ILOVA
52-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Issiqliktaʼminoti” AJ va “VEOLIA ENERGY TASNKENT” MCHJ XK |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; kadastr raqami; Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; telefon raqami; STIR; kadastr raqami; abonent hisobraqami (mavjud boʻlsa). 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. Izoh | Ariza beruvchining xohishiga koʻra bir vaqtning oʻzida bir yoki bir nechta kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga soʻrov yuborish imkoniyati yaratiladi. |
”. |