlarida hamda qonunlarga zid boʻlmagan boshqa maqsadlarda mustaqil ravishda foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuridik shaxs boʻlmish rezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va miqdorda Respublika valyuta fondiga chet el valyutasida soliq toʻlaydilar, shuningdek chet el valyutasida olgan daromadlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy ravishda sotadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yuridik shaxs boʻlmish rezidentlar olgan chet el valyutasi, basharti, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqa qoida belgilab qoʻymagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolat berilgan banklarida oʻz schyotlariga majburiy ravishda oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Rezidentlar Oʻzbekiston Respublikasiga avval oʻtkazilgan, olib kirilgan, joʻnatilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasida sotib olingan valyuta boyliklarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda belgilagan tartibda Oʻzbekiston Respublikasidan chetga oʻtkazish, olib chiqish va joʻnatish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jismoniy shaxs boʻlmish rezidentlar tomonidan chet elda chet el valyutasida schyotlar va omonatlar ochilishi, ularda valyuta mablagʻlari saqlanishiga rezidentlarning chet elda boʻlish davri uchun, boshqa hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Norezidentlarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Norezidentlar bojxona qoidalariga rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga valyuta boyliklarini cheklovsiz olib kirish, oʻtkazish va joʻnatish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Norezidentlar chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi pul birligida sotish va sotib olish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Norezidentlar valyuta boyliklarini, agar bu valyuta boyliklari avval Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazilgan, olib kelingan yoki joʻnatilgan yoxud Oʻzbekiston Respublikasida sotib olingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda belgilagan tartibda bojxona qoidalariga rioya etgan holda hech bir toʻsqinliksiz Oʻzbekiston Respublikasidan chetga oʻtkazish, olib chiqish va joʻnatish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Norezidentlar vakolat berilgan banklarda chet el valyutasidagi va Oʻzbekiston Respublikasi pul birligidagi schyotlarga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yuridik shaxs boʻlmish norezidentlar valyuta operatsiyalarini, shu jumladan valyuta boyliklari oldi-sotdisini faqat vakolat berilgan banklar orqali amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jismoniy shaxs norezidentlar valyuta operatsiyalarini, shu jumladan valyuta boyliklarining oldi-sotdisini vakolat berilgan banklar orqali ham, naqd pul bilan hisob-kitob qilish usulida sarrofxonalar orqali ham amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vakolat berilgan banklar tomonidan norezidentlarning chet el valyutasidagi va Oʻzbekiston Respublikasi pul birligidagi schyotlarini ochish va yuritish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V BOʻLIM. VALYUTA NAZORATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Valyuta nazoratining maqsad va yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Valyuta nazoratining maqsadi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida valyuta qonunlariga rioya etilishini taʼminlashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Valyuta nazoratining asosiy yoʻnalishlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining amaldagi valyuta qonunlariga mos boʻlishini va shu ish uchun kerakli ruxsatnomalar bor-yoʻqligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlar respublika valyuta fondiga chet el valyutasida soliq va boshqa toʻlovlar toʻlash boʻyicha majburiyatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga chet el valyutasini sotish boʻyicha majburiyatlarini qanday bajarayotganini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika valyuta fondidan ajratiladigan valyuta mablagʻlaridan moʻljallangan aniq maqsadga muvofiq va qanchalik samarali foydalanilayotganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasidagi toʻlovlarning asosliligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobga olish va hisobot mukammal hamda xolis boʻlishini tekshirishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Valyuta nazorati idoralari va vakillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida valyutani nazorat qilish valyuta nazorati idoralari hamda ularning vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasida valyuta nazorati idoralari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq valyutani nazorat qilish vazifasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan tashkilotlar valyuta nazorati vakillari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vakolat berilgan banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hisobdor boʻlgan valyuta nazorati vakillari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI BOʻLIM. VALYUTA OPERATSIYALARI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTLAR VA VALYUTA QONUNLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi hisobotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini, ularning turlari, shakllari va ularni taqdim etish muddatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda belgilaydi. Valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etmaslik valyuta qonunlarini buzish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning talablarini buzganlik uchun aybdorlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan jinoiy, maʼmuriy javobgarlikka va fuqarolik-huquqiy javobgarligiga tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Valyuta nazorati idoralari va vakillarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Valyuta boyliklari egalariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgan valyuta nazorati idoralari va ularning vakillari hamda mansabdor shaxslari valyuta boyliklari egalari oldida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Ushbu Qonunni qoʻllashga doir yoʻriqnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunni qoʻllashga doir yoʻriqnomalar va boshqa meʼyoriy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
841-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 225-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda)